Mamlakatimizda tibbiyot sohasi uchun oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, aholi salomatligini muhofaza qilishning dolzarb muammolari boʻyicha kompleks ilmiy tadqiqotlar olib borish, oliy taʼlim tashkilotlarining mavjud resurslaridan samarali foydalanish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Turdosh yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalarini ularning quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa koʻrsatkichlaridan kelib chiqib yiriklashtirish hamda tibbiy taʼlim tizimida kadrlar tayyorlashni samarali tashkil etish ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad etib belgilansin.
II. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarini qayta tashkil etish
2. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
(a) Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universitetini (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etish;
(b) Toshkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
(v) Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialini Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etish;
(g) Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasini Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari (keyingi oʻrinlarda — Universitet klinikalari) etib qayta nomlash;
(d) Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallarini Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlash;
(e) Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi va Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyini Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-, 2- va 3-son akademik litseylari etib qayta nomlash.
3. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
(a) tibbiy-kasbiy taʼlim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
(b) taʼlim dasturlarini xalqaro tibbiy taʼlim standartlariga muvofiqlashtirib, kompetensiyalarga asoslangan tibbiy taʼlim dasturlarini joriy etish;
(v) oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish, xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va innovatsion oʻquv-metodik materiallarni keng joriy etish, klinikalar va oʻquv bazalari faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uygʻunligini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratish;
(g) fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot ishlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish, tibbiy taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy bogʻliqligini taʼminlash;
(d) ilmiy salohiyatni muntazam ravishda oshirib borish;
(e) Universitet va uning tizimiga kiruvchi taʼlim muassasalari moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash, simulyatsion markaz, oʻquv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda faoliyatini muvofiqlashtirish.
4. Belgilansinki:
a) Universitet:
(i) tibbiyot sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha yetakchi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
(ii) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab magistraturada bosqichma-bosqich xorijiy til(lar)da oʻqitiladigan alohida guruhlar tashkil etadi;
(iii) tibbiyot sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalariga oʻquv jarayonlarini tashkil etishda uslubiy yordam koʻrsatadi;
(iv) Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutining barcha huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
(v) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blanklarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
(vi) Sogʻliqni saqlash vazirligiga idoraviy jihatdan boʻysunadi. Bunda Sogʻliqni saqlash vazirligi Universitet bitiruvchilarining malaka talablarini ishlab chiqish, Universitet moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash hamda talabalarga amaliyot bazalarida zarur shart-sharoit yaratishda kadrlar buyurtmachisi sifatida koʻmaklashadi;
b) ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalari Universitet talabalari uchun klinik amaliyot bazalari etib belgilanadi;
v) Universitetga talabalarni oʻqishga qabul qilish 2025/2026 oʻquv yilidan boshlanadi. Bunda Universitetga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida belgilanadi;
(g) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishini Universitetda davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi;
(d) Universitet kengashiga Universitet huzurida tibbiyot ixtisosliklari boʻyicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzish va uning tarkibini tasdiqlash hamda mazkur ilmiy kengashga talabgorlarni ilmiy darajalarda mustaqil tasdiqlash boʻyicha qarorlar qabul qilish vakolati beriladi.
5. Universitet klinikalari yuridik maqomini saqlab qolgan holda maʼmuriy va tashkiliy-boshqaruv jihatdan Universitet rektoriga boʻysunadi. Bunda:
(a) Universitet klinikalarini amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlab qolinadi;
(b) Universitet kuzatuv kengashining qarorlariga muvofiq, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan uning klinikalari va klinik bazalari taʼmirlanishi hamda yangi tibbiy uskunalar va anjomlar bilan jihozlanishi mumkin.
6. Quyidagilar:
(a) Toshkent davlat tibbiyot universiteti kuzatuv kengashining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
(b) 2025 — 2027-yillarda Toshkent davlat tibbiyot universitetida kadrlar tayyorlash tizimini samarali yoʻlga qoʻyish, ilmiy salohiyatni oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
(v) Toshkent davlat tibbiyot universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin..
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PQ-238-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2026-y., 07/26/238/0623-son)
8. Universitet kuzatuv kengashi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda xorijiy konsultant jalb qilgan holda 2025-yil yakuniga qadar Universitet tizimidagi barcha tashkilotlarga markazlashgan tartibda moliya-buxgalteriya xizmati, moddiy-texnika taʼminoti xizmati, bino va inshootlardan foydalanish xizmatini koʻrsatuvchi yagona markaz tashkil etsin.
9. Universitet tuzilmasida homiylik xayriyalari hisobidan toʻldiriladigan Toshkent davlat tibbiyot universitetini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin. Bunda belgilansinki:
(a) Universitetga toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushgan mablagʻlarning saqlash va joriy xarajatlardan ortgan qismi Universitetni rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
(b) ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan mablagʻlar Universitet kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq taʼlim jarayonini yaxshilash, moddiy-texnik bazani rivojlantirish uchun ishlatiladi.
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi “Sogʻliqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi bilan birgalikda:
(a) 2025-yil 1-sentabrga qadar toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida shartnoma tuzish orqali Universitetning boshqaruv kadrlari lavozimlariga yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan jalb qilish chorasini koʻrsin;
(b) Universitet faoliyatini takomillashtirish va taʼlim sifatini taʼminlash maqsadida uch oy muddatda Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Universitet huzurida Transformatsiya ofisini tashkil etsin.
11. Transformatsiya ofisi quyidagilar uchun masʼul etib belgilansin:
(a) Universitetni 2030-yilga qadar xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta oʻrindagi oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish, shuningdek, Universitet taʼlim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash yuzasidan strategiyani ishlab chiqish;
(b) 2025 — 2028-yillarda xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida kamida 120 nafar yetakchi professor-oʻqituvchining stajirovkasini tashkil etish;
(v) Universitetda umumtaʼlim fanlarini qisqartirish hisobidan mutaxassislik fanlari va amaliy mashgʻulotlar ulushini oshirish orqali amaliy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash;
(g) talabalarning barcha yozma ish va dissertatsiyalarini koʻchirmachilikka qarshi tekshirish (antiplagiat) mexanizmini joriy etish;
(d) Universitetda oʻquv va ish jarayonlarini (hujjat aylanmasi, axborot-kutubxona resursi, talaba va xodimlar maʼlumotlari) toʻliq raqamlashtirish, shuningdek, talabalarning oʻzlashtirishi, dars jadvali, maʼruza materiallari va boshqalar aks ettirilgan talabalarning “shaxsiy kabineti”ni yuritish.
12. Universitetga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berilsin. Bunda:
(a) Universitetga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-60-son hamda 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-61-son qarorlarida belgilangan qoidalar tatbiq etiladi;
(b) Universitetga xorijiy oʻquv va ilmiy adabiyotlarni hamda ularni tarjima qilish va tarqatish huquqini xarid qilishda, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlashda hamda xorijiy mutaxassislar uchun uy-joy ijarasini rasmiylashtirishda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi;
(v) yangi avlod tibbiy taʼlim adabiyotlari va oʻquv resurslarini yaratish, xarid qilish, tarjima qilish va nashr etish xarajatlari Davlat budjeti va Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
13. Sogʻliqni saqlash vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda ularning klinikalari shtatlar sonini maqbullashtirish natijasida ishdan boʻshatiladigan xodimlarni belgilangan tartibda ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish choralarini koʻrsin.
14. Belgilansinki:
(a) Universitet faoliyati Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat tashkilotlari grantlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(b) Universitet faoliyatini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
III. Qaror ijrosini tashkil etish va nazorat qilish
15. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
(a) bir oy muddatda Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyatini tashkil etishga oid qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(b) uch oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
17. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 22-aprel,
PQ-149-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-apreldagi PQ-149-son qaroriga1-ILOVA
Toshkent davlat tibbiyot universiteti kuzatuv kengashining
Izohlar:
1. Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi;
2. Zarur hollarda, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Kuzatuv kengashi tarkibiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(1-ilovaning izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 06/26/191/0937-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-apreldagi PQ-149-son qaroriga2-ILOVA
2025 — 2027-yillarda Toshkent davlat tibbiyot universitetida kadrlar tayyorlash tizimini samarali yoʻlga qoʻyish, ilmiy salohiyatni oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boʻyicha
T/rChora-tadbirlar nomlanishiAmalga oshirish mexanizmiBajarish muddatiMoliyalashtirish manbalariIjro uchun masʼullarI. Universitet faoliyatini tashkil etish1.Toshkent davlat tibbiyot universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.2. Universitet tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.2025-yil 1-avgust-Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2.Tugatilayotgan oliy taʼlim muassasalarining (Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti) asosiy aktivlarini xatlovdan oʻtkazish hamda Universitet balansiga olish.1. Asosiy aktivlarni xatlovdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish.2025-yil 10-iyul-Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Davlat aktivlarini boshqarish agentligi(Ortiqov)2. Ishchi guruh tomonidan tugatilayotgan oliy taʼlim muassasalarining asosiy aktivlarini xatlovdan oʻtkazish hamda Universitet balansiga olish.2025-yil 15-iyul3.Universitetda kafedralar tizimini tashkil etish.1. Universitetda kafedralar faoliyatini qayta koʻrib chiqish maqsadida taʼlim yoʻnalishlari mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlar tuzish.2025-yil 1-may-Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2. Ishchi guruhlar tomonidan Universitetda tashkil etilishi zarur boʻlgan kafedralar roʻyxatini shakllantirish hamda asoslash.2025-yil 10-iyul3. Kafedralarning faoliyatini boshlash muddatlarini belgilash.2025/2026 oʻquv yili4. Kafedralarni oʻquv-uslubiy va boshqa hujjatlar bilan taʼminlash.2025-yil 10-iyul5. Kafedralar professor-oʻqituvchilari tarkibini shakllantirish va kafedralar faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish.2025-yil 20-avgust4.Universitetni tajribali va yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish.Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni (professor-oʻqituvchilarni) ochiq, shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish.2025-yil 1-avgust-Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)5.Universitet boshqaruv tizimini xalqaro standartlar talablari asosida tashkil etish.1. Universitet tashkiliy boshqaruv tizimini ISO:21001 (Educational organizations — Management systems for educational organizations) standarti talablariga moslashtirish.2025-yil 1-noyabrXalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov)2. ISO:21001 standarti talablariga mos ravishda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va sertifikat olish uchun ariza berish.2026-yil 1-yanvarII. Universitetda taʼlim jarayonini samarali tashkil etish6.Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura, klinik ordinatura (rezidentura), internatura mutaxassisliklari malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish.1. Universitet taʼlim yoʻnalishlari va magistratura, klinik ordinatura (rezidentura), internatura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish va jalb etilgan ekspertlar orasidan ishchi guruhlar tuzish.2025-yil 1-iyul-Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2. Malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.2025/2026 oʻquv yili3. Yangi ishlab chiqilgan taʼlim dasturlarini oʻquv jarayoniga joriy etish.2025/2026 oʻquv yili7.Universitetda ilgʻor xorijiy tajribalar asosida taʼlim jarayonini tashkil etish.1. Universitetda tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻqitishni tashkil etish maqsadida xorijlik yetakchi ilmiy xodimlar, mutaxassislar va professor-oʻqituvchilarni jalb qilish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2. Oʻquv jarayoniga xalqaro tajribaga asoslangan oʻqitishning ilgʻor texnologiyalari va metodikalarini tatbiq etish.2025-2026-yillar3. Nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma dasturlar asosida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida hamkorlik memorandumlarini tuzish va imzolash.2025/2026 oʻquv yili8.Taʼlim sifati va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish maqsadida Universitetni zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash.1. Universitetning mavjud oʻquv-laboratoriya jihozlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish.2025-yil 20-iyunXalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov)2. Universitet uchun zarur boʻlgan zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari roʻyxatini shakllantirish.2025-yil 20-iyul3. Roʻyxati shakllantirilgan oʻquv laboratoriya jihozlarini xarid qilish choralarini koʻrish.2025/2026 oʻquv yili9.Universitetni Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi (WFME), QS va THE standartlari va yoʻriqnomalariga asosan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun tayyorlash.1. Universitetni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari bilan hamkorlik kelishuvlariga erishish.2025-yil 15-noyabrXalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2. Universitetni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha xorijiy tajribaga ega boʻlgan malakali mutaxassislardan iborat tarkibda ishchi guruh tuzish.2025-yil 1-dekabr3. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtish uchun talab etiladigan chora-tadbirlarni amalga oshirish.2026/2027 oʻquv yili4. Universitetning tanlab olingan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash.2026/2027 oʻquv yili10.Xorijiy tajribaga asoslangan holda Universitetda taʼlim va amaliyot oʻrtasidagi integratsiyani taʼminlash maqsadida tibbiyot sohasidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda koʻrgazmali oʻquv auditoriyalarini tashkil etish.1. Tibbiyot sohasidagi yetakchi davolash-profilaktika muassasalari laboratoriyalari, klasterlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash.2025-yil 23-mayXalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2. Koʻrgazmali materiallar bilan jihozlash uchun oʻquv auditoriyalarini tanlab olish.2025-yil 15-sentabr3. Mutaxassislik yoʻnalishiga muvofiq ravishda oʻquv auditoriyalarini koʻrgazmali materiallar bilan jihozlash va doimiy yangilab borish.2025-yil 10-sentabr11.Universitetda xalqaro eʼtirof etilgan agentliklar reytingining TOP-1000 talik roʻyxatiga kirgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari ulushini oshirish.1. Universitetga jalb qilingan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini belgilash.2025-yil 1-iyunXalqaro moliya institutlari mablagʻlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov),Tashqi ishlar vazirligi(Saidov)2. Har semestrda oʻquv va ilmiy jarayonga xalqaro eʼtirof etilgan agentliklar reytingida TOP-1000 talik roʻyxatga kirgan oliy taʼlim muassasalaridan professor-oʻqituvchilarni jalb qilish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab3. Universitetning viza talabnomalariga binoan taklif etilayotgan xorijlik mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalarini konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirish choralarini koʻrish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab12.Universitet tizimidagi tashkilotlar faoliyatini qayta tashkil etish, faoliyati takrorlanuvchi va samarasiz tashkilotlarni tugatish boʻyicha taklif tayyorlash.1. Universitet tizimidagi barcha tashkilotlar faoliyatini, jumladan, taʼlim va ilmiy tadqiqot faoliyati, funksiya va vazifalarini tahlil qilish.2025-yil 24-avgust-Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Fazilkarimov)2. Samarasiz faoliyat yuritayotgan va faoliyati takrorlanuvchi tashkilotlarni tugatish boʻyicha taklif tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2025-yil 10-sentabrIII. Talabalar malaka amaliyotlarini tashkil etish13.Talabalarda amaliy va ishlab chiqarish koʻnikmalarini shakllantirishda ish beruvchi tashkilotlarning ishtirokini oshirish va masʼuliyatini belgilash.1. Universitet talabalarining klinik amaliyotini tashkil etish boʻyicha amaliyot oʻtash obyektlari — klinik bazalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish.2025-yil 1-iyun-Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2. Ish beruvchi tashkilotlarning talabalarda amaliy va ishlab chiqarish koʻnikmalarini shakllantirish majburiyatlarini eʼtiborga olgan holda zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etgan yetakchi tashkilotlar bilan talabalarning amaliyot oʻtashi boʻyicha oʻzaro hamkorlik shartnomalarini tuzish.2025-yil 10-iyun3. Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari oʻtkazilishini taʼminlash.Har yili may-iyun oylari4. Talabalar amaliyotini tashkilotlar bazasida oʻtkazish va ular uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash.2025/2026 oʻquv yili14.Talabalarning sohadagi muayyan korxona va tashkilotlarda amaliy mashgʻulotlar hamda malaka amaliyotlari oʻtishini tashkil qilish.1. Tarmoqning nazariy va amaliy muammolaridan kelib chiqib, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajriba va ilmiy tadqiqotlar natijalarini inobatga olgan holda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun oʻquv-dala amaliyoti va malaka amaliyoti dasturlarini yaratish.2025-yil 15-may-Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2. Talabalar kontingentini tegishli davolash-profilaktika muassasalariga biriktirish, shuningdek, taʼlim yoʻnalishi xususiyatidan kelib chiqqan holda ular bilan tegishli shartnomalar tuzish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab3. Shartnomalar va jadval asosida talabalarning amaliy mashgʻulotlari va malaka amaliyotini tashkil etish, mazkur jarayonni nazorat qilish uchun Universitetning masʼul vakillarini tayinlash.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab15.Universitet professor-oʻqituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarining yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlarda stajirovka oʻtashi va malaka oshirishini tashkil etish.1. Xorijiy mamlakatlarning sohadagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha 2025-2026-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash.2025-yil 1-iyulUniversitetning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2. Tegishli xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish.2025-yil 1-sentabr3. Stajirovka va malaka oshirishni tashkil qilish jadvalini tuzish, kelishish va tasdiqlash.2025-yil 1-noyabr4. Stajirovka va malaka oshirish kurslarining samarali va oʻz vaqtida tashkil qilinishini taʼminlash.Belgilangan muddatlarda16.Xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.1. Xorijiy davlatlar tibbiyot oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, qoʻshma konferensiya, simpozium va seminarlar tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishish.Har yili 20-sentabrga qadarXalqaro moliya institutlari grantlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2. Xalqaro hamkorlikda ilmiy ishlarni olib borish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish, dasturlarni tasdiqlash va ularni amalga oshirish.2026-yildan boshlab3. Sohaga ilgʻor ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini joriy etish maqsadida respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari bilan hamkorlikni amalga oshirish hamda ushbu ishlarga nufuzli xalqaro universitetlarni jalb qilish.2026-yildan boshlab4. Ilmiy-tadqiqot ishlari, loyihalarning bajarilishini tizimli monitoring qilish.Har chorakda17.“Taʼlim — fan — ishlab chiqarish” integratsiyasi tamoyili asosida ilmiy faoliyatni yoʻlga qoʻyish.1. Magistratura, stajyor-tadqiqotchilik va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutini rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.2025/2026 oʻquv yili-Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2. Kafedralarning ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish choralarini koʻrish.2025-2026-yillar3. Ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash, tegishli uskunalar bilan taʼminlash.2025-2026-yillar4. Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga magistraturaning iqtidorli talabalarini jalb qilish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab5. Tibbiyot sohasidagi tarmoq tashkilotlarida mavjud muammolar tematik bazasini shakllantirish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab6. Davlat grantlari va xoʻjalik shartnomalari, bitiruv malaka ishlari, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari tematik bazasidan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilishini tashkil etish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab18.Universitetda yirik tibbiyot tashkilotlarining dolzarb muammolari yechimiga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun doktorantlarni maqsadli tayyorlash.1. Dolzarb muammolardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot institutlari va kafedralar yoʻnalishlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.2025-yil 15-mayXalqaro moliya institutlari grantlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2. Sohaga tegishli tashkilotlar mutaxassislarining ilmiy-texnik kengashlarda ishtirokini taʼminlash orqali doktorantura ilmiy yoʻnalishlarida hamkorlikni amalga oshirish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab3. Doktorantura tadqiqotchilariga ilmiy rahbar sifatida mahalliy va xorijiy salohiyatli ilmiy kadrlarni jalb etish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab4. Har yili tanlov asosida iqtidorli yoshlarni doktoranturaga qabul qilish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab19.Universitetning ilmiy salohiyatini oshirish.1. Yosh oʻqituvchi va ilmiy xodimlarni xorijiy va respublika taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot institutlariga doktoranturaga yuborish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov)2. Universitet axborot-resurs markazini xorijiy ilmiy jurnallar, yetakchi davriy nashrlar bilan taʼminlash.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab3. Universitet professor-oʻqituvchilarining xorijda oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda ishtirok etishini tashkil etish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab20.Universitetda telemeditsina texnologiyalarini keng joriy qilish.1. Universitetning ixtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etilgan oʻquv klinik bazalarida telemeditsina texnologiyalarini keng joriy qilish.2025-yil 1-avgust-Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov)2. Telemeditsina texnologiyalari xonalarini tashkil qilish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab3. Universitet talabalarining telemeditsina texnologiyalari xonalarida amaliyotlarini oʻtkazib borish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabIV. Universitetda xalqaro hamkorlik hamda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish21.Ilmiy-innovatsion faoliyatni tashkil etish va rivojlantirish.1. Tibbiyot va farmatsevtikaning dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan fundamental va amaliy izlanishlar koʻlamini kengaytirish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlabXalqaro moliya institutlari grantlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2. Ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalar transferini joriy etish uchun sharoitlar yaratish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab3. Amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari “Scopus” va “Web of science” bazalaridagi jurnallarda chop etilishini taʼminlab borish.2025/2026 oʻquv yilidan boshlab22.Universitetda yoshlar oʻrtasida ilmiy-madaniy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.1. Xorijiy va mahalliy oliy taʼlim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda talabalar oʻrtasida “Summer school”, “Winter school” maktablarini tashkil qilish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil 15-sentabrXalqaro moliya institutlari grantlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2. “Summer school”, “Winter school” maktablarining tashkil etilishiga qaratilgan xalqaro loyihalar bazasini shakllantirish.2025 — 2027-yillar3. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan amaliy, innovatsion va fundamental loyihalarda talabalar ishtirokini kengaytirish.2026-yildan boshlab23.Universitetda 2026-yil yakuniga qadar ilmiy darajali professor-oʻqituvchilar ulushini 70 foizga yetkazishga erishish.1. Xalqaro aloqalar oʻrnatilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tor ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.2025-2026-yillarXalqaro moliya institutlari grantlari, Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2. Magistratura mutaxassisliklarining iqtidorli talabalari oʻrtasida xorijiy oliy taʼlim muassasalarida doktoranturaga qabul qilish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish.2025-2026-yillar24.Tibbiyot sohasini raqamlashtirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.Yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklar epidemiologiyasi va oldini olishda tibbiy ilmiy-pedagogik xodimlar salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy qilish usullarini, tibbiyot sohasini raqamlashtirishning dolzarb masalalarini tadqiq qilish.2025-2026-yillarUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov)25.Tibbiyot yoʻnalishida yagona elektron axborot-resurs bazasini yaratish.1. Tibbiyot yoʻnalishida yaratilgan adabiyotlar, davriy matbuot nashrlar hamda ilmiy manbalar, shuningdek, yetakchi xorijiy davlatlarda chop etilgan adabiyot va materiallarning elektron roʻyxatini shakllantirish.2025-yil 20-avgust-Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov)2. Soha uchun dolzarb, zamonaviy va yangi elektron manbalarni xarid qilish, xorij adabiyotlarini tarjima qilish va axborot resurslariga joylashtirishni tashkil qilish.2025-yil 1-dekabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariV. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish26.Talabalar oʻrtasida yot gʻoyalarning oldini olish va ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini belgilash.1. Tadbirlarda hamkor tashkilotlardan mutaxassislar jalb qilish.2025-yil 10-avgust-Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(Sharipov)2. Mavzular boʻyicha tezislar va taqdimotlar tayyorlash.2025-yil 15-sentabr3. Universitet talabalari oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish.2025-yildan boshlab27.Universitet hududida amaliy ishlab chiqarish maydonlarini (mediamarkaz, buk-kafe, “Wi-Fi” zonalar, munozara klublari va boshqalar) tashkil qilish.1. Universitetda amaliy ishlab chiqarish maydonlari loyihasini (dizaynini) yaratish.2025-yil 10-sentabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov)2. Amaliy ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish maqsadida grantlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb qilish.2025-yildan boshlab3. Obyektlarning toʻlaqonli ishlashini taʼminlash.2025-yildan boshlab28.“Tibbiyot sohasini rivojlantirish boʻyicha eng yaxshi tashabbuslar” respublika tanlovini tashkil qilish.1. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.2025-yil 1-noyabr-Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov)2. Tanlovni ommaviy axborot vositalarida keng yoritgan holda tashkil qilish va oʻtkazish.Grafik asosida29.Universitetning rasmiy veb-saytini yaratish.1. Veb-saytni ishlab chiqish boʻyicha ijrochilarni aniqlash va ular bilan shartnoma tuzish.2025-yil 1-avgust-Sogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov)2. Veb-saytning internet tarmogʻida toʻlaqonli ishlashini taʼminlash.3. Veb-saytni dolzarb va zarur axborot bilan doimiy ravishda yangilab borish.2025-yil yakuniga qadarVI. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash30.Bosmaxona tashkil etish va uni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.1. Bosmaxonani tashkil etish va jihozlash boʻyicha zamonaviy uskunalar roʻyxatini shakllantirish.2025-yil 1-dekabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻiSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov)2. Uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish.2026-yil 1-avgust31.Universitet klinikasining kommunal infratuzilma obyektlarini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash.1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.2025-yil 1-noyabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar mablagʻiSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov)2. Tender savdolarini oʻtkazish.2025-yil 1-dekabr3. Rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlarini boshlash.2026-yil 1-aprel4. Zamonaviy laborator-diagnostika va davolash jihozlarini xarid qilish va oʻrnatish.2027-yil 1-sentabr32.Aholining toʻgʻri ovqatlanishini taʼminlash, jismoniy faolligini oshirish va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish.1. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt (shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning 2024-yil yakuniga koʻra qoldigʻi boʻyicha maʼlumotni shakllantirish.2025-yil 20-mayTibbiyot oliygohlarining budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(Xudayarov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(Fazilkarimov)Aholining toʻgʻri ovqatlanishini taʼminlash, jismoniy faolligini oshirish va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida qoldiq mablagʻlarning oʻndan bir qismini Tibbiyotni rivojlantirish jamgʻarmasida ochilgan maxsus hisob varaqasiga yoʻnaltirish.2025-yil 1-iyun2. Mablagʻlardan samarali foydalanish boʻyicha manzilli va maqsadli choralarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.2025-yil 10-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-apreldagi PQ-149-son qaroriga3-ILOVA
Toshkent davlat tibbiyot universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan obyektlar
T/rObyektning nomiManziliEgallagan maydoni (m-2)Kadastr raqamiBalansda saqlovchiI. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti1.1-son oʻquv-maʼmuriy bino, axborot-resurs markazi, sport majmuasi, simulyatsiya-oʻquv markazi, talabalar oshxonasiToshkent shahri Yunusobod tumani Bogʻishamol koʻchasi 223-uy40 35810:07:04:03:01:0019Toshkent pediatriya tibbiyot instituti2.2-son oʻquv binosiToshkent shahri Yunusobod tumani Bogʻishamol koʻchasi 223-uy2 23610:07:04:03:02:0048Toshkent pediatriya tibbiyot instituti3.1-, 2-, 3-son talabalar turarjoylari binolari, Talabalar bilimini baholash markaziToshkent shahri Yunusobod tumani Bogʻishamol koʻchasi 223-uy37 52810:07:04:03:02:0050Toshkent pediatriya tibbiyot institutiII. Toshkent tibbiyot akademiyasi4.10-son oʻquv binosi va 9-son talabalar turarjoyi binosiToshkent shahri Olmazor tumani Farobiy koʻchasi 2-uy29 43910:08:05:01:01:0064Toshkent tibbiyot akademiyasi5.6-son talabalar turarjoyi binosiToshkent shahri Olmazor tumani Farobiy koʻchasi 2-uy7 62410:08:05:01:01:0013Toshkent tibbiyot akademiyasi 6.Bosh oʻquv binosiToshkent shahri Olmazor tumani Farobiy koʻchasi 2-uy37 223 10:08:05:01:01:0075Toshkent tibbiyot akademiyasi7.Sport-sogʻlomlashtirish majmuasiToshkent shahri Olmazor tumani Farobiy koʻchasi 2-uy53 43610:08:05:01:01:0076Toshkent tibbiyot akademiyasi8.Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasi hududidagi 14- va 11-son binoning Toshkent tibbiyot akademiyasiga qarashli qismiToshkent shahri Olmazor tumani Farobiy koʻchasi 2-uy265 39510:08:05:01:02:0060Toshkent tibbiyot akademiyasi9.Yotoqxona va oʻquv binolar (jami 9 ta bino) Toshkent shahri Olmazor tumani Farobiy koʻchasi 2-uy68 15610:08:05:01:01:0073Toshkent tibbiyot akademiyasiIII. Toshkent davlat stomatologiya instituti10.Rektorat, 2-, 3- va 4-son oʻquv binolar, “Medik” sport majmuasi binolariToshkent shahri Yashnobod tumani Maxtumquli koʻchasi 103-uy16 56910:04:03:02:02:0009Toshkent davlat stomatologiya instituti11.1-son talabalar turarjoyi binosiToshkent shahri Yashnobod tumani S. Mashhadiy koʻchasi 217-uy69510:04:04:01:03:0180Toshkent davlat stomatologiya instituti12.2-son talabalar turarjoyi binosiToshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Mingbuloq koʻchasi 1b-uy2 07810:09:06:02:02:0050Toshkent davlat stomatologiya instituti