PQ-331-son Qaror · 03.11.2025

2026-2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-331
  • Qabul qilingan sana:03.11.2025
  • Kuchga kirgan sana:05.11.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/331/1014

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-186-son qaroriga muvofiq 2026 — 2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga oʻz vaqtida tashxis qoʻyish va davolash, mavjud va aniqlanayotgan yangi turdagi irsiy va genetik kasalliklar boʻyicha tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar 2026 — 2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarni davolash va oldini olishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:

(a) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul davolanadigan kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklar turini 5 tadan 10 taga yetkazish;

(b) kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarning dori vositalari, maxsus oziq-ovqatlar va tibbiy jihozlar bilan taʼminlanish darajasini 95 foizdan 99 foizgacha yetkazish;

(v) kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalar salomatligini muhofaza qilish va tiklash, bolalarning hayot sifatini yaxshilash, ularning jamiyat hayotida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish.

II. Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish

2. Ushbu qaror bilan belgilangan maqsad va ustuvor vazifalarga erishish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi 2026 — 2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

(a) mukovissidoz, talassemiya, gemofiliya, tizimli boshlanuvchi yuvenil artrit, tugʻma bullyozli epidermoliz, birlamchi (tugʻma) immunodefitsit holati, Dyushenn mushak distrofiyasi, sklerozlashgan panensefalit, Goshe va Pompe kasalliklariga chalingan bemorlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va grant mablagʻlari hisobidan bepul dori vositalari, maxsus oziq-ovqatlar va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash;

(b) aholi oʻrtasida keng axborot va targʻibot kampaniyasini oʻtkazish.

3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026-yil 1-yanvardan boshlab kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul tibbiy kuzatuvda boʻladi va davolanish ishlari davom ettiriladi.

III. Moliyaviy taʼminot

4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblari asosida 2026-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.

IV. Sogʻliqni saqlash yoʻnalishidagi tadbirlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish

5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq sogʻliqni saqlash yoʻnalishidagi quyidagi tadbirlar boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar 2026-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi:

(a) virusli gepatitning “S” va “V” turlarini erta tashxislash va virusga qarshi maxsus davolash ishlarini tashkil etish;

(b) endokrinologik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish;

(v) nefrologiya va gemodializ xizmatini takomillashtirish;

(g) gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qoʻllab-quvvatlash;

(d) buyrak va jigar transplantatsiyasi amaliyotlarini oʻtkazish.

Bunda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha dasturlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi alohida normativ-huquqiy hujjat qabul qilingunga qadar amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va asoslangan hisob-kitoblar asosida mablagʻlar rejalashtiriladi.

V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

6. Mazkur qaror ijrosini monitoring qilib borish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:

(a) Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror ijrosini monitoring rejasiga asosan har yili 15-fevralga qadar monitoringdan oʻtkazsin hamda monitoring natijalarini Hisob palatasi va Adliya vazirligiga kiritib borsin;

(b) Hisob palatasi Adliya vazirligi bilan birgalikda monitoring rejasi asosida qaror ijrosini nazorat qilsin hamda har yili 25-fevralga qadar Prezident Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;

(v) “Ijro.gov.uz” tizimida qaror ijrosini nazoratdan yechishda monitoring rejasida koʻrsatilgan maqsadlarga erishilganligi inobatga olinsin.

7. Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda tizimli ravishda aholi oʻrtasida kam uchraydigan (orfan) va irsiy-genetik kasalliklarning oldini olish, sogʻlom oilani shakllantirish va sogʻlom bola tugʻilishi boʻyicha targʻibot ishlarini muntazam ravishda amalga oshirib borsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

9. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

11. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 3-noyabr,

PQ-331-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-331-son qaroriga1-ILOVA

2026 — 2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-331-son qaroriga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2026 — 2030-yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini monitoring qilish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PQ-331-son qaroriga3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5199-son qarorining 7-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi kompleks foydalanishga topshirilishi sababli Markazning Toshkent shahar va Toshkent viloyati filiallari faoliyati bosqichma-bosqich tugatiladi hamda ushbu hududlar aholisi uchun hududiy darajada koʻrsatilishi belgilangan tibbiy xizmatlar Markazda koʻrsatiladi”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “Sogʻliqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-185-son qarorida:

(a) 12-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“(a) mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari va tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining mehnat shartlari oʻzgaradigan shifokor va oʻrta tibbiyot xodimlari shaffof imtihonlar asosida belgilangan tartibda qayta ishga rasmiylashtiriladi. Bunda:

(i) imtihonlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan birgalikda tashkil etiladi;

(ii) xodimlar malakasini aniqlashda birinchi navbatda oʻtkazilgan imtihon natijalari inobatga olinadi hamda imtihonda eng yaxshi natija koʻrsatgan xodimlar ishga qabul qilinadi”;

(b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi

Izoh:

1. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 15 — 21 nafar.

2. Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari xodimlarining cheklangan soni 21 nafar etib belgilanadi.

3. Tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi boshligʻi belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida boʻlim tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.

4. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq kiritiladi.

5. Tuman (shahar) tibbiyot boʻlimlarining tarkibiy boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga muvofiq belgilanadi.

* Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan meʼyorlar asosida kiritiladi;

tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi xodimlarining umumiy cheklangan soniga kiritilmaydi;

ushbu xodimlarga tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi”.

3. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-iyundagi “Respublikada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 384-son qarorida:

(a) 3-ilova quyidagi mazmundagi 19-1-band bilan toʻldirilsin:

“19-1. Tuman (shahar) markaziy shifoxonasining tashkiliy tuzilmasi tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi tomonidan tasdiqlanadi”;

(b) 6-ilovaning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“12. Tibbiyot muassasalarida dastlabki bir chorak davomida:

a) oilaviy poliklinika mudiriga — bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida;

b) oliy toifali oilaviy shifokorlarga bazaviy tarif stavkasining 60 foizi, 1-toifali oilaviy shifokorlarga — 40 foizi, 2-toifali oilaviy shifokorlarga — 20 foizi, toifasiz oilaviy shifokorlarga — 10 foizi miqdorida;

v) oliy toifali tibbiyot brigadasi oʻrta tibbiyot xodimlariga bazaviy tarif stavkasining 40 foizi, 1-toifali tibbiyot brigadasi oʻrta tibbiyot xodimlariga — 30 foizi, 2-toifali tibbiyot brigadasi oʻrta tibbiyot xodimlariga — 10 foizi, toifasiz tibbiyot brigadasi oʻrta tibbiyot xodimlariga — 5 foizi miqdorida ustamalar toʻlanadi.

Bunda ushbu tartib 2025-yil 1-iyuldan boshlab sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etilgan hududlardagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida — 2026-yil 1-yanvarga qadar, boshqa tibbiyot muassasalarida — 2026-yil 1-aprelga qadar amalda boʻladi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.