Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi 75-sessiyasida maʼqullangan “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, Orolboʻyi mintaqasidagi sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishni taʼminlash, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo hamda Xorazm viloyatlarida suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
“Orolboʻyi havzasida suv resurslarini iqlim oʻzgarishiga mos holda boshqarish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida 2022-yil 24-iyunda 25 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan 150 million AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishini nazarda tutuvchi Qarz muzokaralari bayoni imzolanganligi;
Loyihaning umumiy qiymati 194,9 million AQSH dollarini tashkil etishi, shu jumladan Loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi 40,2 million AQSH dollari ekvivalentida, shundan 26,6 million AQSH dollari respublika budjeti hisobidan qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplab berish va bojxona bojidan ozod etish shaklida boʻlishi;
Osiyo taraqqiyot jamgʻarmasidan 3 million AQSH dollari, Osiyo taraqqiyot bankining Yuqori texnologiyalar jamgʻarmasidan 0,3 million AQSH dollari ajratilishi;
fermer xoʻjaliklari ulushi 1,38 million AQSH dollarini tashkil qilishi;
Loyihani amalga oshirishda “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan maxsus texnikalar, mexanizmlar va texnologik uskunalar bojxona bojlari va soliq toʻlovlaridan shartli ozod etilishi;
Loyihani amalga oshirish davri 7 yil (2022 — 2029-yillar) etib belgilanganligi;
Loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Suv xoʻjaligi vazirligi — Loyihani amalga oshirish, qarz va grant mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanish, shuningdek, Loyihaning barcha maqsadli koʻrsatkichlariga erishilishini taʼminlash yuzasidan masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Loyihani boshqarish va muvofiqlashtirish funksiyalari Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yuklanadi;
Osiyo taraqqiyot bankining qarzini soʻndirish, shuningdek, foiz, qarz boʻyicha komissiya va boshqa toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
3. Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev):
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L.Sh. Kudratov) bilan birgalikda Loyiha amalga oshirilishini jadallashtirish maqsadida Markaz tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin;
Loyihani amalga oshirish guruhining har yillik xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini Moliya vazirligi (O.R. Isakov) bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda tegishli hududlardan Markazga Loyiha doirasida tekin foydalanish uchun zarur bino va inshootlar (xonalar) ajratilishini taʼminlasin.
4. Loyiha mablagʻlari bilan bogʻliq bank operatsiyalari tijorat banklarida ochiladigan soʻrab olgunga qadar alohida depozit hisobvaraqlari (ikkilamchi) orqali amalga oshiriladi.
Bunda, mazkur hisobvaraqlar orqali ish haqi, soliq toʻlovlari, shuningdek, Loyiha doirasidagi boshqa xarajatlar toʻlanadi. Ushbu hisobvaraqlardan Markazning boshqa loyihalari boʻyicha majburiyatlarni soʻndirish uchun mablagʻlarni yoʻnaltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. Moliya vaziriga Loyiha doirasida qarz va grant bitimlarini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
6. Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. Quyidagilar:
“Orolboʻyi havzasida suv resurslarini iqlim oʻzgarishiga mos holda boshqarish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari (jami loyiha boʻyicha) 1-ilovaga muvofiq;
“Orolboʻyi havzasida suv resurslarini iqlim oʻzgarishiga mos holda boshqarish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari (“Jondor” subloyihasi boʻyicha) 2-ilovaga muvofiq;
“Orolboʻyi havzasida suv resurslarini iqlim oʻzgarishiga mos holda boshqarish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari (“Bobotogʻ” subloyihasi boʻyicha) 3-ilovaga muvofiq;
“Orolboʻyi havzasida suv resurslarini iqlim oʻzgarishiga mos holda boshqarish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari (kichik subloyihalar boʻyicha) 4-ilovaga muvofiq;
“Orolboʻyi havzasida suv resurslarini iqlim oʻzgarishiga mos holda boshqarish” loyihasi uchun Osiyo taraqqiyot bankidan jalb etiladigan qarz boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va foizlar toʻlashning prognoz jadvali 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlarida har bir yil uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda Loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlarni inobatga olsin.
9. Suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga binoan:
Tashqi ishlar vazirligi — Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmagan holda rasmiylashtirilishini;
Ichki ishlar vazirligi — Loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirmasdan koʻp martalik vizalar berilishi hamda ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini va uning muddati uzaytirilishini;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — belgilangan tartibda Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini taʼminlasin.
10. Quyidagilar:
suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev, Buxoro viloyati hokimi B.K. Zaripov, Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov va Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov Loyiha boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun lozim boʻlgan sharoitlarni taʼminlashga, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki tartib-taomillari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq zarur hisobot va hujjatlarni oʻz vaqtida tayyorlash va taqdim etishni tashkil etishga;
Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi rahbari E.T. Yuldashev Loyiha doirasidagi mablagʻlarning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatilishiga;
qurilish vaziri B.I. Zakirov Loyiha doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatilishiga;
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.E. Burxanov Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash ustidan doimiy nazorat oʻrnatilishiga shaxsan masʼul va javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-sentabr,
PQ-381-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-sentabrdagi PQ-381-son qaroriga1-ILOVA
“Orolboʻyi havzasida suv resurslarini iqlim oʻzgarishiga mos holda boshqarish” loyihasining
(jami loyiha boʻyicha)
* Osiyo taraqqiyot bankining Yuqori texnologiyalar grant jamgʻarmasi (YUTGJ).
** trening va seminarlar, ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar oʻtkazish, yopiq sugʻorish tarmogʻini oʻrnatish vaqtida yetkazilgan zararlarni qoplash hamda audit oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-sentabrdagi PQ-381-son qaroriga 2-ILOVA
“Orolboʻyi havzasida suv resurslarini iqlim oʻzgarishiga mos holda boshqarish” loyihasining
(“Jondor” subloyihasi boʻyicha)
* trening va seminarlar, ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar oʻtkazish, yopiq sugʻorish tarmogʻini oʻrnatish vaqtida yetkazilgan zararlarni qoplash hamda audit oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-sentabrdagi PQ-381-son qaroriga3-ILOVA
“Orolboʻyi havzasida suv resurslarini iqlim oʻzgarishiga mos holda boshqarish” loyihasining
(“Bobotogʻ” subloyihasi boʻyicha)
* trening va seminarlar, ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar oʻtkazish, yopiq sugʻorish tarmogʻini oʻrnatish vaqtida yetkazilgan zararlarni qoplash hamda audit oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-sentabrdagi PQ-381-son qaroriga4-ILOVA
“Orolboʻyi havzasida suv resurslarini iqlim oʻzgarishiga mos holda boshqarish” loyihasining
(kichik subloyihalar boʻyicha)
* ushbu mablagʻlar kichik subloyihalar uchun texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqilgandan soʻng, ular oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
** trening va seminarlar, ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar oʻtkazish, yopiq sugʻorish tarmogʻini oʻrnatish vaqtida yetkazilgan zararlarni qoplash hamda audit oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-sentabrdagi PQ-381-son qaroriga5-ILOVA
“Orolboʻyi havzasida suv resurslarini iqlim oʻzgarishiga mos holda boshqarish” loyihasi uchun Osiyo taraqqiyot bankidan jalb etiladigan qarz boʻyicha asosiy qarzni qaytarish va foizlar toʻlashning