Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish, yoʻl harakati ishtirokchilarining qulay va xavfsiz harakatlanishini taʼminlash, shuningdek, yoʻllarda tirbandliklarning oldini olish boʻyicha taʼsirchan mexanizmlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar etib belgilansin:
(a) ilmiy yondashuv, ilgʻor xorijiy tajriba va raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda Toshkent shahrida yoʻl harakatini tashkil etishning zamonaviy texnik yechimlarini ishlab chiqish orqali transport oqimini samarali boshqarish va tirbandlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(b) Toshkent shahrining transport infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
(v) jamoat transporti harakatini tashkil etish va tartibga solish, uning jozibadorligini oshirish;
(g) Toshkent shahri koʻchalarida yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini oʻrnatish, almashtirish, saqlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ushbu ishlarga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish;
(d) yoʻl harakati ishtirokchilarining transport madaniyatini oshirish va yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan targʻibot ishlarini amalga oshirish.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Toshkent shahri transport tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(a) aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkazish;
(b) elektrobuslarning jamoat transportidagi ulushini 50 foizga yetkazish;
(v) avtobusning oʻrtacha harakat tezligini 18 km soatdan 24 km soatga yetkazish;
(g) metropoliten tarmogʻi uzunligini 103 kmga yetkazish;
(d) Toshkent shahridagi 1000 km avtomobil yoʻllarini taʼmirlash ishlarini tashkil etish;
(j) transport vositalari uchun 150 ming oʻrinli toʻxtab turish joylarini tashkil etish;
(z) 16 ta yoʻl oʻtkazgich va tonnellar barpo etish;
(i) 2 600 ta avtobus bekatlarini namunaviy loyiha asosida rekonstruksiya qilish;
(k) yagona boshqaruv tizimiga ega intellektual svetoforlar bilan jihozlangan “aqlli” chorrahalar sonini 700 taga yetkazish;
(l) 200 km piyodalar yoʻlagi va 170 km velosipedlar uchun maxsus yoʻlaklar tashkil etish.
II. Toshkent shahrida transport tizimini samarali boshqarishni tashkil etish
3. Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligining masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Toshkent shahrida yoʻl harakatini tashkil etish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
4. Toshkent shahar hokimligi ikki hafta muddatda:
(a) Adliya vazirligi bilan birgalikda Markazni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlasin;
(b) Markazni Toshkent shahri Islom Karimov koʻchasi 51a-uy manzilidagi Toshkent shahar hokimligining binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirsin;
(v) Markaz faoliyatini tashkil etish uchun zarur boʻlgan mebel, kompyuter texnikasi va boshqa asbob-uskunalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
5. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
(a) zamonaviy raqamli va “yashil” texnologiyalarni qoʻllash orqali Toshkent shahrida transport, yoʻlovchi va piyodalar oqimlarini uzluksiz monitoring qilish asosida yoʻl harakatini tashkil etish, boshqarish va xavfsizlikni taʼminlash, shuningdek, tirbandliklarning oldini olish ishlarini samarali amalga oshirish;
(b) ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan shahar avtomobil yoʻllari tarmogʻi, koʻchalar va transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va samaradorligini baholash;
(v) yoʻl va transport sohalaridagi barcha obyektlar hamda jarayonlar toʻgʻrisidagi yagona maʼlumotlar bazasini, shu jumladan, Toshkent shahrining transport master rejasini yaratish va ular asosida shahar yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish;
(g) eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni qoʻllagan holda yoʻl va transport sohalari bilan bogʻliq boʻlgan barcha muassasa va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
(d) jamoat transporti jozibadorligini oshirish, shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanishni kamaytirish va aholi mikromobilligini qoʻllab-quvvatlash orqali ekologik vaziyatni yaxshilash;
(j) yoʻl va transport sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish, investitsiya hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish;
(z) yoʻl-qurilish, obodonlashtirish va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari maxsus texnikalari harakatlanishi, bajargan ishlari toʻgʻrisida va boshqa maʼlumotlarni Toshkent shahrining intellektual transport tizimiga integratsiya qilish va tahlil qilish orqali transport ishlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hisobiga budjet mablagʻlari sarflanishi samaradorligini oshirish;
(i) yoʻl harakati ishtirokchilarining transport madaniyatini oshirish, yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishini taʼminlash, shuningdek, yoʻl-transport hodisalari profilaktikasiga doir boshqa tadbirlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan targʻibot ishlarini olib borish;
(k) hududlardan kirib keladigan asosiy avtomobil yoʻllaridagi jamoat transporti bosh bekatlari (avtobus va metro) kesishmalarida transport vositalarining koʻp qavatli toʻxtab turish joylarini tashkil qilish;
(l) Toshkent shahri koʻchalarida transport vositalarining yoʻlboʻyi pulli toʻxtab turish joylarini tashkil etish va tartibga keltirishga koʻmaklashish;
(m) Toshkent shahri yerusti metro liniyalari hamda yoʻl oʻtkazgichlari ostida, xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda, transport vositalarining toʻxtab turish joylarini tashkil qilish.
6. Quyidagilar:
(a) Toshkent shahrida yoʻl harakatini tashkil etish markazining funksiyalari 2-ilovaga muvofiq;
(b) Toshkent shahrida yoʻl harakatini tashkil etish markazining huquqlari va vakolatlari 3-ilovaga muvofiq;
(v) Toshkent shahrida yoʻl harakatini tashkil etish markazi tomonidan yagona buyurtmachi funksiyasi bajariladigan ishlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
(a) vazirlik va idoralarning 5-ilovada koʻrsatilgan vakolatlarini 2028-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatga huquqiy eksperiment tariqasida Markazga oʻtkazish;
(b) Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi huzuridagi ixtisoslashtirilgan montaj qilish va foydalanish boshqarmasining amaldagi moliyalashtirish tartibini 2026-yil 1-iyulga qadar saqlab qolgan holda uning ijro etuvchi organi vakolatlarini Markazga oʻtkazish. Bunda Toshkent shahar hokimligi mazkur bandga muvofiq Markazga oʻtkazilayotgan boshqarma muassisi vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
8. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar Markaz bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi:
(a) jamoat transporti infratuzilmasi obyektlari va transport vositalariga reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) hamda boshqa reklama vositalarini dizayn-kodga muvofiq joylashtirish. Bunda Markaz bilan kelishish doirasida toʻlov amalga oshirilmaydi;
(b) shahardagi yoʻl harakatiga taʼsiri yuzasidan koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlar, yoʻllar, koʻchalar, temir yoʻl kesishmalari, shuningdek, yerusti yoʻlovchi transporti bekatlari, transport vositalarining vaqtinchalik va doimiy toʻxtab turish joylari hamda yoʻlboʻyi mintaqasida joylashgan avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari, elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari, reklama hamda boshqa konstruksiyalarni joylashtirish obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal taʼmirlash loyihalari.
9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Toshkent shahrida:
(a) 2026-yil 1-apreldan boshlab:
(i) huquqiy eksperiment doirasida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga ularning buyurtmanomalari (buyurtmalari) yoki tashishning boshqa shartnomalari boʻyicha yoʻlovchilar hamda bagajni tashishda, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishda transport ishlarini bajarish yuzasidan davlat buyurtmachilarining pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalarida transport ishlarini bajarish uchun foydalaniladigan transport vositalarini navigatsiya-aloqa qurilmalari va datchiklar bilan jihozlash hamda ularni intellektual transport tizimiga ulash sharti kiritiladi;
(ii) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yoʻllar, yoʻlaklar va boshqa yoʻl infratuzilmasi obyektlarida qurilish ishlarini olib borish, yoʻl obyektini har qanday koʻrinishda taʼmirlash, buzish, qazish, oʻzgartirish yoki rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma belgilangan tartibda Markaz tomonidan beriladi. Bunda ruxsatnoma berish tartibi va toʻlov miqdori Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi tomonidan belgilanadi;
(iii) jamoat transportida tashish xizmatlarini koʻrsatuvchi tashuvchilar tomonidan oʻzlari foydalanayotgan axborot tizimlarini Markaz tomonidan tasdiqlangan reglamentga muvofiq intellektual transport tizimiga integratsiya qilish choralari koʻriladi;
(b) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan davlat buyurtmachilari pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalar boʻyicha transport ishlarini qabul qilish va unga haq toʻlash bajarilgan ishlar hajmi Markaz tomonidan tasdiqlanganidan soʻng amalga oshiriladi, bundan brutto shartnomalari mustasno. Bunda davlat buyurtmachilari Markaz bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishiga yoʻl qoʻyiladi.
10. Toshkent shahar hokimligi Transport vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2028-yil 1-dekabrga qadar mazkur qarorga asosan amalga oshiriladigan huquqiy eksperiment natijalaridan kelib chiqib, uning ijobiy va salbiy jihatlarini inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
III. Axborot tizimlarini joriy etish va raqamlashtirish
11. Toshkent shahar hokimligi va Raqamli texnologiyalar vazirligining intellektual transport tizimlarini (dasturiy taʼminotlarini) ishlab chiqaruvchi dunyodagi yetakchi kompaniyalar hamda aholi soni 3 million nafar va transport vositalar soni 1 milliondan yuqori boʻlgan shaharlarda transport va yoʻl infratuzilmasini boshqarishning zamonaviy intellektual transport tizimlarini joriy etish tajribasiga ega boʻlgan kompaniyalarning quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturiy taʼminotini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
(11-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-iyuldagi PQ-279-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2026-y., 07/26/279/0795-son)
(a) videokuzatuv vositalari va sensorlardan foydalangan holda transport, piyoda va yoʻlovchi oqimlari toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻish;
(b) transport va piyoda (jumladan, individual harakatlanish vositalari) oqimlarini tahlil qilish asosida svetofor obyektlarini boshqarish, shu jumladan, svetofor fazalarini avtomatik tarzda moslashtirish;
(v) agar harakat jadvalidan chetga chiqilsa, maxsus (tez yordam, yongʻin xavfsizligi xizmati, yoʻl-patrul xizmati) va jamoat transporti vositalari harakatining ustuvorligini taʼminlash;
(g) avtotransport vositalari, shu jumladan, maxsus texnikalar harakatini monitoring qilish, qurilish hamda maxsus texnikalarning maxsus mexanizmlari ishini nazorat qilish;
(d) 6-ilovada koʻrsatilgan tashqi axborot tizimlaridan maʼlumotlarni qabul qilish va qayta ishlash;
(j) yuk tashish karkasi qoidalariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash maqsadida transport vositalarining ogʻirlik va hajm koʻrsatkichlarini nazorat qilish;
(z) intellektual transport tizimini Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining Situatsion markaziga integratsiya qilish hamda avtotransport vositalarining normativlarga mosligi darajasini avtomatik baholash tizimi yordamida ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq boʻlmagan avtotransport vositalarini aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
(i) yoʻl-transport hodisasi xavfi yuqori boʻlgan hududlarni aniqlash, ular boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va boshqalar.
12. Belgilansinki, Markaz qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda intellektual transport tizimini xarid qilish boʻyicha texnik buyurtmachi va uning operatori hisoblanadi, tizimni amaliyotga tatbiq etadi va ekspluatatsiya qiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-iyuldagi PQ-279-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2026-y., 07/26/279/0795-son)
13. Toshkent shahar hokimligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
(a) 2026-yil 1-mayga qadar intellektual transport tizimini xarid qilish uchun texnik topshiriq Markaz tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga taqdim qilinishini;
(b) 2027-yil 1-fevralga qadar texnik topshiriqqa muvofiq intellektual transport tizimi xarid qilinishini, foydalanish uchun funksional buyurtmachiga topshirilishini;
(v) 2027-yil 1-martga qadar intellektual transport tizimi dasturiy taʼminoti (tizimlari bilan birga) Toshkent shahar hokimligining yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan uni qoʻshimcha jihozlagan holda Toshkent shahri vaziyatlar markazining server quvvatlariga joylashtirilishini;
(g) vazirlik, idora va tashkilotlarning mazkur qarorga 6-ilovaga muvofiq axborot tizimlari intellektual transport tizimiga integratsiya qilinishini;
(d) 2026-yil 1-noyabrga qadar Toshkent shahrining transport master rejasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, jumladan, yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish, avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish hamda modernizatsiya qilish, shuningdek, shaharda yoʻl harakati samaradorligi va xavfsizligini oshirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlanishini taʼminlasin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-iyuldagi PQ-279-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2026-y., 07/26/279/0795-son)
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-iyuldagi PQ-279-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2026-y., 07/26/279/0795-son)
15. Toshkent shahar hokimligining quyidagilarni nazarda tutuvchi “Qulay muhit” va “Hokimiyat monitori” axborot tizimlarini yaratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
(a) maʼmuriy videokuzatuv tizimlari orqali:
(i) obodonlashtirish va qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunbuzilishlarni avtomatik qayd etish;
(ii) obodonlashtirish jarayonlarini, shu jumladan, maxsus texnikalar hamda kommunal xizmatlar, boshqaruv servis kompaniyalari ishlarini avtomatik tarzda boshqarish va nazorat qilish;
(iii) tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari rejalarining shakllantirilishini hamda bajarilgan ishlar hajmlarini avtomatik tarzda tasdiqlash;
(iv) mahalla hududida giyohvand moddalar tarqatilishining oldini olishga koʻmaklashish;
(b) raqamli videodomofon tizimlari orqali:
(i) turar joy binolari atrofini nazorat qilish;
(ii) aholini tezkor xabardor qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri qayta aloqa oʻrnatish;
(iii) kommunal xizmatlar hamda boshqaruv kompaniyalari faoliyati shaffofligini taʼminlash, mavjud muammolarni tezkor hal qilish hisobiga aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish;
(v) dispetcherlik markazini oʻz ichiga oluvchi yagona shahar platformasi orqali:
(i) mahallalar hududidagi holatni tezkor monitoring qilish va hududlarga xizmat koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish;
(ii) katta hajmdagi maʼlumotlar bazasi (“Big Data”) tahlili va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish hisobiga obodonlashtirish sohasini boshqarish sifatini oshirish;
(iii) mahallalar va boshqaruv kompaniyalari reytingini yuritish.
IV. Moliyaviy resurslar
16. Belgilansinki:
(a) Markaz ustav kapitalidagi 100 foiz ulush Toshkent shahar hokimligiga tegishli boʻladi;
(b) Markaz ustav kapitalining dastlabki miqdori 90 milliard soʻmni tashkil etadi, shundan:
(i) 50 milliard soʻmi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga bir yillik muddatga taqdim etiladigan ssuda;
(ii) 40 milliard soʻmi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi.
17. Toshkent shahrida yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish va yoʻl harakatini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida yuridik shaxs tashkil qilmagan holda Toshkent shahar hokimligining yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin va Markazga topshiriq shartnomasi asosida uning mablagʻlarini boshqarish huquqi berilsin.
18. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hamda foydalanish yoʻnalishlari 7- va 8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
19. Belgilansinki:
(a) Markaz Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Jamgʻarma xarajatlarining yillik konsolidatsiyalashgan smetasini tasdiqlaydi;
(b) jarimalar va majburiy yigʻimlar hisobidan Jamgʻarmaga kelib tushgan mablagʻlar toʻligʻicha Jamgʻarmaning daromadlari hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkazilmaydi;
(v) Jamgʻarma mablagʻlari Markazga uning zimmasiga yuklangan funksiya va vakolatlarni bajarish uchun konsolidatsiyalashgan smetaga muvofiq Markaz mol-mulkiga mablagʻ kiritish tartibida, uning ustav kapitalini oshirmagan holda ajratiladi;
(g) 2027-yil 1-yanvardan boshlab har yili 1-iyulga qadar Markaz rahbari tomonidan Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanganlik yuzasidan hisobot berib boriladi.
20. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) tijorat banklarida Markaz hisobvaraqlari ochiladi;
(b) Jamgʻarmaning hisobvaraqlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochiladi;
(v) Jamgʻarma va Markaz mablagʻlarini Toshkent shahar hokimligi majburiyatlari boʻyicha ijro hujjatlari va inkasso topshiriqnomasi asosida undirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
(g) Markazga uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish va funksiyalarni amalga oshirish uchun begʻaraz oʻtkaziladigan Jamgʻarma mablagʻlari soliqqa tortish obyekti hisoblanmaydi.
21. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha tartibotlarni soddalashtirishga doir tegishli hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritsin.
V. Tashkiliy tadbirlar
22. Toshkent shahrida transportni boshqarishning samarali tizimini yaratish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
23. Toshkent shahrida yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha idoralararo ishchi komissiya 10-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin. Idoralararo ishchi komissiya (Sh. Umurzakov) zimmasiga Markaz faoliyati samarali tashkil etilishi hamda manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish yoʻli bilan uning zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishida yuzaga keladigan muammolarni tezkor hal qilish vazifasi yuklatilsin.
24. Toshkent shahar hokimligi tarkibiy tuzilmasiga hokimning transport va yoʻl infratuzilmasi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritilsin, shuningdek, boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 5 shtat birligidan iborat boʻlgan Transport tizimini samarali tashkil etishni taʼminlash kotibiyati shakllantirilsin. Ushbu shtat birliklari Toshkent shahrining mahalliy budjeti hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.
25. Toshkent shahar hokimligi masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
(a) obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qoidabuzarlikni (ushbu qoidabuzarlik avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari orqali qayd etilgan taqdirda) sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash;
(b) xalqaro tajriba asosida, mayda qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarimalar miqdorlarini kamaytirgan holda, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq qoidabuzarliklar turlarini kengaytirish.
26. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Transport vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-fevralga qadar yoʻl-transport hodisalari salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan, sunʼiy yoʻldosh navigatsiyasi texnologiyalaridan foydalangan holda “oltin soat” tamoyili asosida shoshilinch choralar koʻrish tizimini yaratish va joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
27. Toshkent shahar hokimligi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
28. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib transport vaziri I.R. Maxkamov va Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzoqov belgilansin.
29. Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 4-dekabr,
PQ-368-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-dekabrdagi PQ-368-son qaroriga1-ILOVA
Toshkent shahri transport tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning
T/rKoʻrsatkichlar nomiOʻlchov birligi2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yil1.Aholining jamoat transportidan foydalanish darajasifoiz43475056602.Elektrobuslarning jamoat transportidagi ulushifoiz30354045503.Avtobuslarning oʻrtacha harakat tezligikm/soat19202123244.Metropoliten tarmogʻi uzunligikm7685901035.Toshkent shahridagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlashkm1001002502503006.Transport vositalari uchun toʻxtab turish joylarini tashkil etishming ta30303030307.Yoʻl oʻtkazgich va tonnellar barpo etishta233448.Avtobus bekatlarini rekonstruksiya qilishta3005006006006009.Yagona boshqaruv tizimiga ega intellektual svetoforlar bilan jihozlangan aqlli chorrahalar tashkil etishta10015015010020010.Piyodalar uchun maxsus yoʻlaklar tashkil etishkm404040404011.velosipedlar uchun maxsus yoʻlaklar tashkil etishkm2035354040
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-dekabrdagi PQ-368-son qaroriga2-ILOVA
Toshkent shahrida yoʻl harakatini tashkil etish markazining
1. Transport, yoʻlovchi va piyodalar oqimlari parametrlarini, yoʻl shart-sharoitlarini, yoʻl harakatining mavjud tashkiliy holatini, avtomobil transportining ekologik zarari parametrlarini, transport sohasiga “yashil” instrumentlarni joriy qilish statistikasini, yoʻl-transport hodisalarini, transport vositalarining doimiy va vaqtinchalik toʻxtab turish hamda saqlash joylariga doir maʼlumotlarni, yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirishni oʻz ichiga olgan yoʻl harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish.
2. Mavjud transport oqimlari, yoʻl harakatini tashkil qilish sxemalari va strategiyalarini baholash.
3. Toshkent shahrining transport master rejasini ishlab chiqish va aktuallashtirib borish, shu jumladan, shahar yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish, avtomobil yoʻllarini, koʻpriklarni, boshqa infratuzilma obyektlarini qurish hamda modernizatsiya qilish, yoʻl harakati samaradorligi va xavfsizligini oshirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish.
4. Ilmiy yondashuv asosida ishlab chiqilgan yoʻl harakatini tashkil qilish sxemalarini, yoʻl va transport infratuzilmasi obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish hamda yoʻl harakatini tashkil qilish loyihalarini virtual sinovdan oʻtkazish maqsadida shahar transport, yoʻlovchi va piyodalar oqimlarini matematik modellashtirish.
5. Yoʻl va transport infratuzilmasi obyektlaridan samarali foydalanish maqsadida quyidagilarni ishlab chiqish, amalga oshirish va aktuallashtirib borish:
svetofor obyektlari ishlarini tartibga solishni oʻz ichiga olgan yoʻl harakatini tashkil qilish sxemalari va loyihalari;
individual harakatlanish vositalari harakati hamda ularni vaqtinchalik joylashtirish infratuzilmasini, piyodalar yoʻlaklarini oʻz ichiga olgan koʻchalarni obodonlashtirish rejalari va dasturlari;
yuk tashish, ekologik va jamoat transporti tezligi karkaslari qoidalari;
transport vositalarining toʻxtab turish joylarini rivojlantirish konsepsiyasi.
6. Yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini oʻrnatish, saqlash, ekspluatatsiya qilish va joriy taʼmirlash boʻyicha texnik siyosatni belgilash va amalga oshirish.
7. Toshkent shahri hududida quyidagi ishlarni amalga oshirish uchun tegishli tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish:
transport master rejasi asosida yoʻl harakatini tashkil etish;
yoʻllar, yoʻl kesishmalari, koʻpriklar va boshqa transport infratuzilmasi obyektlarini, yoʻl harakatiga taʼsir koʻrsatuvchi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini, aloqa uskunalarini loyihalashtirish, qurish, taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilish, hududlarni obodonlashtirish ishlarini rejalashtirish;
intellektual transport tizimi vositasida yoʻl harakatining avtomatlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish.
8. Toshkent shahri hududidagi transport vositalarining toʻxtab turish joylari reyestrini yuritish.
9. Yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari dislokatsiyasi va texnik hujjatlarini yuritish hamda ularning muvofiqligi va texnik holatini nazorat qilib borish.
10. Yoʻl harakatini tashkil etish, yoʻllar, koʻchalar, jamoat transporti yoʻnalishidagi yoʻllarni qurish va rekonstruksiya qilish, jamoat transporti bekatlarini, transport vositalari toʻxtab turish joylarini belgilash, yoʻl harakatiga taʼsir qiladigan reklama va boshqa konstruksiyalarni joylashtirish loyihalarini kelishish va oʻrnatish.
11. Toshkent shahrida yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda yoʻl harakatini tashkil etishda dizayn-kod ishlab chiqilishida ishtirok etish.
12. Transport sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, toʻxtab turish joylarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy va texnik tartibga solish hujjatlari hamda yoʻriqnomalarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
13. Quyidagilarni:
avtomobil yoʻllari, transport infratuzilmasi obyektlari, yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari, jamoat transporti bekatlari holatini;
transport vositalari va individual harakatlanish vositalarining toʻxtab turish joylarini tashkil etish meʼyorlariga rioya etilishini;
davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar doirasida pudrat tashkilotlari tomonidan kommunal va boshqa maxsus texnika hamda transport ishlari bajarilishini;
yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari oʻrnatilishini nazorat qilish.
14. Yoʻl harakatini tashkil etish, yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi tadqiqotlarni oʻtkazish, shu jumladan, ushbu jarayonga yuqori malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilish.
15. Toshkent shahrida transport va yoʻl infratuzilmasiga doir xalqaro, tashqi iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni amalga oshirishda ishtirok etish.
16. Markazga yuklatilgan vazifa va vakolatlar doirasidagi boshqa funksiyalarni bajarish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-dekabrdagi PQ-368-son qaroriga3-ILOVA
Toshkent shahrida yoʻl harakatini tashkil etish markazining
1. Vazirliklar, Toshkent shahri va Toshkent viloyati davlat hokimiyati organlari, yoʻlovchi tashuvchi korxonalari, elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari, transport vositalarining vaqtinchalik va doimiy toʻxtab turish joylari, individual harakatlanish (mikromobil) vositalarining qisqa muddatli ijarasi operatorlari, boshqaruvchi kompaniyalar va muassasalardan maʼlumotlarni olish.
2. Quyidagilarni:
(a) yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarini;
(b) transport infratuzilmasi obyektlarini, shu jumladan, transport vositalari pulli toʻxtab turish va toʻxtash joylarini tashkil qilishning hududiy zonalarini, elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini, individual harakatlanish vositalari uchun toʻxtash joylarini joylashtirish sxemalarini (joylarini);
(v) yoʻl harakati qoidalari buzilishini, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va ekologiya sohalaridagi qonunbuzilishlarni foto va video vositalarida qayd etish majmualari hamda intellektual transport tizimi uskunalarining joylashish nuqtalarini;
(g) yerusti shahar yoʻlovchi transporti tashuvchilari tomonidan tashish xizmatlari toʻgʻrisidagi axborotni intellektual transport tizimiga integratsiya qilish va kiritish reglamentini tasdiqlash.
3. Quyidagilarni:
(a) avtomobil yoʻllarining ayrim uchastkalarida harakat tezligi rejimini;
(b) ayrim turdagi transport vositalarining, shu jumladan, yuk transporti vositalarining harakatiga cheklovlar oʻrnatish.
4. Yoʻl-transport infratuzilmasi obyektlarida (umumfoydalanishdagi yoʻllardan tashqari), muhandislik-kommunikatsiya va aloqa tarmoqlarida davlat organlari va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan taʼmirlash hamda boshqa, jumladan, obodonlashtirish ishlarini bajarishga ruxsatnoma berish.
5. Yuk tashish karkasi qoidalariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash maqsadida transport vositalarining ogʻirlik va hajm koʻrsatkichlarini nazorat qilish.
6. Toshkent shahri transport master rejasini, transport makromodelini, yuk tashish karkasi qoidalarini va yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarini ishlab chiqishga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish.
7. Foto va video qayd etish vositalari orqali tegishli joylashuv nuqtalarida qayd etiladigan yoʻl harakati qoidalari buzilishlarining roʻyxatiga hamda ushbu qoidabuzarliklar yuzasidan jarimalar miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflarni tegishli organlarga kiritish.
8. Foto va video qayd etish vositalari orqali aniqlanishi mumkin boʻlgan yoʻl harakati qoidalari buzilishlarining roʻyxati doirasida tegishli joylashuv nuqtalarida qayd etiladigan qoidabuzarliklar roʻyxatini belgilash.
9. Yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha yuzaga keladigan salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan yoʻl va transport infratuzilmasi obyektlarida ishlarni bajaruvchi, shuningdek, transport sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi tegishli tashkilotlarga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni kiritish.
10. Shaharda tirbandliklarni kamaytirish va yoʻl harakatini samarali tashkil etishga doir majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganligi uchun javobgar boʻlgan tashkilotlar vakillarini intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi tegishli tashkilotlar rahbarlariga takliflar kiritish.
11. Yoʻl va transport infratuzilmasi qismlari boʻlgan obyektlarda (temir yoʻl va aviatsiya obyektlaridan tashqari), yoʻl boʻyi mintaqasida joylashgan hamda unga bevosita tutashgan yer uchastkalarida, shuningdek, transport vositalarining toʻxtab turish joylari, jamoat transporti bekatlari va savdo avtomatlarini (vending) tashkil etish va foydalanishni oʻz ichiga olgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarida davlat sherigi funksiyasini bajarish.
12. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan mablagʻlar hisobidan yoʻl va transport sohasiga oid loyihalarni amalga oshirishda Toshkent shahar hokimligi manfaatlarini ifoda etish.
13. Qurilishi (rekonstruksiyasi) va mukammal taʼmirlanishi tugallangan yoʻl infratuzilmasi obyektlarini foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiya ishida ishtirok etish.
14. Xorijiy va mahalliy ekspertlarni toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilish, ularga va Markaz xodimlariga bajariladigan ishlar murakkabligi, sifati va hajmidan kelib chiqib tabaqalashtirilgan ish haqini belgilash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-dekabrdagi PQ-368-son qaroriga 4-ILOVA
Toshkent shahrida yoʻl harakatini tashkil etish markazi tomonidan yagona buyurtmachi funksiyasi bajariladigan ishlar
1. Toshkent shahrining transport master rejasini ishlab chiqish va tatbiq qilish sohasida strategiyalar, dasturlar, rejalar, loyihalar va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
2. Toshkent shahrida avtomobil yoʻllari, yoʻl kesishmalari, koʻpriklar hamda boshqa yoʻl va transport infratuzilmasi obyektlari qurilishi, taʼmiri hamda rekonstruksiyasining transport (transport sxemalarini ishlab chiqish, yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarini tayyorlash, transport modellashtirish) qismini rejalashtirish va loyihalashtirish.
3. Toshkent shahar hokimligi tomonidan belgilangan koʻchalarni shahar dizayn-kodiga muvofiq “fasaddan fasadgacha” formatda obodonlashtirish, shu jumladan, piyodalar uchun maxsus yoʻlaklar hamda shaxsiy transport vositalarida harakatlanish uchun infratuzilmani shakllantirish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
4. Yoʻl harakatini tashkil etish texnik vositalarini, shu jumladan, svetofor obyektlarini qurish (loyihalashtirish bilan), rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash.
5. Yoʻl boʻyi hududlari va koʻchalarda yoʻl harakati hamda obodonlashtirish sohasidagi qonun buzilish holatlarini avtomatlashtirilgan tarzda qayd etishga moʻljallangan axborot tizimlari va uskunalarni, shu jumladan, “Qulay muhit” hamda “Hokimiyat monitori” integratsiyalashgan tizimlarini ishlab chiqish, joriy etish, ekspluatatsiya va modernizatsiya qilish.
6. Transport (temir yoʻl va aviatsiya obyektlaridan tashqari) infratuzilmasi obyektlarida savdo avtomatlari (vending) tarmogʻini tashkil etish.
7. Toshkent shahrining intellektual transport tizimidan, shu jumladan, transport vositalarining ogʻirlik va hajm nazorati tizimidan foydalanish va modernizatsiya qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-dekabrdagi PQ-368-son qaroriga5-ILOVA
Vazirlik va idoralarning Toshkent shahrida yoʻl harakatini tashkil etish markaziga oʻtkaziladigan vakolatlari
T/rVakolat tavsifiVakolat joriy egasi1.Avtomobil yoʻllarida yoʻl harakatini tashkil etish loyihalarini tasdiqlashIchki ishlar vazirligi2.Transport (temir yoʻl va aviatsiya obyektlaridan tashqari) va yoʻl infratuzilmasi obyektlarini, shu jumladan, transport va yoʻl infratuzilmasi obyektlarida transport vositalarining toʻxtab turish joylari, elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari hamda savdo avtomatlarini (vending) joylashtirish sxemalarini (joylarini) tasdiqlashIchki ishlar vazirligi, Transport vazirligi3.Tegishli qoidabuzarliklar jazosi muqarrarligi va profilaktikasini taʼminlash maqsadida yoʻl harakati hamda obodonlashtirish qoidalari buzilishlarini foto va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari joylashish nuqtalarini tasdiqlashIchki ishlar vazirligi4.Toshkent shahri hududida joylashgan avtomobil yoʻllarida jamoat transporti ustuvor harakatlanishi uchun alohida ajratilgan yoʻlaklarni joriy etishIchki ishlar vazirligi, Transport vazirligi5.Yoʻl va transport infratuzilmasi obyektlarida (umumfoydalanishdagi yoʻllardan tashqari) turli darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar tomonidan bajariladigan taʼmirlash va boshqa ishlarni, shu jumladan, obodonlashtirish ishlarini, muhandislik-kommunikatsiya hamda aloqa tarmoqlaridagi ishlarni amalga oshirishga ruxsatnoma berishToshkent shahar hokimligi6.Alohida koʻchalarda va zonalashtirish tamoyili boʻyicha transportning yuqori hamda sekin harakat tezligiga doir tezlik rejimini hamda ayrim turdagi transport vositalarining, shu jumladan, yuk transporti vositalarining harakatiga cheklovlarni oʻrnatishIchki ishlar vazirligi7.Yuk tashish karkasi qoidalariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash maqsadida vazn va hajm parametrlarini nazorat qilishIchki ishlar vazirligi
* Ushbu vakolatlar Markaz tomonidan 2026-yil 1-iyuldan boshlab amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-dekabrdagi PQ-368-son qaroriga 6-ILOVA
Vazirlik, idora va tashkilotlarning Intellektual transport tizimiga integratsiya qilinadigan axborot tizimlari
T/rAxborot tizimi nomiAxborot tizimi operatori1.Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi, shu jumladan, “Jarima maydonchasi” axborot tizimiOʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati2.“Tashqi reklama” elektron raqamli monitoring tizimiToshkent shahar hokimligi huzuridagi “Raqamli rivojlanish departamenti” MCHJ3.Yerusti shahar yoʻlovchi transportida tashish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar va “Toshshahartransxizmat” AJ dispetcherlik xizmatlariTashuvchilar4.Tashuvchilar tomonidan yoʻnalish koʻrsatkichlari bajarilishi monitoringi, bajarilgan ishlar hajmi va sifatini belgilash hamda baholash, yoʻlkira haqi toʻlanishi nazorati va taqdim etilgan xizmatlar sifatini nazorat qilish tizimlariTransport vazirligi Toshkent shahar transport va yoʻl transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi huzuridagi “Yoʻlovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi5.“Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimi (KAAT)Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi6.“Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi“Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi7.“Pulli toʻxtab turish joylari” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi“Toshkent Invest kompaniyasi” AJ8.Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliOʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi9.Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimiUrbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi10.Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining axborot tizimiEkologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-dekabrdagi PQ-368-son qaroriga 7-ILOVA
Toshkent shahar hokimligining yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish
T/rManba nomiTushum miqdori1.Toshkent shahrida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-martdagi PQ-4642-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismi toʻliq oʻtkaziladi)35 foiz2.Toshkent shahrida tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasi(Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 232-son qaroriga muvofiq:IIVning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismining 26 foizi*;Toshkent shahar mahalliy budjetiga yoʻnaltiriladigan qismining 20 foizi;Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltirilgan qismidan 30 foizi,Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismi toʻliq,yoʻl harakati qoidalari buzilishi qayd etilgan tuman va shahar hokimliklari yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladigan qismi toʻliq oʻtkaziladi)25,5 foiz3.Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimi yordamida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun toʻlanadigan jarimalardan va koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan tushumlar summasi(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-318-son qaroriga muvofiq:IIV “Xavfsiz shahar” markaziga yoʻnaltiriladigan summaning 1/12 qismi*;Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismi toʻliq oʻtkaziladi)15 foiz4.Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar va koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan tushumlar summasi(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PQ-3989-son qaroriga muvofiq “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan qismining 8 foizi oʻtkaziladi)2 foiz5.Toshkent shahrida yoʻnalishlardagi avtobuslarda oʻrnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summalari ularni jamoat transportini rivojlantirishga yoʻnaltirish sharti bilan(Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-son qaroriga muvofiq “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismining 50 foizi oʻtkaziladi)10 foiz6.Toshkent shahrida avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma olish va oʻzgartirish uchun yigʻimlar(Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-iyuldagi 547-son qaroriga muvofiq “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismi toʻliq oʻtkaziladi)20 foiz7.Toshkent shahrida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima va koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan tushumlar summasi(Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-fevraldagi 71-15-son qaroriga muvofiq Toshkent shahar mahalliy budjetiga yoʻnaltiriladigan qismining 50 foizi hamda IIV YHXX moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan qismining 50 foizi oʻtkaziladi)15 foiz8.“Qulay muhit” va “Hokimiyat monitori” integratsiyalangan tizimlari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar va koʻrsatilgan xizmatlardan undirilgan jarimalar summasi**40 foiz9.Tashqi reklama yerusti shahar yoʻlovchi transportida joylashtirilganligi uchun toʻlanadigan mablagʻlar(Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-son qaroriga muvofiq Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmasi huzuridagi maxsus jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan qismi toʻliq oʻtkaziladi)50 foiz10.Davlat dasturlari asosida Toshkent shahri hududida yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha alohida tadbirlar uchun budjet parametrlarida har yili nazarda tutiladigan mablagʻlar100 foiz11.Markaz davlat sherigi boʻlgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha davlat sherigiga toʻlanadigan mablagʻlar100 foiz12.Toshkent shahri hududida davlatga, shu jumladan, davlat hokimiyati va joylardagi davlat hokimiyati organlari tarkibiy tuzilmasi tashkilotlariga tegishli boʻlgan yer uchastkalari va (yoki) mulkiy majmualarida joylashgan transport vositalarining pulli toʻxtab turish hamda toʻxtab turish joylariga transport vositalarini joylashtirganlik uchun toʻlovlardan tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻlanadigan daromadlar summalari100 foiz13.Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklaridagi depozit hisobvaraqlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar100 foiz14.Davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratiladigan grantlar summasi100 foiz15.Xalqaro moliya institutlari va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar summasi100 foiz16.Jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya va homiylik mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar summasi100 foiz
* Mazkur mablagʻlar IIV bilan kelishilgan holda Toshkent shahar IIBBning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun yoʻnaltiriladi.
** Mazkur jarima summasining qolgan 40 foizi mahalliy budjetga, 10 foizi “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markaziga, 10 foizi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-dekabrdagi PQ-368-son qaroriga 8-ILOVA
Toshkent shahar hokimligining yoʻl va transport infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish
1. Toshkent shahrida yoʻllar, yoʻl oʻtkazgichlar, koʻpriklar va yoʻl kesishmalari tizimlari tahlilini, ularni rivojlantirish hamda rekonstruksiya qilish rejalarini, shuningdek, Toshkent shahrining transport master rejasini ishlab chiqish.
2. Tahliliy tadqiqotlar va eng yaxshi jahon tajribalari monitoringini hamda texnik yechimlarni buyurtma qilish.
3. Strategik va texnik hujjatlarni, normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar loyihalarini, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish.
4. Geodeziya-kartografiya, loyiha-qidiruv va loyihalashtirish ishlarini, sinovlar hamda sifat nazorati tadbirlarini oʻtkazish.
5. Axborot tizimlari va dasturiy-apparat komplekslarini ishlab chiqish, joriy etish, ekspluatatsiya va modernizatsiya qilish.
6. Intellektual faoliyat natijalariga nisbatan huquqlar olish.
7. Toshkent shahrining intellektual transport tizimini ishlab chiqish hamda uchinchi shaxslar axborot tizimlari va uskunalari bilan integratsiyalashga doir ishlarni bajarish va aloqa kanallarini tashkil etish.
8. Yerusti shahar yoʻlovchi transportida tashuvlarni amalga oshiruvchi transport vositalarida oʻrnatish uchun server uskunalarini, yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini, qoidabuzarliklarni, shu jumladan, mahallalarda obodonlashtirish va qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qoidabuzarliklarni avtomatlashtirilgan tarzda qayd etish majmualari hamda tashkiliy texnikalarni yetkazib berish, montaj qilish, ishga tushirish, ishlatish, taʼmirlash va modernizatsiya qilish.
9. Avtotransport vositalarini, shu jumladan, maxsus transport vositalarini, avtolaboratoriyalarni, qoidabuzarliklarni avtomatlashtirilgan tarzda qayd etish koʻchma vositalarini xarid qilish va ishlatish.
10. Toshkent shahrida yoʻl harakatini tashkil etish markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) moddiy-texnika bazasini shakllantirish, saqlash va rivojlantirish.
11. Hujjatlar, loyihalar, texnik-tijoriy takliflar, xarid tartibotlarida qatnashish uchun buyurtmalar, moliyaviy modellar va biznes-rejalarni ekspertizadan oʻtkazish.
12. Uskunalarning oʻrnatilgan texnik talablarga muvofiqligini tasdiqlashga doir ishlarni bajarish.
13. Maslahat xizmatlariga, shu jumladan xalqaro ekspert tashkilotlari va ekspertlar ishlariga haq toʻlash.
14. Binolar, uskunalar, serverlar va aloqa kanallarini ijaraga olish.
15. Aloqa xizmatlariga haq toʻlash.
16. Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish.
17. Markaz zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida jalb qilingan xorijiy mutaxassislar va maslahatchilar xizmatlariga, shuningdek, ularni jalb etish bilan bogʻliq tashkiliy xarajatlarga haq toʻlash.
18. Markaz faoliyati sohasida xalqaro tajribani oʻrganish maqsadida Markaz va tarkibiy tashkilotlar xodimlarining xizmat safarlari xarajatlariga haq toʻlash.
19. Jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yoʻlaklarni tashkil etish va saqlash, aholining mikromobilligini oshirish maqsadida veloyoʻlaklar tashkil etish, yoʻl obyektlari va avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish.
20. Jamoat transporti infratuzilmasi, shu jumladan, avtobus bekatlari, oxirgi bekatlar, transport oʻtish bogʻlamalarini qurish, saqlash va foydalanish.
21. Aholi mikromobilligini oshirish maqsadida veloyoʻlaklar tashkil qilish.
22. Yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini oʻrnatish, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, demontaj qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-dekabrdagi PQ-368-son qaroriga9-ILOVA
Toshkent shahrida transportni boshqarishning samarali tizimini yaratish boʻyicha
* Loyihalarning aniq qiymati loyiha-smeta hujjatlariga asosan aniqlanadi.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-iyuldagi PQ-279-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2026-y., 07/26/279/0795-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-dekabrdagi PQ-368-son qaroriga10-ILOVA
Toshkent shahrida yoʻl harakatini tashkil etish boʻyicha idoralararo ishchi komissiya
1.Sh. Umurzakov—Toshkent shahar hokimi, Ishchi komissiya raisi2.Lavozimiga koʻra—Toshkent shahar hokimining transport va yoʻl infratuzilmasi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi komissiya raisi oʻrinbosari3.M. Yuldashev—Raqamli texnologiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi4.A. Gurko—mustaqil ekspert5.M. Adilov—Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi6.A. Sadirov—Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi7.M. Ikramov—Toshkent shahar Transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi8.V. Xusanov—Toshkent shahar Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi9.T. Ergashev—Toshkent viloyati Transport boshqarmasi boshligʻi v.b.10.M. Muxitdinov—Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi11.A. Alimatov—Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi v.b.12.Lavozimiga koʻra—Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi13.Lavozimiga koʻra—Energetika vazirligi boshqarma boshligʻi14.A. Xujanov—“Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi v.v.b.15.Sh. Poʻlatov—“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ rahbari16.T. Grabovich—“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali boshligʻi17.R. Usmonov—“Toshkent metropoliteni” DUK boshligʻi18.Lavozimiga koʻra—“Telecom Soft” MCHJ bosh direktori19.U. Kulanov—“Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi” DM direktori20.M. Berdiklichev—“Oʻzbektelekom” AK raisi oʻrinbosari21.S. Mamadjanov—“Toshkent shahar suv taʼminoti” AJ bosh direktori22.S. Pardayeva—“Veolia Energy Tashkent” MCHJ direktori23.Lavozimiga koʻra— Toshkent shahrida Yoʻl harakatini tashkil etish markazi direktori, Ishchi komissiya kotibi
Izoh: Ishchi komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.