Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilgʻi-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4779-son va 2022-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-459-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarida energiya samaradorligini oshirish, elektr energiyasi hamda issiqlik energiyasi sarfini tejash, ularni energiya tejaydigan texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan taʼminlash, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda Jahon banki bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish uchun Jahon bankining Direktorlar kengashi 2022-yil 24-iyunda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga 30 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan 143,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz mablagʻlari ajratilishini maʼqullagani;
b) Loyiha:
138,0 mln AQSH dollari miqdoridagi moliyalashtirish hajmiga ega “Jamoat binolarida energiya samaradorligini oshirish hamda toza energiya uchun investitsiya kiritish” komponenti;
5,0 mln AQSH dollari miqdoridagi moliyalashtirish hajmiga ega “Loyiha doirasida texnik koʻmak berish, personallar salohiyatini oshirish hamda uning amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash” komponentidan iborat ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Loyiha 2023 — 2028-yillar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida amalga oshiriladi;
Loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan dastlabki bosqichlarda ushbu sohada tajribaga ega boʻlgan xalqaro konsultantlar jalb qilinadi hamda yuridik shaxs sifatida Loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
Loyihani amalga oshirish jarayoniga umumiy holda nazorat qilish va muvofiqlashtirishga masʼul Loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) va xaridlarni amalga oshirish uchun Idoralararo xarid komissiyasi tuziladi;
Loyihani amalga oshirish doirasida hosil boʻladigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
Loyihani amalga oshirish doirasida qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini respublika budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish Oʻzbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
3. Quyidagilar:
Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarz mablagʻlaridan foydalanish, ularni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha prognoz grafigi 2-ilovaga muvofiq;
Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq;
Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi 4-ilovaga muvofiq;
Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorovga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan moliyaviy bitimni imzolash hamda Iqtisodiyot va moliya vaziriga Loyihani amalga oshiruvchi tashkilot bitimini imzolash, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov ikki oy muddatda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan moliyaviy bitim imzolanishini taʼminlasin.
Bunda, qarz mablagʻlarini qaytarish manbalari sifatida quyidagilar belgilansin:
modernizatsiya qilingan obyektlarda kommunal xizmatlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar uchun mahalliy budjetlardan ajratiladigan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi;
iqtisod qilingan mablagʻlarning yetmagan qismi boʻyicha Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan.
5. Belgilansinki:
Loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichlarida (modernizatsiya qilinadigan obyektlarda kommunal xizmatlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar uchun mahalliy budjetlardan ajratiladigan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi shakllangunga qadar) qarz mablagʻlarining oʻzlashtirilgan qismi boʻyicha foiz toʻlovlari davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi;
modernizatsiya qilinadigan obyektlarda kommunal xizmatlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar uchun mahalliy budjetlardan ajratiladigan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismini doimiy tarzda Loyihani qayta moliyalashtirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazib beriladi.
Bunda, kommunal xizmatlarni toʻlash boʻyicha xarajatlar uchun mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi obyektlarga oʻrnatilgan normativ miqdorlarga nisbatan hisoblansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Loyihaning amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, shu jumladan xarid qilinadigan texnika, qurilmalar va boshqa asbob-uskunalarni oʻrnatish va montaj qilish uchun maxsus joylar (xonalar) tayyorlanishini taʼminlasin.
Bunda, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda milliy qonunchilik talablariga muvofiq Loyiha doirasida zarur hisobotlar va hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishi yuzasidan javobgarlik Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining birinchi rahbarlariga yuklatilsin.
7. Quyidagilar:
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(7-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
Loyihani oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirishga javobgar etib;
jalb etilayotgan qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, xaridlarni amalga oshirish, rekonstruksiya ishlarini nazorat qilish va hisobotlarni yuritish uchun masʼul ijro etuvchi organ etib;
(7-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi modernizatsiya (rekonstruksiya) qilinishi rejalashtirilgan ijtimoiy soha obyektlari roʻyxati shakllantirilishi hamda Loyihaning mazkur roʻyxatga kiritilgan obyektlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga, ularning hududiy boshqarmalari va mahalliy hokimliklar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari esa — modernizatsiya (rekonstruksiya) qilingan obyektlarni qabul qilib olishga masʼul etib belgilansin.
(7-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
9. Adliya vazirligi bir hafta muddatda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan imzolanadigan moliyaviy bitim yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
10. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda binolar energiya auditidan oʻtkazilishining muvofiqlashtirilishi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
Loyiha doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazorati olib borilishini taʼminlasin.
Bunda, Loyiha doirasida qurilish-taʼmirlash ishlarini tashkil etish va bajarish boʻyicha faoliyatni yoʻlga qoʻyishdan oldin, belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan soʻng qurilishga ruxsat berilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazirning oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 30-mart,
PQ-106-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi PQ-106-son qaroriga 1-ILOVA
Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasining
* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tovarlarni yetkazib berish yuzasidan tenderlar va xizmatlarni bajarish natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Loyiha doirasida ajratilib, iqtisod qilingan mablagʻlarni moliyalashtirishning ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqib, Jahon banki bilan kelishilgan holda qayta taqsimlash huquqi beriladi.
** Loyiha doirasidagi soliqlar va moliyaviy ushlanmalar loyiha-smeta hujjatlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining loyihadagi oʻz ulushi sifatida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi nazarda tutilgan.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi PQ-106-son qaroriga 2-ILOVA
Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzlardan foydalanish, ularni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha
* Moliyaviy bitim imzolangandan soʻng, toʻlovning dastlabki sanasi aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi PQ-106-son qaroriga 3-ILOVA
Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-129-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi PQ-106-son qaroriga4-ILOVA
Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo komissiya
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-martdagi PQ-106-son qaroriga5-ILOVA
Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisida
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) maqomi, asosiy vazifalarini, Komissiya aʼzolarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi hamda ularning faoliyatini tartibga soladi.
2. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Jahon banki ishtirokidagi “Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirishda idoralararo oʻzaro hamkorlik hamda maʼlumot almashinuvini muvofiqlashtirish;
Loyiha doirasida modernizatsiya (rekonstruksiya) qilinadigan obyektlar roʻyxatining oʻz vaqtida va sifatli shakllantirilishini taʼminlash;
shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha obyektlarni qoʻshish va chiqarib tashlash masalalarini hal qilish;
Loyihani amalga oshirish jarayoni, shu jumladan qurilish ishlari va konsultantlar faoliyatini doimiy nazorat qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf qilish;
Loyiha doirasida mablagʻlarning maqsadli sarflanishi, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar va ajratilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligi va natijadorligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda tuziladigan ishchi guruhlarning hisobotlarini doimiy ravishda eshitib borish;
Loyiha doirasida mablagʻlardan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, asossiz amalga oshirilgan xarajatlar va yetkazilgan zararni qoplash hamda suiisteʼmol qilish holatlarini bartaraf etish choralarini koʻrish.
2-bob. Komissiyaning huquqlari
3. Komissiya oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan qarorlar qabul qilish;
Loyihaning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish;
Loyiha doirasida bajarilgan ishlar boʻyicha axborot va materiallarni talab qilib olish;
Loyiha doirasida bajarilayotgan ishlar boʻyicha affillangan shaxslar bilan tuzilayotgan shartnomalarni koʻrib chiqish;
Loyihaning samarali amalga oshirilishini taʼminlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berish.
Komissiya qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
4. Komissiya huquqlari ijro etish uchun uchinchi shaxslarga, shu jumladan Komissiyaning boshqa aʼzolariga oʻtkazilishi mumkin emas, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
5. Komissiya Loyihaning samarali va maqsadli boshqarilishini, shu jumladan Loyihani amalga oshirish guruhi vakolatlari hamda javobgarligi taqsimlanishini, manfaatlar toʻqnashuvining oldi olinishini va ularning bartaraf etilishini taʼminlaydigan boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi hamda uning joriy etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
3-bob. Komissiya tarkibi
6. Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
7. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
4-bob. Komissiya raisi
8. Komissiya raisi Komissiya faoliyatini tashkil etadi, Komissiya majlislarida raislik qiladi hamda Komissiya majlislarining bayonnomasi yuritilishini nazorat qiladi.
9. Komissiya raisi uzrli sabablarga koʻra boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini Komissiya raisining oʻrinbosari amalga oshiradi.
10. Komissiya aʼzolari oʻrtasidagi funksiyalarni taqsimlash Komissiya raisi tomonidan Komissiyaning har bir maʼlum aʼzosi uchun amalga oshiriladi.
5-bob. Komissiya aʼzolarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
11. Komissiya aʼzosi quyidagi huquqlarga ega:
Komissiya majlisida shaxsan ishtirok etish va reglament bilan ajratilgan vaqt doirasida majlisda muhokama qilinadigan masala boʻyicha soʻzga chiqish;
oʻzi ifoda etayotgan vazirlik (idora) tasarrufidagi obyektlar modernizatsiyasi (rekonstruksiyasi) boʻyicha takliflar berish;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlar.
12. Komissiya aʼzolari oʻzlarining huquq va majburiyatlarini amalga oshirishda Loyihani amalga oshirish manfaatlaridan kelib chiqib harakat qilishi, oʻz vazifalarini vakolatlari doirasida halol bajarishi, Loyiha istiqboli yoʻlida ular eng yaxshi deb hisoblaydigan usul bilan ish koʻrishi, shuningdek, Loyiha bilan bogʻliq boʻlgan tijorat sirini oshkor qilmasligi shart.
13. Komissiya aʼzolari Loyihani amalga oshirishda oʻz vazifalarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
6-bob. Komissiya majlisi
14. Komissiya majlisining kun tartibi Komissiya raisi tomonidan belgilanadi.
15. Komissiya majlisi Komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
16. Komissiya qarorlari majlisda qatnashgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
17. Komissiya majlislarida ovoz berish byulletenni toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Byulletenni rasmiylashtirishda majlisning kun tartibi, majlis oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi, ovoz berishga qoʻyilgan har bir masalaning taʼrifi va uni koʻrib chiqish navbati, har bir masala boʻyicha ovoz berish uchun “Rozi”, “Qarshi” yoki “Betaraf” ustunlariga “+” yoxud “” belgilardan biri qoʻyilishi hamda Komissiya aʼzosining ismi va familiyasi koʻrsatilgan qatorga imzo qoʻyish lozimligi toʻgʻrisida aks ettiriladi.
18. Komissiya qarorlari Komissiya majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya majlisining bayonnomasi Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
19. Komissiyaning majlisi bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
majlis oʻtkazilgan sana, vaqti va joyi;
majlisda hozir boʻlgan shaxslar;
majlisning kun tartibi;
ovoz berishga qoʻyilgan masalalar, ular yuzasidan oʻtkazilgan ovoz berish yakunlari;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror mazmuni.
20. Komissiya majlisining bayonnomasi imzolangan kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga va (yoki) loyihani amalga oshirish guruhi rahbariga ijro etish uchun topshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-129-sonli qarori tahririda)
21. Komissiya aʼzolari tomonidan toʻldirilgan va oʻz qoʻli bilan imzolangan ovoz berish byulletenlari Komissiya kotibiga topshiriladi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
22. Komissiya qarorlarining ijrosini nazorat qilish Komissiya raisi tomonidan amalga oshiriladi.
23. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.