PF-142-son Farmon · 20.09.2024

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6034-son Farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-142
  • Qabul qilingan sana:20.09.2024
  • Kuchga kirgan sana:20.09.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/24/142/0734

Sud tizimida sudyalarning oʻzini oʻzi boshqarish tamoyilini samarali joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6034-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 20-sentabr,

PF-142-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-sentabrdagi PF-142-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6034-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha

1. 9-bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Sudyalarning oʻzini oʻzi boshqarish tamoyilini toʻlaqonli joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosarlari — sudlov hayʼatlari raislari faoliyati yoʻnalishini Oliy sud raisining taqdimnomasiga binoan Oliy sud Plenumi tomonidan tasdiqlash tartibi joriy etilsin”.

2. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining

Rais Rais kotibiyati (maslahatchi, bosh konsultant, katta konsultant) 3 Raisning birinchi oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisi Rais oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisi Rais oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisi Rais oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisi Plenum kotibi Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti 16 Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati 12 Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati 20 Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati 22 Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati 14 Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari Hayʼat kotibiyati 6 Hayʼat kotibiyati 12 Hayʼat kotibiyati 15 Hayʼat kotibiyati 7 “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Axborotnomasi” hamda “Kuch adolatda” gazetasining birlashgan tahririyati Ijro apparati Apparat rahbari Kadrlar boshqarmasi 10 Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi 14 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi 10 Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi 6 Ishlar boshqarmasi 11 Tashkiliy-nazorat boshqarmasi 15 Buxgalteriya 4 Birinchi boʻlim 1 Xalqaro-huquqiy boʻlim 4

Jami boshqaruv xodimlari shtat birliklari soni — 208 ta, shu jumladan sudyalar — 73 ta.

Izoh: yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.