2030-yilda milliy iqtisodiyotni oʻrta daromadli mamlakatlarning yuqori guruhiga kiritish vazifalariga erishish uchun 2024-yilda bozor iqtisodiyoti poydevorini qurishning asosiy jarayonlarini yakunlab, 2025-yilda iqtisodiyotni sifat jihatdan mutlaqo yangi darajaga olib chiqish orqali aholiga munosib turmush tarzini yaratish maqsadida:
1. 2024-yilda strategik yoʻnalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi organlar etib Strategik islohotlar agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi belgilansin.
2. Quyidagilar:
2024-yilda strategik yoʻnalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi ijrosini taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi guruh) tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Chora-tadbirlar rejasining har bir asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha kichik ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda — Kichik ishchi guruhlar) tarkiblari 3 — 3i-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Kichik ishchi guruhlar rahbarlari har bir yoʻnalishda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda xalqaro moliya institutlari, konsalting kompaniyalar, xorijiy va mahalliy ekspertlarni, xususan ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari hamda akademiyalarning yetakchi olim va mutaxassislarini mazkur guruhlarga jalb qilsin.
4. Masʼul vazirlik va idoralarga xorijiy konsalting kompaniyalari bilan Chora-tadbirlar rejasini samarali amalga oshirish boʻyicha ekspert koʻmagi va maslahatlar xizmati koʻrsatilishi yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri uch tomonlama (vazirlik va idora — xorijiy konsalting kompaniyalari — Strategik islohotlar agentligi) shartnomalar tuzishga ruxsat berilsin.
Belgilansinki, xorijiy konsalting kompaniyalari tomonidan ekspert koʻmagi va maslahatlar xizmati koʻrsatilishi vazirlik va idoralarning oʻz mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
5. Muvofiqlashtiruvchi guruh:
masʼul vazirlik va idoralar tomonidan Chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarning toʻliq va sifatli amalga oshirilishini nazorat qilsin;
Chora-tadbirlar rejasi ijrosini taʼminlashda masʼul vazirlik va idoralar bilan yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilish va ularni bartaraf qilish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatib borsin.
Bunda, har oy yakunida Chora-tadbirlar rejasining ijrosini tahlil qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida oʻtkaziladigan yigʻilishlarga asosiy masalalar boʻyicha tahliliy materiallarni kiritib borsin.
6. Kichik ishchi guruhlar:
bir hafta muddatda har bir asosiy yoʻnalish boʻyicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha batafsil oyma-oy reja grafigini tasdiqlasin;
har oyning 5-sanasiga qadar Chora-tadbirlar rejasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumotlarni Muvofiqlashtiruvchi guruhga kiritib borsin.
7. Belgilansinki:
masʼul vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari Chora-tadbirlar rejasida belgilangan tadbirlarning sifatli va toʻliq ijrosini taʼminlashda shaxsan javobgar hisoblanadi;
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijro etilishi holati Vazirlar Mahkamasining yigʻilishlarida tanqidiy koʻrib chiqiladi, shuningdek, yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Strategik islohotlar agentligi direktori B.B. Raxmatov hamda Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-mart,
PQ-109-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qaroriga 1-ILOVA
2024-yilda strategik yoʻnalishlardagi islohotlarni amalga oshirish
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-sentabrdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2024-y., 06/24/140/0728-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qaroriga 2-ILOVA
2024-yilda strategik yoʻnalishlardagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi ijrosini taʼminlash boʻyicha
1. B.B. Raxmatov — Strategik islohotlar agentligi direktori, Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari 2. J.A. Qoʻchqorov — Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Muvofiqlashtiruvchi guruh hamrahbari 3. T.A. Ishmetov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari 4. G.K. Saidova — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari 5. O.A. Xakimov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari — Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori 6. A.B. Samadov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari oʻrinbosari 7. J.T. Mirzamaxmudov — Energetika vaziri 8. I.Y. Abduraxmonov — Qishloq xoʻjaligi vaziri 9. Sh.R. Xamrayev — Suv xoʻjaligi vaziri 10. Sh.X. Shermatov — Raqamli texnologiyalar vaziri 11. I.R. Mahkamov — Transport vaziri 12. L.Sh. Kudratov — Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri 13. A.M. Abdukadirov — Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari 14. R.K. Azizov — Strategik islohotlar agentligi direktori oʻrinbosari 15. I.I. Norqulov — Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari 16. B.B. Xodjayev — Iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari 17. A.Y. Xaydarov — Iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari 18. U.R. Shodiyev — Turizm qoʻmitasi raisi 19. U.K. Abidxodjayev — Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori
Izoh: Muvofiqlashtiruvchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qaroriga 3-ILOVA
Makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, budjet-soliq siyosatining samaradorligini oshirish va davlat xaridlari tizimini takomillashtirish boʻyicha kichik ishchi guruh
1. T.A. Ishmetov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari 2. N.Q. Xolmurodov — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari 3. A.Y. Xaydarov — Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari 4. G.X. Raximova — Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari 5. B.S. Xamrayev — Markaziy bank raisi oʻrinbosari 6. R.K. Azizov — Strategik islohotlar agentligi direktori oʻrinbosari 7. Kelishuvga asosan — Xalqaro moliya institutlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, akademiya va oliy taʼlim muassasalari vakillari 8. A.A. Djalilov — Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori, ishchi guruh kotibi
Izoh: Kichik ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qaroriga 3a-ILOVA
Mamlakat energetika xavfsizligini taʼminlash boʻyicha kichik ishchi guruhi
1. J.T. Mirzamaxmudov — Energetika vaziri, ishchi guruh rahbari 2. B.B. Xodjayev — Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, ishchi guruh hamrahbari 3. Sh.Y. Ismailov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻba mudiri 4. A.B. Abdullayev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi 5. A.B. Maxmudov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi 6. Sh.X. Xodjayev — Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori 7. A.M. Abdukadirov — Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari 8. B.B. Sidiqov — “Oʻzbekneftgaz” AJ raisi 9. Kelishuvga asosan — Xalqaro moliya institutlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, akademiya va oliy taʼlim muassasalari vakillari 10. X.B. Mustafoyev — Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti direktori, ishchi guruh kotibi
Izoh: Kichik ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qaroriga 3b-ILOVA
Qishloq va suv xoʻjaligida islohotlarni kuchaytirish, aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash boʻyicha kichik ishchi guruh
1. A.B. Samadov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari 2. A.Y. Xaydarov — Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, ishchi guruh hamrahbari 3. K.K. Mardonov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi 4. I.Y. Abduraxmonov — Qishloq xoʻjaligi vaziri 5. Sh.R. Xamrayev — Suv xoʻjaligi vaziri 6. R.K. Azizov — Strategik islohotlar agentligi direktori oʻrinbosari 7. Kelishuvga asosan — Xalqaro moliya institutlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, akademiya va oliy taʼlim muassasalari vakillari 8. A.A. Zaxidov — Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori, ishchi guruh kotibi
Izoh: Kichik ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qaroriga 3v-ILOVA
Telekommunikatsiya sohasini isloh qilish boʻyicha kichik ishchi guruh
1. A.B. Samadov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament rahbari oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari 2. Sh.X. Shermatov — Raqamli texnologiyalar vaziri, ishchi guruh hamrahbari 3. B.D. Maksimkulov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi 4. R.K. Azizov — Strategik islohotlar agentligi direktori oʻrinbosari 5. B.B. Xodjayev — Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari 6. A.A. Kadirov — Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqotlar instituti direktori 7. Kelishuvga asosan — Xalqaro moliya institutlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, akademiya va oliy taʼlim muassasalari vakillari 8. O.M. Pardayev — Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori oʻrinbosari, ishchi guruh kotibi
Izoh: Kichik ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qaroriga 3g-ILOVA
Transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha kichik ishchi guruh
1. R.K. Azizov — Strategik islohotlar agentligi direktori oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari 2. I.R. Mahkamov — Transport vaziri, ishchi guruh hamrahbari 3. B.D. Maksimkulov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi 4. R.R. Abdraximov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi 5. B.K. Adilov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi 6. B.B. Xodjayev — Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari 7. Kelishuvga asosan — Xalqaro moliya institutlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, akademiya va oliy taʼlim muassasalari vakillari 8. Z.M. Astanov — Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori, ishchi guruh kotibi
Izoh: Kichik ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qaroriga 3d-ILOVA
Urbanizatsiya jarayonlari va uy-joy qurilishini jadallashtirish boʻyicha kichik ishchi guruhi
1. I.I. Norqulov — Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari 2. A.A. Baxtiyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi, ishchi guruhi hamrahbari 3. R.K. Azizov — Strategik islohotlar agentligi direktori oʻrinbosari 4. Sh.S. Xidoyatov — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari 5. D.K. Adilov — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari 6. Lavozimi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari 7. Kelishuvga asosan — Xalqaro moliya institutlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, akademiya va oliy taʼlim muassasalari vakillari 8. F.A. Inamov — Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti direktori, ishchi guruh kotibi
Izoh: Kichik ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qaroriga 3e-ILOVA
Biznes va investitsiya muhitini yaxshilash, eksportni oshirish boʻyicha kichik ishchi guruh
1. B.B. Raxmatov — Strategik islohotlar agentligi direktori, ishchi guruh rahbari 2. L.Sh. Kudratov — Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, ishchi guruh hamrahbari 3. A.D. Tashkulov — Adliya vaziri 4. V.Y. Pak — Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari 5. O.Z. Nasritdinxodjayev — Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari 6. D.A. Vaxabov — Savdo-sanoat palatasi raisi 7. Kelishuvga asosan — Xalqaro moliya institutlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, akademiya va oliy taʼlim muassasalari vakillari 8. T.N. Xusanov — Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori, ishchi guruh kotibi
Izoh: Kichik ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qaroriga 3j-ILOVA
Davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirish boʻyicha kichik ishchi guruh
1. T.A. Ishmetov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari 2. B.B. Xodjayev — Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, ishchi guruh hamrahbari 3. Sh.Y. Ismailov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻba mudiri 4. B.X. Xaydarov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi 5. N.N. Saydullayev — Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari 6. A.J. Ortikov — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori 7. V.Y. Pak — Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari 8. Kelishuvga asosan — Xalqaro moliya institutlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, akademiya va oliy taʼlim muassasalari vakillari 9. S.Q. Qodirov — Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori, ishchi guruh kotibi
Izoh: Kichik ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qaroriga 3z-ILOVA
Ichki va tashqi turizmni rivojlantirish boʻyicha kichik ishchi guruh
1. U.R. Shodiyev — Turizm qoʻmitasi raisi, ishchi guruh rahbari 2. S.A. Sadullayev — Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, ishchi guruh hamrahbari 3. R.K. Azizov — Strategik islohotlar agentligi direktori oʻrinbosari 4. O.N. Kudratov — Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining birinchi oʻrinbosari 5. Kelishuvga asosan — Xalqaro moliya institutlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, akademiya va oliy taʼlim muassasalari vakillari 6. R.A. Xolmirzayev — Strategik islohotlar agentligi bosh inspektori, ishchi guruh kotibi
Izoh: Kichik ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-109-son qaroriga 3i-ILOVA
Yashil iqtisodiyot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha kichik ishchi guruh
1. I.I. Norqulov — Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari 2. A.M. Abdukadirov — Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh hamrahbari 3. Sh.Y. Ismailov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shoʻba mudiri 4. Sh.S. Xidoyatov — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari 5. Sh.R. Rajabbayev — Innovatsion rivojlanish agentligi direktori 6. Kelishuvga asosan — Xalqaro moliya institutlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, akademiya va oliy taʼlim muassasalari vakillari 7. Sh.Sh. Islomov — Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshligʻi, ishchi guruh kotibi
Izoh: Kichik ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.