Respublikada barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash va oʻrmon resurslarini samarali boshqarish, shuningdek, “yashil iqtisodiyot”ni qoʻllab-quvvatlash choralarini izchil davom ettirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2023-yil 10-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasida imzolangan moliyalashtirish bitimi doirasida “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) amalga oshirish uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga jami 142 million AQSh dollari miqdorida qarz mablagʻlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi bilan PROGREEN trast jamgʻarmasi hamda Koreya Respublikasining KWPF jamgʻarmasi oʻrtasida tuzilgan grant bitimlari doirasida jami 11 million AQSh dollari miqdorida grantlar jalb etilishi;
Loyihaning umumiy qiymati 205,45 million AQSh dollarini, shu jumladan Loyihadagi Oʻzbekiston Respublikasining ulushi 52,45 million AQSh dollarini tashkil etishi;
Loyihani amalga oshirish davri 6 yil (2023 — 2028-yillar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi Loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, muvofiqlashtirilishi va boshqarilishi hamda jalb etilgan qarz mablagʻlari va grantlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobot yuritilishi, qarz mablagʻlari oʻz vaqtida qaytarilishi uchun masʼul ijro etuvchi organlar hisoblanadi;
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish guruhi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha guruhi) tashkil etiladi;
Loyihani amalga oshirish davrida Loyiha guruhining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali har yili Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
3. Quyidagilar:
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasining texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi boʻyicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablagʻlarini jalb etish va qaytarish miqdorlari 2-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablagʻlaridan foydalanish, uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar 5, 5a — 5e-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorovga:
mazkur qarorga muvofiq jalb etiladigan qarz mablagʻlari va grantlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan moliyalashtirish bitimi va grant bitimlarini imzolash vakolati berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin;
zaruratga koʻra moliyalashtirish bitimi va grant bitimlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligining takliflari asosida qarzni qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlarni imzolash, shuningdek, ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.
5. Adliya vazirligi ushbu qarorda nazarda tutilgan moliyalashtirish bitimi va grant bitimlari, shuningdek, zarur hollarda, ushbu bitimlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha bitimlar yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
6. Loyiha doirasida oʻrmonzorlarni tiklash ishlarining samaradorligini baholash uchun tegishli hududlardagi oʻrmonzorlarni loyihalarni boshlashdan oldin va keyin “Oʻzbekkosmos” agentligi imkoniyatlaridan foydalangan holda kosmik suratga olish orqali xatlovdan oʻtkazishga ruxsat berilsin.
7. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi:
Loyiha doirasida xarid qilinadigan tovarlar yetkazib berilguniga qadar xarid qilinadigan uskunalarni saqlash, oʻrnatish va montaj qilish uchun tegishli bino va xonalar tayyorlanishini;
manfaatdor vazirlik va idoralarga zarur hisobot va hujjatlarni Xalqaro taraqqiyot uyushmasining talablari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida tayyorlash va taqdim etishni;
Loyiha doirasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarning yaratilishini;
Loyihani samarali amalga oshirish maqsadida Loyiha guruhiga loyihalarni boshqarishda yuqori malakaga ega chet el mutaxassislarining jalb etilishini;
Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda mazkur qarorga 5, 5a — 5e-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan chora-tadbirlarda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasin.
8. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi Loyiha doirasida ajratilgan mablagʻlarni 10 foizgacha miqdorda iqtisod qilish va Loyihaning texnik-iqtisodiy parametrlarida bajarilishi nazarda tutilgan ishlar (tadbirlar) koʻlamini kengaytirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
9. Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlardan samarali va oqilona foydalanilishi hamda ushbu jarayonda ochiqlik va oshkoralik taʼminlanishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
10. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi (S.I. Samadov) Loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirsin.
11. Tashqi ishlar vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining buyurtmanomalari asosida Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
12. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-mart,
PQ-140-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-martdagi PQ-140-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasining
* Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish boʻyicha yakuniy qiymat koʻrsatkichlari mukammal loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi natijalari boʻyicha oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolariga koʻra belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-martdagi PQ-140-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi boʻyicha Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablagʻlarini jalb etish va qaytarish
* Ekologiya vazirligi huzuridagi Ekologiya jamgʻarmasi orqali (oʻrmon xoʻjaliklari va benefitsiarlardan kelib tushgan mablagʻlar hisobidan) qarzga xizmat koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-martdagi PQ-140-son qaroriga 3-ILOVA
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablagʻlaridan foydalanish, uni qaytarish, komissiya va foiz toʻlovlarini toʻlashning
* Toʻlov summalari Xalqaro taraqqiyot uyushmasi qarz mablagʻlarining amalda oʻzlashtirilishiga qarab aniqlashtirib boriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-martdagi PQ-140-son qaroriga 4-ILOVA
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-martdagi PQ-140-son qaroriga 5-ILOVA
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshiriladigan
Izoh: mazkur chora-tadbirlarda belgilangan koʻrsatkichlarga Loyiha guruhi taklifi asosida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi qarori bilan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-martdagi PQ-140-son qaroriga 5a-ILOVA
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida Jizzax viloyatida amalga oshiriladigan
Izoh: mazkur chora-tadbirlarda belgilangan koʻrsatkichlarga Loyiha guruhi taklifi asosida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi qarori bilan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-martdagi PQ-140-son qaroriga 5b-ILOVA
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida Namangan viloyatida amalga oshiriladigan
Izoh: mazkur chora-tadbirlarda belgilangan koʻrsatkichlarga Loyiha guruhi taklifi asosida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi qarori bilan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-martdagi PQ-140-son qaroriga 5v-ILOVA
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatida amalga oshiriladigan
Izoh: mazkur chora-tadbirlarda belgilangan koʻrsatkichlarga Loyiha guruhi taklifi asosida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi qarori bilan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-martdagi PQ-140-son qaroriga 5g-ILOVA
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan
Izoh: mazkur chora-tadbirlarda belgilangan koʻrsatkichlarga Loyiha guruhi taklifi asosida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi qarori bilan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-martdagi PQ-140-son qaroriga 5d-ILOVA
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida Sirdaryo viloyatida amalga oshiriladigan
Izoh: mazkur chora-tadbirlarda belgilangan koʻrsatkichlarga Loyiha guruhi taklifi asosida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi qarori bilan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-martdagi PQ-140-son qaroriga 5e-ILOVA
“Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida amalga oshiriladigan
Izoh: mazkur chora-tadbirlarda belgilangan koʻrsatkichlarga Loyiha guruhi taklifi asosida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi qarori bilan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.