2025-yil 7-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha 2025-yil uchun belgilangan asosiy vazifalarni bajarish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar.
1. 2025-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
(a) xizmatlar hajmini 15 foizga oshirish;
(b) sohada 3 million kishini daromadli mehnat bilan taʼminlash;
(v) 52,2 mingta xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish.
2. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov bir hafta muddatda 1 va 2-ilovalarga muvofiq maqsadli koʻrsatkichlarni hudud, tuman, shahar va masʼullar kesimida tasdiqlasin.
II. Imtiyozlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarori 2-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasining amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
4. Mazkur qarorning 3-bandidagi imtiyoz tadbirkorlik subyektlarining har oyda ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,5 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblangan oʻttiz yoshgacha boʻlgan xodimlariga nisbatan qoʻllansin.
III. Moliyaviy resurslar.
5. 2025-yilda:
(a) xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 67,4 trillion soʻm miqdorida kredit mablagʻlari;
(b) xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish uchun developerlar orqali tadbirkorlik subyektlariga noturar joylarni lizingga berishga 4,5 trillion soʻm miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltirilsin.
6. Hududlarda 2025-yilda quyidagi 652 ta drayver loyihalarni infratuzilma bilan taʼminlash uchun Davlat budjetidan 1 trillion soʻm yoʻnaltirilsin:
(a) 72 ta sohil boʻyi dam olish maskanlari;
(b) 62 ta zamonaviy qiyofadagi istirohat bogʻlari;
(v) 154 ta tunu kun faoliyat yuritadigan turizm va gastronomik yoʻnalishlarga ixtisoslashgan savdo va koʻngilochar koʻchalar;
(g) 364 ta yoʻlboʻyi va boshqa servis obyektlarini tashkil etish.
7. Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov:
(a) bir hafta muddatda mazkur qarorning 5-bandida nazarda tutilgan mablagʻlarni banklar, hududlar va sohalar kesimida oʻzlashtirish boʻyicha tarmoq grafiklarini tasdiqlasin;
(b) mazkur qarorning 6-bandida nazarda tutilgan obyektlarni tashkil etishning hududlar kesimida taqsimotini tasdiqlasin.
IV. Xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari.
8. Yengil avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga kiritilsin hamda ular ushbu faoliyat bilan litsenziya varaqasi asosida shugʻullanishi belgilansin.
9. 2025-yil 1-iyuldan boshlab 3-ilovaga muvofiq davlat xizmatlari va funksiyalari xususiy sektorga oʻtkazilsin.
10. Mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq vakolatli organlar Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda xususiy sektor tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish va funksiyalarini amalga oshirish tartiblarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Adliya vazirligi (Tashkulov) ikki oy muddatda:
(a) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Toʻraxoʻjayev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) bilan birgalikda har bir vazirlik va idoraning funksiyalarini xatlovdan oʻtkazib, ularni xususiy sektorga berish yoki raqamlashtirish;
(b) soha regulatorlarining tegishli sohada yagona davlat siyosatini olib borish va sohani rivojlantirish boʻyicha funksiyalarini mustaqil ravishda amalga oshirish boʻyicha Hukumatga takliflar kiritsin.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga soliqqa tortish uchun koʻchmas mulk ijara toʻlovi minimal stavkalariga nisbatan tumanlar (shaharlar) va zonalarga qarab oʻrnatiladigan oshiruvchi koeffitsiyentni faoliyat yoki obyekt turlari boʻyicha tabaqalashtirish vakolati berilsin.
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi hamda Soliq qoʻmitasining 2025-yil 1-apreldan boshlab soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida 4-ilovada keltirilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlanganda quyidagi tartibni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
(a) birinchi marta ogohlantirish;
(b) ogohlantirishdan soʻng uch kun muddatda soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmagani yoki takroran aniqlangani sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishga asos boʻlishi;
(v) sayyor soliq tekshiruvini faqat mazkur qarorga 4-ilovada keltirilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha amalga oshirish va uni tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibida amalga oshirishga ruxsat etish;
(g) sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha qaror qabul qilish uchun asos boʻlib hisoblanishi.
14. Soliq qoʻmitasi ikki oy muddatda “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturidagi soliq xavfini aniqlash boʻyicha mezonlar roʻyxati ochiq holatda oʻz rasmiy veb saytida eʼlon qilib borilishini taʼminlasin.
15. 2025-yil 1-maydan boshlab “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi natijalariga asosan soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) holatlari boʻyicha oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlariga tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qilish talabi tatbiq etilmaydi.
16. Soliq qoʻmitasi tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq imtiyozlaridan foydalanilgandan soʻng daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha hisoblangan soliq summasining kamayishiga olib keladigan qayta hisobotlarni soliq organlari tomonidan asosliligi oʻrganib chiqilgandan soʻng qabul qilish tartibini joriy etsin.
17. 2025-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
18. Mazkur qarorning maqsadlariga erishish doirasida quyidagilar masʼul etib belgilansin:
(a) “Oʻzmilliybank” AJ (Mirsoatov) va tijorat banklari — Toshkent shahrida 1,5 million, hududlarda 1,5 million kishini daromadli mehnat bilan taʼminlashga;
(b) Transport vazirligi (Mahkamov) — transport xizmatlari hajmini 185 trillion soʻmdan, eksportini 2,3 milliard AQSH dollaridan oshirishga;
(v) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) — aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmini 80 trillion soʻmdan, eksportini 1 milliard AQSH dollaridan oshirishga;
(g) Markaziy bank (Ishmetov) — ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tijorat banklarida koʻrsatilayotgan masofaviy xizmatlar hajmini kamida 30 foizga oshirishga;
(d) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) — savdo xizmatlari hajmini 174 trillion soʻmdan oshirishga;
(e) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova) — taʼlim xizmatlari hajmini 37 trillion soʻmdan oshirishga;
(j) Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xudayarov) — 230 ming xorijiy fuqaroni davolash va ularga diagnostika xizmatlari koʻrsatishni tashkil qilib, tibbiy xizmatlar eksportini 250 million AQSH dollariga yetkazishga;
(z) Turizm qoʻmitasi (Shadiyev) — 16 million xorijiy turistlarni jalb qilib, turizm xizmatlari eksportini 4,5 milliard AQSH dollariga yetkazishga.
19. Joylarda xizmatlar sohasida amalga oshirilgan loyihalarning natijadorligini oʻrganish hamda ish oʻrinlari yaratilishi haqqoniyligi ustidan nazorat qilish Bosh prokuror oʻrinbosari I.M. Adxamovga yuklansin.
20. Belgilansinki, xizmatlar sohasida aholi bandligini taʼminlash koʻrsatkichlari, shu jumladan, amalga oshirilgan loyihalarning natijadorligi hamda ish oʻrinlari yaratilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-son qarorining 25-bandida belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Bunda:
(a) “Oʻzmilliybank” AJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har oyning 20-sanasiga qadar xizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalar va aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarning tizimli monitoringi natijalarini Bosh prokuraturaga kiritib boradi;
(b) Soliq qoʻmitasi har oyning 20-sanasiga qadar “yangiish.mehnat.uz” elektron platformasi orqali qabul qilingan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshirgandan soʻng ushbu maʼlumotlar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Bosh prokuraturaga hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi;
(v) Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi “online-mahalla.uz”, “yangiish.mehnat.uz” platformalaridagi, hududlarda oʻtkazilgan oʻrganishlar yuzasidan tayyorlangan maʼlumotlar asosida har oyning 25-sanasiga qadar aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
22. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
23. Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 27-fevral,
PQ-78-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga 1-ILOVA
2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning
T/rXizmatlar nomi2025-yil uchun prognoz (oʻsish surʼati)I chorak(foiz)II chorak(foiz)III chorak(foiz)IV chorak(foiz)Jami xizmatlar114,2114,9115,1115,41.Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari123,5124,7127,2129,52.Moliyaviy xizmatlar127,8128,5128,7129,53.Transport xizmatlari112,9113,6113,8114,63.1.shu jumladan: avtotransport xizmati113,0113,7113,9114,64.Yashash va ovqatlanish xizmatlari107,2107,9108,2108,85.Savdo xizmatlari108,5109,2109,5110,26.Koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar105,3106,0106,2107,17.Taʼlim sohasidagi xizmatlar113,1113,9114,1115,08.Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar110,6111,3111,5113,29.Ijara xizmatlari105,7106,5106,7107,110.Kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar106,8107,2107,5108,111.Boshqa shaxsiy xizmatlar105,7106,4106,6107,412.Meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar104,6105,3105,5105,613.Boshqa xizmatlar115,3116,1116,3115,2
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorovga hudud, tuman, shahar va masʼullar kesimida maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga 2-ILOVA
2025-yilda xizmatlar sohasida 3 million kishini daromadli mehnat bilan taʼminlash hamda xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etishning
T/rHudud nomiYaratiladigan jami ish oʻrinlarishundan, Yangidan tashkil etiladigan xizmat koʻrsatish obyektlari, (birlikda)Sohada jami auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari(soni)shundan,doimiy ishga joylashtirishtadbirkorlikka jalb qilish norasmiy ish oʻrinlarini rasmiy sektorga oʻtkazishtadbirkorlik maqsadlari uchun auksionga chiqariladigan yer uchastkalari(soni)koʻchma savdo faoliyati uchun auksionga chiqariladigan yer uchastkalari(soni)Respublika jami3 000 0001 220 0001 280 000500 00052 19742 37724 01218 3651.Qoraqalpogʻiston Respublikasi70 00030 10036 8903 0101 8904 2942 9361 3582.Andijon viloyati120 00052 00062 8005 2003 5272 7601 4601 3003.Buxoro viloyati131 00056 70068 6305 6703 7272 8591 2391 6204.Jizzax viloyati60 00026 00031 4002 6002 0942 3001 1001 2005.Qashqadaryo viloyati110 00047 60057 6404 7603 7854 2502 2502 0006.Navoiy viloyati50 00021 70026 1302 1701 1407213114107.Namangan viloyati153 00066 20080 1806 6205 2552 3708701 5008.Samarqand viloyati195 00085 000101 5008 5004 5002 9001 9001 0009.Surxondaryo viloyati157 00068 00082 2006 8003 1512 9991 2991 70010.Sirdaryo viloyati54 00023 40028 2602 3401 8922 7111 5111 20011.Toshkent viloyati130 00056 30068 0705 6304 2025 5552 9782 57712.Fargʻona viloyati150 00065 00078 5006 5003 3623 3801 9801 40013.Xorazm viloyati120 00052 00062 8005 2003 6725 0183 9181 10014.Toshkent shahri1 500 000570 000495 000435 00010 000260260
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorovga tuman, shahar va masʼullar kesimida maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash vakolati beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga 3-ILOVA
2025-yil 1-iyuldan boshlab xususiy sektorga oʻtkazilayotgan davlat xizmatlari va funksiyalari
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-iyundagi PF-104-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 06/26/104/0563-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga 4-ILOVA
Soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalar yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida oʻtkaziladigan tekshiruvlar
1. Nazorat-kassa texnikasini va (yoki) hisob-kitob terminallarini qoʻllash tartibini buzish.
2. Mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarni hamda mehnatga haq toʻlash fondini soliq hisobotida aks ettirmaslik.
3. Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanish.
4. Foydali qazilmalarni noqonuniy qazib olish yoki qazib olingan foydali qazilmalar hajmini soliq hisobotida toʻliq aks ettirmaslik.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga 5-ILOVA
2025-yilda xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4742-son qaroriga ilova quyidagi mazmundagi 104-band bilan toʻldirilsin:
“104. Yengil avtotransport vositasida yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish (litsenziya varaqasi boʻlganda)”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-maydagi “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5108-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarorining 2-bandi “a” kichik bandida:
a) birinchi xatboshidagi “2025” raqami “2028” raqami bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2025-yil 1-yanvardan boshlab mazkur soliq imtiyozi tadbirkorlik subyektlarining har oyda ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,5 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblangan oʻttiz yoshgacha boʻlgan xodimlariga nisbatan qoʻllaniladi”;
v) uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-311-son qarorining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
yengil avtotransport vositasida yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga kiritiladi hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ushbu faoliyat bilan litsenziya varaqasiga (keyingi oʻrinlarda — litsenziya) asosan shugʻullanadi;
yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shugʻullanadigan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilar) bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik koʻrikdan oʻtkazishi shart;
oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilar “Uztrans” axborot tizimi bazasiga kiritilgan koʻp tarmoqli poliklinikalar va xususiy tibbiyot muassasalari orqali bir yilda bir marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart;
yoʻnalishsiz taksi faoliyati uchun litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji barcha turdagi tashuvchilardan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun yigʻim undirilmaydi;
litsenziyada yoʻnalishsiz taksi faoliyati bilan shugʻullanadigan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs va uning avtotransport vositasi, faoliyat koʻrsatish hududi hamda litsenziyaning amal qilish muddati haqidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;
oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilarning avtomobil transporti tom qismiga “TAXI” tanish belgili fonar oʻrnatiladi;
boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band boʻlgan shaxslar bir vaqtning oʻzida yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan holda shugʻullanishlari mumkin;
yoʻnalishsiz taksilar uchun avtomobil transportining old oynasining yuqoridagi oʻng burchagiga joylashtirilgan yashil rangli yoritish chirogʻi, hisoblagich (taksometr) va radioaloqa vositasi, shuningdek, nazorat-kassa mashinasini oʻrnatish talab etilmaydi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-455-son qarori 5-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
“Yer osti boyliklari va texnogen mineral hosilalardan oʻzboshimchalik bilan foydalanishning oldini olish maqsadida, soliq organlariga marksheyderlik xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzgan holda mutaxassislarni jalb qilish huquqi beriladi”.