PQ-202-son Qaror · 23.06.2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga aliment toʻlovlarini undirish tizimi samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-202
  • Qabul qilingan sana:23.06.2025
  • Kuchga kirgan sana:25.06.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/202/0541

“Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini samarali tashkil etish, uning mablagʻlarini shakllantirish tartibini oʻzgartirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda “Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyati samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 23-iyun,

PQ-202-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PQ-202-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi PQ-3060-son qarori bilan tasdiqlangan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandida:

(a) quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasining xarajatlarini qoplab berishga (Jamgʻarma daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismidan koʻp boʻlmagan miqdorda)”;

(b) oʻn sakkizinchi xatboshi oʻn toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.

2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-avgustdagi “Aliment toʻlovlari jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 427-son qarorida:

(a) 2-bandda:

(i) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari”;

(ii) beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;

(b) ilovaning 5-bandida:

(i) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari”;

(ii) beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.