PQ-357-son Qaror · 22.08.2022

2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-357
  • Qabul qilingan sana:22.08.2022
  • Kuchga kirgan sana:23.08.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/357/0763

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

1. Quyidagilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini 2022-2023-yillarda yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:

a) 2022-yil yakuniga qadar:

aholi yashash maskanlarini keng polosali mobil aloqa tarmogʻi bilan qamrab olish darajasini 98 foizga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻllari boʻylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovini 60 foizga yetkazish;

40 ming km optik tolali aloqa liniyalarini qurish hamda qoʻshimcha 800 ming xonadonni yuqori tezlikdagi internetga ulash imkoniyatini yaratish orqali optik tolali aloqa qamrovini 80 foizga yetkazish;

elektron davlat xizmatlari koʻrsatilishiga xususiy sektorni jalb qilish orqali foydalanuvchilar sonini 2 barobar oshirib, 4 millionga yetkazish;

hududlarda yoshlarning zarur koʻnikmalarga ega boʻlishiga va ularni kafolatlangan buyurtmalar bilan taʼminlashga xizmat qiladigan markazlarni yaratish orqali IT-xizmatlar eksporti hajmini 100 mln dollarga yetkazish;

b) 2023-yil yakuniga qadar:

raqamli texnologiyalar sohasida masofaviy taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash faoliyatini rivojlantirish orqali yiliga 6,5 ming nafardan ortiq yoshlarning axborot texnologiyalari yoʻnalishida taʼlim olishini yoʻlga qoʻyish;

davlat organlari, shu jumladan mahalliy hokimlik organlarida hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda 214 ta axborot tizimi va dasturiy mahsulotlarni joriy etish.

2. 2022-2023-yillar uchun quyidagilar:

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;

davlat boshqaruvini raqamlashtirish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;

iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;

ayrim davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini idoraviy raqamli transformatsiya qilish jarayonlarini kompleks jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” 3a — 3e-ilovalarga muvofiq;

hududlarni raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati 4 — 17-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 20-, 24-1-, 30- va 69-moddalariga asosan:

ikki oy muddatda, keyinchalik har chorak yakunida mobil aloqa operatorlarining takliflariga muvofiq antenna-machtalarni oʻrnatish uchun maqsadli zarur yer uchastkalari (manzili, koordinatalari va maydoni) roʻyxatini shakllantirsin;

roʻyxatga kiritilgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer uchastkalarini oʻziga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish uchun ushbu roʻyxatni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyat hokimliklariga taqdim etsin;

antenna-machtalarni oʻrnatish uchun oʻziga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini ochiq tanlov asosida mobil aloqa operatorlariga ijaraga bersin. Bunda ayni bir yer uchastkasi yoki antenna-machtalardan birgalikda foydalanish boʻyicha tajribani ommalashtirishga alohida ustuvorlik beriladi;

roʻyxatga kiritilgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasiga kirgan yoki boshqa yer egalari, foydalanuvchilari, ijarachilariga ajratilgan yer uchastkalarida antenna-machtalarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun tuman (shahar) hokimliklari yoki yer egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari hamda aloqa operatorlari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi PQ-204-son qarorida belgilangan tartibda oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) belgilanishini taʼminlasin.

4. Belgilansinki, 2022-yil 1-oktabrdan boshlab operator va provayderlarga telekommunikatsiya obyektlarida texnik vositalarni oʻrnatish uchun loyiha-smeta hujjatlari ekspertizaga topshirilgan sanadan boshlab qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi, bunda loyiha-smeta hujjatlari 15 kunlik muddatda ekspertizadan oʻtkaziladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologiya xizmati mobil aloqa tarmoqlari radioelektron vositalaridan foydalanishni boshlash uchun yongʻin nazorati xizmati xulosasi hamda sanitariya pasporti Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal) orqali ikki haftadan oshmagan muddatda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

Adliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologiya xizmati manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda yongʻin nazorati xizmati xulosasini va sanitariya pasportini rasmiylashtirish tartibini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin hamda uni soddalashtirish, shu jumladan mavjud tartib-taomillarni maqbullashtirish orqali muddatlarni qisqartirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

5. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilsin va quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilansin:

autsorsing xizmatlarini koʻrsatishga oʻqitish orqali dasturiy mahsulotlar va IT-xizmatlarni eksport qilishga qiziqishni oshirish;

respublika boʻylab faoliyat yuritayotgan autsorsing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun mutaxassislar tayyorlash;

autsorsing xizmatlarini koʻrsatish koʻnikmalariga ega boʻlganlar hamda masofaviy xizmatlar eksporti markazlarida tashkil etiladigan oʻquv kurslari bitiruvchilari uchun buyurtmalar topishda koʻmaklashish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda masofaviy xizmatlar eksporti markazlarini Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi oʻrinlarda — IT-Park) talablariga mos taʼmirlangan va uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlangan zamonaviy binolarga joylashtirsin.

Yoshlar ishlari agentligi masofaviy xizmatlar eksporti markazlarini zamonaviy kompyuter jihozlari bilan taʼminlasin.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi masofaviy xizmatlar eksporti markazlariga muntazam ravishda chet el bozorlaridan buyurtmalarni jalb qilish va yoshlarni ish bilan taʼminlash choralarini koʻrib borsin.

6. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha yanada qulayliklar yaratish maqsadida 2022-yil 1-noyabrdan:

mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda toʻlov tizimlari operatorlariga axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, oʻzlarining mobil ilovalari orqali Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishga;

identifikatsiyalovchi ID-kartaga joylashtirilgan elektron raqamli imzo kalitlari orqali Yagona portalning mobil ilovasida joriy etilgan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishga ruxsat berilsin.

Bunda elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar “Elektron hukumat” tizimining yagona identifikatsiyalash axborot tizimi orqali identifikatsiya qilinadi.

7. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Yoshlar ishlari agentligining 2023-yildan boshlab har yili yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan umumiy mukofot jamgʻarmasi 1 million AQSH dollari boʻlgan Prezident sovrini uchun tanlovni oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur tanlovni tashkil qilish va oʻtkazish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. 2022-yil 1-oktabrdan boshlab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida IT-taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yoʻnaltirish boʻyicha startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tomonidan oʻtkaziladigan tanlov asosida 1 milliard soʻmgacha boʻlgan grantlar ajratish tartibi joriy qilinsin.

(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)

9. 2023-yil 1-yanvardan boshlab 18-ilovada koʻrsatilgan davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va portallarini “Yagona darcha” tamoyili asosida oʻz ichiga oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati portali yagona platformasi ishga tushirilsin.

10. Raqamli texnologiyalar vazirligi 2023-yil 1-yanvarga qadar yagona elektron hujjat aylanish tizimi, xabarlar almashish messenjeri, yigʻilish va tadbirlar kalendari, himoyalangan elektron pochta va videokonferensiyalar oʻtkazish imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining avtomatlashtirilgan ish joyi — “Digital office” elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Digital office” tizimi) ishlab chiqilishini va birinchi bosqichda, sinov tariqasida vazirlik tizimida, keyinchalik barcha davlat organlarida joriy etilishini taʼminlasin. Bunda:

(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/286/0832-son)

Raqamli texnologiyalar vazirligi “Digital office” tizimining operatori hamda uni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini taʼminlashga masʼul etib belgilanadi;

(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2025-y., 07/25/286/0832-son)

“Digital office” tizimi 19-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlarning tegishli axborot tizimlaridan foydalanishning yagona nuqtasi sifatida tashkil etiladi.

11. Belgilansinki, 2022-yil 1-oktabrdan boshlab davlat axborot tizimlari va resurslarining maʼlumotlari:

idoralararo hamkorlik maqsadlarida foydalanish uchun — “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali begʻaraz asosda;

tijorat maqsadlarida foydalanish uchun — “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali toʻlov asosida;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, shuningdek, Hisob palatasiga qonun bilan yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida foydalanish uchun — ushbu huquqni muhofaza qiluvchi organlarning va Hisob palatasining axborot tizimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilish orqali begʻaraz asosda taqdim etiladi;

(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-iyuldagi PF-123-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2026-y., 06/26/123/0692-son)

Davlat organlari va tashkilotlarining davlat axborot tizimlari va resurslari maʼlumotlarini davlat organi va tashkiloti boʻlmagan uchinchi shaxslarning axborot tizimlariga toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilish orqali taqdim etishi taqiqlansin (Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining axborot tizimlari bundan mustasno). Bunda, soliq va kadastr organlarining axborot tizimlari va resurslarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarning uchinchi shaxslarga taqdim etilishi tegishlicha Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 186-son, 2021-yil 19-avgustdagi “Uchinchi shaxslarga soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish chora-tadbirlari haqida”gi 529-son hamda 2022-yil 18-oktabrdagi “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 610-son qarorlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda Idoralararo integratsiyalashuv platformasi va Raqamli maʼlumotlar platformasiga ulanish tartibini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

a) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab davlat axborot tizimlari va resurslari “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq bosqichma-bosqich joylashtiriladi, saqlanadi va qayta ishlanadi;

b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab:

davlat axborot tizimlari va resurslari maʼlumotlarini saqlash va qayta ishlash uchun server qurilmalari va uskunalarini xarid qilish — Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;

axborot tizimlariga hujumlar hamda tahdidlarni aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha avtomatlashtirilgan intellektual tizimlarni, shuningdek, aloqa texnik kanallari orqali maxfiy axborot tarqalishidan himoya qiladigan texnik vositalar hamda dasturiy mahsulotlarni xarid qilish, ishlab chiqish va joriy qilish — kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi vakolatli organ bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

(12-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)

13. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalari monitoringi — “NIS.UZ” idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi, ular boʻyicha oʻzlashtirilgan mablagʻlar hisobi — Davlat statistika qoʻmitasining statistik hisobotlarida yuritiladi.

Bunda davlat organlari va tashkilotlari har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar loyihalarning ijro holati va ular doirasida oʻzlashtirilgan mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni ularni tasdiqlovchi birlamchi hujjatlarni ilova qilgan holda “NIS.UZ” idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirib borilishini taʼminlaydi.

14. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5099-son Farmoni 5-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar Respublika norezidentlaridan axborot texnologiyalariga oid xizmatlarni sotib olganda ham tatbiq etiladi.

15. 2022-yil 1-oktabrdan boshlab 20-ilovada koʻrsatilgan 7 ta ijtimoiy-iqtisodiy sohada bosqichma-bosqich majburiy tartibda sunʼiy yoʻldosh apparatlari orqali davlat kosmik monitoringini amalga oshirish tizimi yoʻlga qoʻyilsin.

“Oʻzbekkosmos” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi uch oy muddatda davlat kosmik monitoringini amalga oshirish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

16. Quyidagilar:

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida raqamli taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari lavozimi;

2022-yil 1-oktabrdan boshlab tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyihalar menejeri lavozimi kiritilsin.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyihalar menejeriga Jamgʻarma hisobidan ish haqiga 100 foizgacha qoʻshimcha ustama haq toʻlash huquqi berilsin.

17. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga quyidagi vakolatlar berilsin:

raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarida, shu jumladan mavjud axborot tizimlari va dasturiy-apparat komplekslaridan foydalanish (yoki samarasiz qoʻllash) borasida aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida barcha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

davlat organlari va tashkilotlari rahbarining raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosarining (Chief Digital Officer) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni amalga oshirish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning ishini har chorakda aniq natijalarga qarab baholab borish.

18. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:

2023-yil 1-sentabrdan boshlab telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirishni davom ettirish maqsadida “Oʻzbektelekom” AK ustav fondining 2 foizi miqdorigacha qoʻshimcha oddiy aksiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO);

(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlarning 2021 — 2025-yillar yakuni boʻyicha davlat ulushiga hisoblangan dividendlarini mazkur korxona va tashkilotlar ixtiyorida qoldirish va ushbu mablagʻlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid loyihalarni moliyalashtirishga maqsadli yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

19. Mazkur qarorning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:

a) vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarining raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosarlari — har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”, loyihalar hamda idoraviy raqamli transformatsiya dasturlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotni “NIS.UZ” idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;

b) Raqamli texnologiyalar vazirligi:

(19-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)

masʼul vazirlik va idoralar faoliyatida raqamli texnologiyalarni joriy etish holatini baholaydi hamda muntazam ravishda raqamlashtirish boʻyicha rahbar oʻrinbosarlarining hisobotlarini eshitishni tashkil etadi;

har oy hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”, dasturlar hamda idoraviy raqamli transformatsiya dasturlari ijrosi toʻgʻrisida umumlashgan tahliliy maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

(19-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)

v) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri har chorakda:

“Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi yigʻilishlarida masʼul vazirlik va idoralar rahbarlarining raqamlashtirish sohasidagi faoliyati natijadorligidan kelib chiqib, ularni ragʻbatlantirish yoki intizomiy, shu jumladan egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha boʻlgan choralarni koʻradi;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida axborot xavfsizligi sohasida koʻrilayotgan choralar va mavjud kamchiliklar yuzasidan hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritib boradi.

20. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 22-avgust,

PQ-357-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 1-ILOVA

2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 2-ILOVA

2022 — 2024-yillarda davlat boshqaruvini raqamlashtirish boʻyicha ustuvor loyihalar

(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)

Mazkur loyihalar roʻyxatiga “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarorlari bilan aniqlik kiritilishi mumkin.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 3-ILOVA

2022-2023-yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirish boʻyicha ustuvor loyihalar

* Mazkur ustuvor loyihalar roʻyxatiga “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarorlari bilan aniqlik kiritilishi mumkin.

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 3a-ILOVA

2022-2023-yillarda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha

Shaxsan masʼul: Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari (M. Muxitdinov), Axborot texnologiyalari vazirining birinchi oʻrinbosari (O. Pekos)

* Mazkur tadbir va loyihalar roʻyxatiga “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarorlari bilan aniqlik kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 3b-ILOVA

2022-2023-yillarda Ichki ishlar vazirligida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha

Shaxsan masʼul: Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari (N. Turaxodjayev), Axborot texnologiyalari vazirining birinchi oʻrinbosari (O. Pekos)

(3b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2023-y., 06/23/117/0530-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 3v-ILOVA

2022-2023-yillarda Tashqi ishlar vazirligida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha

Shaxsan masʼul: Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (E. Xamrayev), Axborot texnologiyalari vazirining birinchi oʻrinbosari (O. Pekos)

* Mazkur ustuvor loyihalar roʻyxatiga “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarorlari bilan aniqlik kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 3g-ILOVA

2022-2023-yillarda Qishloq xoʻjaligi vazirligida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha

Shaxsan masʼul: Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari (Q. Yuldashev), Axborot texnologiyalari vazirining birinchi oʻrinbosari (O. Pekos)

* Mazkur ustuvor loyihalar roʻyxatiga “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarorlari bilan aniqlik kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 3d-ILOVA

2022-2023-yillarda Sogʻliqni saqlash vazirligida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha

Shaxsan masʼul: Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari (O. Fazilkarimov), Axborot texnologiyalari vazirining birinchi oʻrinbosari (O. Pekos)

* Mazkur ustuvor loyihalar roʻyxatiga “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarorlari bilan aniqlik kiritilishi mumkin.

(3d-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi PQ-411-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 3e-ILOVA

2022 — 2024-yillarda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha

Shaxsan masʼul: “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi v.b. (X. Xasilov), Axborot texnologiyalari vazirining birinchi oʻrinbosari (O. Pekos)

* Mazkur ustuvor loyihalar roʻyxatiga “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarorlari bilan aniqlik kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 4-ILOVA

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 5-ILOVA

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish doirasida Andijon viloyatini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 6-ILOVA

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish doirasida Buxoro viloyatini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 7-ILOVA

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish doirasida Jizzax viloyatini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 8-ILOVA

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish doirasida Qashqadaryo viloyatini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 06/23/76/0296-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 9-ILOVA

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish doirasida Navoiy viloyatini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 10-ILOVA

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish doirasida Namangan viloyatini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 11-ILOVA

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish doirasida Samarqand viloyatini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 12-ILOVA

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish doirasida Surxondaryo viloyatini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 13-ILOVA

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish doirasida Sirdaryo viloyatini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 14-ILOVA

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish doirasida Toshkent viloyatini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 15-ILOVA

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish doirasida Fargʻona viloyatini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 16-ILOVA

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish doirasida Xorazm viloyatini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 17-ILOVA

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish doirasida Toshkent shahrini raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 18-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portali negizida tashkil etiladigan Davlat organlari axborot resurslarining yagona platformasiga ulanadigan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va resurslari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 19-ILOVA

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining avtomatlashtirilgan ish joyi — “Digital office” tizimida yagona nuqta orqali kirish imkoniyati yaratiladigan axborot tizimlari

Izoh. Mazkur roʻyxatga “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining bayoni bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga 20-ILOVA

Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni raqamlashtirish doirasida 2022-yil 1-oktabrdan Davlat kosmik monitoring tizimini joriy etilishi va majburiy tartibda foydalanilishi koʻzda tutilgan soha va yoʻnalishlar

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.