PQ-344-son Qaror · 19.11.2025

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-344
  • Qabul qilingan sana:19.11.2025
  • Kuchga kirgan sana:19.11.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/344/1063

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarish maqsadida qaror qilaman:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga qaratilgan oʻzgartirish kiritilsin.

2. Mudofaa vazirligi 1980-yil 10-oktabrda Jeneva shahrida (Shveysariya) imzolangan Oddiy qurolning haddan tashqari koʻp zarar keltiradi yoki barcha narsaga baravar taʼsir etadi deb hisoblanishi mumkin boʻlgan konkret turlari qoʻllanilishini taqiqlash yoki cheklash toʻgʻrisidagi konvensiya budjetiga toʻlanadigan Oʻzbekiston Respublikasining aʼzolik badali boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorlikni, shuningdek, kelgusi yillar uchun aʼzolik badallarini Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab bersin.

3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 19-noyabr,

PQ-344-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi PQ-344-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish

1-ilovaning 41-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“41.Mudofaa vazirligiXalqaro harbiy sport kengashiOddiy qurolning haddan tashqari koʻp zarar keltiradi yoki barcha narsaga baravar taʼsir etadi deb hisoblanishi mumkin boʻlgan konkret turlari qoʻllanilishini taqiqlash yoki cheklash toʻgʻrisidagi konvensiya”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.