2023-yil 23-iyun kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — FIFA) Kengashining navbatdagi yigʻilishida 2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionati (keyingi oʻrinlarda — Jahon chempionati) Oʻzbekistonda oʻtkazilishi belgilandi.
Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024-yil 14-sentabr — 6-oktabr kunlari boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik koʻrish, uni yuqori darajada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tashkiliy qoʻmitaga (A. Aripov) quyidagi vazifalar yuklansin:
Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida hamda sifatli amalga oshirish boʻyicha masʼul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Andijon, Buxoro va Toshkent shaharlarida Jahon chempionati oʻtkaziladigan joylar zamonaviy texnik va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanishini taʼminlash;
Andijon, Buxoro va Toshkent shaharlarida madaniy tadbirlar va xorijiy mehmonlarning sayohatini tashkil etish;
Jahon chempionati ishtirokchilarining Oʻzbekistonga kelib-ketishi, ularga viza rasmiylashtirilishi, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish masalalarini muvofiqlashtirish;
Jahon chempionati boʻlib oʻtadigan hududlarni obodonlashtirish ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Jahon chempionati boʻlib oʻtadigan hududlarda sport obyektlari va mehmonxonalarning tayyorgarligini taʼminlash.
Bunda Tashkiliy qoʻmitaga ushbu vazifalarni amalga oshirish doirasida Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq tezkor qarorlarni qabul qilish vakolati beriladi.
3. Jahon chempionatini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida:
a) Sport vazirligi Andijon, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Tashkiliy qoʻmitaning Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil qilish bilan bogʻliq koʻrsatmalari bajarilishini taʼminlasin;
b) Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) bilan birgalikda:
Jahon chempionatining rasmiy futbol toʻpini, logotipini, ramzini (maskot) ommaga tanishtirish marosimlari hamda matbuot anjumanlarini tashkil etish va oʻtkazish choralarini koʻrsin;
2024-yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini — Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika boʻylab “Trophy experience” futzal turi marshrutini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini tashkil etsin.
4. Belgilansinki, Jahon chempionati doirasida amalga oshiriladigan xarajatlar quyidagi tartibda moliyalashtiriladi:
a) Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
Jahon chempionatining delegatlari, ishtirokchilari hamda FIFA rasmiy mehmonlarini Toshkent shahridagi aeroportda kutib olish va kuzatish, xizmat avtotransport vositalari ajratish;
Jahon chempionatining rasmiy futbol toʻpini, logotipini, ramzini (maskot) ommaga tanishtirish va rasmiy ochilish (Opening ceremony) marosimlari hamda matbuot anjumanlarini tashkil etish va oʻtkazish;
Jahon chempionati uchun targʻibot materiallarini (videoroliklar, tarqatma materiallar, bannerlar va boshqalar) tayyorlash va chop etish;
Andijon, Buxoro va Toshkent shaharlarida rasmiy xorijiy mehmonlar, ishtirokchilar, ularga biriktirilgan gid-tarjimon va volontyor kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda tashkiliy masalalarni tezkor hal qilish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh (Local Organization Committee) aʼzolarining markazlashgan holda ovqatlanishini tashkil etish;
Jahon chempionati sport obyektlarini ijaraga olish, bezatish (bannerlar, LED monitorlar va boshqalar) hamda axborot-koʻngilochar tizim (Infotainment) uchun FIFA talabnomasi asosida zarur jihozlar bilan taʼminlash;
Jahon chempionati oʻtkaziladigan obyektlar, konferensiya va koʻrgazma zallari, matbuot xonalarini LED monitorlar, zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari va yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash;
Jahon chempionatini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalarni xarid qilish;
Xalqaro translatsiya markazi FIFA talablariga muvofiq faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan texnika vositalari bilan taʼminlash;
Jahon chempionatini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha “Xavfsizlik konsepsiyasi”ga muvofiq texnik vositalar hamda uskunalarni xarid qilish;
Jahon chempionati oʻtkaziladigan sport obyektlarini umumiy sugʻurta (mulkiy va javobgarlik) qilish hamda FIFA xodimlari uchun hayotni sugʻurta (jismoniy shaxslarning hayoti, sogʻligʻi, mehnat qobiliyati) qilish xarajatlarini qoplash;
b) Turizm qoʻmitasining Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
xorijiy mehmonlar, Tashkiliy qoʻmita aʼzolarining respublika hududida harakatlanishi uchun avia va temir yoʻl chiptalarini xarid qilish;
Jahon chempionati doirasida xorijiy (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis) tillarda sinxron tarjimonlar ishtirokini taʼminlash;
Jahon chempionatini targʻib qiluvchi rasmiy videorolikni tayyorlash;
Jahon chempionati bosh sovrini — Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika boʻylab “Trophy experience” futzal turini tashkil etish;
Jahon chempionatini xorijiy ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish;
Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoa aʼzolari va rasmiy mehmonlar joylashtirilishi belgilangan mehmonxonalarga “Xavfsizlik konsepsiyasi”ga muvofiq texnik uskunalarni xarid qilish;
v) Andijon, Buxoro, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahri mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan:
Jahon chempionati oʻtkaziladigan va diqqatga sazovor joylarni obodonlashtirish hamda tadbir oʻtkazish uchun tayyor holga keltirish;
aeroport va temir yoʻl vokzallarida hamda markaziy koʻchalar boʻylab oʻrnatilgan bannerlar va LED monitorlarda Jahon chempionatini keng yoritish;
xorijiy ishtirokchilar, ularga biriktirilgan gid-tarjimon hamda volontyor kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillarini Andijon, Buxoro va Toshkent shaharlari boʻylab harakatlanishi uchun transport vositalari bilan taʼminlash.
Andijon, Buxoro, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklari ikki hafta muddatda mazkur kichik bandda koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratish boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taklif kiritsin.
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomasiga asosan uch oy muddatda Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslarni identifikatsiyalovchi va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida roʻyxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqsin.
Bunda, platformani ishlab chiqish va undan foydalanish uchun maxsus uskunalar (moslama)ni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi hamda mazkur platforma begʻaraz ravishda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tasarrufiga oʻtkaziladi.
6. Sport vazirligi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga asosan:
a) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev) 2024-yil avgust — oktyabr oylarida Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati oʻyinlariga chiptalari mavjud boʻlgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yoʻl chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilsin;
b) Transport vazirligi (I. Maxkamov):
Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoa aʼzolarining sport obyektlari va mashgʻulot maydonlariga borib kelishi uchun alohida avtobuslar ajratsin;
Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar hamda oʻyin kunlari chiptalari mavjud boʻlgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyatlarini yaratish choralarini koʻrsin.
7. Sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Andijon va Buxoro viloyatlari hokimliklarining:
Andijon shahridagi universal sport majmuasini Andijon davlat universiteti balansiga;
Buxoro shahridagi universal sport majmuasini Buxoro davlat universiteti balansiga operativ boshqaruv huquqi asosida oʻtkazib berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Andijon va Buxoro viloyati hokimliklari mazkur bandda koʻrsatilgan universal sport majmualarida qurilish-montaj ishlari tugallanganidan soʻng ushbu majmualardan foydalanish boʻyicha ruxsatnoma olish hamda tegishli hududi bilan birgalikda topshirish, Andijon va Buxoro davlat universitetlari esa qabul qilib olish choralarini koʻrsin.
8. Belgilansinki:
Andijon va Buxoro shaharlaridagi universal sport majmualaridan Jahon chempionatini tashkil etish va oʻtkazishda begʻaraz foydalaniladi hamda kelgusida ushbu obyektlardan jismoniy madaniyat va sport faoliyati taʼlim yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
universal sport majmualarining joriy faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, bino-inshootlarni saqlash va xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari tegishliligi boʻyicha Andijon va Buxoro davlat universitetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston milliy axborot agentligi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda:
2024-yil 1-iyulga qadar FIFA tomonidan belgilangan talablarga asosan Jahon chempionati uchrashuvlarini efirga uzatish huquqi uchun litsenziya olish masalasini hal qilsin;
2024-yil 1-iyulga qadar Jahon chempionatini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha mediarejani ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi A.A. Azizov hamda Andijon, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 28-may,
PQ-195-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi PQ-195-son qaroriga 1-ILOVA
2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
1. A.N. Aripov — Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi 2. A.A. Azizov — Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari 3. A.I. Ikramov — sport vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari 4. J.A. Qoʻchqorov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri 5. K.A. Sharipov — oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri 6. Sh.X. Shermatov — raqamli texnologiyalar vaziri 7. A.A. Xudayarov — sogʻliqni saqlash vaziri v.b. 8. B.O. Saidov — tashqi ishlar vaziri 9. O.A. Nazarbekov — madaniyat vaziri 10. I.R. Maxkamov — transport vaziri 11. P.R. Bobojonov — ichki ishlar vaziri 12. A.H. Qoʻldoshev — favqulodda vaziyatlar vaziri 13. R.M. Djurayev — Milliy gvardiya qoʻmondoni 14. U.R. Shadiyev — Turizm qoʻmitasi raisi 15. A.K. Koʻchimov — Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori 16. A.A. Djurabayev — Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniya raisi 17. Sh.K. Abduraxmanov — Andijon viloyati hokimi 18. B.K. Zaripov — Buxoro viloyati hokimi 19. Sh.B. Umurzakov — Toshkent shahri hokimi 20. Sh.Sh. Xudaykulov — “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi 21. J.O. Umarxodjayev — “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi v.b. 22. Z.Gʻ. Narzullayev — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi 23. R.S. Irmatov — Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, Tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi PQ-195-son qaroriga 2-ILOVA
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Muddat Moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar 1. 2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionatini (keyingi oʻrinlarda — Jahon chempionati) oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalarni xarid qilish. 1. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Jahon chempionatini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalar roʻyxatini shakllantirish. 2. FIFA tavsiyasiga koʻra maxsus 6 juft futzal darvozasini xarid qilish. 3. Jahon chempionati oʻtkaziladigan 3 ta sport obyektiga futzal darvozalarini oʻrnatish. 4. Jahon chempionatini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalarni xarid qilish choralarini koʻrish. 2024-yil avgust Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) 2. Jahon chempionatini targʻib qiluvchi rasmiy videorolik tayyorlash. 1. FIFA mutaxassislari tavsiyasiga koʻra Jahon chempionatining rasmiy videoroligini tayyorlash. 2024-yil iyun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) 2. Ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻibot tashkil qilish. 2024-yil iyun — oktyabr 3. FIFAning xavfsizlik talablari boʻyicha treninglar tashkil qilish. 1. Treninglar oʻtkazish muddatlarini belgilash va ishtirokchilarni jalb qilish. 2. Andijon, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya vakillari uchun trening tashkil qilish. 2024-yil iyun — avgust Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) 4. Jahon chempionatining rasmiy marosimlari, matbuot anjumanlarini tashkil etish va oʻtkazish. 1. Ishtirokchilar roʻyxatini tuzish va ularni jalb qilish. 2. Jahon chempionatining rasmiy futbol toʻpini, logotipini, ramzini (maskot) ommaga tanishtirish marosimlari va matbuot anjumanlarini tashkil etish. 2023-yil iyun — oktyabr Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov), Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov), Toshkent shahri hokimligi (Sh. Umurzakov) 3. Aeroport va temir yoʻl vokzallarida hamda markaziy koʻchalar boʻylab oʻrnatilgan bannerlar va LED monitorlarda Jahon chempionatini keng yoritish. Mahalliy budjet mablagʻlari 5. Jahon chempionati ishtirokchilari va muxlislar uchun qulayliklar yaratish. 1. Buxoro, Fargʻona, Toshkent xalqaro aeroportida Jahon chempionati ishtirokchilari, muxlislari uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish. 2. Axborot belgilarini oʻrnatish. 3. Buxoro, Fargʻona va Toshkent xalqaro aeroportlarida tashkiliy masalalarni tezkor hal qilish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh shtab tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. 4. Xorijiy ishtirokchilar va mehmonlar uchun mahalliy aviaqatnovlarga belgilangan tartibda joylarni band qilish. 5. Xorijiy ishtirokchilar uchun qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga belgilangan tartibda temir yoʻl chiptalari zaxirasini yaratish va rasmiylashtirish. 2024-yil avgust — oktyabr Ijrochilar mablagʻlari “Uzbekistan Airports” AJ (J. Umarxodjayev), Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov), Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov), Toshkent shahri hokimligi (Sh. Umurzakov), “Uzbekistan Airways” AJ (Sh. Xudaykulov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev) 6. Jahon chempionati davrida ishtirokchilarning viza masalalarini tezkor hal qilish. 1. Jahon chempionatida ishtirok etadigan xorijiy ishtirokchilar hamda rasmiy mehmonlarni viza yigʻimlaridan ozod qilish hamda vizalarning Buxoro, Fargʻona va Toshkent xalqaro aeroportlarida bepul rasmiylashtirilishini taʼminlash. 2. Jahon chempionati davrida ishtirokchilarning viza masalalarini tezkor hal qilish uchun Tashqi ishlar vazirligining xodimlarini ajratish. 3. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq Jahon chempionatida ishtirok etadigan xorijiy VIP mehmonlarga yoʻllanadigan taklifnomalarni diplomatik kanallar orqali xorij tomonga yetkazish. 2024-yil avgust — oktyabr Ijrochilar mablagʻlari Tashqi ishl�r vazirligi (B. Saidov), “Uzbekistan Airports” AJ (J. Umarxodjayev), Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov), Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozarov), Toshkent shahri hokimligi (Sh. Umurzakov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) 7. Jahon chempionatini tashkil etish va oʻtkazish jarayoniga oliy taʼlim muassasalaridan volontyorlar va tarjimonlarni (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis tillari boʻyicha) jalb etish. 1. Oliy taʼlim muassasalaridan volontyorlar va tarjimonlar (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis tillari boʻyicha) jamoalarini shakllantirish va tasdiqlash. 2024-yil iyun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) 2. Jahon chempionati davrida xoriji� mehmonlar uchun oliy taʼlim muassasalaridan jalb etilgan volontyorlar va tarjimonlarni fanlarni keyinchalik oʻzlashtirish sharti bilan oʻquv mashgʻulotlaridan ozod etish choralarini koʻrish. 2024-yil avgust 3. Oliy taʼlim muassasalaridan volontyorlar va tarjimonlar uchun oʻquv treninglar tashkil qilish hamda zarur vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish. 2024-yil sentyabr-oktyabr 8. Jahon chempionati doirasida xorijiy (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis) tillar boʻyicha sinxron tarjimonlarni ajratish. 1. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga muvofiq, Jahon chempionati doirasida xorijiy (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis) tillar boʻyicha sinxron tarjimonlarni ajratish. 2. Sinxron tarjimonlarning ovqatlanishini tashkil qilish hamda ularning harakatlanishi uchun tegishli transport vositalarini ajratish. 2024-yil avgust — oktyabr Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) 9. Jahon chempionati oʻtkaziladigan sport obyektlari va mehmonxonalarda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilish. 1. Jahon chempionati oʻtkaziladigan sport obyektlari va mehmonxonalardagi tibbiyot xonalarini FIFA talablariga muvofiq tibbiy jihozlar bilan taʼminlash. 2. Akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslarga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha belgilangan shifoxonalardagi alohida tibbiyot boʻlimlarida yashil yoʻlakchalar tashkil etish hamda xizmat koʻrsatuvchi malakali tibbiyot xodimlarini biriktirish. 2024-yil avgust — oktyabr Ijrochilar mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) 10. Jahon chempionati oʻtkaziladigan obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil qilish. 1. Jahon chempionati oʻtkaziladigan obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash. 2. Jahon chempionatini oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarda tegishli asbob-uskunalar va jihozlardan yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatish. 2024-yil avgust — oktyabr Ijrochilar mablagʻlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev) 11. Jahon chempionati doirasida foydalanish uchun targʻibot materiallarini (tarqatma materiallar, bukletlar va boshqalarni) tayyorlash. 1. Jahon chempionatida foydalanish uchun tarqatma materiallar dizaynini ishlab chiqish. 2. Jahon chempionati mohiyatidan kelib chiqqan holda tarqatma materiallar tayyorlash. 3. Tarqatma materiallardan Jahon chempionati davomida foydalanish. 2024-yil iyun — oktyabr Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) 12. Jahon chempionati bosh sovrini — Jahon kubogini ommaga tanishtirish marosimini oʻtkazish. 1. “Trophy tour” marosimini tashkil etishda ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni jalb etish. 2. Tashrif buyuruvchilar roʻyxatini shakllantirish va tashrif dasturini ishlab chiqish. 3. ”Trophy tour” marosimini yuqori saviyada tashkil qilish va ommaviy axborot vositalarida yoritish. 2024-yil iyun — avgust Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) 13. Jahon chempionati ishtirokchilari uchun bepul “Wi-Fi” hududlarini tashkil etish. Jahon chempionati ishtirokchilari va mehmonlari joylashadigan VVIP, VIP zonalar, mehmonxonalar, anjuman zallari, sport obyektlari, mashgʻulot maydonlari va matbuot markazida bepul “Wi-Fi” hududlarini tashkil etish. 2024-yil avgust — oktyabr Mahalliy budjet mablagʻlari Andijon viloyati hokimligi (Sh. Abduraxmanov), Buxoro viloyati hokimligi (B. Zaripov), Toshkent shahri hokimligi (Sh. Umurzakov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) 14. Toshkent shahrida Jahon chempionatining rasmiy ochilish marosimini (Opening ceremony) belgilangan tartibda oʻtkazish. 1. Jahon chempionatining rasmiy ochilish marosimi dasturini ishlab chiqish. Bunda ochilish marosimining madaniy dasturida FIFAga aʼzo mamlakatlarning madaniyatini aks ettiruvchi kuy va qoʻshiqlarni inobatga olish. 2024-yil iyul Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Toshkent shahri hokimligi (Sh. Umurzakov) 2. Jahon chempionatining delegatlari, ishtirokchilarini hamda FIFA rasmiy mehmonlarini xalqaro tadbirga jalb qilish choralarni koʻrish. 3. Jahon chempionatining rasmiy ochilish marosimini tashkil qilish. 2024-yil sentyabr 15. Jahon chempionatining rasmiy marosimlarini tashkil etish. 1. Jahon chempionatining rasmiy marosimlari ssenariysi va badiiy dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. 2024-yil avgust Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) 2. Tadbirlarni, shu jumladan, konsert dasturlarini yuqori saviyada oʻtkazish uchun taniqli sanʼatkorlar ishtirokini belgilangan tartibda (shartnoma asosida) taʼminlash. 2024-yil sentyabr-oktyabr 16. Jahon chempionati munosabati bilan tezyurar poyezdlarni brending (bezash) qilish. Toshkent — Samarqand — Navoiy — Buxoro yoʻnalishlaridagi tezyurar poyezdlarni Jahon chempionati brendi bilan bezatish choralarini koʻrish. 2024-yil avgust Ijrochilar mablagʻlari Transport vazirligi (I. Maxkamov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev) 17. Jahon chempionatini oʻtkazish davrida xavfsizlikni taʼminlash. 1. Jahon chempionati oʻtkaziladigan sport obyektlari, mashgʻulot maydonlari va mehmonxonalarni oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalari boʻyicha FIFAning xavfsizlik talablarini inobatga olgan holda Jahon chempionatini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha “Xavfsizlik konsepsiyasi”ni ishlab chiqish. 3. Jahon chempionati musobaqalari, rasmiy futbol toʻpini, logotipini, timsolini (maskot) ommaga tanishtirish marosimlari, “Trophy experience” futzal turi hamda matbuot anjumanlarida xavfsizlik talablarini taʼminlash. 2024-yil avgust — oktyabr Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qoʻldoshev) 4. Jahon chempionatini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha “Xavfsizlik konsepsiyasi”ga muvofiq texnik vositalar hamda uskunalarni xarid qilish. Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Sport vazirligi (A. Ikramov) 18. Jahon chempionatini yoritish ishlarini tashkil qilish. 1. Toshkent shahrida Jahon chempionatining xalqaro translatsiya markazini tashkil etish. 2024-yil iyun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Oʻzbekiston milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) 2. Toshkent shahri, Andijon va Buxoro viloyatlaridan efir signallarini qabul qilish hamda uzatish choralarini koʻrish. 2024-yil avgust — oktyabr 3. Jahon chempionatini targʻib etuvchi videoroliklar namoyishi uchun tomoshabinlar uchun qulay boʻlgan paytni inobatga olib, telekanallarda efir vaqtini ajratish. 4. Jahon chempionati oʻtkaziladigan obyektlar, konferensiya va koʻrgazma zallari, matbuot xonalarini LED monitorlar, zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari va yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash. 5. Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Jahon chempionati veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borish. Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev)