(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Maktab oʻquvchilarining bilimi va koʻnikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, oʻqituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va oʻquv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, maktab taʼlimi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
(muqaddimada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
1. 2022 — 2026-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dastur (keyingi oʻrinlarda — Rivojlantirish dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
2. Quyidagilar Rivojlantirish dasturining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
maktab taʼlimiga ilgʻor xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy oʻquv dasturini toʻlaqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish;
jamiyatda oʻqituvchi kasbi nufuzini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib ragʻbatlantirish;
oʻqituvchilarning yoshlarga taʼlim va tarbiya berishdagi masʼuliyatini, doimiy kasbiy rivojlanishdagi talabchanligini oshirish;
umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, ilgʻor maktab direktori va namunali oʻqituvchi mezonlarini ishlab chiqish hamda ular asosida rahbar va pedagog kadrlar faoliyatini baholab borish;
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, mazkur yoʻnalishda uzluksiz monitoring, baholash va prognozlash mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish, bola taʼlim-tarbiyasida oila, ayniqsa, ota-onaning oʻrnini oshirish;
oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasblarga yoʻnaltirish tizimini takomillashtirish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga integratsiyasini kuchaytirish hamda inklyuziv taʼlim jarayonlarini jadallashtirish;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
umumiy oʻrta taʼlimda barcha maʼlumot almashinuvi jarayonlarini maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini boshqarishning yagona dasturiy majmuasi orqali amalga oshirilishini hamda ushbu sohada elektron davlat xizmatlari koʻlamini kengaytirish;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining navbatlilik koeffitsiyentini optimal darajaga yetkazish, zamonaviy modellar boʻyicha maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash hamda zarur jihozlar bilan taʼminlash.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/152/0773-son)
4. Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda oʻquv jarayoniga xalqaro tan olingan taʼlim dasturlarini joriy qilish, shu jumladan davlat taʼlim standartlari doirasida oʻquv dasturlariga oʻzgartirish kiritish hamda darsliklarni tanlashga (ona tili, adabiyot, tarix, tarbiya va huquq fanlaridan tashqari) ruxsat etilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov):
bir oy muddatda davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻquv jarayoniga xalqaro tan olingan taʼlim dasturlarini joriy qilish tartibini tasdiqlasin;
ikki oy muddatda xalqaro tan olingan taʼlim dasturlari roʻyxatini shakllantirsin hamda oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin;
umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga ularning oʻquv jarayoniga xalqaro tan olingan taʼlim dasturlarini joriy qilishga koʻmaklashsin, shu jumladan taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib borsin hamda dasturlarni sotib olish va amaliyotga tatbiq etish uchun zarur mablagʻlarni ajratsin.
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan tashqari boshqa vazirlik va idoralarga umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv-rejalari va dasturlariga oʻzgartirish kiritish va maktablarda yangi fan joriy qilishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha tashabbus bilan chiqish taqiqlansin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Vazirlar Mahkamasi vazirlik va idoralar tomonidan mazkur bandda nazarda tutilgan taqiqqa amal qilinishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
6. Quyidagilar tashkil etilsin:
Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari negizida Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlari (keyingi oʻrinlarda — Pedagogika markazlari);
A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti negizida A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Milliy-tadqiqot instituti).
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (keyingi oʻrinlarda — Toshkent davlat pedagogika universiteti) hamda uning huzuridagi taʼlim va ilmiy tashkilotlar Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufiga oʻtkazilsin.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)
7. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedagog kadrlarni kompetensiyalarga asoslangan va kasbiy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodikalar (keyingi oʻrinlarda — zamonaviy metodikalar) boʻyicha oʻqitish amaliyotini joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov) bilan birgalikda pedagog kadrlarni zamonaviy metodikalar asosida oʻqitish amaliyotini joriy qilish uchun:
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
a) pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yoʻnalishida:
2022-yil 1-sentabrga qadar Pedagogika markazlariga aniq va tabiiy fanlar boʻyicha malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilsin;
2022-yil 1-iyulga qadar Pedagogika markazlari huzurida xorijiy mutaxassislar, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim tashkilotlari hamda Pedagogika markazlarining malakali xodimlaridan iborat boʻlgan trenerlar guruhlarini shakllantirsin;
2022-yil yakuniga qadar trenerlar guruhlari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda kamida 20 foiz umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagoglar uchun zamonaviy metodikalarga asoslangan sayyor oʻquv mashgʻulot va seminar-treninglar oʻtkazilishini taʼminlasin;
pedagog kadrlarning malakasini oshirishga bevosita jalb qilingan trenerlarga ularning ish faoliyati natijasiga qarab, oylik ish haqiga 100 foizgacha miqdorda qoʻshimcha ustama haq toʻlab borsin;
2022-yil yakuniga qadar maktab oʻqituvchilari uchun “Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasida pedagogik faoliyatdan ajralmagan holda amalga oshiriladigan qoʻshimcha individual malaka oshirish kurslarini joriy etsin;
b) taʼlim dasturlarini takomillashtirish yoʻnalishida:
zamonaviy metodikalarga asoslangan taʼlim dasturlari va darsliklarni xarid qilish hamda umumiy oʻrta taʼlim tizimiga joriy qilish choralarini koʻrsin;
2022-yil 1-avgustga qadar malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Pedagogika markazlarining oʻquv-rejalari va dasturlarini toʻliq qayta koʻrib chiqsin hamda xalqaro talablar asosida takomillashtirsin;
2023-yil 1-sentabrga qadar Respublika taʼlim markazi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda taʼlim jarayonini Milliy oʻquv dasturi asosida tashkil etishga qaratilgan metodikalarni ishlab chiqsin va ushbu metodikalarning umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari, pedagogika yoʻnalishidagi professional va oliy taʼlim muassasalari hamda Pedagogika markazlarida joriy qilinishini taʼminlasin;
v) pedagog kadrlarni tayyorlash yoʻnalishida:
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat pedagogika universitetining kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan 3-4-bosqich talabalari uchun haftalik oʻquv mashgʻulotlari “4+2” tartibida, shu jumladan darslarning 4 kuni oliy taʼlim muassasasida, 2 kuni umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtash tartibida olib borilishini taʼminlasin;
(7-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)
Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalarining tanishuv va malakaviy amaliyotlarini, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bilan birga Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham tashkil etish choralarini koʻrsin;
(7-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Toshkent davlat pedagogika universitetida oʻquv dasturlari oʻzaro yaqin boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha asosiy va qoʻshimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibini yoʻlga qoʻysin;
Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalarining ilmiy-tadqiqot va kasbiy koʻnikmalarini oshirish maqsadida dars jarayonlariga soha mutaxassislari va olimlarni jalb etsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2022-yil yakuniga qadar maktablarda zamonaviy metodikalar asosida oʻqitish amaliyotini joriy qilish uchun Xalq taʼlimi vazirligiga zarur mablagʻlarni ajratsin.
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova):
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
2023-yil 1-oktabrga qadar taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarni (keyingi oʻrinlarda — vakolatli xalqaro tashkilotlar) jalb qilgan holda pedagog kadrlarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-sentabrdan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
a) oʻzi dars beradigan fani boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga har oylik qoʻshimcha ustama quyidagi tartibda toʻlanadi:
(9-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida. Bunda, milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim;
mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmagan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida (chet tili boʻyicha sertifikatlar bundan mustasno);
(9-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
b) mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmagan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida chet tili boʻyicha olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga har oylik qoʻshimcha ustama:
(9-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
2025-yil 1-yanvarga qadar — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
2025-yil 1-yanvardan boshlab — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida toʻlanadi;
v) har oylik qoʻshimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida toʻlanadi;
g) umumtaʼlim fanlari boʻyicha bir nechta sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga har oylik qoʻshimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat boʻyicha toʻlanadi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) bilan kelishgan holda xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) roʻyxatini hamda har oylik ustama olish uchun sertifikatlarning eng kam darajasini qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlasin:
(9-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)
(9-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)
(9-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)
(9-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)
10. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (M. Karimov) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1875-son qaroriga muvofiq chet tili fani oʻqituvchilariga 30 va 15 foiz miqdorida ustama olish huquqini beradigan maʼlumotnomalar berish amaliyotini tugatsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1875-son qaroriga muvofiq chet tili fani boʻyicha maʼlumotnoma olgan oʻqituvchilarning ustamalari, ushbu maʼlumotnomalar amal qilish muddati davomida saqlab qolinadi.
11. Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda 2022-yil 1-dekabrga qadar maktab direktori lavozimiga nomzodlarning bilim va koʻnikmalarini baholash hamda baholash natijasi boʻyicha ularga menejerlik sertifikatini berish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Belgilab qoʻyilsinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatini olish uchun Milliy-tadqiqot institutida maxsus pullik dasturlar asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari koʻnikmalariga oʻqitiladi;
oʻqitish yakuni boʻyicha Milliy-tadqiqot instituti tomonidan maktab direktori lavozimiga nomzodlarning boshqaruv sohasiga oid bilim va koʻnikmalari baholanadi hamda natijasi boʻyicha menejerlik sertifikati beriladi.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
12. Yuqori koʻrsatkichlarga erishgan pedagoglarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish va malakali xodimlar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi tashkil etilsin.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Xalq taʼlimi vaziri jamgʻarmasini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2022-yilda Xalq taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga Davlat budjetidan 300 milliard soʻm mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
13. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari kutubxonalari va “Bolalar kutubxonalari” xodimlarining lavozim maoshi miqdori 1,2 baravarga oshirilsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) mazkur Farmonda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun tegishli mablagʻlarni 2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib borsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
16. Xalq taʼlimi vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib xalq taʼlimi vaziri B.O. Saidov hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-may,
PF-134-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoniga1-ILOVA
2022 — 2026-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish boʻyicha
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-51-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2025-y., 06/25/51/0261-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoniga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida”gi PF-555-son Farmonining 7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5712-son Farmonining 1-ilovasida:
a) 8-bandi “i” kichik bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining
Izohlar:
1) maqsadli koʻrsatkich 2030-yilga qadar 100 foizni tashkil etgan taqdirda, ushbu koʻrsatkich keyingi yillarda saqlanib qoladi;
2) yuqorida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga erishish uchun davlat organlari oʻzlarining vakolatlari doirasida amaliy yordam koʻrsatadilar”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son Farmonida:
a) 2, 3, 8, 9, 10, 11, 12 va 14-ilovalarning 15-pozitsiyalari chiqarib tashlansin;
b) 5-ilovaning 17-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
v) 13-ilovaning 16-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.05.2023-y., 06/23/79/0302-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-son Farmonida:
a) 17-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 1-ilovaning 10-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6269-son Farmoni 4-ilovasining 9-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.