PQ-378-son Qaror · 31.10.2024

Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-378
  • Qabul qilingan sana:31.10.2024
  • Kuchga kirgan sana:01.11.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/378/0871

Bugungi kunda Navoiy viloyatida iqtisodiyot tarmoqlarining oʻsish surʼatlari hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib, aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, turizm, qishloq xoʻjaligi kabi sohalar boʻyicha yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj ortib bormoqda.

Bu borada hududning imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda oliy taʼlim tashkilotlarining faol ishtirokini taʼminlash hamda Navoiy viloyati aholisi, avvalo, yoshlarining talab va istaklarini hisobga olib, ular uchun yanada keng imkoniyat va sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Navoiy viloyati hokimligining Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

2. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:

hududda soha va tarmoqlarning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda zamonaviy bilim va malakaga ega boʻlgan ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha uzluksiz taʼlim tizimini yaratish;

zamonaviy oʻquv, ilmiy va IT-laboratoriya bazasini yaratish, ushbu laboratoriyalarni ilgʻor texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini amalga oshirish;

talabalarni ilmiy-innovatsion faoliyatga keng jalb etish, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni rivojlantirishning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ularning natijalarini joriy etish yuzasidan ilmiy va amaliy takliflar ishlab chiqish;

oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlari, ilgʻor taʼlim texnologiyalari va usullarini joriy etish, shuningdek, talabalarda mustaqil taʼlim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirish;

yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-oʻqituvchilarning xorijiy ilmiy-amaliy stajirovkasini tizimli yoʻlga qoʻyish;

talaba-yoshlarda maʼnaviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash, taʼlim-tarbiya jarayoni hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

a) Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishlarini Universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi;

b) Universitet Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga idoraviy jihatdan boʻysunadi hamda Navoiy davlat pedagogika institutining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

v) Universitetda 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:

hududiy rivojlanish dasturlariga muvofiq ehtiyoj yuqori boʻlgan aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

dars mashgʻulotlarini amaliyot bilan birga tashkil etish maqsadida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim jarayoni dual taʼlim shaklida yoʻlga qoʻyilib, korxona va tashkilotlarda kafedra filiallari tashkil etiladi hamda taʼlim jarayoniga uzoq yillik mehnat tajribasiga ega amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladi;

yangi tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha xorijiy davlatlar va respublikadagi yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari bilan ikkita diplom berishga asoslangan qoʻshma taʼlim dasturlari yoʻlga qoʻyiladi;

alohida guruhlarda bakalavriat va magistratura bosqichlarida taʼlim jarayoni xorijiy tillarda tashkil etiladi hamda taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishga tayyorlanadi.

4. Quyidagilar:

2024 — 2027-yillarda Navoiy davlat universitetini kompleks rivojlantirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;

2026 — 2030-yillarda Navoiy davlat universitetining oʻquv va ilmiy laboratoriyalari moddiy-texnika bazasini yaratish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab Universitetga akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillik beriladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-60-son hamda “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-61-son qarorlarida belgilangan tartiblar Universitetga tatbiq etiladi.

6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi bilan birgalikda ikki oy muddatda Universitet faoliyatini takomillashtirish va taʼlim sifatini taʼminlash maqsadida xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Universitetda Transformatsiya markazini tashkil etsin.

Transformatsiya markazi quyidagi masalalar yuzasidan masʼul etib belgilansin:

Universitetning taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim standartlariga muvofiqlashtirish;

Universitetni dunyoning eng nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ijrosini tashkil etish;

Universitet taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda Universitet diplomlarining xorijda tan olinishiga erishish;

taʼlim xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish maqsadida Universitet oʻquv-uslubiy boʻlinma hamda dekanatlar shtatlarini maqbullashtirish hisobidan Registrator ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

Universitetning taʼlim, tadqiqot va axborot-kutubxona faoliyatlarini hamda boshqaruv jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.

7. Navoiy viloyati hokimligi:

Universitet talabalarining malakaviy amaliyotlari hududda joylashgan yirik korxona va tashkilotlarda tashkil etilishini taʼminlasin;

Universitet mutaxassislik kafedralarining mos yoʻnalishlari boʻyicha mahalliy va xorijiy korxonalar bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashsin;

mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan hududda joylashgan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari va yosh tadqiqotchilar uchun startap loyihalarni moliyalashtirishni yoʻlga qoʻysin. Bunda asosiy yoʻnalish sifatida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlar bandligini taʼminlash hamda import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish belgilansin.

8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

a) Universitet ilmiy salohiyatini oshirib borish chorasini koʻrsin hamda uning xalqaro hamkorligini yoʻlga qoʻyishda, xususan yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan qoʻshma taʼlim va xalqaro almashinuv dasturlarini joriy etish, xorijlik yetakchi professor-oʻqituvchilarni Universitetning taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayonlariga jalb etishga koʻmaklashsin;

b) 2025-yil 1-fevralga qadar:

Universitetda joriy etiladigan yangi taʼlim yoʻnalishlarini hisobga olgan holda uning tuzilmasi, shtat birliklari, fakultet va kafedralarini qayta koʻrib chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin;

xorijiy talabalarni jalb etish maqsadida “Study in Uzbekistan” platformasida Universitet boʻlimini tashkil etsin va uni sifatli maʼlumotlar bilan toʻldirsin;

v) 2025-yil 1-iyunga qadar Universitetda talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini koʻchirmachilikka qarshi tekshirish (antiplagiat) mexanizmini joriy etsin.

9. Belgilansinki, Universitet faoliyatini moliyalashtirish:

Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

10. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Navoiy viloyati hokimi N.T. Tursunov belgilansin.

Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.K. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 31-oktabr,

PQ-378-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-oktabrdagi PQ-378-son qaroriga1-ILOVA

2024 — 2027-yillarda Navoiy davlat universitetini kompleks rivojlantirish

T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish va natijalarga erishish mexanizmlariIjro muddatiMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilarI. Navoiy davlat universiteti faoliyatini tashkil etish1.Universitet faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Universitetning taʼsis hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha tajribali mutaxassislarni jalb etgan holda ishchi guruh tuzish.2024-yil noyabr-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Adliya vazirligi(A. Tashkulov),Universitet2. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.2024-yil dekabr3. Universitetning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.2024-yil dekabr2.Universitetda fakultet va kafedralar faoliyatini tashkil etish.1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish.2024-yil noyabr-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet2. Iqtisodiyot tarmoqlarida kadrlar buyurtmachilari talablariga mos tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish hamda asoslash.2024-yil dekabr3. Kafedralar pedagog xodimlari tarkibini shakllantirish va kafedralar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil yanvar4. Kafedralarni oʻquv-uslubiy va boshqa normativ hujjatlar bilan taʼminlash.2025-yil fevral3.Universitetni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar va pedagog xodimlar bilan toʻldirish.1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassis va pedagog xodimlarni belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish.2025-yil yanvar-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida pedagog xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish.2025-yil fevral4.Universitet huzuridagi akademik litsey faoliyatini takomillashtirish.1. Tajribali mutaxassislar va pedagoglardan iborat ishchi guruh tuzish.2. Universitet huzuridagi akademik litsey faoliyatini oʻrganib chiqib, takomillashtirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. Bunda:taʼlim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish;dasturiy mahsulotlar, oʻquv adabiyotlarini nashr etish;umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini akademik litseyga saralab olish, litseyning iqtidorli oʻquvchilarini Universitetga maqsadli yoʻnaltirish.2025-yil martUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Navoiy viloyati hokimligi(N. Tursunov),UniversitetII. Oʻquv jarayonini tashkil etish, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish metodlarini joriy etish hamda taʼlim sifatini taʼminlash5.Oʻquv reja va fan dasturlarini takomillashtirish va bosqichma-bosqich xalqaro standartlarga moslashtirish.1. Mehnat bozori talablari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari hamda ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oʻquv reja va fan dasturlarini takomillashtirish va tasdiqlash.2025-yil avgustUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet2. Oʻquv rejalarida amaliy mashgʻulotlar hamda taʼlim va ilm-fan integratsiyasini taʼminlashga ajratilgan soatlar hajmini oshirish.2025-yil avgust3. Xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 500 talik roʻyxatiga kirgan oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.2026/2027 oʻquv yilidan boshlab6.Taʼlimning zamonaviy pedagogik texnologiyalari va metodlaridan foydalanish samaradorligini oshirish.1. Taʼlim jarayonini innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish.DoimiyUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet2. Taʼlim mazmunini kreativ fikrlash, innovatsion gʻoya va ishlanmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi taʼlim texnologiyalari bilan boyitish.2025-yil sentabrdan boshlab, doimiy7.Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va joriy etish hamda Axborot-resurs markazi fondini muntazam yangilab borish.1. Oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilar uchun moddiy va maʼnaviy taʼminot asoslarini yaratish.2025-yil oktabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet2. Darslik va oʻquv qoʻllanmalarni, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet xarajatlari smetasida muntazam mablagʻ ajratish.2025-yil aprel3. Universitet taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini yangi avlod oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash maqsadida Tahririy nashriyot boʻlimi faoliyatini tashkil etish, bosmaxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy bosma jihozlar bilan taʼminlash.2026-yil dekabr8.Amaliy va sayyor mashgʻulotlarni oʻtkazishni kengaytirish orqali talabalarning amaliy kompetensiyalarini rivojlantirish.1. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalarining amaliyotini Universitet bilan mustahkam aloqalar oʻrnatilgan ijtimoiy, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish muassasalarida tashkil etish.2025-yil martUniversitet mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Navoiy viloyati hokimligi(N. Tursunov),Universitet2. Universitetda kadrlar isteʼmolchilari bilan aloqalarni muvofiqlashtirish, talabalar amaliyotini samarali tashkil etish va monitoring qilishni yanada takomillashtirish.2025-yil may9.Hamkor tashkilotlarda kadrlar tayyorlovchi kafedralar filiallarini tashkil etish.1. Universitetning taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan professional taʼlim tashkilotlari va korxonalarda Universitet kafedralari filiallarini tashkil etish.2025-yil sentabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Navoiy viloyati hokimligi(N. Tursunov),Universitet2. Kafedralar filiallarida mashgʻulotlar oʻtkazgan hamda rahbarlik va maslahatchilik qilgan xodimlarga Universitet tomonidan soatbay ish haqi toʻlash tartibini joriy etish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab10.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish.1. Ichki telekommunikatsiya infratuzilmasini, jumladan optik tolali tarmoqlar, tarmoqni boshqarish va axborot xavfsizligi tizimlarini toʻliq yangilash.2. Universitetni yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash.2025-yil sentabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov), Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Universitet11.Oʻquv jarayonini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash.1. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini xarid qilish.2025-yil avgustUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet2. Oʻquv auditoriyalarini talab darajasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash.2026-yil may12.Taʼlim, tadqiqot va axborot-kutubxona faoliyatlarini hamda boshqaruv jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish.1. Universitetning fakultet, kafedra va professor-oʻqituvchilarining reytingini aniqlovchi elektron tizimni joriy etish.2025-yil iyulUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet2. Talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli usullarini (antiplagiat va test sinovlari dasturiy taʼminotlari) joriy etish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab13.Masofaviy oʻqitish shaklini joriy etish orqali tinglovchilar va pedagog kadrlarning mustaqil taʼlim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.1. Xalqaro standartlarga asoslangan Yagona integrallashgan masofaviy oʻqitish apparat-dasturiy kompleksini amaliyotga joriy etish. 2026-yil oktabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet2. Universitet professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻtkaziladigan maʼruza mashgʻulotlarining markazlashgan video-katalogini shakllantirish va foydalanish uchun ochiq onlayn translyatsiya qilishga moʻljallangan elektron platforma faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2026-yil noyabr14.Axborot-resurs markazi infratuzilmasini rivojlantirish.1. Universitetning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks xizmat koʻrsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini rivojlantirish.2025-yil mayUniversitet mablagʻlari, grantlar, homiylik mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet2. Axborot-resurs markazida adabiyotlarning ochiq fondini tashkil qilish uchun kutubxonaga moslashtirilgan maxsus xonalar va innovatsion kutubxona joriy qilish.2025-yil avgust3. RFID texnologiyasi asosida kutubxona fondini roʻyxatga olish, hisobga qoʻyish, tarqatish va himoyalash tizimini takomillashtirish.4. Kitoblarni hisobga qoʻyish, tarqatish va qaytarish uchun avtomatlashtirilgan elektron kiosklarni joriy etish.5. Xorijiy kutubxona resurslaridan foydalanish uchun sharoit yaratish.6. Professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalar uchun badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlar elektron kataloglaridan hamda jahon taʼlim resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.2025-yil sentabr7. Xorijiy muassasalar bilan hamkorlikda Axborot-resurs markazini yangi xorijiy adabiyotlar bilan boyitish.Doimiy15.Mashgʻulotlar boʻyicha talabalar fikrini oʻrganish (feedback) hamda oʻzaro tashrif (peer review) tizimini rivojlantirish.1. Mashgʻulotlar boʻyicha talabalar fikrini oʻrganishga qaratilgan elektron platformani ishga tushirish.2025-yil avgustUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet2. Mashgʻulotlar boʻyicha talabalar fikrini oʻrganish tahlili asosida tegishli chora-tadbirlarni belgilash.2025/2026 oʻquv yili yakunida16.Universitetdagi mavjud taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. 1. Universitetni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlik kelishuviga erishish.2025-yil dekabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet2. Universitetni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish.2026-yil mart3. Universitetga malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish.2026-yil oktabr4. Taʼlim yoʻnalishlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.2027/2028 oʻquv yilidan boshlabIII. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, fan va taʼlim integratsiyasini rivojlantirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish17.Pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish.1. Pedagog xodimlar uchun “Web of Science”, “Scopus” tizimlarida ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etib borish.2024/2025 oʻquv yiliUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet2. Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish.2024/2025 oʻquv yili3. “Xirsh” indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni moddiy ragʻbatlantirish.2024/2025 oʻquv yili4. Universitet ilmiy jurnallarini “Scopus”, “Web of Science” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga kiritish choralarini koʻrish.2025/2026 oʻquv yili5. Universitet pedagog xodimlarining ilmiy salohiyatini 50 foizga yetkazish.2025/2026 oʻquv yili18.Ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish.1. Universitetda sohalar boʻyicha bajariladigan doktorlik (PhD va DSc) va magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari bazasini jahon ilm-fani taraqqiyotidagi yangi tendensiyalar va talablarga muvofiq shakllantirish.2025-yil noyabr-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet2. Fan va texnika taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlariga muvofiq tarzda kafedralar ilmiy yoʻnalishlarini kengaytirish.2026-yil yanvar19.Tarmoq va soha korxonalarining ilmiy-innovatsion muammolarini yechish boʻyicha tuziladigan xoʻjalik shartnomalari hisobiga Universitetga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish.1. Ilmiy-pedagogik kadrlar faoliyatini hamkor tashkilotlarning talab va ehtiyojlariga javob beradigan loyihalar yaratishga yoʻnaltirish.2025/2026 oʻquv yiliTarmoq va soha tashkilotlari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Savdo-sanoat palatasi(D. Vahobov),Universitet2. Universitet ilmiy ishlanmalarini innovatsion gʻoyalar yarmarkalarida taqdim etish, loyihalar natijalari asosida ommaviy axborot vositalarida materiallar eʼlon qilish.2025/2026 oʻquv yili3. Startap loyihalarini ishlab chiqish hamda Universitet va Savdo-sanoat palatasi masʼullarining hamkorligini tashkil etish, seminarlar oʻtkazish va loyihalar taqdimotini uyushtirish.2026-yil yanvar20.Fundamental, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni bajarish.1. Yoshlarning fundamental, amaliy innovatsion va startap loyihalardagi ishtirokini kengaytirish, ularni ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha yangi loyihalar yaratishga oʻrgatish uchun treninglar tashkil qilish.DoimiyUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariInnovatsion rivojlanish agentligi(Sh. Rajabbayev),Universitet2. Ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va ularni Universitet faoliyatiga tatbiq etish.2025-yil martIV. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, Universitetning xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini taʼminlash21.Yetakchi xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.1. Universitetning xalqaro reyting tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini oʻrnatish.2025-yil martUniversitet mablagʻlari, grantlarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet2. Universitet professor-oʻqituvchilarining xorijiy oliygohlarda oʻtkaziladigan konferensiya va seminarlardagi ishtirokini oshirish.3. Xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida xalqaro grantlarda professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalarning ishtirokini tashkil etish.4. Xalqaro ilmiy loyihalarni tayyorlash, muammolarni shakllantirish va zarur hujjatlarni taqdim etish malakasini shakllantirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etish.5. Fan tarmoqlari va sohalari boʻyicha ilmiy-amaliy, innovatsion markazlar tashkil etish, xorijiy grantlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda oʻquv adabiyotlar yaratish, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish.Doimiy22.Professor-oʻqituvchilarni stajirovka oʻtash va malaka oshirish hamda xodimlarni magistratura va doktoranturada oʻqish uchun xorijga yuborilishini tashkil etish.1. Universitet rahbarlari, kafedra mudirlari, boʻlim boshliqlari hamda pedagog kadrlarning yoʻnalishlar kesimida yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida malaka oshirishini tizimli tashkil etish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab doimiyGrantlar, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),“El-yurt umidi” jamgʻarmasi(A. Bekmurodov),Universitet2. Universitetning yosh mutaxassislarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy muassasalariga belgilangan tartibda tanlov asosida doktorantura va magistraturada oʻqishga yuborish.2026-yil yanvardan boshlab3. Hamkor xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy tashkilotlar bilan imzolangan shartnomalarni qayta koʻrib chiqish hamda keng miqyosda axborot va mutaxassislar almashinuvi boʻyicha shartnomalarni imzolash.2026-yil yanvardan boshlab23.Tajribali xorijiy olim, pedagog va mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb etish.1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarini Universitetda uzoq va qisqa muddat dars berishga taklif etish.2025-yil sentabrGrantlar,Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet 2. Jalb etiladigan xorijiy professor-oʻqituvchilar va olimlar uchun ijtimoiy-maishiy va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish.DoimiyV. Talabalarning sogʻlom turmush tarzini yuritishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish24.Talabalarni jismonan chiniqtirish va ularning sport sohasida oʻz qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish.1. Universitet talabalari orasida sport turlari boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish.2. Navoiy viloyati oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport musobaqalarini oʻtkazish.Har yili reja asosidaUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlari,Navoiy viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari, homiylik mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Sport vazirligi(A. Ikramov),Navoiy viloyati hokimligi(N. Tursunov),Universitet25.Talabalarning taʼlim jarayonida va undan tashqari vaqtlarda yaratadigan ijod namunalaridan koʻrgazmalar tashkil qilish imkonini beruvchi “Sanʼat” galereyasi va “Dizayn” studiyasini tashkil etish.1. “Sanʼat” galereyasi hamda “Dizayn” studiyasini tashkil etish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash.2025-yil sentabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlari,Navoiy viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari, homiylik mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Yoshlar ishlari agentligi(A. Saʼdullayev),Universitet2. “Sanʼat” galereyasi hamda “Dizayn” studiyasini jihozlash va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2025-yil oktabr3. “Sanʼat” galereyasi hamda “Dizayn” studiyasi faoliyatiga mutaxassislarni jalb etish.2025-yil oktabr4. Talabalar tomonidan yaratilgan sanʼat asarlari va dizaynerlik ishlari koʻrgazmalarini tashkil etib borish.Doimiy26.Talaba-yoshlarni umumbashariy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash.1. “Maqom” festivali, “Yosh targʻibotchilar” tanlovi, “Internet madaniyati va axborot xavfsizligi” targʻiboti, “Yosh dasturchilar” klubi, “Mass media” kompyuter bilimdoni, Talabalar teatr studiyasi hamda “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi kabi tadbirlarni tashkil etish va faollarni munosib taqdirlash.Reja asosidaUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Universitet2. Talaba-yoshlarda estetik did va kasbiy etikani tarbiyalash maqsadida turli tanlovlar, koʻrgazmalar, davriy tematik tadbirlarni tashkil etish, ochiq osmon ostidagi muzeylarga va teatrlarga tashriflarni uyushtirish, taniqli ziyolilari, davlat arboblari, sanʼat va sportda shuhrat qozongan shaxslar va faxriylar bilan davra suhbatlari, uchrashuvlarni oʻtkazish.Doimiy27.Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim tashabbus”ni keng joriy etish maqsadida Markaz tashkil qilish.1. Markaz nizomi va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil yanvarUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, homiylik mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Madaniyat vazirligi(O. Nazarbekov),Universitet2. Universitetga tegishli binolardan Markaz uchun “5 ta muhim tashabbus”ni qamrab oladigan xonalar ajratish va ularni tayyorlash.3. Xonalarni “5 ta muhim tashabbus” doirasidagi zarur texnika va jihozlar bilan taʼminlash.4. Universitetda ashula va raqs ansambllarini hamda talabalar xor jamoasini tashkil etish.2025-yil fevral5. Universitet fakultetlari oʻrtasida “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat”, “Munozara” va boshqa koʻrik-tanlovlarni oʻtkazish.Doimiy28.Talabalarda kitob mutolaasiga qiziqishni yanada oshirish va ijodkor yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida Universitetda “Kitobxonlik” oyligini oʻtkazish.1. Talaba-yoshlar oʻrtasida “Zukko kitobxon”, “Men sevgan adib”, “Men sevgan roman”, “Men sevgan adabiy qahramon” kabi mavzularda tanlovlar oʻtkazish.2. Akademiklar, yozuvchilar, shoirlar, adabiyotshunos olimlar ishtirokida ijodiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish.Har yili reja asosida Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar, homiylar mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Yozuvchilar uyushmasi(S. Said),Universitet

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-oktabrdagi PQ-378-son qaroriga2-ILOVA

2026 — 2030-yillarda Navoiy davlat universitetining oʻquv va ilmiy laboratoriyalari moddiy-texnika bazasini yaratish

T/rLaboratoriya nomiLaboratoriya toifasi(oʻquv/ilmiy)Amalga oshirish muddati1.Mexanika boʻyicha laboratoriya jamlanmasioʻquv2026-yil2.Optika boʻyicha laboratoriya jamlanmasioʻquv2026-yil3.Bioximiya va immunologiya oʻquv laboratoriyasioʻquv2027-yil4.Ekologik injeneriya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiilmiy2027-yil5.Fizikaviy radioekologiyailmiy2028-yil6.Organik kimyo laboratoriyasioʻquv2028-yil7.Elektromagnetizm boʻyicha laboratoriya jamlanmasioʻquv2029-yil8.Analitik kimyo laboratoriyasioʻquv2029-yil9.Molekulyar fizika boʻyicha laboratoriya jamlanmasioʻquv2029-yil10.Atom va yadro fizikasi boʻyicha laboratoriya jamlanmasioʻquv2030-yil11.Astronomiya boʻyicha laboratoriya jamlanmasioʻquv2030-yil

Izoh:

laboratoriyalar moddiy-texnika bazasi Universitet mablagʻlari, grantlar va homiylik mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;

laboratoriyalar moddiy-texnika bazasi qiymatiga ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari va tender (tanlov) savdolari natijalariga koʻra aniqlik kiritiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.