Ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarda muhim tashabbuslarni ilgari surish va samarali islohotlarni amalga oshirish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining axborot-tahliliy taʼminlash faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari har oyda jalb qilingan xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim qilib boradi;
b) Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi jalb qilingan xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar bilan joriy masalalarni muhokama qilish va hal qilishning maqbul yoʻllarini aniqlash uchun muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil qiladi va tegishli takliflar tayyorlaydi;
v) istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish maqsadida:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari jalb qilingan xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, konsalting kompaniyalari, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va ekspert muassasalari hamda mutaxassislarning ular faoliyati masalalariga oid rasmiy xulosa va hisobotlarini Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim etib boradi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarni isloh qilish boʻyicha tashkil qilinayotgan xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarning dasturlarini Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim qilib boradi;
respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari har oyda tegishli davlatlarning ilgʻor tajribasi va amaliyoti toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotni Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga taqdim etib boradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentabrdagi “Strategik islohotlarni jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-216-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi A.Yu. Magrupov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 8-noyabr,
PF-190-son
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2025-y., 06/25/201/1000-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi PF-190-son Farmoniga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentabrdagi “Strategik islohotlarni jadallashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-216-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandda:
a) toʻrtinchi xatboshidagi “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. 5-bandda:
a) beshinchi xatboshidagi “hamda davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) oltinchi xatboshidagi “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Belgilab qoʻyilsinki:
Agentlik direktori bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) rahbarining oʻrinbosari hisoblanadi hamda maqomi, moddiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra unga tenglashtiriladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Agentlik direktorining oʻrinbosarlari maqomi, moddiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻbasi mudiriga tenglashtiriladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Agentlik boshqaruv xodimlari Departament rahbari bilan kelishilgan holda, Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Agentlik xodimlariga Departament xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlari va ish haqi miqdorlari tatbiq etiladi”.
5. 10-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Agentlik Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uydagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining binosida joylashtirilsin”.
7. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi A.Yu. Magrupov zimmasiga yuklansin”.
8. 1 va 2-ilovalarning matnlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining kengashi
Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining
Izoh:
1. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 20 nafar.
2. Agentlik direktori Agentlik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
3. Yordamchi xodimlarning soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi uchun belgilangan tartibga asosan aniqlanadi.
4. Guruh rahbari va bosh inspektor tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori va yetakchi inspektoriga tenglashtiriladi.
5. Agentlik direktori oʻrinbosarlarining lavozim razryadlari va tarif koeffitsiyentlari Agentlik direktori stavkasidan 5 foizgacha kam miqdorda belgilanadi”.