PF-1571-son Farmon · 09.10.1996

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlarini tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1571
  • Qabul qilingan sana:09.10.1996
  • Kuchga kirgan sana:09.10.1996

Harbiy xizmatni oʻtashni tartibga solish, harbiy xizmatchilarning huquq va burchlarini, garnizon va qorovullik xizmatlarining ichki tartib-qoidalarini belgilash, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, chegara hamda ichki qoʻshinlarida harbiy intizom va huquq-tartibotni mustahkamlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Ichki xizmat nizomi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Intizomiy nizomi tasdiqlansin hamda 1996-yilning 1-dekabridan amalga kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomini tasdiqlash va amalga kiritish topshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlarining amal qilishi chegara, ichki qoʻshinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi tegishli vazirliklari va idoralari boshqa harbiy tuzilmalarining harbiy xizmatchilariga nisbatan ham tatbiq etilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining buyurtmalari boʻyicha yuqorida koʻrsatib oʻtilgan nizomlarni nashr etsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1996-yil 9-oktabr,

PF-1571-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.