PF-125-son Farmon · 02.08.2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-125
  • Qabul qilingan sana:02.08.2023
  • Kuchga kirgan sana:03.08.2023
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/23/125/0553

Yongʻinlarning oldini olish va ularning kelib chiqish sabablari va omillarini barvaqt aniqlash, bartaraf etish hamda bu borada davlat nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2023-yil 2-avgust,

PF-125-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PF-125-son FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5490-son Farmoniga 2-ilovaning 32-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-374-son qarorida:

a) 3-bandning “a” kichik bandida:

uchinchi xatboshi “haqli emas” soʻzlaridan keyin “davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tekshiruvlari bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi xatboshidan “Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) ilovada:

8-bandning yettinchi xatboshisi “soliq tekshiruvlari” soʻzlaridan keyin “davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

17-bandda:

birinchi xatboshi “xabardor qilishi shart” soʻzlaridan keyin “davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

uchinchi xatboshi “yoʻl qoʻyilmaydi” soʻzlaridan keyin “davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

47-bandning birinchi xatboshisidan “vakolatli organ bilan kelishgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.