PF-52-son Farmon · 27.03.2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga oʻzgartirish kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-52
  • Qabul qilingan sana:27.03.2024
  • Kuchga kirgan sana:29.03.2024
  • Rasmiy nashr:ҚММБ 06/24/52/0250

Mamlakatimizda milliy kino sanʼati va sanoatini jadal rivojlantirish hamda sohaga investitsiyalarni jalb qilish borasidagi islohotlarni roʻyobga chiqarishda Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi faoliyatining natijadorligini yanada oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovaning “16. Madaniyat vazirligi” boʻlimi “shu jumladan direktor oʻrinbosarlari soni” pozitsiyasi “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “1” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin.

2. Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmondan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan zarur choralarni koʻrsin.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 27-mart,

PF-52-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.