PQ-260-son Qaror · 17.07.2024

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-260
  • Qabul qilingan sana:17.07.2024
  • Kuchga kirgan sana:19.07.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/260/0531

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

1. 2024-yil 15-aprel kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati oʻrtasida diplomatik va maxsus pasport egalarini oʻzaro qisqa muddatli viza talablaridan ozod etish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.

2. Tashqi ishlar vazirligi mazkur xalqaro shartnoma amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.

3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida Saudiya tomoniga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalarini amalga oshirish ustidan nazoratni taʼminlasin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 17-iyul,

PQ-260-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.