PF-19-son Farmon · 22.01.2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-19
  • Qabul qilingan sana:22.01.2024
  • Kuchga kirgan sana:23.01.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/24/19/0059

Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-883-son Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq, shuningdek, saylov komissiyalarining mustaqilligini yanada kuchaytirish hamda samarali faoliyat koʻrsatishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu Farmonga asosan ajratilayotgan qoʻshimcha shtat birliklarini 2024-yil 1-fevraldan boshlab moliyalashtirish uchun Davlat budjeti parametrlarida zarur mablagʻlarning nazarda tutilishini taʼminlasin. Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalarida doimiy asosda ishlovchi aʼzolarning ish haqi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan markazlashgan tartibda ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 22-yanvar,

PF-19-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-yanvardagi PF-19-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovada:

a) “1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi” boʻlimida:

“Iqtisodiyot va moliya vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “6 207” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “6 184” raqamlari tegishincha “6 206” va “6 183” raqamlari bilan almashtirilsin;

“Soliq qoʻmitasi” pozitsiyasi “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “9 765” raqami “9 761” raqami bilan almashtirilsin;

“Bojxona qoʻmitasi” pozitsiyasi “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “3 998” raqami “3 997” raqami bilan almashtirilsin;

“Kadastr agentligi” pozitsiyasi “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “960” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “387” raqamlari tegishincha “959” va “386” raqamlari bilan almashtirilsin;

b) “2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” boʻlimi “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “1 365” raqami “1 364” raqami bilan almashtirilsin;

v) “3. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” boʻlimi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “4 160” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “4 023” raqamlari tegishincha “4 159” va “4 022” raqamlari bilan almashtirilsin;

g) “4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi” boʻlimida:

“Qishloq xoʻjaligi vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “2 231” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “1 884” raqamlari tegishincha “2 230” va “1 883” raqamlari bilan almashtirilsin;

“Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi” pozitsiyasi “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “1 201” raqami “1 200” raqami bilan almashtirilsin;

“Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “606” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “587” raqamlari tegishincha “605” va “586” raqamlari bilan almashtirilsin;

“Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “308” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “303” raqamlari tegishincha “307” va “302” raqamlari bilan almashtirilsin;

d) “5. Suv xoʻjaligi vazirligi” boʻlimi “Suv xoʻjaligi vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “1 314” raqami “1 313” raqami bilan almashtirilsin;

e) “6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” boʻlimi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “655” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “85” raqamlari tegishincha “652” va “82” raqamlari bilan almashtirilsin;

j) “7. Transport vazirligi” boʻlimi “Transport vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “378” raqami “377” raqami bilan almashtirilsin;

z) “8. Energetika vazirligi” boʻlimi “Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “355” raqami “354” raqami bilan almashtirilsin;

i) “11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” boʻlimi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “1 756” raqami “1 755” raqami bilan almashtirilsin;

k) “12. Sogʻliqni saqlash vazirligi” boʻlimi “Sogʻliqni saqlash vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “609” raqami “608” raqami bilan almashtirilsin;

l) “13. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” boʻlimi “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “4 898” raqami “4 897” raqami bilan almashtirilsin;

m) “16. Madaniyat vazirligi” boʻlimi “Kinematografiya agentligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “41” raqami “40” raqami bilan almashtirilsin;

n) “17. Adliya vazirligi” boʻlimi “Adliya vazirligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “3 843” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “2 088” raqamlari tegishincha “3 842” va “2 087” raqamlari bilan almashtirilsin;

o) “20. Din ishlari boʻyicha qoʻmita” boʻlimi “Din ishlari boʻyicha qoʻmita” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “289” raqami “288” raqami bilan almashtirilsin;

p) “23. Madaniy meros agentligi” boʻlimi “Madaniy meros agentligi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “217” raqami “216” raqami bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4004-son qarorida:

a) 3-bandning “b” kichik bandida “7” va “26” raqamlari tegishincha “9” va “39” raqamlari bilan almashtirilsin;

b) 4-bandda:

birinchi xatboshidagi “2019-yil 1-yanvardan” soʻzlari “2024-yil 1-fevraldan” soʻzlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari doimiy asosda ishlovchi aʼzolarining Yagona tarif setkasi boʻyicha ish haqi razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;

v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari va Kotibiyat xodimlarining ish haqi razryadlari

Lavozimlar nomi Ish haqi razryadlari Rais 21 Rais oʻrinbosari 19 Komissiya kotibi 19 — 3% Komissiya aʼzosi 18 Kotibiyat rahbari 18 Rais maslahatchisi, Matbuot kotibi 18 — 3% Boʻlim boshligʻi, oʻquv markazi direktori, bosh buxgalter 17 Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, oʻquv markazi direktori oʻrinbosari 17 — 3% Bosh maslahatchi 16 Yetakchi maslahatchi, rais yordamchisi, buxgalter 15 ”;

g) quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-4004-son qaroriga 3-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari doimiy asosda ishlovchi aʼzolarining ish haqi razryadlari

Lavozimlar nomi Ish haqi razryadlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy saylov komissiyalari raisi oʻrinbosarlari 14 Komissiya kotibi 9

Izoh: hududiy saylov komissiyalari doimiy asosda ishlovchi aʼzolarining ish haqi razryadlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari asosida markazlashgan tartibda ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.

Bunda, mazkur xodimlarning lavozim maoshlarini belgilashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha tarif koeffitsiyentlari qoʻllaniladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.