PQ-354-son Qaror · 26.11.2025

Oʻzbek-Fransuz universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-354
  • Qabul qilingan sana:26.11.2025
  • Kuchga kirgan sana:26.11.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/354/1092

Oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, Fransiya Respublikasining yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida raqobatbardosh oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsad

1. Belgilansinki, ushbu qarorning asosiy maqsadi Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida taʼlim sohasidagi oʻzaro aloqalarni mustahkamlash hamda Fransiya universitetlarining taʼlim dasturlari asosida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash hisoblanadi.

II. Oʻzbek-Fransuz universitetini tashkil etish

2. Oʻzbek-Fransuz universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) tashkil etilsin hamda uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Fransiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2025-yil 12-mart kuni Universitetni tashkil etish boʻyicha, jumladan, quyidagilarni nazarda tutuvchi hamkorlik bitimi imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin:

(a) Oʻzbekiston tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fransiya tomonidan Oliy taʼlim, tadqiqot va kosmos vazirligi Universitet muassislari hisoblanishi;

(b) Universitetni tashkil etish va uning faoliyatini yuritish jarayonida Fransiya universitetlari konsorsiumi ishtirok etishi hamda Fransiya Respublikasining taklifi bilan dastlabki bosqichda Puatye universiteti, Renn universiteti, Gavr-Normandiya universiteti, Lyumyer Lion 2 universiteti konsorsium tarkibiga kiritilgani. Bunda konsorsium tarkibi Fransiya tomonining taklifi bilan oʻzgartirilishi mumkin;

(v) Fransiya universitetlari konsorsiumi tarkibiga kiritilgan universitetlarga quyidagi majburiyatlar yuklatilganligi:

(i) Universitetda taʼlim jarayonini tashkil etish, oʻquv rejalari, oʻquv dasturlari va materiallarini ishlab chiqish, shuningdek, talabalarni qabul qilish va pedagoglarni saralash jarayonlarida koʻmaklashish;

(ii) Universitet talabalari va professor-oʻqituvchilarini Fransiyaga yuborish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash;

(iii) Universitet talabalari uchun oʻz maʼlumotlar bazalaridan, jumladan, kutubxona fondining elektron bazasidan foydalanish tartibini soddalashtirish;

(iv) Universitet taʼlim dasturlarini Fransiya Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtkazishga koʻmaklashish;

(g) Universitetning maʼmuriy-moliyaviy masalalari boʻyicha qarorlari tarkibi Oʻzbekiston va Fransiya tomonidan tenglik asosida shakllantiriladigan Vasiylik kengashi tomonidan qabul qilinishi.

4. Belgilab qoʻyilsinki:

(a) Universitet oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida amalga oshiradi;

(b) Universitetda qabul parametrlari, toʻlov-kontrakt summasi, oʻqishga qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi Universitet Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi;

(v) Universitetda dastlabki bosqichda magistraturada, keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi hamda Universitetga kirish uchun tayyorlov kursi joriy etiladi;

(g) Universitetda taʼlim jarayoni maqsadli davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

(d) Universitet bitiruvchilariga Universitet diplomi va (yoki) Fransiya Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan taʼlim dasturlari boʻyicha konsorsium tarkibiga kirgan tegishli Fransiya universitetining diplomi beriladi. Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadi;

(j) Universitetga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tavsiyasi asosida tayinlanadigan rektor rahbarlik qiladi;

(z) Universitetning oʻquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatini boshqarish, shu jumladan, taʼlim dasturlarini shakllantirish, kadrlar tayyorlash sifatini taʼminlash Fransiya tomonidan tayinlanadigan birinchi prorektor tomonidan amalga oshiriladi.

III. Universitet faoliyatini moliyalashtirish

5. Quyidagilar Universitet faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

(a) Universitetga oʻqishga qabul qilingan talabalar umumiy sonining 30 foizidan oshmagan holda davlat granti asosida talabalarni oʻqitish uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari;

(b) talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;

(v) Universitetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar boʻyicha magistr kadrlarga ehtiyoj boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari;

(g) grantlar, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

(a) Universitetga davlat granti asosida qabul qilingan bir nafar talabani oʻqitish xarajati qiymati Universitet moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zarur laboratoriya bazasini yaratish xarajatlarini inobatga olgan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;

(b) budjet tashkilotlariga, shu jumladan, oliy taʼlim tashkilotlariga budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Universitetga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning oʻqitish xarajatlarini toʻliq yoki qisman qoplashga ruxsat beriladi. Bunda talabalarning ushbu tashkilotda majburiy ishlab berish davri ikki taraf oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.

IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat qilish

7. Oʻzbek-Fransuz universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.

10. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 26-noyabr,

PQ-354-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PQ-354-son qaroriga1-ILOVA

Oʻzbek-Fransuz universitetining asosiy faoliyat yoʻnalishlari

Quyidagilar Oʻzbek-Fransuz universitetining asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:

(a) muhandislik, aniq va tabiiy fanlar, fransuz tili va adabiyoti, bioinformatika, transport xizmatlari, qayta tiklanuvchi energetika sohalari uchun oliy maʼlumotli kadrlarni xorijiy, jumladan, Fransiyaning yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari dasturlari asosida tayyorlash;

(b) talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirishga, bilimini amaliy tajribalar orqali mustahkamlashga, oʻquv materiallarini samarali va puxta oʻzlashtirishga xizmat qiladigan har tomonlama qulay taʼlim muhitini shakllantirish;

(v) ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirib borish, jumladan, professor-oʻqituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini Fransiya konsorsiumi tarkibidagi oliy taʼlim tashkilotlarida yoki Fransiya korxonalarida tashkil etish;

(g) ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi PQ-354-son qaroriga2-ILOVA

Oʻzbek-Fransuz universiteti faoliyatini tashkil etish boʻyicha

T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiBajarish muddatiMoliyalashtirish manbalariIjro uchun masʼullarI. Oʻzbek-Fransuz universiteti faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari1.Oʻzbek-Fransuz universiteti (keyingi oʻrinlarda — Universitet) faoliyatini tashkil etish.1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.2. Universitetning tashkiliy tuzilmasi va xarajatlar smetasini tasdiqlash.2026-yil yanvar-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligi,Universitet2.Universitetni yuqori kasbiy mahoratga ega boʻlgan malakali, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar bilan toʻldirish.1. Universitet ehtiyojidan kelib chiqib, boshqaruv va taʼlim jarayoniga jalb etiladigan professor-oʻqituvchilar tarkibini shakllantirish.2. Universitet taʼlim jarayoniga jalb etiladigan xorijiy va mahalliy professor-oʻqituvchilar hamda malakali mutaxassislarni ochiq tanlov asosida saralab olish.2026-yil avgust-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,Universitet3.Universitet hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi oʻrtasida taʼlim xizmatlari boʻyicha bitim imzolash.1. Universitet hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi oʻrtasida taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha kelishuv bitimini imzolash.2026-yil mayDavlat budjeti va Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlariUniversitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Fransiya universitetlari konsorsiumi2. Kelishuv bitimini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan ekspertizadan oʻtkazish.Ikki hafta muddatdaUniversitet,Iqtisodiyot va moliya vazirligi3. Kelishuv bitimiga asosan amalga oshirilgan xizmatlar hajmidan kelib chiqib, Universitet tomonidan zarur mablagʻlar oʻtkazish.Bitimda belgilangan muddatlardaUniversitet,Fransiya universitetlari konsorsiumi4.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Universitetning buyurtmasiga asosan Universitetga jalb qilinadigan chet ellik oʻqituvchilar va mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun ruxsatnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish.1. Chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun koʻp martalik kirish vizalarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish.Doimiy-Tashqi ishlar vazirligi2. Universitetga jalb etiladigan chet ellik oʻqituvchilar va mutaxassislar, ularning oila aʼzolari uchun belgilangan tartibda koʻp martalik vizalar berish va ularni uzaytirish, shuningdek, ularni Oʻzbekistonda yashash manzillari boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish va uning muddatini uzaytirish.Ichki ishlar vazirligi3. Chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilishda belgilangan tartibda Oʻzbekistonda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berish va muddatini uzaytirish.Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi5.Universitetda tahsil olish istagini bildirgan xorijiy talabalar uchun oʻqishning butun davri uchun uzoq muddatli koʻp martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish.1. Universitet tomonidan xorijiy talabalar uchun oʻqish muddatiga muvofiq uzoq muddatli koʻp martalik viza talabnomalarini tayyorlash va Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etish.2. Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda vizalarni rasmiylashtirish.Doimiy-Universitet,Tashqi ishlar vazirligi6.Universitetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.1. Universitetning dastlabki faoliyatini tashkil etish uchun uni Toshkent davlat texnika universiteti bosh binosining bir qismiga tekin foydalanish huquqi asosida vaqtincha joylashtirish.2025-yil dekabr-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,Universitet2. Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyining Toshkent shahri Bogʻiboʻston koʻchasi 62-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarini Oʻzbekiston milliy universitetiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish.2026-yil yanvar3. Toshkent shahri Bogʻiboʻston koʻchasi 62-uy manzilida joylashgan bino va inshootlariga Universitetni tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish hamda bino va inshootlarni xalqaro talablar asosida taʼmirlash va jihozlash.Joylashtirish — 2026-yil martTaʼmirlash va jihozlash — 2026-2027-yillardaDavlat budjeti mablagʻlari,Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi4. Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi faoliyatini tugatish. Bunda litsey oʻquvchilariga amaldagi oʻquv binolarida oʻquv jarayonini yakunlash imkoniyati yaratiladi.2027-yil mayII. Universitetda oʻquv va ilmiy jarayonni tashkil etish7.2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Universitetning tayyorlov kursi va magistratura bosqichiga talabalar qabulini tashkil etish.1. Fransiya universitetlari konsorsiumi bilan hamkorlikda xalqaro akkreditatsiyalangan tayyorlov kursi va magistratura mutaxassisligi dasturlarini ishlab chiqish.2026-yil aprel-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Universitet2. Qabul qilish shartlari va muddatlarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.2026-yil may3. Nomzodlarni saralab olish va talabalar qabulini tashkil etish.2026-yil iyul — sentabr8.Universitetda yoshlar oʻrtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.1. Yozgi maktablarni tashkil etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.2027-yil iyulUniversitet mablagʻlariUniversitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Fransiya universitetlari konsorsiumi2. Yozgi maktablarni tashkil etishga doir xalqaro loyihalar bazasini shakllantirish va ularda talaba-yoshlar ishtirokini tashkillashtirish.DoimiyHomiylik va grant mablagʻlari9.Universitet talabalari uchun tegishli taʼlim dasturlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar hamda malakaviy amaliyotlarni davlat organlari, davlat ulushiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida oʻtkazishni tashkil etish.1. Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlarining xususiyatidan kelib chiqib, korxonalar va tashkilotlarda barcha talabalar amaliyotini tashkil etish boʻyicha respublika hududlari kesimida talabalar taqsimot jadvalini ishlab chiqish.2. Talabalarni tegishli tashkilotlarga biriktirish va shartnomalar tuzish.3. Taqsimot jadvalini tasdiqlash va talabalarni amaliyotga yuborish.Reja-jadval asosida-Universitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Fransiya universitetlari konsorsiumi10.Fransiya oliy taʼlim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish.1. Fransiya universitetlari konsorsiumi bilan oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish va rivojlantirish uchun Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat transport universitetidan iborat Oʻzbekiston oliygohlari konsorsiumini tashkil etish hamda uning tarkibiga zaruratga koʻra boshqa oliygohlarni kiritish.2026-yil mart-Universitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Transport vazirligi,Fransiya universitetlari konsorsiumi2. Universitet oʻquv jarayonini dastlabki bosqichda samarali tashkil etish, jumladan, taʼlim dasturlarining oʻquv-metodik hujjatlarini Fransiya universitetlari konsorsiumidagi oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda oʻzaro muvofiqlashtirgan holda ishlab chiqish.2026-yil iyul3. Fransiya universitetlari konsorsiumi va Oʻzbekiston oliygohlari konsorsiumi tarkibidagi oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.Doimiy11.Universitet professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish.1. Universitet professor-oʻqituvchilari uchun ilmiy maqolalar chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish boʻyicha seminarlar tashkil etish.2. Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish.3. Xirsh indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish.2026/2027 oʻquv yilidan boshlabUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariUniversitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiIII. Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish12.Universitetda besh muhim tashabbus doirasida sport va maʼnaviy tadbirlarni tashkil etish.1. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari tashkil etish uchun zarur xona ajratish va uni jihozlash.2026-yil avgustUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariUniversitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Besh muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar va sport seksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.2026-yil sentabr13.Universitetda “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini tashkil etish.1. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.2026-yil oktabrUniversitetning budjetdan tashqari mablagʻlariUniversitet,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibi asosida tanlovlarni yuqori saviyada oʻtkazish.Doimiy

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.