PQ-439-son Qaror · 16.12.2024

Surxondaryo viloyatining togʻli-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda zamonaviy xizmat koʻrsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-439
  • Qabul qilingan sana:16.12.2024
  • Kuchga kirgan sana:16.12.2024
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/24/439/1029

Surxondaryo viloyatining togʻli va togʻ oldi hududlarining mavjud turistik salohiyatidan samarali foydalanish, master reja asosida xizmat koʻrsatish majmualari va turizm infratuzilmasi obyektlarini, jumladan, mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, sogʻlomlashtirish, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari, sanatoriy va xalqaro umummavsumiy kurort zonalarini rivojlantirish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:

1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi koʻmagida Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan yetakchi mahalliy va xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda Boysun tumani Omonxona qishlogʻi hududidagi 220,5 gektar, Sariosiyo tumani Sangardak qishlogʻi hududidagi 615 gektar, Jarqoʻrgʻon tumani “Oqtepa” suv omborining qirgʻoq boʻyi hududidagi 110 gektar yer uchastkalarida zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualari va turizm infratuzilmasi obyektlarini, jumladan, sohil turizmi obyektlari, mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, sogʻlomlashtirish, umumiy ovqatlanish obyektlari, savdo-koʻngilochar hamda boshqa xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirishni nazarda tutuvchi master rejalar loyihalari ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining:

Boysun tumani hududidagi umumiy maydoni 220,5 gektar boʻlgan yer uchastkasida “Omonxona” turistik markazini;

Sariosiyo tumani hududidagi umumiy maydoni 615 gektar boʻlgan yer uchastkasida “Sangardak” turistik markazini;

Jarqoʻrgʻon tumani Obihayot mahallasidagi “Oqtepa” suv omborining qirgʻoq boʻyi hududidagi 110 gektar yer uchastkasida “Obihayot” turistik markazini;

“Omonxona”, “Sangardak” va “Obihayot” turistik markazlarini (keyingi oʻrinlarda — turistik markazlar) rivojlantirish va boshqarish uchun davlat muassasasi shaklida Surxondaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish direksiyasini (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

3. Quyidagilar:

“Omonxona” turistik markazi hududi chegaralarining tavsifi 1-ilovaga muvofiq;

“Sangardak” turistik markazi hududi chegaralarining tavsifi 2-ilovaga muvofiq;

“Obihayot” turistik markazi hududi chegaralarining tavsifi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bunda Vazirlar Mahkamasiga turistik markazlarning chegaralari va ularning tavsiflariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.

4. Surxondaryo viloyati hokimligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Direksiyani tashkil etish, joylashtirish va zarur moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.

5. Belgilansinki, turistik markazlar hududlaridagi:

umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari master reja, bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalariga muvofiq infratuzilma obyektlari va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni barpo etish uchun Direksiyaga va (yoki) ushbu obyektlarni qurish, saqlash va foydalanish vazifasini amalga oshiruvchi boshqa davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;

master reja, bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalariga muvofiq tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan boʻsh yer uchastkalari mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilinadi;

boʻsh yer uchastkalari elektron onlayn auksion orqali turistik markazlarning master reja, bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarida nazarda tutilgan obyektlarni barpo etish sharti bilan lotlarga boʻlingan holda realizatsiya qilinadi. Bunda har bir lot boʻyicha loyihaning taxminiy tavsifi va arxitektura qiyofasiga, foydalanishga topshirish muddatiga talablar belgilanadi;

yer uchastkalarini elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar (savdoga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlar chegirib qolingan holda) Direksiyaga oʻtkaziladi;

yer uchastkalarini elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish, turistik markazlarni rivojlantirish, jumladan, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish va taʼmirlash hamda infratuzilma bilan bogʻliq boshqa chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Bunda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun turistik markazlar hududlaridagi yer uchastkalari ularda quriladigan bino va inshootlar bilan tayyor biznes shaklida elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilinishi mumkin.

6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Surxondaryo viloyati hokimligining turistik markazlar hududlarida xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda 2025 — 2027-yillarda mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, xizmat koʻrsatish majmualari va dam olish maskanlarini qurish maqsadida boʻsh yer uchastkalarini 10 yil muddatda teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Bunda istisno tariqasida:

elektron onlayn auksion savdolarida realizatsiya qilingan yer uchastkalari boʻyicha dastlabki toʻlov summasi 15 foizdan koʻp boʻlgan hollarda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha foizlarni hisoblash tartibi amal qilmasligi belgilab qoʻyilsin;

auksion gʻolibi tomonidan dastlabki toʻlov summasining kamida 15 foizi toʻlanganda, unga yer uchastkasiga boʻlgan ijara va mulk huquqini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi berilsin.

7. Surxondaryo viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 4-ilovada keltirilgan yer uchastkalarining toifasini sugʻorilmaydigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlari toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish yuzasidan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritsin.

8. Belgilansinki, turistik markazlarda quriladigan obyektlar hududiga qadar tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yetkazib berish, koʻchirish hamda zarur infratuzilmani yaratish maqsadida tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq quyidagilar:

elektr tarmoqlarini qurish ishlari — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi tashkilot buyurtmachiligida;

ichimlik va oqova suv tizimini qurish ishlari — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tarkibidagi “Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” UK buyurtmachiligida;

aloqa va internet tarmoqlarini qurish ishlari — “Oʻzbektelekom” AK buyurtmachiligida;

avtomobil yoʻllarini qurish va taʼmirlash ishlari — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining tizim korxonalari buyurtmachiligida amalga oshiriladi.

Bunda turistik markazlar hududiga qadar:

elektr tarmoqlari, aloqa va internet tarmoqlarini qurish va taʼmirlash ishlari tegishlicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;

avtomobil yoʻllari, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini qurish va taʼmirlash ishlari respublika va mahalliy budjet hamda xalqaro moliya institutlari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

9. 2025-2026-yillarda “Omonxona”, “Sangardak” va “Obihayot” turistik markazlari uchun zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish boʻyicha manzilli dastur 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

10. Surxondaryo viloyati hokimligi Direksiya bilan birgalikda:

uch oy muddatda “OʻzshaharsozlikLITI” bosh loyiha tashkilotini jalb qilgan holda Omonxona va Sangardak hududlari boʻyicha ishlab chiqilgan master reja loyihalari asosida “Omonxona” va “Sangardak” turistik markazlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqsin hamda ularni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;

ikki oy muddatda Jarqoʻrgʻon tumani Obihayot mahallasidagi “Oqtepa” suv omborining qirgʻoq boʻyi hududidagi 110 gektar yer uchastkasi boʻyicha ishlab chiqilgan master reja va batafsil rejalashtirish loyihalarini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.

Belgilansinki, “Omonxona” va “Sangardak” turistik markazlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha:

Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK — buyurtmachi;

Surxondaryo viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, respublika budjetidan Surxondaryo viloyati mahalliy budjetiga ajratiladigan budjet ssudasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar — moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

11. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda turistik markazlarda obyektlarning qurilishiga salohiyatli investorlarni jalb etish maqsadida ushbu hududlarning turistik imkoniyatlari toʻgʻrisida videorolik va targʻibot materiallarini tayyorlab, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng targʻib qilsin.

12. Surxondaryo viloyati hokimligi, Kadastr agentligi, Bosh prokuratura, “Oʻzbekkosmos” agentligi Direksiya bilan birgalikda bir oy muddatda turistik markazlar hududlaridagi yer uchastkalarini toʻliq xatlovdan oʻtkazib, aniqlangan oʻzboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilish holatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda bartaraf etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin.

13. Tijorat banklari va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning turistik markazlar hududida zamonaviy xizmat koʻrsatish majmualari va turizm infratuzilmasi obyektlarini, jumladan, mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, sogʻlomlashtirish, umumiy ovqatlanish obyektlari, savdo-koʻngilochar hamda boshqa xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish boʻyicha tashabbuskorlarning loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yuzasidan tashabbuslari maʼqullansin.

14. Turistik markazlarda obyektlarni loyihalash, qurish va jihozlash ishlarini amalga oshirish doirasida xorijiy tashkilotlar vakillari, investorlar hamda xorijiy mutaxassislarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Direksiya buyurtmanomalari asosida qisqa muddatda:

Tashqi ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;

Ichki ishlar vazirligi — jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi (muddati uzaytirilishi) hamda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishini (muddati uzaytirilishini);

(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy mutaxassislarga (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasida bunday mutaxassislar boʻlmagan taqdirda) respublika hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.

15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 461-son qarori bilan tasdiqlangan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 15 — 17-bandlar bilan toʻldirilsin:

“15. “Omonxona” turistik markazi;

16. “Sangardak” turistik markazi;

17. “Obihayot” turistik markazi”.

16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov, A.J. Ramatov, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov va Surxondaryo viloyati hokimi U.B. Qosimov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 16-dekabr,

PQ-439-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi PQ-439-son qaroriga1-ILOVA

“Omonxona” turistik markazi hududi chegaralarining

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan “Omonxona” turistik markazi chegarasida joylashgan nuqta boshlangʻich 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 38°14'15,16'', sharqiy uzoqlik koordinatalari 67°18'38,35'').

1-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy va shimoli-sharqiy yoʻnalishda 674 metr masofada dala tuproq yoʻli va soyni kesib oʻtib 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°14'22,50'', sharqiy uzunlik 67°19'4,46'').

2-nuqtadan chegara chizigʻi janubiy va janubi-sharqiy yoʻnalishda 4 386 metr masofada dala tuproq yoʻlini kesib oʻtib 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°12'16,39'', sharqiy uzunlik 67°20'27,70'').

3-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 260 metr masofada Omonxona avtomobil yoʻli va soyni kesib oʻtib 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°12'11,59'', sharqiy uzunlik 67°20'18,90'').

4-nuqtadan chegara chizigʻi shimoliy va shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 4 445 metr masofada dala tuproq yoʻli va soyni kesib oʻtib 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°14'11,03'', sharqiy uzunlik 67°18'36,90'').

5-nuqtadan chegara chizigʻi shimoliy va shimoli-sharqiy yoʻnalishda 132 metr masofani oʻtib 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°14'15,16'', sharqiy uzoqlik koordinatalari 67°18'38,35'').

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi PQ-439-son qaroriga2-ILOVA

“Sangardak” turistik markazi hududi chegaralarining

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan “Sangardak” turistik markazi chegarasida joylashgan nuqta boshlangʻich 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 38°32'16.82'', sharqiy uzoqlik koordinatalari 67°33'37.49'').

1-nuqtadan chegara chizigʻi avval gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 2 667 metr, keyin gʻarbiy yoʻnalishda 266 metr, soʻng gʻarbiy va janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 314 metr, soʻngra janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 934 metr masofada soyni kesib oʻtib 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°32'13.69'', sharqiy uzunlik 67°31'5.18'').

2-nuqtadan chegara chizigʻi gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 421 metr masofada soyni kesib oʻtib 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°32'19.09'', sharqiy uzunlik 67°30'49.24'').

3-nuqtadan chegara chizigʻi shimoliy va shimoli-sharqiy yoʻnalishda 953 metr masofani oʻtib 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°32'46.70'', sharqiy uzunlik 67°31'6.68'').

4-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 1 754 metr masofada soyni kesib oʻtib 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°33'16.98'', sharqiy uzunlik 67°30'6.57'').

5-nuqtadan chegara chizigʻi shimoliy va shimoli-sharqiy yoʻnalishda 502 metr masofada Sangardak soyini kesib oʻtib 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°33'31.95'', sharqiy uzunlik 67°30'14.66'').

6-nuqtadan chegara chizigʻi avval sharqiy va janubi-sharqiy yoʻnalishda 199 metr, keyin janubi-sharqiy yoʻnalishda 627 metr, sharqiy va janubi-sharqiy yoʻnalishda 573 metr, soʻng sharqiy yoʻnalishda 291 metr, soʻngra sharqiy va shimoli-sharqiy yoʻnalishda 790 metr, keyin shimoli-sharqiy yoʻnalishda 1 930 metr masofada soyni kesib oʻtib 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°34'10.44'', sharqiy uzunlik 67°32'26.58'').

7-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy va janubi-sharqiy yoʻnalishda 718 metr masofada soyni kesib oʻtib 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°34'4.22'', sharqiy uzunlik 67°32'55.14'').

8-nuqtadan chegara chizigʻi gʻarbiy va janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 2 315 metr masofada dala tuproq yoʻlini kesib oʻtib 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°32'55.51'', sharqiy uzunlik 67°32'17.37'').

9-nuqtadan chegara chizigʻi avval sharqiy yoʻnalishda 1 005 metr, keyin sharqiy va janubi-sharqiy yoʻnalishda 1 008 metr, soʻng janubi-sharqiy yoʻnalishda 441 metr masofada soyni kesib oʻtib 10-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°32'29.63'', sharqiy uzunlik 67°33'50.60'').

10-nuqtadan chegara chizigʻi janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 507 metr masofada Sangardak soyini kesib oʻtib 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 38°32'16.82'', sharqiy uzunlik 67°33'37.49'').

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi PQ-439-son qaroriga3-ILOVA

“Obihayot” turistik markazi hududi chegaralarining

Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida joylashgan “Obihayot” turistik markazi chegarasidagi kanalning suv oqimiga qarshi oʻng tomonida joylashgan nuqta boshlangʻich 1-nuqta deb qabul qilindi (WGS-84 koordinatalar tizimida, shimoliy kenglik koordinatalari 37°25'3,98'', sharqiy uzoqlik koordinatalari 67°27'29,27'').

1-nuqtadan chegara chizigʻi sharqiy yoʻnalishda kanalning suv oqimiga qarshi oʻng tomoni bilan 552 metr masofani oʻtib, kanal boʻyidagi 2-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 37°25'4,39'', sharqiy uzunlik 67°27'51,71'').

2-nuqtadan chegara chizigʻi kanaldan Oqtepa suv omboriga oʻtadi va suv omborining qirgʻogʻi bilan janubiy va janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 224 metr masofani oʻtib, suv ombori boʻyidagi 3-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 37°24'58,09'', sharqiy uzunlik 67°27'47,17'').

3-nuqtadan chegara chizigʻi Oqtepa suv omborining qirgʻogʻi bilan umumiy janubiy va janubi-sharqiy yoʻnalishda barcha burilishlarni hisobga olgan holda 1 478 metr masofani oʻtib, suv ombori boʻyidagi 4-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 37°24'23,04'', sharqiy uzunlik 67°28'0,65'').

4-nuqtadan chegara chizigʻi Oqtepa suv omborining qirgʻogʻi bilan avval janubi-sharqiy yoʻnalishda 413 metr, keyin umumiy sharqiy va janubi-sharqiy yoʻnalishda barcha burilishlarni hisobga olgan holda 490 metr masofani oʻtib, suv ombori boʻyidagi 5-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 37°24'9,51'', sharqiy uzunlik 67°28'24,63'').

5-nuqtadan chegara chizigʻi Oqtepa suv omborining qirgʻogʻi bilan avval sharqiy va janubi-sharqiy yoʻnalishda 58 metr masofada ariqqa oʻtadi hamda janubiy va janubi-sharqiy yoʻnalishda ariqning suv oqimiga qarshi chap tomoni bilan 86 metr, keyin janubiy va janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 101 metr, soʻng janubiy va janubi-sharqiy yoʻnalishda 34 metr masofani oʻtib, ariq boʻyidagi 6-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 37°24'2,14'', sharqiy uzoqlik koordinatalari 67°28'27,03'').

6-nuqtadan chegara chizigʻi avval janubi-gʻarbiy yoʻnalishda ariqning suv oqimiga qarshi chap tomoni bilan 43 metr, keyin umumiy gʻarbiy yoʻnalishda 346 metr masofani oʻtib, ariq boʻyidagi 7-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 37°23'59,86'', sharqiy uzunlik 67°28'12,63'').

7-nuqtadan chegara chizigʻi avval shimoliy va shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda ariqning suv oqimiga qarshi chap tomoni bilan 37 metr, keyin shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 87 metr, soʻng gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 308 metr, soʻngra shimoliy va shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 95 metr, keyin gʻarbiy va janubi-gʻarbiy yoʻnalishda 76 metr masofani oʻtib 8-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 37°24'8,11'', sharqiy uzoqlik koordinatalari 67°27'53,05'').

8-nuqtadan chegara chizigʻi shimoliy va shimoli-gʻarbiy yoʻnalishda 1 758 metr masofada dala tuproq yoʻlini kesib oʻtib 9-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 37°25'0,47'', sharqiy uzoqlik koordinatalari 67°27'26,44'').

9-nuqtadan chegara chizigʻi shimoli-sharqiy yoʻnalishda 129 metr masofada dala tuproq yoʻlini kesib oʻtib, kanal boʻyidagi 1-nuqtaga tutashadi (shimoliy kenglik 37°25'3,98'', sharqiy uzunlik 67°27'29,27'').

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi PQ-439-son qaroriga4-ILOVA

“Omonxona”, “Sangardak” va “Obihayot” turistik markazlari hududida sugʻorilmaydigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlari toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladigan yer uchastkalari

T/rHudud nomi(MFY, qishloq)Yerdan foydalanuvchi nomiKontur raqamiJami yer maydoni,(ga)shundanTuproq bonitet baliOʻzgartirish taklif etilayotgan yer fondi toifasiTaklif etilayotgan foydalanish maqsadisugʻoriladigan (lalmikor) yerlar,gayaylovlar,gaboshqa yerlar,gaViloyat boʻyicha jami138,966,5130,511,95Boysun tumani boʻyicha jami21,56,515,01.“Inkobod” MFY Omonxona qishlogʻiIpakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi353k (1012k)15,015,0BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarMehmonxona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish va toʻxtash joyi2.365k ( 954k)3.388k ( 956k)4.355k ( 957k)5.“Inkobod gʻallazori” f/x866k (1144k)6,56,56.865k (1145k)Sariosiyo tumani boʻyicha jami7,465,511,957.“Subhidam” MFY Xubon qishlogʻi“Jasufa-Agrobiznes” MCHJ,“Abdujalil-Maxmatmurod” f/x58q, 59q, 86q,4,284,28Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarMehmonxona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish va toʻxtash joyi8.“Sangardak” MFY Changloq qishlogʻiTuman hokimligining zaxira yer fondi88q0,40,4BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarMehmonxona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish va toʻxtash joyi9.“Sangardak” MFY Changloq qishlogʻiTuman hokimligining zaxira yer fondi88q1,01,0BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarMehmonxona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish va toʻxtash joyi10.“Sangardak” MFY Soʻlim diyor qishlogʻiTuman hokimligining zaxira yer fondi23q1,231,23Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarMehmonxona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish va toʻxtash joyi11.“Sangardak” MFY Soʻlim diyor qishlogʻiTuman hokimligining zaxira yer fondi73q0,150,15BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarMehmonxona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish va toʻxtash joyi12.“Sangardak” MFY Soʻlim diyor qishlogʻiTuman hokimligining zaxira yer fondi23q0,400,40BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarMehmonxona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish va toʻxtash joyiJarqoʻrgʻon tumani boʻyicha jami110,0110,013.“Obihayot” MFY “Oqtepa” suv ombori“Surxondaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi” davlat muassasasi222110,0110,0BaholanmaganSanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarMehmonxona, dam olish maskani, turizm, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish va toʻxtash joyi14.23015.23316.234, 218, 237, 219, 218a

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi PQ-439-son qaroriga5-ILOVA

2025-2026-yillarda “Omonxona”, “Sangardak” va “Obihayot” turistik markazlari uchun zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish boʻyicha

T/rTadbirlar nomiHudud nomiOʻlchov birligiMiqdoriLoyiha qiymati*,(mln soʻm)Moliyalashtirish manbaiMasʼullarJami61 214I. Yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirishJami32 6401.Davlat ahamiyatidagi Darband-Boysun-Elbayon yoʻnalishidagi 4R-105 yoʻlidan “Omonxona” sogʻlomlashtirish sihatgohi hududiga olib boruvchi 4N-1622 Inkobod-Omonxona yoʻlini va mahalladagi ichki yoʻllarni joriy taʼmirlash va yoritish tizimlarini oʻrnatish.Boysun tumanikm/dona21,2/20028 500Xalqaro moliya institutlari mablagʻlariIqtisodiyot va moliya vazirligi,Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,Surxondaryo viloyati hokimligi2.4R-107 Denov-Xonjiza-Chosh avtomobil yoʻlining Sangardak qishlogʻiga olib boruvchi 4K-621 avtomobil yoʻlining 6 km qismini joriy taʼmirlash.Sariosiyo tumanikm6Hisob-kitoblarga asosanRespublika budjeti mablagʻlariAvtomobil yoʻllari qoʻmitasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Surxondaryo viloyati hokimligi3.Sangardak mahallasi Changloq koʻchasini mukammal taʼmirlash.Sariosiyo tumanikm1,4770Mahalliy budjet mablagʻlariAvtomobil yoʻllari qoʻmitasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Surxondaryo viloyati hokimligi4.Sangardak mahallasi Soʻlim diyor koʻchasini mukammal taʼmirlash.Sariosiyo tumanikm0,7385Mahalliy budjet mablagʻlariAvtomobil yoʻllari qoʻmitasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Surxondaryo viloyati hokimligi5.Sangardak mahallasi Qirqqiz koʻchasini mukammal taʼmirlash.Sariosiyo tumanikm0,8440Mahalliy budjet mablagʻlariAvtomobil yoʻllari qoʻmitasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Surxondaryo viloyati hokimligi6.Sangardak mahallasi Bogʻcha koʻchasini mukammal taʼmirlash.Sariosiyo tumanikm0,4220Mahalliy budjet mablagʻlariAvtomobil yoʻllari qoʻmitasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Surxondaryo viloyati hokimligi7.Sangardak mahallasidagi dor yoʻliga borish uchun avtomobil yoʻlini mukammal taʼmirlash.Sariosiyo tumanikm1,5825Mahalliy budjet mablagʻlariAvtomobil yoʻllari qoʻmitasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Surxondaryo viloyati hokimligi8.2026-yilda Jarqoʻrgʻon tumanidan oʻtuvchi M-41 avtomobil yoʻlidan “Oqtepa” suv omboriga olib boruvchi 1,5 km yoʻlni qurish ishlarini amalga oshirish.Jarqoʻrgʻon tumanikm1,51 500Respublika budjeti mablagʻlariAvtomobil yoʻllari qoʻmitasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Surxondaryo viloyati hokimligiII. Elektr energiya taʼminotini yaxshilashJami5 1749.Omonxona qishlogʻi “Olmazor” 110/35/10 kv podstansiyadan chiqqan F-3 10 kV elektr tarmogʻining 15 km va ichki 0,4 kVli elektr tarmogʻini rekonstruksiya qilish, 4 dona 1 600 kVli ikki tabaqali transformator oʻrnatish.Boysun tumaniobyekt32 374“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlariEnergetika vazirligi,“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ10.Sangardak mahallasidagi dor yoʻli uchun 1 km uzunlikda elektr tarmogʻini qurish va 1 dona 400 kVa transformator punktini yangidan oʻrnatish.Sariosiyo tumanikm/dona1/1300“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlariEnergetika vazirligi,“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ11.Sangardak mahallasida 6,5 km elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish.Sariosiyo tumanikm6,5715“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlariEnergetika vazirligi,“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ12.Jarqoʻrgʻon tumani Obihayot mahallasi “Oqtepa” suv ombori hududini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 1 dona transformator oʻrnatish va 10 km uzunlikda elektr tarmogʻini tortish.Jarqoʻrgʻon tumanikm/dona10/12 500“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlariEnergetika vazirligi,“Hududiy elektr tarmoqlari” AJIII. Ichimlik suv taʼminotini yaxshilashJami17 00013.Omonxona qishlogʻi aholisining ichimlik suv taʼminotini yaxshilash maqsadida ichimlik suv tarmogʻi va inshootini qurish.Boysun tumanikm/obyekt32/29 200Xalqaro moliya institutlari mablagʻlariIqtisodiyot va moliya vazirligi,“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,Surxondaryo viloyati hokimligi14.Sangardak mahallasi Changloq qishlogʻida 1 dona suv minorasini oʻrnatish va 1 dona suv inshootini qurish.Sariosiyo tumaniobyekt2600“Oʻzsuvtaʼminot” AJmablagʻlari“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Surxondaryo viloyati hokimligi15.Sangardak qishlogʻining Gʻazansoy bulogʻi oldida sigʻimi 200 m-3li 2 dona rezervuar barpo etish.Sariosiyo tumaniobyekt21 200“Oʻzsuvtaʼminot” AJmablagʻlari“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Surxondaryo viloyati hokimligi16.2026-yilda Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Oqtepa” suv ombori hududini toza ichimlik suv bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirish.Jarqoʻrgʻon tumanikm/obyekt10/26 000Respublika budjeti mablagʻlari“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Surxondaryo viloyati hokimligiIV. Piyodalar yoʻlakchasini tashkil etishJami10017.Omonxona qishlogʻida 0,5 km piyodalar yoʻlakchasini qurish.Boysun tumanikm0,5100Mahalliy budjet mablagʻlariBoysun tumani hokimligiV. Oqova suv inshootini tashkil etishJami5 80018.Omonxona qishlogʻida oqova suv tozalash inshooti va tarmogʻini qurish.Boysun tumaniobyekt/kmHisob-kitoblar asosidaLoyiha-smeta hujjatlari asosidaXalqaro moliya institutlari mablagʻlariInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,Surxondaryo viloyati hokimligi19.“Sangardak” qishlogʻida oqova suv tozalash inshooti va tarmogʻini qurish.Sariosiyo tumaniobyekt/kmHisob-kitoblar asosidaLoyiha-smeta hujjatlari asosidaXalqaro moliya institutlari mablagʻlariInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,Surxondaryo viloyati hokimligi20.Jarqoʻrgʻon tumani “Oqtepa” suv ombori hududida 1 ta oqova suv inshooti qurish (Lokal tarmoq)Jarqoʻrgʻon tumaniobyekt15 800Mahalliy budjet mablagʻlari“Oʻzsuvtaʼminot” AJ,Surxondaryo viloyati hokimligiVI. Aloqa tarmoqlarini yaxshilashJami50021.Omonxona hududidagi obyektlarni internet tarmogʻi bilan taʼminlashda 512 ta nuqtadan iborat OLT stansiyasini qurish va 10 km optik tolali kabel tortish.Boysun tumanidona/km512/10500“Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari“Oʻzbektelekom” AK

Izoh: moliyalashtirish manbasi mahalliy budjet mablagʻlari etib koʻrsatilgan loyihalarni turistik markazlar hududlaridagi boʻsh yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni auksion savdolarida realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirishga ruxsat etiladi.

* Loyiha-smeta hujjatlari va ekspertiza xulosalariga asosan aniqlik kiritiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.