PQ-405-son Qaror · 20.10.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-405
  • Qabul qilingan sana:20.10.2022
  • Kuchga kirgan sana:21.10.2022
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/22/405/0947

(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6061-sonli Farmoniga asosan, yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish boʻyicha ishlar toʻliq yangilangan formatda olib borilmoqda.

Xususan, yangi integratsiyalashgan axborot tizimi ishga tushirilib, hozirga qadar respublikadagi 40,5 mln gektar yer maydonining elektron xaritasi yaratildi va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar raqamlashtirildi.

Ushbu yoʻnalishdagi islohotlarni izchil davom ettirish, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning toʻliq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash, yer va kadastr sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish, sohada yangi standartlarni joriy qilish, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) organlari va tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida:

(muqaddimaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-73-son qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan yerlarda joylashgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlari hamda avtomobil yoʻllarini saqlash va taʼmirlash uchun budjet mablagʻlari ajratilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab tegishli huquqlari kadastr organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan davlat koʻchmas mulk obyektlarini saqlash xarajatlari Davlat budjeti hamda vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari manbalari hisobidan moliyalashtirilmaydi.

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)

2. Suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayev, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi A. Abduvaliyev, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi v.b. X. Xasilov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari davlat organlari va tashkilotlari foydalanishida boʻlgan yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqining belgilangan tartibda toʻliq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlamaganligi uchun ogohlantirilsin.

3. 2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)

Kadastr agentligi direktori F. Poʻlatov mazkur prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash uchun masʼul etib belgilansin.

4. Quyidagilarni oʻz ichiga olgan 2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish dasturi tasdiqlansin:

(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)

2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarini oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot va mebel bilan taʼminlashning asosiy koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;

(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)

2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash parametrlari 3-ilovaga muvofiq;

(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)

2023 — 2026-yillarda fazoviy maʼlumotlar sohasida qabul qilinadigan standartlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;

2023 — 2026-yillarda davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya sohasini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq.

Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) mazkur Dasturda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.

5. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:

Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlimlar), Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi), uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va ularga umumiy rahbarlik qilish vertikal boshqaruv tizimi hamda yakkaboshchilik asosida Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;

Kadastr agentligining hududiy boʻlimlari faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, saqlash, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;

Kadastr agentligining hududiy boʻlimlari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining qonuniy faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aralashish yoki taʼsir oʻtkazish qatʼiy taqiqlanadi.

6. Kadastr agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2023-yil 1-iyulga qadar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga muvofiq Kadastr agentligi organlariga taalluqli boʻlgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani Ichki ishlar vazirligining “E-maʼmuriy ish” tizimi bilan toʻliq integratsiya qilingan maxsus mobil dastur orqali elektron hujjat shaklida tuzish imkoniyatini yaratsin.

7. Quyidagilar:

Kadastr agentligi markaziy apparati tuzilmasida — Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi;

Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari tuzilmalarida — chegara masalalari boʻyicha bosh mutaxassis lavozimi;

Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji tuzilmasida — yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;

“Geoinnovatsiya markazi” DUK tuzilmasida — geodeziya va kartografiya sohasida qoʻllaniladigan oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasi, kadastr sohasida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash boʻyicha tayanch doktorantura faoliyati, Fazoviy maʼlumotlar sohasida standartlash boshqarmasi hamda Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi tashkil etilsin.

8. Belgilansinki:

Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi uchun qoʻshimcha 16 ta shtat birligi Davlat kadastrlari palatasidagi tegishli shtat birliklari qisqartirilishi hisobiga tashkil etiladi, ushbu shtat birliklarini saqlash va Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish xarajatlari har yili geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlarini yuritish ishlari uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi;

13 nafar chegara masalalari boʻyicha bosh mutaxassis lavozimi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha shtat birliklarini ajratish hisobidan joriy etiladi.

9. Belgilansinki, yangi oʻzlashtirilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar Qishloq xoʻjaligi vazirligining xulosasiga muvofiq qabul qilinadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qaroriga asosan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasining tegishli turiga kiritiladi.

Kadastr agentligi 2023-yil 1-martga qadar Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda yer fondi toifalari va turlarini oʻzgartirish hamda ushbu oʻzgarishlarni hisobga olish tartibini nazarda tutsin.

10. Belgilansinki, Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash doirasida:

buyurtmachi — Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari hisoblanadi;

bosh loyihachi va pudrat tashkilotlari — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov yoki tenderlar natijalari boʻyicha aniqlanadi.

11. Mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalarini xarid qilish qismi boʻyicha — Davlat budjeti mablagʻlari;

bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash qismi boʻyicha — Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari, tizim tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)

Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarini oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy taʼminot va zarur jihozlar bilan taʼminlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish qismi boʻyicha — Davlat budjeti mablagʻlari, Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari, tizim tashkilotlarining oʻz mablagʻlari, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan ilmiy loyihalar tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

12. Kadastr agentligining respublika hududlarining tabiiy-iqtisodiy salohiyati yagona umumdavlat kompleks hisobga olinishini taʼminlash, hududlarda amalga oshiriladigan davlat va maxsus ahamiyatga ega geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarining aniqligi va sifatini oshirish, sunʼiy yoʻldosh geodezik tarmogʻi qamrovini kengaytirish maqsadida mazkur qarorga 2-ilovaga muvofiq, 80 ta doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalarini xarid qilish haqidagi taklifi maʼqullansin.

Kadastr agentligi (F. Pulatov):

uch oy muddatda doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalarini joylashtirish (qurish) uchun texnik loyiha ishlab chiqish va tasdiqlash;

doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalarini xarid qilish, ishlab chiqilgan texnik loyihaga muvofiq ularni 2023 — 2025-yillarda tegishli hududlarga joylashtirish (qurish) choralarini koʻrsin.

13. Kadastr agentligi Qurilish vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga 3-ilovada belgilangan obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari vakolatli ekspertiza organlarida belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqilishi va kelishilishi hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish choralarini koʻrsin.

14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi sarf-xarajatlar uchun Davlat budjetidan Kadastr agentligiga zarur mablagʻlarni ajratsin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili Kadastr agentligining hududiy boʻlimlarini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.

(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev va Kadastr agentligi direktori F.J. Pulatov belgilansin.

Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2022-yil 20-oktabr,

PQ-405-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga 1-ILOVA

2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari faoliyatining

(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga2-ILOVA

2023 — 2026-yillarda Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarini oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot va mebel bilan taʼminlashning

* Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

** Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi va tizim tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

*** Yakuniy narx koʻrsatkichlari loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender (tanlov) natijalari asosida batafsil belgilanadi.

Izoh:

Kadastr agentligi tomonidan 2023 — 2026-yillarda Kadastr agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarni oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy taʼminot va mebel bilan taʼminlashning asosiy koʻrsatkichlariga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Kadastr agentligining tizimidagi tashkilotlarga ularning mablagʻlari hisobidan belgilangan oʻlchash vositalari, zamonaviy kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminot va mebellar xarid qilish ushbu tashkilotlarning moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga 3-ILOVA

2023 — 2026-yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash

(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)

* Loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, tasdiqlangandan soʻng bajariladigan ishlar qiymatiga aniqlik kiritiladi.

Izoh: Kadastr agentligi, zarur hollarda, ushbu obyektlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, obyektlarni oʻzgartirish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga 4-ILOVA

2023 — 2026-yillarda fazoviy maʼlumotlar sohasida qabul qilinadigan standartlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga 5-ILOVA

2023 — 2026-yillarda davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya sohasini rivojlantirish boʻyicha

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2024-y., 06/24/16/0051-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qaroriga 6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 3-avgustdagi “Jahon banki ishtirokida “Koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2571-son qarorining rus tilidagi matnida:

a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“period realizatsii proyekta opredelen v techeniye 7 let (3-avgusta 2016 goda — 31-dekabrya 2022 goda”.

b) 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ispolnitelnom organom, otvetstvennim za realizatsiyu ukazannogo proyekta, selevoye i effektivnoye ispolzovaniye zayma MAR, a takje obespecheniye dostijeniya vsex selevix pokazateley proyekta, yavlyayetsya Agentstvo po kadastru pri Gosudarstvennom nalogovom komitete (daleye — Agentstvo po kadastru)”;

v) 5-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi hamda 9-banddagi “Goskomgeodezkadastra” soʻzlari “Agentstva po kadastru” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3639-son qarorida:

a) 2-bandda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“fazoviy maʼlumotlarni standartlash boʻyicha ishlarni tashkil etish;

kadastr sohasida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash boʻyicha tayanch doktorantura faoliyatini yuritish”;

toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.

b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi ijro etuvchi apparatining

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 40 nafar.

* Kadastr agentligi tizimi xodimlari”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4819-son qarorida:

a) 5-bandning oltinchi xatboshisidagi “hamda Davlat kadastrlari yagona tizimini” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “111 nafardan” soʻzlari “128 nafardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 7-bandda:

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“zarur hollarda Kadastr agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlarining tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish”;

toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Kadastr agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlariga Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish”;

g) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi markaziy apparatining

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 128 nafar.

* Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

(Boshqarmalar tarkibidagi boʻlim va shuʼbalar Kadastr agentligi direktori tomonidan belgilanadi)”.

d) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 17 nafar

* Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

** Oʻz faoliyatiga doir vazifalarni amalga oshirishda bevosita Kadastr agentligiga boʻysunadi.

*** Toshkent shahar boshqarmasi bundan mustasno”.

e) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi hududiy organlari xodimlarining

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.