PF-228-son Farmon · 27.12.2024

Eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-228
  • Qabul qilingan sana:27.12.2024
  • Kuchga kirgan sana:01.01.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/24/228/1091

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-85-son Farmoni hamda 2024-yil 15-maydagi “Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-179-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, eksportni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini Jahon savdo tashkilotining bitimlariga muvofiqlashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:

eksportni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish;

eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yoʻl transportida eksportga tashish xarajatlarini kompensatsiya qilish amaliyotini bekor qilish.

Bunda eksport qiluvchi tashkilotlarning 2024-yil 31-dekabrgacha amalga oshirilgan eksporti uchun 2025-yil 1-fevralga qadar belgilangan tartibda subsidiya va kompensatsiyalar taqdim etiladi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Mazkur Farmon 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.

4. Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2024-yil 27-dekabr,

PF-228-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-son Farmoniga1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi “Dorivor oʻsimliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash orqali qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-139-son Farmoni 4-bandidan beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-228-son Farmoni 1-bandida:

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-2973-son qarori 7-bandidan:

beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi “Respublikada pillachilik tarmogʻini jadal rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4047-son qarori 8-bandida:

ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Belgilab qoʻyilsinki, mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyoz imtiyozni qoʻllash natijasida boʻshaydigan mablagʻlarni texnologik uskuna olib kirilgan kundan boshlab dastlabki, 2 yil ichida ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida texnologik uskunalar sotib olish uchun maqsadli tarzda yoʻnaltirish sharti bilan qoʻllaniladi”;

uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-fevraldagi “Limonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4610-son qarori 5-bandining “b” kichik bandida:

ikkinchi xatboshidagi “jamgʻarma hisobidan” soʻzlari “jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4759-son qarorida:

1-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

ilovaning 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-martdagi “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-126-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandidan toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-son Farmoniga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6091-son Farmoniga ilovaning 3-bandi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “2022 — 2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-55-son Farmonining 9-bandi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-apreldagi “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-97-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilishini soddalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-115-son Farmoniga ilovaning 6-bandi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-213-son Farmoni 2-bandining “b” kichik bandi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi “Aholini hunarmandchilikka jalb qilish va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-91-son Farmonining 8-bandi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-193-son Farmoniga 3-ilovaning 6-bandi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “Oʻztadbirkoreksport” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining samaradorligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3009-son qarorining 4-bandi hamda 2-ilovasi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4337-son qarorining 3 va 8-bandlari.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4707-son qarori.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5146-son qaroriga 4-ilovaning 3-bandi.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Respublika hududlarida mebelsozlik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5155-son qarorining 6-bandi.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-146-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.