Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududining geografik joylashuvi hamda uning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olib, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyati samaradorligini oshirish, hududda qulay boshqaruv muhitini yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-147-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasi mazkur qarordan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 16-avgust,
PQ-354-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustdagi PQ-354-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-147-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1-bandning “b” kichik bandida:
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13 nafar shtat birligidan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;”;
b) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“156 nafar shtat birligidan iborat viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3a-ilovaga muvofiq;”;
v) toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 3-ilova quyidagi mazmundagi 3 va 3a-ilovalar bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-147-son qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 13 nafar shtat birligi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-147-son qaroriga 3a-ILOVA
Viloyatlar va Toshkent shahar mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmalarining
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 12 nafar shtat birligi, jami — 156 nafar shtat birligi.”.