PF-66-son Farmon · 14.04.2025

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-66
  • Qabul qilingan sana:14.04.2025
  • Kuchga kirgan sana:16.04.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/25/66/0348

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini kuchaytirish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, qurilish-montaj ishlarining sifati va loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joy fondini boshqarish, issiqlik taʼminotidan foydalanish, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlarini koʻrsatish hamda ulardan foydalanish yuzasidan taʼsirchan davlat nazoratini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:

(a) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasini (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi sifatida shakllantirish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish;

(b) joriy yil yakuniga qadar qurilish, koʻp kvartirali uylarni boshqarish hamda ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida nazorat funksiyalarini toʻliq raqamlashtirish;

(v) 2025-yil 1-iyulga qadar xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tizimi mexanizmlarini shakllantirish.

II. Nazorat mexanizmlarini takomillashtirish

2. Belgilansinki, 2025-yil 1-maydan boshlab:

(a) tadbirkor va qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiyalar) oʻrtasida shartnoma (ommaviy oferta) tuzilgan boʻlsa, tadbirkorlik subyektlarining qurilish obyektlarida qisqa muddatli davlat qurilish nazorati tadbirlari shartnoma shartlari doirasida amalga oshiriladi va “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi;

(b) Inspeksiyaga koʻp kvartirali uylarni boshqarish va saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish jarayonida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashish qatʼiyan taqiqlanadi.

3. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab har bir qurilayotgan obyektning QR-kodli pasporti joriy qilinsin. Bunda QR-kodli pasport orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, shaharsozlik hujjatlari (eskiz loyihalari) va tasdiqlangan ekspertiza xulosalari haqidagi maʼlumotlarni olish imkoniyati yaratilsin.

4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

(a) koʻp kvartirali uylardagi joylarni, shuningdek, yertoʻlalarni qayta qurish va qayta rejalashtirishda shaharsozlik normalarini buzgan holda koʻp kvartirali uyning konstruktiv qismlari va tayanch devorlariga oʻzgartirish kiritish, buzish hamda binoning zilzilaga bardoshliligiga salbiy taʼsir qiladigan ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi;

(b) 2025-yil 1-iyuldan boshlab barcha ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini majburiy tarzda shartnoma asosida texnologik auditdan oʻtkazish tartibi joriy etiladi.

5. 2025-yil 1-iyuldan boshlab:

(a) bosqichma-bosqich hududiy inspeksiyalarda Qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazi tashkil etilsin;

(b) tajriba-sinov tariqasida 2025-yilda Qashqadaryo viloyatidagi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga yangidan quriladigan obyektlarga videokameralar oʻrnatilsin;

(v) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirishda mobil videokameralar (bodikamera) va maxsus planshetlardan foydalanilsin;

(g) mobil videokameralar (bodikamera), maxsus planshetlar va videokameralardan olingan maʼlumotlar toʻgʻridan-toʻgʻri Qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markaziga uzatilsin;

(d) “E-mamuriy ish” axborot tizimida shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy choralar qoʻllashni koʻrib chiqish tartibi soddalashtirilsin.

6. 2025-yil 1-sentabrga qadar “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining “Qurilishda davlat nazorati” elektron platformasiga quyidagi maʼlumotlar integratsiya qilinsin:

(a) Kadastr agentligining “UZKAD” kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimidagi koʻp kvartirali uylarning umumiy foydalanish maydoni va unga tutash yer uchastkalari hamda xonadonning mulkdori, kadastr raqami va kadastr chizmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

(b) “Oʻzsuvtaʼminot” AJning billing tizimidagi isteʼmolchilarning manzili va soni, suv hisoblagichlari koʻrsatkichlari, sarflangan suv miqdori va qarzdorlik, oqova suvlarni chiqarish, yangi qamrab olingan isteʼmolchilar toʻgʻrisida va boshqa maʼlumotlar.

III. Xususiy nazorat tizimi mexanizmlarini shakllantirish

7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, 2025-yil 1-iyuldan boshlab:

(a) yakka tartibdagi uy-joylar va kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan qurilish nazorati xususiy sektor tomonidan olib boriladi (keyingi oʻrinlarda — xususiy qurilish nazorati);

(b) xususiy qurilish nazorati arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan hamda qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini ishlab chiqqan loyiha tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — loyihachi) tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi;

(v) xususiy qurilish nazorati obyektlarida qurilish (rekonstruksiya ishlari) yakuniga yetgandan soʻng loyihachi tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida xulosa shakllantiriladi va buyurtmachiga taqdim etiladi;

(g) qurilishi (rekonstruksiya ishlari) tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tegishli tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari (Toshkent shahrida — tuman qurilish boʻlimlari) tomonidan amalga oshiriladi;

(d) xususiy qurilish nazorati olib borilmaganda yoki nazoratni olib borgan loyihachining ijobiy xulosasi mavjud boʻlmaganda obyektlarni foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.

8. Quyidagilar xususiy qurilish nazorati obyektlari hisoblansin:

(a) ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar;

(b) qurilish hajmi 300 metr kubdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlar hamda yengil turdagi (konstruksiyali) qurilmalar.

IV. Institutsional islohotlar

9. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazilsin.

10. Quyidagilar:

(a) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;

(b) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

11. Belgilansinki:

(a) Inspeksiya qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;

(b) Inspeksiya bevosita Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir;

(v) Inspeksiya boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, uning oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod qilinadi;

(g) hududiy inspeksiyalar xodimlari soni nazoratga olingan obyektlarning umumiy sonidan, hajmidan va masofasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

12. Inspeksiya tuzilmasida 2 ta boshqaruv xodimi shtat birligidan iborat boʻlgan komplayens nazorat xizmati tashkil etilsin va hududiy inspeksiyalar tuzilmasiga komplayens nazorat boʻyicha mutaxassis lavozimi kiritilsin. Bunda Inspeksiyaning komplayens nazorat xizmati va hududiy inspeksiyalarning komplayens nazorat boʻyicha mutaxassislari bevosita Inspeksiya boshligʻiga boʻysunadi.

13. Hududiy inspeksiyalar faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va ularga umumiy rahbarlik qilish vertikal boshqaruv tizimi asosida Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi. Bunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar xodimlari zimmasiga ularning vakolatiga kirmaydigan vazifalarni yuklash taqiqlanadi.

V. Davlat nazorat tizimini moliyalashtirish

14. Inspeksiya faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari, nazoratga olingan obyektlar boʻyicha undiriladigan ajratmalar va qoʻllanadigan jarimalar, xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar, budjetdan tashqari tegishli jamgʻarmalar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilsin.

15. Davlat qurilish nazorati amalga oshirilishi shart boʻlgan barcha obyektlar boʻyicha hududiy inspeksiyalarga ajratmalar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

(a) 5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi;

(b) 5 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;

(v) 10 foizi — Inspeksiyaning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi;

(g) 80 foizi — hududiy inspeksiyalar ixtiyorida qoldiriladi.

16. Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun aybdor shaxslardan undiriladigan jarimalar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

(a) 20 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga yoʻnaltiriladi;

(b) 20 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;

(v) 60 foizi — Inspeksiyaning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.

17. Hududiy inspeksiyalarning shaharsozlik sohasida koʻrsatadigan xizmatlari va bajaradigan ishlaridan olingan daromadlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

(a) 15 foizi — Inspeksiyaning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi;

(b) 85 foizi — hududiy inspeksiyalarning ixtiyorida qoldiriladi.

18. Inspeksiyaning budjetdan tashqari mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanishga ruxsat berilsin:

(a) Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

(b) Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning joriy va boshqa xarajatlarini moliyalashtirish;

(v) Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash;

(g) Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish.

VI. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

19. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

20. Inspeksiya (S. Eshquvvatov) 2025-yil dekabrga qadar:

(a) hududiy inspeksiyalar xodimlari rotatsiyasi tizimini joriy etsin;

(b) xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilib, hududiy inspeksiya xodimlarini xorijga qisqa muddatli tajriba almashish, stajirovka oʻtashga yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;

(v) Inspeksiyaning tashkil etilayotgan tarkibiy boʻlinmalarini yuklangan vazifalarni professional darajada bajarishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin.

21. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov), Inspeksiya (S. Eshquvvatov) uch oy muddatda quyidagilar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin:

(a) noqonuniy qurilishlarning oldini olish va noqonuniy qurilgan obyektlar egalariga nisbatan tegishli choralar belgilash;

(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni (J. Urunov) va Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) bilan birgalikda Inspeksiya tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarida tekshirishlar tartibini soddalashtirish, xabardor qilish va “xavfni tahlil qilish” tizimini takomillashtirish.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

23. Inspeksiya (S. Eshquvvatov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu Farmon talablaridan kelib chiqqan holda Inspeksiya faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha hamda qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

24. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirishda koʻrilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini aholi va keng jamoatchilikka tushunarli tarzda yetkazish ishlarini tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev) Inspeksiya (S. Eshquvvatov) bilan birgalikda:

(a) mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini keng targʻib qilishga qaratilgan koʻrsatuvlar, lavhalar, videoroliklar va eshittirishlar tayyorlasin;

(b) ishlab chiqilgan mediamahsulotlar Milliy teleradiokompaniyaning barcha tele- va radiokanallarida tizimli ravishda efirga uzatilishini taʼminlasin.

25. Mazkur Farmonning maqsadlariga erishish doirasida quyidagilar masʼul etib belgilansin:

(a) Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov — ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun masʼul vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirsin, har oyda bajarilgan ishlar toʻgʻrisida ularning rahbarlari hisobotlarini qabul qilsin va aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;

(b) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh.S. Xidoyatov — xususiy qurilish nazorati tizimi mexanizmlarini joriy etsin, qurilish obyektlarining xavf-xatar toifalarini qayta koʻrib chiqsin, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini takomillashtirish va sohada raqamlashtirish ishlarini samarali tashkillashtirsin;

(v) Inspeksiya boshligʻi S.Q. Eshquvvatov — davlat qurilish nazoratining takomillashgan yangi tartibini joriy etish, Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bosqichma-bosqich tatbiq qilish boʻyicha ishlar sifatli tashkillashtirilishini, shuningdek, ushbu Farmonni amalga oshirish davomida yuzaga keladigan joriy masalalar tezkorlik bilan hal etilishini taʼminlasin.

26. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 14-aprel,

PF-66-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-son Farmoniga1-ILOVA

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari

1. Barcha turdagi qurilish-montaj ishlari (avtomobil yoʻllari va yoʻl sunʼiy inshootlari bundan mustasno) hamda qurilish ishlari tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish.

2. Obyektlarda ularning zilzilaga bardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligi va hayotiga tahdid soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlari qoʻllanishining oldini olish.

3. Obyektlarda buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotlarining mualliflik nazorati va pudratchining ichki nazorati tizimi ishlashi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

4. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish, ularga tutash yer uchastkalarini saqlash va ulardan foydalanishda texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishini nazorat qilish hamda mulkdorlar tomonidan joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishiga va qayta rejalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik.

5. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik taʼminotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

6. Ichimlik suvini ishlab chiqarish, yetkazib berish, realizatsiya qilish, ichimlik suvidan oqilona foydalanish, shuningdek, oqova suvlarni chiqarib yuborish va tozalash boʻyicha xizmat koʻrsatish sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish.

7. Ichimlik suvini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan yerosti suvlari quduqlarining texnik holati va ulardan foydalanish shartlariga hamda qazishning (burgʻilashning) belgilangan qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.

8. Isteʼmolchilarning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan qamrab olinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

9. Sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish, davlat nazoratini toʻliq raqamlashtirishni taʼminlash.

Mazkur ilovada nazarda tutilgan Inspeksiya faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha davlat nazorati sohadagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-son Farmoniga2-ILOVA

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi↓Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari↓Sinov laboratoriyalari(yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-son Farmoniga3-ILOVA

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini rivojlantirish boʻyicha

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-iyundagi PF-104-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 06/26/104/0563-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi PF-66-son Farmoniga4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4933-son Farmoni 1-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari xulosasiga muvofiq yaroqsiz deb topilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini buzish toʻgʻrisidagi qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, shuningdek, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5017-son Farmonining 1-bandida:

uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;

uchinchi xatboshidagi “hududiy bosh boshqarmalar huzurida davlat muassasasi shaklidagi issiqlik taʼminoti obyektlari boʻyicha injiniring kompaniyalari” soʻzlari “Issiqlik taʼminoti” AJ va uning huzuridagi “Issiqlik taʼminoti obyektlari boʻyicha injiniring kompaniyasi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi “Suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5241-son Farmonining 8-bandidagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5392-son Farmonining 6-bandi ikkinchi xatboshisidagi “ikki qavatdan yuqori boʻlmagan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar” soʻzlari “Inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtmaydigan obyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6099-son Farmoniga 1-ilovaning 14-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev)” soʻzlari “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (A. Suvonqulov)” soʻzlari bilan almashtirilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-6119-son Farmonining 5-bandida:

a) “a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“a) ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno) qurish hamda rekonstruksiya qilish obyektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan oʻtkazilgan hamda obyektning qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari tomonidan davlat qurilish nazorati oʻrnatilgan holda amalga oshiriladi”;

b) “b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni” soʻzlari “ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlarni (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno)” soʻzlari bilan almashtirsin;

v) “v” kichik band “oʻz ichiga olgan loyiha hujjatlari” soʻzlaridan keyin “va qurilishga taalluqli boʻlmagan telekommunikatsiya infratuzilmasiga oid loyiha hujjatlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-144-son Farmonining 4-bandi “a” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “xavflilik omili IV toifaga mansub boʻlgan obyektlarga” soʻzlari “xavf-xatar toifasi boʻyicha murakkabligi (keyingi oʻrinlarda — xavflilik omili) IV toifaga mansub boʻlgan, shaharsozlik normalari va qoidalarida keltirilgan bino va inshootlar konstruktiv tizimlarining chegaraviy parametrlaridan tashqariga chiqib ketgan obyektlarning maxsus texnik shartlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-189-son Farmoni 6-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Qurilish sohasida nazorat” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-220-son Farmoni 6-bandining “v” kichik bandi beshinchi xatboshisidagi “Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:

a) 1-ilovada:

“Jami” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Jami48 49644 5823 914”;

“6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi1 2921 2848shu jumladan, vazir oʻrinbosarlari soni44”;

quyidagi mazmundagi “36. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi” boʻlimi bilan toʻldirilsin:

“36. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi896920shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni33”;

izohlar qismida:

6-banddan “vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:

“8. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari tegishligiga koʻra oʻz faoliyatidan olingan daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi hamda ulardagi boshqaruv xodimlari soni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining jami boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soniga kirmaydi va nazoratga olingan obyektlar soni, hajmi va masofasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Hududiy inspeksiyalarning boshqaruv xodimlari sonini nazoratga olingan obyektlarning umumiy sonidan, hajmidan va masofasidan kelib chiqqan holda belgilash boʻyicha tartib tasdiqlangunga qadar hududiy inspeksiyalar amaldagi jami boshqaruv xodimlari soni doirasida faoliyat yuritadi”;

b) 2-ilovada:

6.1.-kichik band oʻz kuchni yoʻqotgan deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi 39-band bilan toʻldirilsin:

“39. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi”;

izoh qismida beshinchi xatboshidagi “2” raqami “3” raqami bilan almashtirilsin;

v) 2a-ilovada:

6.1-pozitsiya chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi 39-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

“39.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiQurilish va kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasiUzstroykomxoznadzor”.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-151-son Farmonida:

a) 3-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “jarimalar” soʻzi “jarimalarning 60 foizi Inspeksiyaning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga hamda 20 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “soniga” soʻzi “soniga, hajmiga va masofasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;

beshinchi xatboshidagi “loyiha-smeta” soʻzlari “loyiha” soʻzi bilan almashtirilsin;

b) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Vazirlik” soʻzi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 1-ilovaning “d” kichik bandidan “qurilish obyektlarida nazoratning amalga oshirilishini taʼminlash va muvofiqlashtirish, shuningdek,” soʻzlari chiqarib tashlansin;

g) 2-ilovada:

1 va 2-pozitsiyalarning “Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar” ustuni “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“b) davlat qurilish nazorati amalga oshirilishi shart boʻlgan barcha obyektlar boʻyicha qurilish-montaj ishlari qiymatining 0,2 foiziga teng yagona miqdorda (qoʻshilgan qiymat soligʻisiz) ajratmalar quyidagicha taqsimlanadi:

5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi;

5 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;

10 foizi — Inspeksiyaning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi;

80 foizi — hududiy inspeksiyalarning ixtiyorida qoldiriladi”;

6-pozitsiyada:

“Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning nomi” ustunidagi “Kommunal loyiha ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari “KommunalLITI” bosh loyiha instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

7-pozitsiyaning “Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar” ustuni quyidagi mazmundagi oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“Shuningdek, Markaz tomonidan:

koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining va boshqa kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlarining ishchi kasb egalari qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi va malakasi oshiriladi;

koʻp kvartirali uylarning elektron pasportlarini ishlab chiqish uchun buyurtmachi funksiyasi bajariladi. Bunda koʻp kvartirali uylarning elektron pasportlarini ishlab chiqish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladi”;

8-pozitsiyada:

“Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Issiqlik taʼminoti” AJ huzuridagi “Issiqlik taʼminoti obyektlari boʻyicha injiniring kompaniyasi” MCHJ”;

“Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar” ustunida “kompaniyalariga” soʻzi “kompaniyasiga” soʻzi bilan almashtirilsin;

12-pozitsiyaning “Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar” ustuni ikkinchi xatboshisidagi “Buning uchun hududiy” soʻzlari “Hududiy” soʻzi bilan almashtirilsin;

13-pozitsiyaning “Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar” ustuni quyidagi mazmundagi uchinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“Shuningdek, ushbu tender hujjatlarini tayyorlash faoliyati bilan tegishli litsenziyaga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari ham shugʻullanishlari mumkin.

Savdo-sanoat palatasiga:

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytinglari platformasiga yuboriladigan birlamchi maʼlumotlarni koʻrish, tahlil qilish va kuzatib borish uchun ushbu platformaga erkin kirishga ruxsat beriladi;

tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ushbu tizimga haqqoniy boʻlmagan maʼlumotlarni yuborish, maʼlumotlarni kechikib yuborish yoki umuman yuborilmasligini oldini olish maqsadida ushbu holatlarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan vazirlik va idoralarga koʻrsatma xati kiritish vakolati beriladi”;

d) 4-ilovada:

“Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar” bloki chiqarib tashlansin;

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining bevosita boʻysunuvidagi “Issiqlik taʼminoti” AJ” bloki bilan toʻldirilsin;

“Kommunal loyiha ilmiy-tadqiqot instituti” bloki “KommunalLITI” bosh loyiha instituti” bloki bilan almashtirilsin;

e) 5-ilovada:

10-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar” ustunida:

ikkinchi xatboshidagi “loyiha-smeta” soʻzlari “loyiha” soʻzi bilan almashtirilsin;

beshinchi xatboshidagi “sonidan” soʻzi “sonidan, hajmidan va masofasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida oziq-ovqat xavfsizligi va sogʻlom ovqatlanishni taʼminlashning 2030-yilgacha moʻljallangan strategiyasining maqsadli indikatorlarining 37-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“37.Aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish foiz77,28184878992“Oʻzsuvtaʼminot” AJ”.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2800-son qaroriga 1-ilovaning “Idoraviy formali kiyim” boʻlimida:

8-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“8.Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi”;

9-pozitsiya chiqarib tashlansin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3646-son qarori 1-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Belgilansinki, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4464-son qarorining 7-bandi birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi, qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylar qurish dasturlari va shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlari doirasida” soʻzlari “tegishli maqsadli dasturlar va alohida loyihalar doirasida” soʻzlari bilan almashtirilsin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-fevraldagi “Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-4586-son qarorida:

a) 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 2-bandning uchinchi xatboshisida “kamida ikkita” soʻzlari chiqarib tashlansin hamda “demontaj” soʻzidan keyin “(buzdirish)” soʻzi bilan toʻldirilsin;

v) 6-bandda:

uchinchi xatboshidagi “sonidan” soʻzi “sonidan, hajmidan va masofasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“hududiy inspeksiyalarning koʻrsatadigan xizmatlaridan oladigan daromadlari hisobidan Inspeksiyaning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar miqdorini belgilash;

zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Inspeksiya tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, hududiy inspeksiyalarning shaharsozlik sohasida koʻrsatadigan xizmatlari va bajaradigan ishlaridan olingan daromadlarini qayta taqsimlash”;

g) 7-bandda:

ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

“Inspeksiya qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor boʻladi;

Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosarlari Inspeksiya boshligʻi tavsiyasi asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

hududiy inspeksiyalarning boshligʻi va ularning oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Inspeksiya boshligʻi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

hududiy inspeksiya boʻlim boshliqlari hududiy inspeksiya boshligʻi tomonidan Inspeksiya bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi”;

toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;

d) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“8. Davlat qurilish nazorati amalga oshirilishi shart boʻlgan barcha obyektlar boʻyicha hududiy inspeksiyalarga ajratmalar qurilish-montaj ishlari qiymatining 0,2 foiziga teng yagona miqdorda (qoʻshimcha qiymat soligʻisiz) belgilanadi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:

5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi;

5 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;

10 foizi — Inspeksiyaning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi;

80 foizi — hududiy inspeksiyalarning ixtiyorida qoldiriladi.

Shuningdek, hududiy inspeksiyalarning shaharsozlik sohasida koʻrsatadigan xizmatlari va bajaradigan ishlaridan olingan daromadining:

15 foizi — Inspeksiyaning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi;

85 foizi — hududiy inspeksiyalarning ixtiyorida qoldiriladi”;

e) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9. Inspeksiyaning budjetdan tashqari mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalanishga ruxsat berilsin:

Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning joriy va boshqa xarajatlarini moliyalashtirish;

Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash;

Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shu jumladan, xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish”;

j) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“12. 2025-yil 1-maydan boshlab Inspeksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash miqdorlari 1,8 barobarga oshirilsin”.

17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4702-son qarori bilan tasdiqlangan Reyting koʻrsatkichlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:

a) 2-ilovada:

21-pozitsiyaning “Masʼul organ*” ustunidagi “, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;

22-pozitsiyaning “Masʼul organ*” ustunidagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari “Oʻzsuvtaʼminot” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;

24-pozitsiyaning “Masʼul organ*” ustunidagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari “Oʻzsuvtaʼminot” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 2a-ilovada 10-pozitsiyaning “Masʼul organ*” ustunidagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari “Oʻzsuvtaʼminot” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 3-ilovada:

27-pozitsiyaning “Masʼul organ*” ustunidagi “, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;

28-pozitsiyaning “Masʼul organ*” ustunidagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari “Oʻzsuvtaʼminot” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;

30-pozitsiyaning “Masʼul organ*” ustunidagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari “Oʻzsuvtaʼminot” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;

g) 3a-ilovada 11-pozitsiyaning “Masʼul organ*” ustunidagi “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi” soʻzlari “Oʻzsuvtaʼminot” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-5152-son qarorida:

a) 7-bandning “b” kichik bandidagi “Uy-joy fondi” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 9-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Uy-joy fondi inspeksiyasi qurilishi tugallanib, foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uy-joy obyektlarini (yakka tartibdagi uy-joylar bundan mustasno)” soʻzlari “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohada nazorat qilish inspeksiyasi qurilishi tugallanib, foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uy-joy obyektlarini (yakka tartibdagi uy-joylar va hududiy inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtmaydigan obyektlar bundan mustasno)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 10-banddagi “uch” soʻzi “besh” soʻzi bilan almashtirilsin.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi “Respublikada kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-378-son qarorining 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzuridagi davlat muassasasi shaklidagi issiqlik taʼminoti obyektlari boʻyicha injiniring kompaniyalari” soʻzlari “Issiqlik taʼminoti” AJ huzuridagi “Issiqlik taʼminoti obyektlari boʻyicha injiniring kompaniyasi” MCHJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.

20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-158-son qarorining 20-bandida:

“b” kichik bandining uchinchi xatboshidagi “seysmik xavfsizligi III-IV toifadagi bino va inshootlar boʻyicha qurilish ishlari Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida “SSS” soʻzlari “xavf-xatar toifasi boʻyicha murakkabligi IV toifaga mansub boʻlgan bino va inshootlar boʻyicha qurilish ishlari Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida (pudrat tashkilotini aniqlash boʻyicha oʻtkazilayotgan tender sanasi holatiga yoki toʻgʻridan-toʻgʻri pudrat shartnomasini tuzish sanasi holatiga) “SS” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“g) elektron reyting bahosi (obyektni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtkazish sanasi holatiga) “DDD” boʻlgan tashkilotlarga — besh qavatdan yuqori boʻlmagan bino va inshootlarni, “S” boʻlgan tashkilotlarga — toʻqqiz qavatdan yuqori boʻlmagan bino va inshootlarni qurishga ruxsat etiladi”.

21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha huquqiy eksperimentni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-236-son qarorining rus tilidagi matnida 5-bandning “v” kichik bandidagi “stroitelstva” soʻzi “zastroyki” soʻzi bilan almashtirilsin.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-422-son qaroriga 6-ilovada 37 va 38-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“37.Davlat qurilish nazorati amalga oshirilishi shart boʻlgan barcha obyektlar boʻyicha qurilish-montaj ishlari qiymatining 0,2 foiziga teng yagona miqdordagi (qoʻshilgan qiymat soligʻisiz) ajratmalarOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmonia.5 foiziOʻzbekiston Respublikasining respublika budjetib.5 foiziQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiv.10 foiziQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi budjetdan tashqari jamgʻarmasig.80 foiziQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy organlari ixtiyorida qoldiriladi38.Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun aybdor shaxslardan undiriladigan jarimalarOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmonia.20 foiziQoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarib.20 foiziQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi v.60 foiziQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining budjetdan tashqari hisobvaragʻi”;

23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qaroriga 2-ilovaning 229-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-apreldagi “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi PQ-165-son qaroriga 1-ilovaning 4-pozitsiyasi “Taqdim etiladigan maʼlumotlar” ustunidagi “koʻrsatkichlari” soʻzidan keyin “, shuningdek, qurilish resurslariga oid milliy standartlar boʻyicha hujjatlar toʻplami” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.