Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini raqamli transformatsiya qilish, sohaga sunʼiy intellekt va robototexnika imkoniyatlarini tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik yoʻnalishlarini oʻzaro integratsiya qilish orqali mahsulot ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishning yaxlit innovatsion zanjirini yaratish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsadlar
1. Quyidagilar sohani yaxlit raqamli transformatsiya qilish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish doirasida istiqboldagi asosiy vazifalar etib belgilansin:
(a) 2027-yil 1-dekabrga qadar sohaga masʼul vazirlik va idoralarning tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash kabi axborot tizimlarini umumiy texnik yondashuv asosida yagona platformaga birlashtirish, 2030-yilga qadar zarur axborot infratuzilmasi va resurslarini toʻliq shakllantirish;
(b) 2028-yil 1-dekabrga qadar favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli yechimlarni joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini 60 foizga yetkazish;
(v) monitoring, prognozlash va profilaktika faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish maqsadida sohada kibertahdidlardan himoyalangan axborot infratuzilmasini yaratish;
(g) 2030-yilga qadar sohaga zarur boʻlgan import qilinayotgan avariya-qutqaruv va yongʻin-texnik mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini 30 foizga yetkazish;
(d) sohaga oid innovatsion mahsulotlarni yaratish, sinov-tadqiqot ishlarini, muvofiqlikni baholash tizimini va yongʻin-texnik ekspertizasini yanada rivojlantirish.
II. Ustuvor chora-tadbirlar
2. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi doirasida masʼul vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlari, resurslari, multiservis tarmoqlarini yaratish hamda sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash uchun zarur shart-sharoitlarni tashkil etish maqsadida:
(a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab 2027-yil yakuniga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Digital team” idoralararo raqamli jamoa (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo raqamli jamoa) faoliyati 1-ilovaga muvofiq vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tarkibda yoʻlga qoʻyilsin;
(b) quyidagilar Idoralararo raqamli jamoaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(i) favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasiga raqamli texnologiyalar, zamonaviy raqamli yechimlar, dasturiy mahsulotlar, elektron xizmatlar va innovatsiyalarni joriy etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
(ii) sohani raqamlashtirish borasida tashabbuslar, takliflar ishlab chiqish, loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni tatbiq etish (tajriba-sinovlar oʻtkazish) va boshqarish boʻyicha zarur tadbirlarni amalga oshirish;
(iii) Idoralararo raqamli jamoa ishtirokchilarining axborot tizimlari (maʼlumotlar bazasi)ni Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot infratuzilmasiga integratsiya qilish choralarini koʻrish;
(iv) Idoralararo raqamli jamoa ishtirokchilari oʻrtasida raqamli vositalar yordamida himoyalangan va barqaror axborot almashinuvini joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish, raqamlashtirish boʻyicha samarali strategiyalarni ishlab chiqish;
(v) himoyalangan apparat-dasturiy komplekslarni joriy etish, axborot va kiberxavfsizlik tahdidlaridan himoya qilish choralarini koʻrish.
Bunda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda Idoralararo raqamli jamoa tarkibidagi vazirlik va idoralar tegishli mutaxassislari va moliyaviy resurslari bilan ishtirok etadi.
3. Belgilansinki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining muvofiqlashtiruvida:
(a) 2026-yil 1-dekabrga qadar Idoralararo raqamli jamoa tomonidan yagona texnologik talablar asosida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi yaxlit raqamlashtiriladi;
(b) 2027-yil 1-dekabrga qadar vazirlik va idoralarning tegishli axborot resurslari va tizimlari Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot-tahliliy platformalariga integratsiya qilinadi;
(v) Idoralararo raqamli jamoaning faoliyatiga xorijiy mutaxassis va ekspertlar jalb etiladi.
4. 2025-yil 1-dekabrga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligida sohaviy tuzilmalarning malakali xodimlari hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mutaxassis-ekspertlaridan iborat kross-funksional guruh tashkil etilsin. Bunda kross-funksional guruh 2027-yil yakuniga qadar:
(a) sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning tashkiliy-texnik, iqtisodiy, huquqiy va metodologik asoslari yaratilishi, mahalliy va ilgʻor xorijiy tajribalarning tahliliy xulosalari shakllantirilishi;
(b) favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini yaxlit raqamlashtirish orqali biznes jarayonlarini maqbullashtirish uchun samarali, yangi va innovatsion yechimlar ishlab chiqilishi;
(v) raqamli transformatsiya loyihalarining segmentlari, komponentlari va algoritmlari ishlab chiqilishi, sohaga tatbiq etilishi va takomillashtirilishiga masʼul boʻladi.
5. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini 2026-2027-yillarda raqamli transformatsiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
III. Sohada ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish
6. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar muammolari va yongʻin xavfsizligi ilmiy-tadqiqot instituti Favqulodda vaziyatlar vazirligi ilmiy-innovatsion va sinov-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) etib qayta tashkil etilsin va quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
(a) favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ilmiy-innovatsion loyihalarni shakllantirish hamda sinov-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
(b) qurilish materiallarining yongʻin xavfliligi sinfini aniqlash va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga moʻljallangan mahsulotlarning xalqaro talablarga muvofiqligini baholash;
(v) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning xalqaro standartlarga mos keladigan yuqori samarali yangi texnologiyalarini ishlab chiqish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
(g) ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish uchun davlat tuzilmalari, ilmiy markazlar va xususiy sektor bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan tajriba almashish va texnologik loyihalarda ishtirok etish hamda xorijiy mamlakatlarning ilgʻor ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
(d) sodir boʻlgan texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar (holatlar)ni oʻrganish hamda yongʻin-texnik ekspertizasini oʻtkazish.
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligining quyidagi tashabbuslari maʼqullansin:
(a) Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markazini Institutning ilmiy-innovatsiyaviy ishlanmalarini tajriba-konstruktorlik jihatidan taʼminlash va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi mahsulotlarning tajriba namunalarini yaratish va ularni ishlab chiqish boʻyicha masʼul tashkilot etib belgilash;
(b) Institutning ilmiy-innovatsiyaviy ishlanmalarini tijoratlashtirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni, shuningdek, ushbu maqsadlarda imkoniyat va resurslarga ega boʻlgan tadbirkorlarni ularning xohishiga koʻra jalb etish.
8. Belgilansinki:
(a) Institut favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va sinov-tadqiqotlar oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan davlat muassasasi hisoblanadi;
(b) Institutning bino-inshootlari, sinov-tadqiqot va boshqa infratuzilmasi Toshkent viloyatining Zangiota tumani Erkin qishlogʻi, “Quyoshli” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashtiriladi;
(v) 2027 — 2029-yillarda Institut bino-inshootlarini qurish va jihozlash Favqulodda vaziyatlar vazirligiga investitsiya dasturlarida har yili koʻzda tutiladigan kapital qoʻyilmalarning tegishli limitlari doirasida, Favqulodda vaziyatlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, pulli xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari kredit va grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(g) Institutga favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi;
(d) Institut Favqulodda vaziyatlar vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi;
(j) Institutning pulli xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlari teng ulushda Institutning harbiy xizmatchi, xizmatchi hamda ishchilarini ijtimoiy himoya qilish hamda moddiy ragʻbatlantirishga, shuningdek, moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi;
(z) 2027-yil 1-yanvardan boshlab Institutda innovatsion loyihalar va sinov-tadqiqot ishlari asosida ishlab chiqilgan, mahalliylashtiriladigan maxsus-texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulotlarni uch yil muddatga shartnoma tuzish orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi.
9. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
(a) Favqulodda vaziyatlar vazirligi Raqamlashtirish va axborotni himoyalash boshqarmasi hamda uning hududiy boʻlinmalariga hamda Institutga, tegishincha budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan, bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda raqamli texnologiyalar va tor sohadagi malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
(b) Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) va uning hududiy filiallari rezidentlarining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi muammolarning yechimiga qaratilgan startap loyihalarini shakllantirish va ularni inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga kiritish.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
10. Mazkur qaror ijrosini monitoring qilib borish rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
(a) Favqulodda vaziyatlar vazirligi qaror ijrosini monitoring rejasiga asosan har yili 15-fevralga qadar monitoringdan oʻtkazsin hamda monitoring natijalarini Hisob palatasi va Adliya vazirligiga kiritib borsin;
(b) Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda monitoring rejasi asosida qaror ijrosini nazorat qilsin hamda har yili 25-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
(v) “Ijro.gov.uz” tizimida qaror ijrosini nazoratdan yechishda monitoring rejasida koʻrsatilgan maqsadlarga erishilgani inobatga olinsin.
11. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishning quyidagi tartibi belgilansin:
(a) qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib favqulodda vaziyatlar vaziri B.B. Kudratxodjayev belgilansin;
(b) ustuvor chora-tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish doirasida quyidagilar masʼul etib belgilansin:
(i) Raqamli texnologiyalar vazirligi — 2026-2027-yillarda sohani raqamlashtirish hamda sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish uchun zarur sharoitlarni yaratishga va transformatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirib borishga;
(ii) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi — sohada ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, mahalliy yuqori texnologik, sanoat-tajriba va import oʻrnini bosuvchi hamda eksportga yoʻnaltirilgan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoniga ilgʻor zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishda koʻmaklashishga;
(iii) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi — ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga imkoniyat va resurslarga ega boʻlgan tadbirkorlarni, mahalliy va xorijiy investorlarni, shuningdek, sohani raqamlashtirish va ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirishga 300 million AQSH dollari ekvivalentida tijorat banklari, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar imtiyozli kreditlari hamda venchur fondlarining moliya resurslarini manzilli jalb etishga;
(v) har chorakda sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi va Idoralararo raqamli jamoaning faoliyati favqulodda vaziyatlar va raqamli texnologiyalar vazirlari huzurida muhokama qilinsin;
(g) qaror ijrosi natijalarini har olti oyda muhokama qilib borish va masʼul ijrochilar faoliyati samaradorligini oshirish Bosh vazir oʻrinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
12. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 20-oktabr,
PQ-311-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-311-son qaroriga 1-ILOVA
Favqulodda vaziyatlar vazirligida faoliyat koʻrsatuvchi “Digital team” idoralararo raqamli jamoa
Favqulodda vaziyatlar vazirligida faoliyat koʻrsatuvchi “Digital team” idoralararo raqamli jamoaning (Idoralararo raqamli jamoa) tarkibi:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining raqamlashtirish, innovatsiya va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha oʻrinbosari — Idoralararo raqamli jamoa rahbari;
(b) Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari — Idoralararo raqamli jamoa hamrahbari;
(v) Favqulodda vaziyatlar vazirligi — Idoralararo raqamli jamoa ishchi organi;
(g) Idoralararo raqamli jamoa ishtirokchilari:
vazirlik va Idoralarxoʻjalik birlashmalariMudofaa vazirligiFanlar akademiyasi“Oʻzbekgidroenergo” AJIchki ishlar vazirligiOʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi“Oʻzsuvtaʼminot” AJMilliy gvardiyaInnovatsion rivojlanish agentligi“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJIqtisodiyot va moliya vazirligiOʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi“Uzbekistan airways” AJRaqamli texnologiyalar vazirligiKadastr agentligi“Uzbekistan airports” AJTransport vazirligiGidrometeorologiya xizmati agentligiTashqi ishlar vazirligiDavlat aktivlarini boshqarish agentligiSogʻliqni saqlash vazirligiSuv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiTogʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiTogʻ-kon sanoati va geologiya vazirligiEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiMaktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiEnergetika vazirligiSuv xoʻjaligi vazirligiQishloq xoʻjaligi vazirligiQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiAvtomobil yoʻllari qoʻmitasiBojxona qoʻmitasiVeterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-311-son qaroriga2-ILOVA
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini 2026-2027-yillarda raqamli transformatsiya qilish boʻyicha
T/rLoyiha va chora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMoliyalashtirish manbaiMasʼul ijrochilar1.Aholi punktlari va obyektlarning umumiy xususiyatlari, xavf manbalari (indikatorlari) va darajalarini oʻz ichiga oluvchi maʼlumotlar bazasidan iborat “Mahalla xavfsizlik pasporti” avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish.1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil iyulAsoslangan hisob-kitoblarga koʻra,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov),“Digital team” idoralararo raqamli jamoa2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.2026-yil sentabr3. Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.2026-yil dekabr2.Favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, geoaxborot tizimida tahlil va prognozlash hamda kuch-vositalarni situatsion boshqarish uchun tegishli axborot-tahliliy platforma, shuningdek, turli rejimlarda idoralararo maʼlumotlarni almashish uchun integratsion platforma joriy etish.1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.2026-yil iyulAsoslangan hisob-kitoblarga koʻra,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov),“Digital team” idoralararo raqamli jamoa,manfaatdor vazirliklar va idoralar2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.2026-yil sentabr3. Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.2027-yil dekabr3.Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida lokal va korporativ tarmoqlarni modernizatsiya qilish.1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.2026-yil dekabrAsoslangan hisob-kitoblarga koʻra,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov)2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.2027-yil mart3. Markaziy apparat va hududiy boshqarmalar uchun zarur tarmoq va server qurilmalarini xarid qilish va oʻrnatish.2027-yil noyabr4.Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan davlat nazoratini amalga oshirishda kelib tushadigan murojaatlar asosida xulosalar taqdim etish va monitoring yuritish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida “Favqulodda vaziyatlar monitoringi” axborot tizimini ishlab chiqish.Bunda “E-inspektor” axborot dasturiy kompleksi imkoniyatlari negizida takomillashtirish. 1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil iyulAsoslangan hisob-kitoblarga koʻra,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Adliya vazirligi(A. Tashkulov),“Digital team” idoralararo raqamli jamoa2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.2026-yil sentabr3. Axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga sinov tariqasida joriy etish.2026-2027-yillar4. Tizimni ekspertizadan oʻtkazish va ishga tushirish.2027-yil davomida5.Yongʻindan ogohlantirish qurilmalari, signalizatsiya tizimlaridan signallarni qabul qilishning yagona platformasini yaratish.1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil iyulAsoslangan hisob-kitoblarga koʻra,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov),“Digital team” raqamli jamoa2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.2026-yil oktabr3. Loyihani amalga oshirish va amaliyotga joriy etish.2026-2027-yillar6.Respublikada va uning chegara hududlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan transchegaraviy favqulodda vaziyatlarning raqamli xaritasini yaratish.1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil martAsoslangan hisob-kitoblarga koʻra,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov),“Digital team” idoralararo raqamli jamoa2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.2026-yil may3. Loyihani amalga oshirish va amaliyotga joriy etish.2026-yil dekabr7.Respublika hududidagi koʻp qavatli binolar va inshootlarga oʻrnatilgan videokuzatuv qurilmalari orqali atrof-muhitni kuzatish va yongʻinlarni barvaqt aniqlash tizimini joriy etish.1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil mayAsoslangan hisob-kitoblarga koʻra,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov),“Digital team” idoralararo raqamli jamoa2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.2026-yil sentabr3. Loyihani amalga oshirish va amaliyotga joriy etish.2026-2027-yillar8.Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida kadr boʻlinmalari faoliyatini avtomatlashtirishni taʼminlovchi “E-kadr” axborot tizimini joriy etish.“E-kadr” axborot tizimida quyidagi funksiyalarni nazarda tutish:kadr masalalariga doir hujjatlarni shakllantirish;axborot tizimlari foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish (SSO);Face-ID texnologiyasi asosida kirish-chiqish rejimini nazorat qilish;nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash, kadrlarni inson omilisiz ishga qabul qilish;xodimlar sogʻligʻini nazorat qilish va profilaktikasi.1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil avgustAsoslangan hisob-kitoblarga koʻra,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov),“Digital team” idoralararo raqamli jamoa2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.2026-yil sentabr3. Tizimni ishga tushirish.2027-yil iyul9.Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida elektron hujjat almashinuvi va hisobotlar shakllanishini taʼminlovchi axborot tizimini joriy etish.1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil martAsoslangan hisob-kitoblarga koʻra,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov)2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.2026-yil avgust3. Axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.2026-yil dekabr10.Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida moddiy-texnik vositalar hisobini yuritishning “E-taʼminot” avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish.1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil oktabrAsoslangan hisob-kitoblarga koʻra,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov)2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.2027-yil fevral3. Axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.2027-yil dekabr11.Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi-xodimlari mehnat faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha “FVV-KPI” axborot tizimini ishlab chiqish.1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini, shu jumladan, KPI koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil mayAsoslangan hisob-kitoblarga koʻra,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov)2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.2026-yil sentabr3. Loyihani amalga oshirish va amaliyotga joriy etish.2027-yil dekabr12.Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida uzluksiz aloqani taʼminlovchi idoraviy IP-telefon va videokonferensaloqa tizimini takomillashtirish.1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil martAsoslangan hisob-kitoblarga koʻra,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov)2. Vazirlikda IP-telefoniya va videokonferensaloqa tizimlari uskunalarini xarid qilish uchun tender (tanlov) savdolarini oʻtkazish.2026-yil aprel3. Vazirlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalarida IP-telefoniya va videokonferensaloqa tizimlarini yaratish.2026-2027-yillar davomida13.Sohada manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olish uchun tunu kun ishlovchi koll-markazni (“1109” qisqa raqam) ishga tushirish.1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil noyabr-Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Favqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev)2. Respublika boʻyicha “1109” qisqa raqamini ishga tushirish.2026-yil yanvar14.Texnik-profilaktik xizmatlar turlari, qiymatlari, guvohnomalarini qayd etuvchi, aholini xabardor qilish imkoniyatiga ega “Mahalla muhofazasi” maxsus axborot tizimini ishga tushirish.1. Oʻrnatilgan tartibda loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2025-yil dekabrAsoslangan hisob-kitoblarga koʻra,Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida,qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarFavqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(J. Qoʻchqorov),“Digital team” idoralararo raqamli jamoa2. Loyiha doirasida shartnomaviy ishlarni amalga oshirish.2026-yil mart3. Axborot tizimini ishlab chiqish va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va toʻlov tizimlari bilan integratsiya qilish.2026-yil dekabr
Izohlar:
1. Huquqiy munosabatlarning predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqib, tadbirlarni amalga oshirish shakllari, moliyalashtirish manbalari oʻzgarishi, tadbirlar esa birlashtirilishi mumkin.
2. Ikki va undan koʻp bandlar birlashtirilganda, ijro muddati sifatida birlashayotgan bandlar uchun koʻrsatilgan eng kechki muddat belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-311-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini raqamlashtirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini monitoring qilish
T/rIndikator (subindikator) nomiOʻlchov birligiJoriy holat(yillik)Maqsadli koʻrsatkichlarMaʼlumot berishga masʼul idoralar202520262027 202820292030 MAQSAD: SOHADA RAQAMLASHTIRISHNI HAMDA ILMIY-INNOVATSION VA SINOV-TADQIQOT FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHI. Resurs koʻrsatkichlari1.1.Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash kabi axborot tizimlarini yagona texnik yondashuv asosida yagona platformaga birlashtirishson2-1545---Favqulodda vaziyatlar vazirligi, sohaga masʼul vazirlik va idoralar1.2.Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli yechimlarni joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini oshirish. foiz30-405060--Favqulodda vaziyatlar vazirligi1.3.Raqamli radioaloqa tizimi qamrovini kengaytirish.foiz30-354050--Favqulodda vaziyatlar vazirligi1.4.Qarorning 2-ilovasi asosida ustuvor loyihalarni amalga oshirishson--59---Favqulodda vaziyatlar vazirligi1.5.Favqulodda vaziyatlar vazirligi ilmiy-innovatsion va sinov-tadqiqot instituti bino-inshootlarini qurish va jihozlash ishlarini 2027 — 2029-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturlari doirasida moliyalashtirishmlrd. soʻm---313030-Iqtisodiyot va moliya vazirligi1.6.2026 — 2028-yillarda Institutning bino va inshootlarini qurish va jihozlash foiz3070100Favqulodda vaziyatlar vazirligiII. Amaliyot koʻrsatkichlariLokal va korporativ tarmoqlarni yaratish va modernizatsiya qilish2.1.1.Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida lokal tarmoqlarni yaratish son321-2038---Favqulodda vaziyatlar vazirligi2.1.2.Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida lokal tarmoqlarni modernizatsiya qilishson321-4050---Favqulodda vaziyatlar vazirligiVideokuzatuv qurilmalari orqali atrof-muhitni kuzatish va yongʻinlarni barvaqt aniqlash tizimini joriy etish2.2.1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi (Nukus shahri, Xoʻjayli, Toʻrtkoʻl, Beruniy va Taxiatosh tumanlari)son1-34---Favqulodda vaziyatlar vazirligi2.2.2.Andijon viloyati (Andijon, Asaka, Shahrixon shaharlari va Paxtaobod tumani)son1-44---Favqulodda vaziyatlar vazirligi2.2.3.Qashqadaryo viloyati (Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Kitob, Muborak, Gʻuzor tumanlari )son1-45---Favqulodda vaziyatlar vazirligi2.2.4.Navoiy viloyati (Navoiy va Zarafshon shaharlari, Karmana, Qiziltepa va Uchquduq tumanlari)son1-33---Favqulodda vaziyatlar vazirligi2.2.5.Sirdaryo viloyati (Guliston, Yangiyer, Shirin va Baxt shaharlari)son1-23---Favqulodda vaziyatlar vazirligi2.2.6.Surxondaryo viloyati (Termiz shahri, Denov, Sherobod, Boysun va Qumqoʻrgʻon tumanlari)son1-34---Favqulodda vaziyatlar vazirligi2.2.7.Fargʻona viloyati (Fargʻona, Qoʻqon, Margʻilon va Quva shaharlari, Rishton tumani )son1-45---Favqulodda vaziyatlar vazirligiMahalliylashtirish va normativ-huquqiy bazani yaratish2.3.12026 — 2030-yillarga moʻljallangan davlat ilmiy va innovatsion ustuvor loyihalar dasturi doirasida avariya-qutqaruv va yongʻin-texnik mahsulotlarini mahalliylashtirishturi--66777Favqulodda vaziyatlar vazirligi,Mudofaa sanoati agentligi2.3.2Institutning normativ-huquqiy bazasini yaratish (2 ta-Hukumat qarori, 1 ta-idoraviy va 1 ta-idoralararo hujjat)son-22----Favqulodda vaziyatlar vazirligi,Adliya vazirligi,Mudofaa sanoati agentligiIII. Natijadorlik koʻrsatkichlari3.1.Raqamli infratuzilmani yaratishfoiz60-70758090100Favqulodda vaziyatlar vazirligi3.2.Videokuzatuv qurilmalari orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida atrof-muhitni kuzatish va yongʻinlarni barvaqt aniqlash qamrovini oshirishfoiz12-50100---Favqulodda vaziyatlar vazirligi3.3.2030-yilga qadar sohaga zarur boʻlgan import qilinayotgan avariya-qutqaruv va yongʻin-texnik mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini oshirishfoiz11-1518202530Favqulodda vaziyatlar vazirligiMudofaa sanoati agentligi