Kosmik tadqiqotlar sohasini yanada rivojlantirish va aerokosmik texnologiyalarni joriy etish orqali iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish maqsadida:
1. 2024 — 2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha samaradorlikni oshirish uchun quyidagilar davlat kosmik monitoringining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi va bunday yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishi holatlarini aniqlash;
oʻrmon bilan qoplangan maydonlarning chegaralarini belgilash va ularning holatini monitoring qilish;
geologiya sohasida yer qaʼridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash;
mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish holatlarini, yangi paydo boʻlgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash;
suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan toʻlib borishini, suv sathi rejimini monitoring qilish;
qishloq xoʻjaligi ekin yerlaridan samarali foydalanilishini oʻrganish, ekinlarning turlari hamda suv isteʼmoli hajmlarini aniqlash.
2. Quyidagilar:
2024 — 2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida davlat kosmik monitoringini amalga oshirish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik sohasini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Dastur doirasida quyidagi maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi nazarda tutiladi:
suv sathi rejimi monitoringi amalga oshiriladigan suv omborlarining sonini 50 taga yetkazish;
qishloq xoʻjaligi ekin yerlari kesimida ekin yerlaridan foydalanishning joriy holatini, ekinlarning turlarini hamda haqiqatda ekin ekilgan maydonlarini toʻliq qamrab olish;
yer qaʼridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash ishlari bilan respublikaning barcha hududlarini qamrab olish;
oʻrmon bilan qoplangan barcha maydonlarning chegaralarini belgilash.
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (keyingi oʻrinda — “Oʻzbekkosmos” agentligi) hamda Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) 2025-yil 1-mayga qadar davlat kosmik monitoringi doirasida aniqlangan barcha maʼlumotlar “Space Gov Monitoring” markazlashgan yagona platformasida (keyingi oʻrinlarda — SGM platformasi) yuritilishi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar uchun sohaviy tegishliligi boʻyicha sub-platformalar yaratilishini taʼminlasin.
5. Belgilansinki:
2025-yil 1-martdan boshlab yer qaʼridan foydalanish boʻyicha masofaviy monitoring va risk-tahlil “Geomonitoring” axborot tizimi hamda SGM platformasi orqali amalga oshiriladi;
“Geomonitoring” axborot tizimini ishlab chiqish, texnik qoʻllab-quvvatlash va kelgusida rivojlantirish bilan bogʻliq xarajatlar Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hisobidan moliyalashtiriladi.
“Oʻzbekkosmos” agentligi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yakuniga qadar respublikadagi barcha 2 573 ta noruda foydali qazilma konlarida haqiqatda qazilgan hajmni aniqlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida konlarning raqamli topoxaritasini yaratsin.
6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining budjetdan tashqari Kosmik tarmoqni rivojlantirish jamgʻarmasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan budjetdan tashqari Kosmik tarmoqni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) etib qayta nomlansin va quyidagilar uni moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari etib belgilansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son)
7. 2024-yil 1-noyabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, vazirlik va idoralar davlat kosmik monitoringi doirasida aniqlagan huquqbuzarliklar boʻyicha undirilgan zarar va jarima summalarining 10 foizi Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son)
8. Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Oʻzbekkosmos” agentligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) “Oʻzbekkosmos” agentligi markaziy apparati tuzilmasida:
“Oʻzbekkosmos” agentligi direktorining ikki nafar oʻrinbosarlari lavozimlarini kiritish;
“Oʻzbekkosmos” agentligi direktoriga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish vakolatini berish;
b) Markazga 2027-yilga qadar tur sertifikatga ega boʻlishidan qatʼi nazar maksimal uchish vazni 200 kilogrammdan oshmagan uchuvchisiz uchish apparatlarini hamda ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini xarid qilish, respublika hududiga olib kirish, saqlash hamda ulardan foydalangan holda xizmat koʻrsatishga ruxsat berish.
9. Belgilansinki, 2024-yil 1-noyabrdan boshlab aero va kosmik suratlar hamda ularning hosilalaridan foydalanish va tarqatish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
fazoviy oʻlcham aniqligi 0,5 — 1 metr/pikselgacha boʻlgan suratlar va ularning hosilalari suratga olingan vaqtdan boshlab 5 kun ichida “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifi asosida, 5 kun oʻtgandan keyin esa ochiq;
fazoviy oʻlcham aniqligi 1 metr/piksel va undan ortiq boʻlgan suratlar va ularning hosilalari oʻta muhim, rejimli va harbiy obyektlarni aks ettirishidan qatʼi nazar nazorat koʻrigidan oʻtkazilmaydi va ochiq foydalaniladi.
10. Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekkosmos” agentligining buyurtmalariga binoan jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari yoki haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlarni undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Oʻzbekkosmos” agentligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati hamda Vazirlar Mahkamasining moliyalashtirish manbai aniq belgilanmagan buyurtmalarini bajarishda, buyurtmalar bilan bogʻliq xarajatlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Davlat kosmik monitoringini amalga oshirish dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismidan qayta taqsimlash orqali moliyalashtirishga ruxsat beriladi.
Bunda, Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda, ushbu buyurtmalar bilan bogʻliq xarajatlar buyurtma beruvchi organning yoki kosmik monitoring amalga oshirilayotgan sohaga masʼul boʻlgan ijro etuvchi hokimiyat organining budjetdan tashqari mablagʻlari va (yoki) tarmoq korxonalar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-oktabr,
PF-155-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-155-son Farmoniga 1-ILOVA
2024 — 2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida davlat kosmik monitoringini amalga oshirish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-155-son Farmoniga 2-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik sohasini rivojlantirish boʻyicha
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-177-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 06/25/177/0880-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-155-son Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovaning “10. Raqamli texnologiyalar vazirligi” boʻlimi 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 1. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi 24 24 shu jumladan direktor oʻrinbosarlari soni 2 2 ”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxati quyidagi mazmundagi 441-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 44-1. Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi Xalqaro astronavtika federatsiyasi ”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-noyabrdagi “Kosmik tarmoqni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-429-son qarorining 6-bandi quyidagi mazmundagi oltinchi-yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Bosh prokuratura tomonidan berilgan buyurtma asosida shakllangan suratga olish materiallari va ularning hosilalari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi nazorat koʻrigidan oʻtkazish uchun taqdim etilmaydi.
Aero va kosmik suratlar hamda ularning hosilalaridan ochiq foydalanish yoki cheklovchi grif qoʻyilishini ushbu materiallarni buyurtma asosida qabul qilib olgan organlar tomonidan belgilanadi.”
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-422-son qaroriga 6-ilovaning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ 1. Yer qaʼridan foydalanish sohasida belgilangan talablarni buzganlik uchun undiriladigan jarimalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4078-son qarori a. 50 foizi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari b. 40 foizi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi rivojlantirish jamgʻarmasi v. 10 foizi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining budjetdan tashqari Kosmik tarmoqni rivojlantirish jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-155-son Farmoni ”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarida:
47-pozitsiya “Ajratmalar miqdori (foizlarda)” ustunidagi “20” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 50-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 50. Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining budjetdan tashqari Kosmik tarmoqni rivojlantirish jamgʻarmasi Yer qaʼri foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha aniqlangan zarar summasi foizi miqdoridagi ajratmalar 10 ”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-avgustdagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans toʻlashi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 23-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 23. Kosmik xizmatlar 100% shartnomaning umumiy summasidan ”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 336-son qarorining 1-ilovasi 73-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xoʻjaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 794-son qarori 9-bandida:
a) birinchi xatboshidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-F-son farmoyishining rus tilidagi matnida:
a) 1-ilovaning “6. Ministerstva i vedomstva, xokimiyati” boʻlimi 6.5-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6.5. Direktor Agentstva kosmicheskix issledovaniy i texnologiy pri Ministerstve sifrovix texnologiy Respubliki Uzbekistan”;
b) 2-ilovaning “6. Ministerstva i vedomstva, xokimiyati” boʻlimi 6.7-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6.7. Direktor Agentstva kosmicheskix issledovaniy i texnologiy pri Ministerstve sifrovix texnologiy Respubliki Uzbekistan”.