PF-90-son Farmon · 30.05.2025

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda oʻrmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-90
  • Qabul qilingan sana:30.05.2025
  • Kuchga kirgan sana:02.06.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/25/90/0486

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar samaradorligini oshirish, oʻrmonlar va yashil hududlar maydonini kengaytirish, ulardan samarali foydalanish va choʻllanishga qarshi kurashish ishlarini tizimli amalga oshirish, shuningdek, mazkur yoʻnalishlarda yagona davlat siyosatini yuritish va muvofiqlashtirish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilayotgan daraxt va buta koʻchatlarining koʻkaruvchanligi, yashovchanligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirishning 2026-yil 1-yanvardan boshlab maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:

(a) davlat oʻrmon xoʻjaliklarida respublika hududlarining iqlim sharoitiga mos daraxt turlarining zamonaviy seleksiya usullaridan foydalanib sifatli va kafolatlangan urugʻlarni yetishtirish hajmini 1,5 baravarga oshirish;

(b) urugʻchilik laboratoriyalarida respublika hududlarining iqlim sharoitiga mos oʻsimlik turlaridan onalik plantatsiyalarini tashkil qilish;

(v) davlat oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan yetkazib berilayotgan koʻchatlar hajmini 2 baravarga oshirish.

II. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tashabbuslar

2. 2025-yil 1-oktabrdan boshlab “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini oshirish, “Yashil makon” elektron platformasida ochiqlikni taʼminlash va raqamlashtirishga qaratilgan quyidagi mexanizmlar joriy qilinsin:

(a) aholi tashabbusi bilan daraxt ekilishi mumkin boʻlgan aniq hudud (tuman (shahar), koʻcha, yer uchastkasining koordinatalari), suv taʼminoti, keyinchalik parvarish qilish imkoniyati va daraxtlarning turlarini koʻrsatish;

(b) “Yashil makon” umummilliy loyihasiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamoatchilikka “har bir tiyin sarflanishini kuzatish” tamoyili asosida onlayn yetkazish;

(v) daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berish yuzasidan murojaat qilgan shaxs toʻgʻrisida maʼlumot, koʻchirilishi yoki kesilishi taklif etilayotgan daraxt va koʻchirish (kesish) sababi, aniq manzili, joylashuvi, foto- va videotasvirlarini aks ettirish;

(g) oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yoʻq qilgan shaxslar tomonidan kompensatsiya sifatida ekilgan daraxt va buta koʻchatlari hisobini yuritish tizimini joriy qilish;

(d) daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesgan jismoniy va yuridik shaxslar, ushbu huquqbuzarliklar va ular yuzasidan koʻrilgan choralar boʻyicha “Yashil makon” elektron platformasiga doimiy ravishda maʼlumotlar kiritib borish.

3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

(a) “Mening bogʻim” loyihasi doirasida yashil bogʻlar barpo etishga kamida bir gektar, yashil jamoat parklari uchun yarim gektardan yer maydonlari ajratiladi;

(b) kompensatsiya yoki majburiyat tarzida ekiladigan daraxt va butalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) tomonidan belgilanadigan yer uchastkalarida Oʻrmon xoʻjaligi agentligi buyurtmachiligida belgilangan tartibda aniqlanadigan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan loyihalar asosida davlat oʻrmon xoʻjaliklari — pudrat tashkilotlari tomonidan ekiladi. Bunda:

(i) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kompensatsiya yoki majburiyat tarzida koʻchat ekilishi rejalashtirilgan yer uchastkalarini ajratadi;

(ii) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish xarajatlari Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;

(iii) kompensatsiya yoki majburiyat tarzida koʻchat ekib beradigan shaxslar shartnoma asosida daraxt va buta koʻchatlarini ekish, belgilangan muddat davomida parvarishlash xarajatlarini davlat oʻrmon xoʻjaliklari — pudrat tashkilotlariga toʻlab beradi.

III. Oʻrmonlarni boshqarish va choʻllanishga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish

4. Ekologiya vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi negizida Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon agentligi) tashkil etilsin.

5. Belgilansinki, Oʻrmon agentligi:

(a) barcha oʻrmonlarning davlat hisobini hamda davlat oʻrmon kadastrini tuzadi va yuritadi;

(b) “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, koʻchatchilikni rivojlantirish, daraxt va buta koʻchatlari pitomniklarini koʻpaytirish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-noyabrdan boshlab oʻrmon fondi yer maydonlari alohida muhofaza etiladi va ularning toifasini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

7. Quyidagilar:

(a) Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;

(b) Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish, ushbu yoʻnalishda ustuvor chora-tadbirlarni belgilash va sohani rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yashil makon” elektron platformasida 2026-yil 1-sentabrga qadar choʻl va yarim choʻl hududlarida yashil maydonlarni koʻpaytirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilishining natijasini har chorakda kuzatish hamda ushbu hududlarda ekologik holatni tizimli monitoring qilib borish imkoniyati yaratilishini taʼminlasin.

IV. Malakali mutaxassislarni tayyorlash

9. Belgilansinki, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) va unga biriktiriladigan “yashil” texnikumlarda:

(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)

(a) oʻquv jarayoni dual taʼlim tizimi asosida yoʻlga qoʻyiladi;

(b) ilmiy-amaliy mashgʻulotlarni tashkil qilish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda botanika yoki dendrologiya bogʻlari barpo etiladi;

(v) urugʻchilik, koʻchatchilik, iqlim oʻzgarishi sohalarida qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil qilib boriladi.

V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

10. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

12. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

13. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 30-may,

PF-90-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmoniga1-ILOVA

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatining

Quyidagilar Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:

a) oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

b) oʻrmonlarni barpo etish, qayta tiklash, oʻrmon boyliklarini koʻpaytirish, muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish;

v) oʻrmon xoʻjaligi faoliyati sohasi davlat boshqaruvi tuzilmasini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy shakllarini ishlab chiqish;

g) oʻrmon xoʻjaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hamda barqaror rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;

d) global iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;

e) oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, shu jumladan, togʻ, choʻl va yaylovlarda ozuqabop oʻsimliklar turlarini koʻpaytirish va ozuqa miqdorini boyitish, ularni muhofaza qilish hamda yerlar degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish, shuningdek, togʻ, choʻl va yaylovlarni muhofaza qilish boʻyicha kompleks choralarni amalga oshirish;

j) oʻrmon fondi yerlarida tabiiy holda oʻsuvchi dorivor, ozuqabop va texnik oʻsimliklarning pitomnik va plantatsiyalarini yaratish;

z) “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni tashkil etish va ijrosini taʼminlash;

i) daraxt va butalar kasalliklari hamda zararkunandalariga qarshi kurashish, ularning oldini olish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish;

k) manzarali daraxt va buta urugʻchiligi hamda koʻchat yetishtirish tizimini rivojlantirish, koʻchatchilikda “in-vitro” laboratoriyalarini keng joriy etish, manzarali daraxt va buta urugʻlari hamda koʻchatlarini sertifikatlashtirish hamda standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish;

l) choʻllanishga qarshi kurashish tadbirlarini tashkillashtirish va amalga oshirish;

m) oʻrmon xoʻjaligi sohasida ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirish;

n) oʻrmonlardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni oʻrnatish, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, oʻrmonlarning yer ustida va aviatsiya yordamida qoʻriqlanishini tashkil etishni nazorat qilish;

o) sohada zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllash orqali “Aqlli” oʻrmon xoʻjaligi (Smart forestry) va raqamli texnologiyalarni joriy qilish;

p) oʻrmonlarni tiklash, qayta tiklash va himoya oʻrmonlarini koʻpaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish;

r) oʻrmon xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, ularni Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish choralarini koʻrish;

s) agrooʻrmonchilikni rivojlantirish orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish;

t) oʻrmon xoʻjaligi sohasini institutsional tahlil qilish va sohaga bozor tamoyillarini joriy etish;

u) Oʻrmon agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlash hamda ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, mol-mulklarini qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida samarali boshqarish;

f) xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar tomonidan grant va qarzlar jalb qilinishini tashkil etish hamda ularning samarali oʻzlashtirilishini muvofiqlashtirish;

x) budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xorijiy konsultant va ekspertlarni belgilangan tartibda jalb qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmoniga2-ILOVA

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish, ushbu yoʻnalishda ustuvor chora-tadbirlarni belgilash va sohani rivojlantirish boʻyicha

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmoniga3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-46-son Farmonining 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“20. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida budjet mablagʻlari hisobidan tashkil etiladigan “yashil bogʻ”, “yashil jamoat parki”, “yashil belbogʻ”, “yashil qoplama” va himoya oʻrmonzorlarini barpo etish boʻyicha:

buyurtmachi etib — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi;

loyihachi etib — “Yashilloyiha” loyihalash instituti;

pudratchi etib — “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi va uning hududiy korxonalari belgilansin”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:

a) 1-ilovaning “11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” boʻlimi 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2.Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi1206357shu jumladan direktor oʻrinbosarlari soni22”;

b) 2-ilovaning 11.2-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“11.2. Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi”;

v) 2a-ilovaning 11.2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“11.2Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligiOʻrmon agentligiAgentstvo po lesu”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmonining 8-bandida:

“b” kichik banddagi “2024-yil 1-oktabrdan boshlab” soʻzlari “2026-yil 1-yanvardan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“v” kichik banddagi “2025-yil yakuniga qadar” soʻzlari “2026-yil yakuniga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-199-son Farmonida:

4-bandning birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda” soʻzlaridan keyin “2027-yildan boshlab” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

4-ilovaning izoh qismi birinchi xatboshisidagi “Oʻrmon xoʻjaligi agentligi” soʻzlari “koʻchat yetishtiruvchi subyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-son Farmonining 1-bandi “v” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-son Farmoniga 2-ilovaning 2-pozitsiyasi quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarini ifloslantiruvchi manbalar monitoringi, atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun inshootlar oʻrnatish, uskunalar, jihozlardan, shuningdek, atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi boʻyicha monitoring”.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-16-son Farmonida:

a) 8-ilovada:

7-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “may” soʻzi “oktabr” soʻzi bilan almashtirilsin;

31-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“31.Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash masalalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.Loyihada, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-son Farmoniga 2-ilovaning 2-pozitsiyasini atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun inshootlar oʻrnatish, uskunalar, jihozlardan, shuningdek, atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalarini buzish yoki ulardan foydalanmaslik masalalari boʻyicha tezkor nazorat tadbirini oʻtkazishga oid oʻninchi xatboshi bilan toʻldirish nazarda tutiladi.2025-yil aprelSavdo-sanoat palatasi(D. Vaxobov),Adliya vazirligi(A. Tashkulov)”;

b) 17-ilovaning 11-pozitsiyasi “Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar” ustunida:

“YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga nomzodnoma tayyorlash uchun” soʻzlaridan keyin “2025-yil iyul oyiga qadar onlayn” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

“2025-yil iyul oyiga qadar” soʻzlari “2027-yil dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilovaning 25-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“25.Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiOzon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Monreal protokoli koʻp tomonlama jamgʻarmasining trast jamgʻarmasiBiologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaning trast jamgʻarmasiSuvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili boʻlgan xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar toʻgʻrisidagi konvensiyaOzon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi trast jamgʻarmasiOzon qatlamini yemiruvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli trast jamgʻarmasiTurgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi trast jamgʻarmasiXalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqiYoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning trast jamgʻarmasiYovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyaning trast jamgʻarmasiXavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yoʻq qilib yuborish ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi Bazel Konvensiyasining trast jamgʻarmasiAfrika, Yevropa va Osiyodagi koʻchib yuruvchi suv-botqoq qushlarini muhofaza qilish boʻyicha bitimBirlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof-muhit dasturining Atrof-muhit jamgʻarmasiBiologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaning Bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxena protokoli trast jamgʻarmasi”.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5270-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:

“v) “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yoʻli” xalqaro tadqiqot instituti xodimlarining mehnatga haq toʻlash miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 366-son hamda 2021-yil 27-avgustdagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 545-son qarorlariga asosan belgilansin”.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-yilda Samarqand viloyatida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli roʻyxatning 120-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-171-son qarorida:

a) 6-banddagi “2024-yil 1-iyuldan” soʻzlari “2026-yil 1-martdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 2a-ilova quyidagi mazmundagi 6-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

“6.“Ekologiya sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofisi” DM“Ekologiya sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofisi” DMning asosiy vazifasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tizimidagi ekologiya, turizm, oʻrmon xoʻjaligi va gidrometeorologiya sohasida investitsiya loyihalarini, jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya, grant, texnik koʻmak va kredit loyihalari va dasturlarni boshqarish, muvofiqlashtirish, samaradorligini monitoring qilish hamda ularning sohani rivojlantirish strategiyasi bilan uygʻunligini taʼminlashdan iborat.2025-yilning 1-yanvardan boshlab “Ekologiya sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofisi” DM faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari;grant mablagʻlari;jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.”;

v) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining tashkiliy tuzilmasi

Texnologik rivojlanish va innovatsiyalar boʻyicha sohaviy ekspert kengashiEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi“Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi**Turizm qoʻmitasiOʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi*“Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” MCHJ**Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalariQoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi(davlat oʻrmon xoʻjaliklari — 12)“Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi” davlat muassasasi“Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasidavlat oʻrmon xoʻjaliklari — 67, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha davlat oʻrmon xoʻjaliklari — 12“Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi” davlat muassasasi“Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasiMarkaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti“Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi“Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi” davlat muassasasi“Binolardan foydalanish va qurilish-taʼmirlash ishlari direksiyasi” davlat muassasasi**“Ipak yoʻli” ofisi UK“Chorvoq suv ombori atrofini obodonlashtirish direksiyasi” davlat muassasasi**“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti” davlat muassasasi(milliy tabiat bogʻlari — 12, davlat qoʻriqxonalari — 7, buyurtma qoʻriqxonalari — 2; majmua buyurtma qoʻriqxona — 1; biosfera rezervati — 1; pitomnik — 1)“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti“Yashil hudud” DUK va uning hududiy filiallariXalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi“Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi **“Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti” davlat muassasasi**Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiGidrometeorologiya xizmati agentligi“Eko-Media markazi” davlat muassasasi**Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari*Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisiQoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy markazlariTuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimlari“Toshkent hayvonot bogʻi” MCHJ,“Fargʻona hayvonot bogʻi” MCHJ,“Termiz hayvonot bogʻi” MCHJ“Iqlim oʻzgarishi milliy markazi”davlat muassasasiChiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi**“Yashilloyiha” loyihalash instituti**Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi“Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi**Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻrmon sohalaridagi NNTlarQoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari**“Toza hudud”, “Maxsustrans”, “Maroqand obod” DM**

* Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligining hududlardagi boshqarmalari tugatilib, ularning vazifa va funksiyalari ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.

** Budjetdan tashqari mablagʻlar, shuningdek, ajratmalar, xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar hisobidan moliyalashtiriladi”;

g) 4-ilovaning 15-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-172-son qarorining 4-bandi hamda ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qarori bilan tasdiqlangan 2023 — 2026-yillarda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish ishlarining yigʻma parametrlarining izoh qismi birinchi xatboshisidagi “Oʻrmon xoʻjaligi agentligi” soʻzlari “koʻchat yetishtiruvchi subyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-184-son qaroriga 2-ilovaning 4-pozitsiyasidagi “Ijro muddati” ustunidagi “may” soʻzi “iyul” soʻzi bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.