Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, boʻsh turgan davlat aktivlari, mavjud tabiiy resurslar zaxiralari, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidagi yer maydonlari va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda investitsiyalarni jalb qilish hisobiga qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar Qashqadaryo viloyatini 2023-yilda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi bandligini taʼminlash, mahallalarni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish;
foydalanilmayotgan davlat aktivlari hamda mavjud tabiiy resurslar zaxiralaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish orqali ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish;
mahallalar ixtisoslashuvini hisobga olgan holda mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik, chorvachilik, savdo va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida mikromarkazlarni tashkil etishni yanada jadallashtirish;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari va suv resurslaridan oqilona foydalanish orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish;
viloyat hududidan oʻtuvchi xalqaro avtomobil yoʻli atrofida yoʻlboʻyi infratuzilmasini hamda turizm, taʼlim va tibbiy xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini yaratish.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qashqadaryo viloyatining 2023-yil uchun asosiy maqsadli koʻrsatkichlari belgilansin:
yalpi hududiy mahsulot hajmini 59 032 milliard soʻmga;
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 24 012 milliard soʻmga;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 31 456 milliard soʻmga;
xizmat koʻrsatish hajmini 19 900 milliard soʻmga;
daromadli mehnat bilan band boʻladigan aholi sonini 440 ming nafarga;
hududiy eksport hajmini 325,9 million AQSH dollariga yetkazish.
3. Quyidagilar:
Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirish yuzasidan 2023 — 2025-yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-96-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 07/26/96/0249-son)
qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va xom ashyo zaxiralarini chuqur qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida 2023-yilning I choragi yakuniga qadar auksion savdolariga chiqariladigan zaxiralarga ega 46 ta yer qaʼri uchastkalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
2023-yilda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik, chorvachilik, savdo va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida mikromarkazlar tashkil etiladigan mahallalar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
2023-2024-yillarda tashkil etiladigan kichik sanoat zonalari va ularni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash tadbirlarining manzilli dasturlari 5-, 5a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda mazkur qarorga 3-ilovada keltirilgan zaxiralarga ega 46 ta yer qaʼri uchastkalarining 2023-yil 1-mayga qadar auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, 5a-ilovaga muvofiq tasdiqlanayotgan dastur boʻyicha:
bosh reja loyihalarini ishlab chiqish Qashqadaryo viloyati mahalliy budjeti hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
bosh reja loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha loyiha tashkiloti belgilangan tartibda aniqlanadi;
obyektlarni moliyalashtirish kichik sanoat zonalarining bosh rejalari ishlab chiqilganidan soʻng belgilangan tartibda taʼminotchi tashkilotlar tomonidan berilgan texnik shartlar asosida Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Belgilansinki, Qashqadaryo viloyatida joylashgan davlat aktivlarini sotishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
a) eksperiment tariqasida:
auksion savdolarida 3 oydan ortiq muddat mobaynida sotilmasdan turgan 6-ilovadagi 72 ta davlat aktivlari ularning narxi belgilangan qiymatning 50 foiziga qadar qadam-baqadam kamaytirilgan holda savdoga chiqariladi;
narxi 50 foizgacha arzonlashtirilgan, biroq bir yildan ortiq muddat mobaynida savdoda turgan 7-ilovadagi 40 ta davlat aktivlarining auksion savdolarida sotilgan narxidan qatʼi nazar ularning xarid toʻlovlarini 3 yil muddatda teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi;
b) 2025-yil 1-yanvarga qadar olti oy davomida auksion savdolarida sotilmagan davlat aktivlari baholangan narxining 50 foizi miqdorida pasaytirilgan narxda savdoga qoʻyiladi.
7. Vazirlar Mahkamasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Qashqadaryo viloyati tumanlarida kichik sanoat zonalari, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish majmualari va boshqa sanoat obyektlarini barpo etish maqsadida 8-ilovaga muvofiq jami 206,0 gektar, shundan 32,1 gektar qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan yerlarni qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
8. Kadastr agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga 8-ilovada belgilangan yer uchastkalarining yer fondi toifasi oʻzgartirilishi munosabati bilan yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
9. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
yer uchastkalarining yer fondi toifasi oʻzgartirilishi natijasida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini;
yer uchastkalarining jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining, koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarining koʻrgan zararlari (kompensatsiya berish xarajatlari) qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini;
jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda olib qoʻyilgan yer uchastkalari davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini va Yer kodeksida belgilangan tartibda realizatsiya qilinishini taʼminlasin.
10. Qashqadaryo viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida foydalanishdan chiqib ketgan jami 5 439 gektar yer maydonini 2023-yilda qayta foydalanishga kiritishning maqsadli koʻrsatkichlari 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suv xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda suv tejovchi texnologiyalarning joriy qilinishi, lazerli tekislash tadbirlarining amalga oshirilishi hamda foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlarining qayta foydalanishga kiritilishini taʼminlasin.
11. Quyidagilar:
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi hamda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasidan Qashqadaryo viloyatining tegishli tumanlari hokimliklari zaxirasiga oʻtkaziladigan 20 ming gektar yer maydoni 10-ilovaga muvofiq;
Qashqadaryo viloyatining tegishli tumanlari hokimliklari zaxirasiga oʻtkaziladigan 20 ming gektar hamda foydalanishdan chiqqan 10 ming gektar yer maydonlarida 2023 — 2025-yillarda anor va boshqa ekinlarni joylashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari 10a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-373-son qaroriga muvofiq 2023-yilda fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʻalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan 10 530 gektar ekin maydonlari 11-ilovaga muvofiq aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
13. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Agrosanoatni rivojlantirish agentligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
qishloq xoʻjaligi ekinlari ekin maydonlariga “Bir hudud — bir mahsulot” tamoyili asosida mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda ekilishini;
2023-yilda aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladigan yer maydonlarida ekinlarni ekish va hosil olish hisobining yuritilishini;
dehqon xoʻjaliklariga ilgʻor texnologiyalardan foydalanish va dehqonchilikda samarali natijalarga erishishda koʻmaklashish hamda oʻquv seminarlari tashkil etilishini;
qishloq xoʻjaligi kooperativiga aʼzo boʻlgan yer egalariga sugʻorish vositalarini xarid qilish, urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratilishini;
issiqxona tarmogʻi keng rivojlangan tumanlarda dehqon xoʻjaliklariga ajratib berilgan ekin maydonlarida isitish tizimlarini oʻrnatmasdan yengil konstruksiyali issiqxonalar qurilishiga imtiyozli kredit mablagʻlarining ajratilishini taʼminlasin.
14. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Markaziy bank, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023-yil davomida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida Qashqadaryo viloyatiga 1,1 trillion soʻm kredit resurslarini ajratsin.
15. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda “Climate Smart” texnologiyalaridan foydalanish va qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari uchun tavsiyaviy paketlar ishlab chiqsin hamda fermer va dehqon xoʻjaliklari vakillari uchun oʻquv seminarlarini tashkil etsin.
16. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Kadastr agentligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda 2023-yil 1-mayga qadar Qashqadaryo viloyatida 2023-yilda aholiga yangi dehqon xoʻjaliklari tashkil qilish uchun ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berilib, yer uchastkasiga ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan ekin yerlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.
17. Qashqadaryo viloyati hokimligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar Qarshi shahri, Qamashi va Shahrisabz tumanlarida yuqori salohiyatga ega hududlarning master-rejalari ishlab chiqilishini yakunlasin.
Bunda:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Kadastr agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda master-rejalar asosida boʻsh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarsin;
tijorat banklariga master-rejalar asosida amalga oshiriladigan servis va savdo obyektlarini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga koʻmaklashish tavsiya etilsin.
18. Qashqadaryo viloyati hokimligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
2023-yil 1-sentabrga qadar Koʻkdala va Gʻuzor tumanlaridagi 10 ta koʻp qavatli turarjoy binolarini qurish ishlari yakunlanishini taʼminlasin;
2023-yil 1-martga qadar Kitob va Qarshi tumanlarida belgilangan tartibda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
19. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-331-son qarori bilan tasdiqlangan Mahallalarda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik yoʻnalishlarida tashkil etiladigan mikromarkazlarning manzilli roʻyxati “V. Qashqadaryo viloyati” boʻlimining “Mikromarkazlarni ishga tushirish muddati” ustunidagi “2022-yil oktabr”, “2022-yil noyabr”, “2022-yil dekabr” soʻzlari “2023-yil iyul” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov belgilansin.
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 3-fevral,
PQ-44-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-fevraldagi PQ-44-son qaroriga 1-ILOVA
2023 — 2025-yillarda Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-96-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 07/26/96/0249-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-fevraldagi PQ-44-son qaroriga 3-ILOVA
Qashqadaryo viloyatida qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va xom ashyo zaxiralarini chuqur qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida 2023-yilda auksion savdolariga chiqariladigan zaxiralarga ega yer qaʼri uchastkalari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-fevraldagi PQ-44-son qaroriga 4-ILOVA
2023-yilda Qashqadaryo viloyati mahallalarida sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik, chorvachilik, savdo va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlarida tashkil etiladigan mikromarkazlarning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-fevraldagi PQ-44-son qaroriga5-ILOVA
Qashqadaryo viloyatida yangi tashkil etiladigan kichik sanoat zonalarining
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-96-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 07/26/96/0249-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-fevraldagi PQ-44-son qaroriga5a-ILOVA
Kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash tadbirlarining
T/rHududlar va obyektlar nomiOʻlchov birligiMiqdoriAmalga oshirish muddatiObyektning umumiy qiymati(mln soʻm)Ajratiladigan mablagʻ(mln soʻm)JAMI:14 56014 560ITabiiy gaz tarmoqlarini qurishkm3,22026-2027-yillar1 4101 4101.Qamashi tumani “Mangʻit” KSZda tabiiy gaz tarmogʻini qurishkm1,52026-2027-yillar3103102.Koʻkdala tumani “Oltin dala” KSZda tabiiy gaz tarmogʻini qurishkm1,72026-2027-yillar1 1001 100IIElektr energiyasi tarmoqlarini qurishkm12,32026-2027-yillar3 1503 150dona33.Qamashi tumani “Mangʻit” KSZda elektr energiyasi tarmogʻini qurishkm102026-2027-yillar2 0002 000dona14.Koʻkdala tumani “Oltin dala” KSZda elektr energiyasi tarmogʻini qurishkm0,32026-2027-yillar500500dona15.Shahrisabz tumani “Shamaton” KSZda elektr energiyasi tarmogʻini qurishkm22026-2027-yillar650650dona1IIIAvtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilishkm5x10 00010 0006.Qamashi tumani “Mangʻit” KSZda avtomobil yoʻllarini qurishkm1,52026-2027-yillar3 0003 0007.Koʻkdala tumani “Oltin dala” KSZda avtomobil yoʻllarini qurishkm1,52026-2027-yillar3 0003 0008.Shahrisabz tumani “Shamaton” KSZda avtomobil yoʻllarini qurishkm22026-2027-yillar4 0004 000
* Infratuzilmalar uchun talab etiladigan mablagʻlar koʻrsatkichlariga loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangandan soʻng oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-96-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 07/26/96/0249-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-fevraldagi PQ-44-son qaroriga 6-ILOVA
Auksion savdolarida 3 oydan ortiq muddat sotilmay turgan davlat aktivlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-fevraldagi PQ-44-son qaroriga 7-ILOVA
Narxi 50 foizgacha arzonlashtirilgan, biroq bir yildan ortiq muddatda savdoda turgan hamda auksion savdolarida sotilgan narxidan qatʼiy nazar xarid toʻlovlarini 3 yil muddatga teng ulushlarda boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan davlat aktivlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-fevraldagi PQ-44-son qaroriga 8-ILOVA
Qashqadaryo viloyatida yer fondi toifasini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻzgartiriladigan yer uchastkalarining chegara konturlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-fevraldagi PQ-44-son qaroriga 9-ILOVA
Qashqadaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan yer maydonlarini 2023-yilda qayta foydalanishga kiritishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-fevraldagi PQ-44-son qaroriga 10-ILOVA
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi hamda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasidan tegishli tumanlar hokimliklari zaxirasiga oʻtkaziladigan yer uchastkalari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-fevraldagi PQ-44-son qaroriga 10a-ILOVA
Qashqadaryo viloyatida 2023 — 2025-yillarda foydalanishga kiritilayotgan maydonlarga ekinlarni joylashtirishning
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-fevraldagi PQ-44-son qaroriga 11-ILOVA
Qashqadaryo viloyatida “e-auksion” savdo maydonchasida ochiq elektron tanlov orqali dehqon xoʻjaligi yuritish uchun fuqarolarga ijaraga beriladigan yer maydonlari