Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qaroriga muvofiq, shuningdek mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat rivojlanishini jadallashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-avgust,
PF-194-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5349-son Farmonida:
a) 3-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi xatboshi bilan almashtirilsin:
“barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masʼul tarkibiy boʻlinma rahbarlari (boʻlinma mavjud boʻlmaganda masʼul xodimlari) tegishliligi boʻyicha Vazirlik va Vazirlikning hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadilar”;
b) 7-bandning “g” kichik bandi “har oylik ustama miqdori” soʻzlaridan keyin “davlat budjetidan, davlat budjetidan ajratilmagan boʻlsa, ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-avgustdagi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6044-son Farmonining 13-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziya” axborot tizimi operatori etib Adliya vazirligi belgilansin”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son Farmonida:
a) 3-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi taklifiga asosan “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga joylashtiriladigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborot tizimlari va resurslari roʻyxatini tasdiqlash va ushbu roʻyxat asosida ularning faoliyatini tizimli ravishda monitoring qilib borish”;
b) 12-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2022-yil 1-sentabrdan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining buyurtmalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga ommaviy SMS-xabarlarni bepul tarqatish xizmatlari soliq solish maqsadida iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan xarajatlar deb eʼtirof etiladi”.
v) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
“Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida koʻzda tutilgan loyihalarni oʻz vaqtida va keng koʻlamda amalga oshirilishini taʼminlaganligi, shuningdek, axborot texnologiyalari va elektron xizmatlarni joriy etishni reyting baholash natijalariga koʻra vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va ularning raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosarlariga har oyda ularning oylik maoshiga 30 foiz miqdorida ustama toʻlanadi;
vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) har yili raqamlashtirish boʻyicha oʻz faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlarini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda shakllantiradi;
har chorakda raqamlashtirish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlariga erishilganligi, shuningdek, axborot texnologiyalari va elektron xizmatlarni joriy etishni reyting baholash natijalari yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan beriladigan xulosa rahbarlar va ularning raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosarlariga har oyda ularning oylik maoshiga mazkur bandda koʻzda tutilgan ustamani toʻlash uchun asos boʻladi”;
g) 6-ilovaning 39-pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “2022-yil avgust” soʻzlari “2024-yil mart” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 10-ilovaning 40-pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “2022-yil avgust” soʻzlari “2024-yil mart” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 11-ilovaning 39-pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “2022-yil avgust” soʻzlari “2023-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 13-ilovaning 49-pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “2022-yil avgust” soʻzlari “2023-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 15-ilovaning 9-pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “2022-yil sentabr” soʻzlari “2023-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 17-ilovada:
39-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
40-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
k) 22-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi
TARKIBI
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3245-son qarorida:
a) 4-band:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasida rezidentlik talablarini istisno qilgan holda harbiylashtirilgan tuzilmalarning ehtiyojlari uchun apparat-dasturiy komplekslarni, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmalarini hamda ushbu maqsadlar uchun asbob-uskunalar, butlovchi qismlar, uzellar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotlarni joriy etishga, shu jumladan, yetkazib berishga”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 5-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Harbiylashtirilgan tuzilmalarga:
apparat-dasturiy komplekslar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmalari loyihalarini amalga oshirish doirasida asbob-uskunalar, butlovchi qismlar, uzellar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotni yetkazib berish uchun Yagona integrator bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha 100 foiz oldindan toʻlovni amalga oshirish;
tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan loyiha-texnik hujjatlarni tayyorlash, apparat-dasturiy komplekslarni, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini, dasturiy mahsulotlar va muhandislik infratuzilmalarini ishlab chiqish hamda ushbu maqsadlar uchun asbob-uskunalar, butlovchi qismlar, uzellar, texnologik hujjatlar va dasturiy taʼminotlarni yetkazib berish boʻyicha Yagona integrator bilan shartnomalar tuzish huquqi berilsin”;
v) 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Markaz” soʻzi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga koʻmaklashish markazi” davlat muassasasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3973-son qarorining 3-bandida:
a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) uchinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4024-son qarorida:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga koʻmaklashish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — “Xavfsiz shahar” markazi) tashkil etilsin”;
b) 4-band quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Xavfsiz shahar” markazi jamoat xavfsizligini taʼminlash va ichki tartibni saqlash sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etishda “Elektron hukumat” tizimini davlat organlari va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish boʻyicha Yagona integrator hisoblanadi.
“Xavfsiz shahar” markazi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazining “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalangan tizimini yaratish loyihasini amalga oshirish bilan bogʻliq huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi”;
v) 5-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) “Xavfsiz shahar” markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasida “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalangan tizimini yaratish va undan foydalanishni nazorat qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
jamoat xavfsizligini taʼminlash va ichki tartibni saqlash sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish va ularning “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiyasini amalga oshirish;
jamoat xavfsizligini taʼminlash va ichki tartibni saqlash sohasida joriy etilayotgan raqamli texnologiyalar boʻyicha yagona texnologik yondashuvni amalga oshirishda yagona talablar, meʼyorlar va mezonlarni belgilash;
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jamoat xavfsizligini taʼminlash va ichki tartibni saqlash sohasida raqamli texnologiyalar joriy etishda koʻmaklashish;
jamoat xavfsizligi va huquq tartibotni taʼminlash sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarni kelishish va xulosalar berish”;
g) 7-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) jamoat xavfsizligini taʼminlash va ichki tartibni saqlash sohasida:
raqamli texnologiyalarni joriy etish, taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari jarayonini oshkora va shaffof oʻtkazish, shuningdek, “112” Yagona dispetcherlik xizmatini tashkil etish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mahalliy budjet hisobidan moliyalashtiriladi;
davlat ahamiyatiga ega tadbirlarda va obyektlarda, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish Ichki ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha yagona texnologik yondashuvni amalga oshirishda yagona talablar, meʼyorlar va mezonlarni belgilash va ularni “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiyalashga koʻmaklashish Yagona integrator tomonidan amalga oshiriladi”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi PQ-4086-son qaroriga 18-ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“NORMATIVI
raspredeleniya plati za ispolzovaniye abonentskogo nomera, uplachivayemoy yuridicheskimi litsami, okazivayushimi uslugi mobilnoy svyazi (sotovimi kompaniyami)
*protsenti nachislyayutsya ot ostavsheysya chasti plati summi posle napravleniya sredstv na spetsialniy raschetniy schet Fonda razvitiya informatsionno-kommunikatsionnix texnologiy dlya finansirovaniya mejvedomstvennix proyektov elektronnogo pravitelstva i sifrovoy ekonomiki”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi “Toshkent shahrida Amiti Universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4097-son qarorida:
a) 4-bandning “e” kichik bandidagi “kunduzgi, sirtqi va kechki” soʻzlari “kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 10-1-band bilan toʻldirilsin:
“10-1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasi, 70-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish ishlari yakuniga yetkazilgandan soʻng ushbu bino va inshootlarni hamda Universitet faoliyatini tashkil etish uchun xarid qilingan moddiy-texnik resurslarni belgilangan tartibda Universitetga bepul foydalanish shartnomasi asosida taqdim etsin”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4321-son qarori 3-bandi “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “resurslarining” soʻzlari “resurslarini ishlab chiqish, takomillashtirish hamda ularning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4328-son qarorida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyati sohasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan barcha loyihalarga nisbatan tatbiq etiladi. Bunda boshqa loyihalar tashabbuskorlari (buyurtmachilar) shartnoma asosida texnik topshiriq yoki tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun mustaqil ravishda Markazga “Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri” axborot tizimi orqali murojaat qilishlari mumkin”;
b) ilovaning 28-bandi birinchi xatboshisidagi “ekspertizadan” soʻzi “shartnoma asosida ekspertizadan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4699-son qarorida:
a) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha quyidagi hisob raqamlar ochilsin:
a) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida (keyingi oʻrinda — Jamgʻarma) daromad manbalari mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlov summasining taqsimlanguniga qadar boʻlgan 35 foizidan shakllantiriladigan maxsus hisob raqam;
b) “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochiladigan daromad manbalari quyidagilardan iborat boʻlgan maxsus hisob raqami:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va barcha turdagi toʻlovlarning 11,25 foizi;
Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlangan davlat bojlari va boshqa toʻlovlardan tushadigan mablagʻlarning 0,5 foizi;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Belgilansinki, abonent raqamlaridan foydalanganlik uchun toʻlov, mablagʻlarning tegishli qismi Jamgʻarmaning maxsus hisob raqamiga oʻtkazilgandan soʻng, boshqa oluvchilar orasida mablagʻlarning qolgan qismidan kelib chiqib, oʻrnatilgan tartibda taqsimlanadi va qonun hujjatlarida belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi”;
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining
TASHKILIY TUZILMASI
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
*Markaziy apparat boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 142 nafar.
Yordamchi xodimlar soni amaldagi meʼyoriy hujjatlar asosida belgilanadi”;
g) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
*filial va boʻlinmalar tashkil etilgan hududlarda
Hududiy boshqarmalar xodimlarining cheklangan umumiy soni — 92 nafar:
Toshkent shahrida — 5 nafar;
Andijon, Sirdaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida — 6 nafardan;
Qolgan hududlarda — 7 nafardan”.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4787-son qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisidagi “hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda” soʻzlari “mablagʻlari hisobidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus COVID-19 infeksiyasiga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5129-son qarorida:
a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1 000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga qaytariladi”;
b) 4-ilova izohining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1000 ta tez tibbiy yordam maxsus avtotransport vositalarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi agent xizmatlari Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi”.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5088-son qarorining 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida IT-taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yoʻnaltirish boʻyicha startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun tanlov asosida 1 milliard soʻmgacha boʻlgan grantlar ajratish”.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-72-son qaroriga 7-ilovaning 42-pozitsiyasida:
a) “TIA ishlab chiqish muddati” ustunidagi “2022-yil sentabr” soʻzlari “2022-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Tender savdolarini oʻtkazish muddati” ustunidagi “2022-yil dekabr” soʻzlari “2023-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-221-son qaroriga 2-ilovaning 19-pozitsiyasida:
a) “Amalga oshirish shakli” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezident qarori loyihasi” soʻzlari “Axborot-tahliliy maʼlumotnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2022-yil sentabr” soʻzlari “2023-yil mart” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-martdagi “Toshkent viloyatida axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarga ixtisoslashgan “Astropolis” massivini qurish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-184-son qarori 11-bandi:
a) ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Astrum” IT-akademiyasining bir yillik oʻquv kurslarida” soʻzlari “Astrum” IT-akademiyasining oʻquv kurslarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) toʻrtinchi xatboshidagi “iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj oʻquvchilarga” soʻzlari “iqtidorli yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj oʻquvchilarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uygʻunligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-246-son qaroriga ilovaning 7-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2022-yil iyul” soʻzlari “2022-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PF-194-son Farmoniga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3245-son qarorining 6 va 9-bandlari, qarorga 1-ilovaning 12 va 14-pozitsiyalari hamda 2-ilova.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-avgustdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5234-son qaroriga ilovaning 5-bandi.