Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2023-yilda ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi 3-ilovaga muvofiq;
Foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagi soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetida quyidagi miqdorlarda qoldirilsin:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻliq hajmda;
foyda soligʻi toʻliq hajmda (mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning toʻlov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan toʻlanadigan foyda soligʻi bundan mustasno);
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasida daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismining 100 foizi, qolgan hududlarda esa 60 foizi (mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno).
Bunda soliq turlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq toʻlovchilardan tushumlar (mazkur qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) hududlar kesimida inobatga olinadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari oʻzgarishidan kelib chiqib, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha daromadlar prognozini tasdiqlangan koʻrsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berilsin.
Belgilansinki, 2022-yil IV chorak yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetiga daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini oʻtkazish 2023-yil yanvar oyida amalga oshiriladi va 2022-yilgi hisobotlarda aks ettiriladi.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
2023-yilda ijtimoiy soliq tushumlari boʻyicha 2022-yilda amal qilgan taqsimlash meʼyorlari saqlab qolinadi;
2023-yil 1-yanvardan boshlab, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi maʼmurchiligidagi korxonalarga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish imkoniyatini beruvchi tartib tatbiq etiladi;
jismoniy shaxslarga ular tomonidan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida amalga oshirilgan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi toʻlovlar respublika budjeti daromadlari qismida qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishga rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son qaroriga 6-ilovada nazarda tutilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkalarini qoʻllash tartibi 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
5. 2023-yil uchun quyidagi soliq stavkalari:
a) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun:
rentabellik darajasidan kelib chiqqan holda foyda soligʻi 5-ilovaga muvofiq;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq oltin boʻyicha — 10 foiz, palladiy, kumush va mis boʻyicha — 15 foiz;
b) “Oʻzbekneftgaz” AJ uchun neft, tabiiy gaz va gaz kondensati boʻyicha — 15 foiz;
v) oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yigʻim 1 gramiga 1 000 soʻm miqdorida tasdiqlansin.
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2023-yil 1-aprelga qadar:
“Oʻzdaverloyiha” ilmiy-loyiha instituti, Soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi yerlariga ega boʻlgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻini hisoblash uchun ushbu yerlarning normativ qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro tajribani hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini aniqlash tartibini koʻrib chiqsin va uni takomillashtirish boʻyicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Jismoniy shaxslarga soliq yukining keskin oshishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlariga, shuningdek, ular egallab turgan yer uchastkalariga nisbatan quyidagilar belgilansin:
2018-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi summasi 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;
jismoniy shaxslardan olinadigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yer soligʻi summasi 2022-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.
8. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda barcha hududlarda birinchi — toʻrtinchi sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlashni tashkil etish boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Qaror loyihasida ajratiladigan mablagʻlar sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish boʻyicha aniq mexanizmlar nazarda tutilsin.
9. 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bola taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlariga nisbatan tumanlarning toifasidan kelib chiqib, quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilsin:
5-toifadagi tumanlarda — 25 foiz;
4-toifadagi tumanlarda — 25 foiz;
3-toifadagi tumanlarda (shahar aholi punktlaridan tashqari) — 15 foiz.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-152-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/152/0773-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilangan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning qoʻshimcha vakolatlari quyidagi tartiblarda amalga oshirilsin:
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning rahbarlari oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning jamlanma xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, jamlanma daromadlar va xarajatlar, daromadlar va xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi va roʻyxatga oladi;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar oʻziga ajratiladigan mablagʻlar doirasida joriy xarajatlarini qayta taqsimlash, jumladan tarmoqni rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlarni bir rivojlantirish dasturidan boshqa rivojlantirish dasturiga qayta taqsimlash orqali mablagʻlarni mustaqil tasarruf etadi;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan rivojlantirish dasturlariga ajratilgan mablagʻlar hisobidan ushbu dasturlarda nazarda tutilmagan xarajatlar boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tashabbusi bilan yangidan ishlab chiqiladigan rivojlantirish dasturlari va tadbirlarni moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablagʻlar tegishli birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
12. Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning rahbarlari:
oʻz tasarrufidagi tizimda budjet intizomiga amal qilinishi ustidan nazorat qilish;
oʻzlarining va tasarrufidagi tashkilotlarning jamlanma xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, xarajatlar smetasi va shtat jadvallari, jamlanma daromadlar va xarajatlar, daromadlar va xarajatlar smetalarining toʻgʻri tuzilishi;
budjetdan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning toʻliq bajarilishi;
tasarrufidagi tizim tashkilotlariga budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning toʻgʻri taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, jumladan ularning xarajatlar smetalariga oʻzgartirishlar kiritilishi;
budjetdan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish, xususan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va davlat dasturlari uchun belgilangan xarajatlar toʻliq rejalashtirilishi va oʻz vaqtida toʻlanishi;
davriy jamlanma moliyaviy hisobotlar toʻgʻri shakllantirilishi va oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun shaxsan masʼul ekanliklari belgilansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan tartiblarni tegishli axborot tizimlari orqali amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga qoʻshimcha vakolatlar berilishi munosabati bilan ular tomonidan budjet intizomiga rioya etilishi hamda ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan doimiy nazoratni kuchaytirsin va 2023-yil I chorak yakunlari boʻyicha joriy etilgan yangi tartib natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.
13. Belgilansinki, birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan foydalanishi bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarning bajarilishi:
har chorak yakuni boʻyicha vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari tomonidan baholanadi;
hisobot yili yakuni boʻyicha Hisob palatasi tomonidan auditdan oʻtkaziladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga har chorak yakunida:
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan foydalanishi bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarning bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini;
Soliq qoʻmitasi va Bojxona qoʻmitasining Davlat budjeti daromadlari prognozi toʻliq hamda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash, qoʻllanilgan soliq va bojxona imtiyozlarining samaradorligi toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borish tavsiya etilsin.
14. Vazirlik va idoralarning ichki audit xizmati faoliyati samaradorligini oshirish orqali ularga ajratilgan budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
2023-yil 15-fevralga qadar vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash tartibini ishlab chiqsin;
2023-yil 1-iyunga qadar vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari faoliyatini baholasin va ularning faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrsin;
2023-yil 1-apreldan boshlab vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari xodimlarini davlat sektorida ichki audit va ichki nazorat sohasida doimiy oʻqitib borish tizimini joriy etsin.
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:
kelgusida mahalliy budjetlarga ajratiladigan budjet ssudalarini belgilangan muddatda qaytarish yuzasidan shaxsiy javobgar ekanligi koʻrsatib oʻtilsin;
birinchi navbatda mazkur qarorning 2-bandi yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan respublika budjetidan oʻtkazib beriladigan mablagʻlar hisobidan mahalliy budjetlarga ajratilgan maqsadli budjet ssudalarini qoplash choralarini koʻrsin.
16. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
2023-yil 1-yanvardan boshlab soliqlar, majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga kelib tushgan mablagʻlarning hamda mazkur jamgʻarmalarning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklariga joylashtirishdan olingan daromadlarning 40 foizi har oy yakunlari boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi, bundan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar mustasno;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2025-y., 06/25/140/0771-son)
Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti taqchillik bilan tasdiqlangan davrda budjet ssudalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga faqatgina yil yakuniga qadar qaytarish sharti bilan vaqtinchalik yuzaga kelgan kassa uzilishini qoplash uchun ajratiladi.
17. Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek, 2022-yilni sifatli yakunlash hamda 2023-yilni muvaffaqiyatli boshlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
2023-yil 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoniga asosan “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 07/23/117/0207-son)
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 9-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
22. Mazkur qaror 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-dekabr,
PQ-471-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga 1-ILOVA
2023-yilda ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlari
*Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2023-y., 07/23/149/0267-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga 2-ILOVA
2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari aylanma kassa mablagʻlarining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga 3-ILOVA
2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga4-ILOVA
Foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati
*Izoh: roʻyxatda qayd etilgan korxonalar boshqa korxonalar tarkibiga kirganda va boshqa korxona bilan birlashganda yoki qayta tashkil etilgan holatlarda ushbu roʻyxatga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga5-ILOVA
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun foyda soligʻi stavkalari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish boʻyicha
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 07/23/117/0207-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga 7-ILOVA
Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek, 2022-yilni sifatli yakunlash hamda 2023-yilni muvaffaqiyatli boshlash boʻyicha
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi PQ-117-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 07/23/117/0207-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 1-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4755-son qarori 1-bandi “v” kichik bandining beshinchi va oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qarorida:
a) 1-ilovada:
13-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi 39-1-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
b) 2-ilovada:
4-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar hisobini yuritish hamda monitoring qilib borish Moliya vazirligining axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) amalga oshiriladi”;
6-band “Moliya vazirligiga taqdim etadi” soʻzlaridan keyin “hamda axborot tizimiga kiritadi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
9-band “xabarnomalariga muvofiq toʻlanadi” soʻzlaridan keyin “hamda toʻlangan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot va toʻlovni tasdiqlovchi hujjatlar axborot tizimiga 3 (uch) ish kuni ichida kiritiladi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 12-1-band bilan toʻldirilsin:
“12-1. Badallar toʻlovchilar tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng 1 (bir) oy muddatda toʻlovlar xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinganligi tasdigʻini olish choralarini koʻradi va olingan tasdiq xabarnomalarini 3 (uch) ish kuni ichida axborot tizimiga yuklaydi”;
quyidagi mazmundagi 13-1-band bilan toʻldirilsin:
“13-1. Badallar toʻlovchilar tegishli toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng 1 (bir) oy muddat ichida toʻlovlar xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilinganligi tasdigʻini olish choralarini koʻradi va olingan tasdiq xabarnomalarini 3 (uch) ish kuni ichida axborot tizimiga yuklaydi”;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Markaziy banki axborot tizimdagi maʼlumotlar asosida xalqaro shartnomalar va tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar toʻlanishini doimiy monitoring qilib boradi”;
quyidagi mazmundagi 21-1-band bilan toʻldirilsin:
“21-1. Aʼzolik badali toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlgan hollarda, ushbu qarzdorlik yuzasidan maʼlumotlar va tasdiqlovchi hujjatlar ular olingan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida badal toʻlovchilar tomonidan axborot tizimiga yuklanishi lozim”;
quyidagi mazmundagi 22-1-band bilan toʻldirilsin:
“22-1. Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimiga barcha maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishi va doimiy yangilab borilishi uchun masʼul hisoblanadi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4881-son qarori bilan tasdiqlangan Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 43-pozitsiyasining “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Davlat budjeti mablagʻlari,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4888-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisidagi “35” raqami “12,5” raqami bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4986-son qarorining 10-bandidagi “2023” raqami “2025” raqami bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5017-son qarorining 3-bandida:
a) “a” kichik bandda:
birinchi xatboshidagi “2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “4 000 soʻm” va “400 soʻm” soʻzlari tegishincha “2 000 soʻm” va “200 soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “2 500” raqami “1 250” raqami bilan almashtirilsin;
b) “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2024-yil 1-yanvarga qadar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan baliqchilik xoʻjaliklariga — intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr)ning har bir kilogrammi uchun 1 500 soʻm, qolgan turdagi baliqlar uchun 500 soʻm miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratiladi”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PQ-5047-son qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5144-son qarori 5-bandining yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5270-son qaroriga 2-ilovaning 13-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Sport-taʼlim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-5280-son qaroriga 3-ilovaning 1-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-52-son qarorining 6-bandida:
a) birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev),” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “2022” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-73-son qarorida:
a) 11-bandda:
birinchi xatboshidagi “2023” raqami “2026” raqami almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “2022” raqami “2025” raqami almashtirilsin;
b) 8-ilovaning 22-pozitsiyasi “Ijro muddatlari” ustunidagi “2022” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-84-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda amalga oshiriladi”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarorida:
a) 6-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli mahalliy hokimliklarga Davlat budjeti hisobidan ehtiyojga qarab hamda mahalliy budjetlar imkoniyatlarini hisobga olgan holda 2023-yilda moliya yili davomida qaytarish sharti bilan 200 milliard soʻmgacha budjet ssudasini ajratsin”;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 10-ilova 40-pozitsiyasining “Tadbirlar nomlanishi” ustunidagi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hududlarning master rejalarini ishlab chiqish va yer uchastkalarini zarur infratuzilma bilan taʼminlash ishlarini moliyalashtirish uchun tegishli mahalliy hokimliklarga Davlat budjeti hisobidan ehtiyojga qarab hamda 2023-yilda moliya yili davomida qaytarish sharti bilan 200 milliard soʻmgacha budjet ssudasini ajratish”.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-128-son qarori 13-bandining oltinchi xatboshisidagi “2023-yil 1-sentabrdan” soʻzlari “2024-yil 1-yanvardan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-139-son qarorining 5-bandida:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB bilan birgalikda”;
b) ikkinchi xatboshidagi “2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-168-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshisidagi “2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi “Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-178-son qarorida:
a) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PQ-178-son qaroriga 1-ILOVA
Jahon banki ishtirokidagi “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy PARAMETRLARI
Izoh. Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi, tovarlarni yetkazib berish boʻyicha tenderlar va xizmatlarni bajarish natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Davlat soliq qoʻmitasiga Loyiha doirasida ajratilib, iqtisod qilingan mablagʻlarni moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, Jahon banki bilan kelishilgan holda qayta taqsimlash vakolati beriladi”;
b) 3-ilovaning 13-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Respublikada goʻsht, jun va sut yoʻnalishidagi mayda shoxli mollarni koʻpaytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-224-son qarori 3-bandining birinchi xatboshisidagi “200 milliard soʻm” soʻzlari “30 milliard soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-232-son qarorida:
a) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “30 milliard soʻm, jumladan uning birinchi bosqichini moliyalashtirish uchun bir hafta muddatda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 20-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 1-ilovaning 15-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar” ustunining ikkinchi xatboshisidagi “10 milliard soʻm” soʻzlari “5 milliard soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-maydagi “Gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-262-son qarori quyidagi mazmundagi 4-1-band bilan toʻldirilsin:
“4-1. Jamgʻarma 2022-yil 1-iyundan boshlab toʻlaqonli qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida eʼtirof etilsin”.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PQ-295-son qarori bilan tasdiqlangan Mis va noyob metallarni qayta ishlash orqali yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratilgan “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 11-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-308-son qarorining 6-bandida:
a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2023-yildan boshlab Paxtachilik kengashi faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi orqali moliyalashtirish tartibi joriy etilsin”;
b) ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan mablagʻlar Paxtachilik kengashi va uning boshqaruv guruhi aʼzolari hamda 13 ta tumanlar ishchi guruhlari aʼzolariga ish haqi toʻlash, Paxtachilik kengashiga mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, 13 ta tumanlarga yangi ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalarni (shu jumladan, dronlar va raqamli texnologiyalar asosidagi) joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi”.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyuldagi “Chirchiq shahrida qishloq xoʻjaligi mashinasozligi klasterini tashkil etishni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-335-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Moliya vazirligi 2022-yil davomida qishloq xoʻjaligi texnikalarini kredit yoki lizing shartlari asosida xarid qilish uchun tijorat banklarining soʻrovnomalariga asosan 10 yil muddatga 7 foiz stavkada 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha milliy valyutadagi mablagʻlarni depozitga joylashtirsin. Bunda”;
b) 2-ilovaning 1-pozitsiyasida:
“Chora-tadbirning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022-yilda qishloq xoʻjaligi texnikalarini kredit yoki lizing shartlari asosida xarid qilish uchun Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklarining soʻrovnomalariga asosan 10 yil muddatga 7 foiz stavkada 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha milliy valyutadagi mablagʻlarni depozitga joylashtirish”;
“Ijro muddati” ustunining birinchi xatboshisidagi “ikki hafta muddatda” soʻzlari “2022-yil davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 414-son qarori 4-bandining birinchi xatboshisidagi “2023” raqami “2024” raqami bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablagʻlarini taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 8-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Ushbu Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan tartibda budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablagʻlar budjet tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli boʻlinmalarida ochilgan budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar “E-auksion” elektron savdo platformasi tomonidan avtomatik tarzda quyidagi tartibda taqsimlanadi”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50 foizi — budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion savdolarida sotilgan taqdirda ularni baholash va sotish xarajatlari budjet tashkilotlari tomonidan toʻlanadi”;
b) 9-banddagi “tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan” soʻzlari “tashkilotlariga yoʻnaltiriladigan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning oʻn birinchi xatboshisidagi “yuridik shaxs” soʻzlari “yuridik yoki jismoniy shaxslar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) II boʻlim 5-paragrafning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-§. Baliqchilik hovuzlari, imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band boʻlgan yerlarning, shuningdek jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlarida va dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yerlarning meʼyoriy qiymatini aniqlash”;
v) quyidagi mazmundagi 34-1-band bilan toʻldirilsin:
“34-1. Jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi va dehqon xoʻjaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlarning normativ qiymati mos ravishda tuman (shahar)ning sugʻoriladigan yoki sugʻorilmaydigan yerlarining oʻrtacha normativ qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi”.
31. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankini oʻzgartirish va uni Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida keyinchalik xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 523-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “2022” raqami “2023” raqami bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomda 90-10-banddagi “(uning barcha loyihalari boʻyicha)” soʻzlari “(innovatsion, amaliy va fundamental loyihalar boʻyicha)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-oktabrdagi “Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi 602-son qarorida:
a) 1-ilovada:
3-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
3-bob oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-ilovada:
1-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
3 va 4-boblar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
34. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-iyuldagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandida:
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“parrandachilik xoʻjaliklariga — oʻz xoʻjaliklarida yetishtirilib, sotilgan parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab 2024-yil 1-yanvarga qadar 1 250 soʻm (bunda subsidiya qoʻshilgan qiymat soligʻidan vaqtincha ozod qilish boʻyicha imtiyoz amalda boʻlgan davr uchun ham toʻlanadi)”;
b) uchinchi xatboshidagi “2022-yil”, “4 000 soʻm” va “400 soʻm” soʻzlari tegishincha “2023-yil”, “2 000 soʻm” va “200 soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 630-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisidagi “har oy” soʻzlari “mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorak” soʻzlari bilan almashtirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 71-son qaroriga 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlik va idoralar foydalanishidagi yer uchastkalari hamda dehqon xoʻjaliklarida yer tuzish, geodeziya va xatlov ishlari, kadastr pasportlarini tayyorlash va yerga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun 2022-yilda ajratiladigan mablagʻlarHISOB-KITOBI
37. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi “Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish hamda budjet tashkilotlarida moliyaviy nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 129-son qarorining 5-bandida:
a) “a” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “1-iyundan” soʻzlari “1-sentabrdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab DXSH tashkilotlariga subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari faqat shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyalari orqali yigʻilgan elektron maʼlumotlar asosida NMTTBATda hisoblanadi va 2022-yil 1-oktabrdan boshlab shakllantirilgan elektron buyurtmanoma va hisobotlar asosida toʻlanadi.
Bunda, 2022-yil yakuniga qadar subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari shakllantirilgan elektron buyurtmanoma va hisobotlar asosida toʻlanishi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi”.
38. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomning 37-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxatlari tasdiqlangandan soʻng moliya organlari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida har bir obyekt boʻyicha alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi.
Tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga asosan obyektlarning xarajatlar smetasi buyurtmachilar tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
Bunda:
2023-yil 1-iyuldan boshlab buyurtmachilar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlari orqali har bir obyekt boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga xarajatlar smetasi va unga oʻzgartirish (qoʻshimcha)lar kiritiladi;
buyurtmachilarga ochilgan gʻazna hisobvaragʻida (qayta taqsimlanadigan) nazarda tutilgan mablagʻlar manzilli roʻyxatlarga asosan tasdiqlangan har bir obyektning xarajatlar smetasidan kelib chiqib, buyurtmachilar tomonidan mustaqil ravishda qayta taqsimlanadi”.
39. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son “2022-yilda kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida qishloq xoʻjaligi ekinlarini suv bilan ishonchli taʼminlashga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida:
a) 7-bandda:
birinchi xatboshidagi “300” raqami “200” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “200” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin;
b) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-maydagi 243-son qaroriga 3-ILOVA
2022-yilda amalga oshiriladigan irrigatsiya tizimlari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini, nasos agregatlari va sugʻorish quduqlarini taʼmirlash-tiklash va qurish ishlari
40. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 276-son qarorida:
a) 3-bandning uchinchi xatboshisidagi “2022-yil 1-sentabriga” hamda “2022 — 2026-yillar” soʻzlari tegishincha “2023-yil 1-martga” hamda “2023 — 2027-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 3-1-band bilan toʻldirilsin:
“3-1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab Moliya vazirligi har yilning yakuniga koʻra Yagona yetkazib beruvchilar reyestridagi roʻyxatni qayta koʻrib chiqadi hamda uni doimiy tarzda yangilab boradi”.
41. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi texnologik asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 352-son qarorining 1-ilovasida:
a) 576-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“**Oʻzbekiston Respublikasining rezident aviakompaniyalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan ishlab chiqarilganiga 15 yildan oshmagan samolyotlarga nisbatan tatbiq etiladi”.
42. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi beshinchi xatboshisidagi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4095-son qarori 3-bandining “b” kichik bandi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5146-son qarorining 2-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5233-son qarorining 4-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktabrdagi “Sugʻurta bozorini raqamlashtirish va hayot sugʻurtasi sohasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5265-son qarorining 3-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-son qaroriga 2-ilovaning 34-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi “Mehmonxona xoʻjaligi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 433-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi “Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi 1030-son qarori 3-bandining “d” kichik bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi “Sport-taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 90-son qarorining 1-bandi, shuningdek, unga 1-ilova.
10. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi “Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 313-son qarorining 7-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 696-son qarorining 16-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi “Chorvachilik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 368-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi , shuningdek, unga 2-ilova.