“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida Xavfsizlik boʻyicha qoʻshma komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida 2022-yil 9-martda Toshkent shahrida imzolangan Kelishuv tasdiqlansin.
2. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-tamoyillari bajarilganligi toʻgʻrisida Eron tomoniga tegishli bildirishnoma yuborilsin.
3. Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur Kelishuv kuchga kirganidan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-oktabr,
PQ-402-son