PQ-376-son Qaror · 15.12.2025

2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-376
  • Qabul qilingan sana:15.12.2025
  • Kuchga kirgan sana:15.12.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/376/1166

2027-yilda Oʻzbekiston va Ozarbayjonda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish hamda Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi va Osiyo futbol konfederatsiyasining nufuzli yirik musobaqalarini oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:

I. Ustuvor yoʻnalishlar

1. 2027-yilda futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatini (keyingi oʻrinlarda — Jahon chempionati) tashkil etish va oʻtkazishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:

(a) Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik koʻrish, uni yuqori darajada oʻtkazish;

(b) Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — FIFA) talablariga muvofiq zarur boʻlgan infratuzilmani yaratish;

(v) Jahon chempionati ishtirokchilari va muxlislariga yuqori darajadagi xizmatlarni koʻrsatish uchun qulay sharoitlar yaratish;

(g) Jahon chempionatini oʻtkazish orqali mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzini oshirish, xorijiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

II. Jahon chempionatini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar

2. Quyidagilar:

(a) 2025-yil 2-oktabr kuni FIFA Kengashi tomonidan futbol boʻyicha Jahon chempionatini Oʻzbekiston va Ozarbayjonda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin;

(b) 2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;

(v) 2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Tashkiliy qoʻmitaga (A. Aripov) quyidagi vazifalar yuklatilsin:

(a) Jahon chempionatini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha masʼul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

(b) FIFA talablariga muvofiq Jahon chempionati oʻtkaziladigan obyektlarning infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy texnik va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanishini taʼminlash;

(v) Jahon chempionati ishtirokchilarining Oʻzbekistonga kelib-ketishi, ularga viza rasmiylashtirilishi, transport, tibbiy xizmat koʻrsatish va volontyorlik masalalarini muvofiqlashtirish;

(g) Jahon chempionati boʻlib oʻtadigan hududlarni uzluksiz va muqobil elektr energiyasi bilan taʼminlash, obodonlashtirish ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;

(d) Jahon chempionati boʻlib oʻtadigan hududlarda futbol stadionlari, mashgʻulot maydonlari va mehmonxonalarni tayyor holatga keltirish.

4. Belgilansinki, Tashkiliy qoʻmitaga ushbu qarorning 3-bandida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida Jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq tezkor qarorlarni qabul qilish vakolati beriladi.

III. Moliyaviy resurslar

5. 2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionati doirasida amalga oshiriladigan xarajatlar va ularni moliyalashtirish manbalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Sport vazirligi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga asosan Transport vazirligi:

(a) Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar hamda oʻyin kunlari chiptalari mavjud boʻlgan shaxslarning jamoat transporti vositalarida borib kelishi uchun Toshkent — Yangi Toshkent — Toshkent yoʻnalishida alohida avtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻysin;

(b) Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar hamda oʻyin kunlari chiptalari mavjud boʻlgan shaxslar uchun jamoat transporti vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyatlarini yaratish choralarini koʻrsin.

IV. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

7. FIFA va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining Toshkent shahrida FIFAning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy ofisini (keyingi oʻrinlarda — mintaqaviy ofis) ochish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

8. Belgilansinki:

(a) mintaqaviy ofisni tashkil etish va saqlash xarajatlari birinchi navbatda FIFA tomonidan ajratiladigan mablagʻlar, yetmagan qismi esa Oʻzbekiston futbolni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, biroq umumiy xarajatlarning 50 foizidan oshmagan miqdorda qoplanadi;

(b) mintaqaviy ofis Toshkent shahri Islom Karimov koʻchasi 98a-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining binosida begʻaraz asosda joylashtiriladi;

(v) mintaqaviy ofis binosini taʼmirlash, zarur mebel, jihoz, texnika va transport vositalari bilan taʼminlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi PQ-355-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi. Bunda minimal saqlash talablari Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan belgilanadi.

V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

9. Jahon chempionatini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida:

(a) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Yangi Toshkent shahri hududida barpo etilayotgan “Yangi Toshkent markaziy futbol oʻyingohi” FIFA va Osiyo futbol konfederatsiyasining nufuzli musobaqalar oʻtkazish boʻyicha talablariga moslashtirilishini nazorat qilsin;

(b) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Sport vazirligi bilan birgalikda:

(i) Jahon chempionatining rasmiy futbol toʻpini, logotipini, ramzini (maskot) ommaga tanishtirish marosimlari hamda boshqa rasmiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish choralarini koʻrsin;

(ii) Jahon chempionati bosh sovrini — Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika boʻylab marshrutini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini tashkil etsin;

(v) Energetika vazirligi Jahon chempionati obyektlari va Xalqaro translyatsiya markazini FIFA talablari boʻyicha uzluksiz va muqobil elektr energiyasi bilan taʼminlasin;

(g) Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 2026-yil 1-yanvarga qadar FIFA talabi asosida Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha mahalliy ishchi guruh (Local Organization Committee) tashkil etsin.

10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi:

(a) FIFA tomonidan belgilangan talablarga muvofiq Jahon chempionati uchrashuvlarini efirga uzatish huquqi uchun litsenziya olish choralarini koʻrsin;

(b) Jahon chempionatini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha mediarejani ishlab chiqsin;

(v) mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar eʼlon qilinishi, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tayyorlanishini tashkil etsin.

11. Sport vazirligi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

(a) uch oy muddatda mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq xarajatlarni moliyalashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini;

(b) 2026-yil 1-mayga qadar Vazirlar Mahkamasining FIFA bilan erishilgan kelishuvdan kelib chiqib, Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va yuqori saviyada oʻtkazish doirasida FIFAga, uning aʼzolari va hamkorlariga, tashkil etilayotgan mahalliy ishchi guruhga, tadbirkorlik subyektlari va muxlislarga taqdim etilayotgan qulaylik va imtiyozlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritsin.

12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik koʻrish, uni yuqori darajada tashkil etish va oʻtkazish uchun talab etiladigan mablagʻlar 2026-2027-yillarda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishini taʼminlasin.

13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi B.N. Kurbanov hamda Toshkent shahar hokimi Sh.B. Umurzakov belgilansin.

14. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sport boʻyicha vakili O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 15-dekabr,

PQ-376-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-dekabrdagi PQ-376-son qaroriga1-ILOVA

2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning

1. A.N. Aripov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi 2. B.N. Kurbanov — Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari 3. A.I. Ikramov — sport vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari 4. J.A. Qoʻchqorov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri 5. B.O. Saidov — tashqi ishlar vaziri 6. A.J. Tashkulov — adliya vaziri 7. K.A. Sharipov — oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri 8. Sh.X. Shermatov — raqamli texnologiyalar vaziri 9. A.A. Xudayarov — sogʻliqni saqlash vaziri 10. O.A. Nazarbekov — madaniyat vaziri 11. I.R. Maxkamov — transport vaziri 12. J.T. Mirzamahmudov — energetika vaziri 13. A.A. Tashpulatov — ichki ishlar vaziri 14. B.B. Kudratxodjayev — favqulodda vaziyatlar vaziri 15. R.M. Djurayev — Milliy gvardiya qoʻmondoni 16. F.J. Pulatov — Soliq qoʻmitasi raisi 17. O.O. Kasimov — Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi 18. A.A. Koʻchimov — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori 19. A.A. Djuraboyev — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniya raisi 20. Sh.B. Umurzakov — Toshkent shahar hokimi 21. Sh.Sh. Xudaykulov — “Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi 22. J.O. Umarxodjayev — “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi 23. Z.Gʻ. Narzullayev — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi 24. Lavozimiga koʻra — Jahon chempionati guruh oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari 25. R.S. Irmatov — Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi birinchi oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi

Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-dekabrdagi PQ-376-son qaroriga2-ILOVA

2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha

T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiMuddatiMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilar1.2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionati (keyingi oʻrinlarda — Jahon chempionati) obyektlari va boshqa infratuzilmalarni FIFA masʼullari bilan inspeksiya qilish.1. Jahon chempionati obyektlari va boshqa infratuzilmalar roʻyxatini shakllantirish.2026-yil yanvar-Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi(R. Irmatov),Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari2. Jahon chempionati obyektlari va boshqa infratuzilmalarni FIFA masʼullari bilan inspeksiya qilish.2026-yil dekabr3. Inspeksiya natijalariga koʻra takliflar ishlab chiqish va kamchiliklarni bartaraf etish.2027-yil aprel2.Jahon chempionati qurʼa tashlash marosimini tashkil etish.1. Jahon chempionati qurʼa tashlash marosimini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish.2027-yil yanvarVazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlariOʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi(R. Irmatov),Sport vazirligi(A. Ikramov),Madaniyat vazirligi(O. Nazarbekov),Energetika vazirligi(J. Mirzamahmudov),Toshkent shahar hokimligi(Sh. Umurzakov)2. Jahon chempionati qurʼa tashlash marosimini oʻtkazish joyini belgilash.2027-yil mart3. Jahon chempionati qurʼa tashlash marosimini yuqori saviyada oʻtkazish.2027-yil may3.Jahon chempionati obyektlari va Xalqaro translyatsiya markazini FIFA talablari boʻyicha uzluksiz va muqobil elektr energiyasi bilan taʼminlash.1. Jahon chempionati obyektlarini uzluksiz va muqobil elektr energiyasi bilan taʼminlash.2026-yil iyun-Energetika vazirligi(J. Mirzamahmudov),Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi(R. Irmatov)2. Stadionlar, mashgʻulot maydonlari, mehmonxonalar va Xalqaro translyatsiya markazida:FIFA talablariga muvofiq teleuzatish uskunalarini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash uchun vaqtinchalik qurilmalarni oʻrnatish;yoritish jihozlarini ishlatish jarayonlarida, shu jumladan, ochilish marosimi davrida barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash choralarini koʻrish;doimiy tarzda generator va uzluksiz elektr manbai (UPS) bilan taʼminlash.2027-yil oktabrVazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlariBunda elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlashda xizmat koʻrsatuvchi etib belgilangan pudrat tashkilotining montaj va demontaj ishlari, ekspluatatsiya qilish hamda saqlash xarajatlari Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan joylardagi hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlari tomonidan qoplanadi.Ijrochilar mablagʻlariEnergetika vazirligi(J. Mirzamahmudov)4.Jahon chempionati delegatlari, ishtirokchilari, FIFA rasmiy mehmonlari va muxlislar uchun mehmonxonalarni va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlarini tayyorlash.1. Jahon chempionati delegatlari, ishtirokchilari, FIFA rasmiy mehmonlari va muxlislar uchun Jahon chempionati guruh oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlardagi mehmonxonalarni va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlarini belgilash.2026-yil iyunVazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlariOʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi(R. Irmatov),Jahon chempionati oʻyinlar oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari,Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov)2. Mehmonxonalar yuqori servis xizmatlari koʻrsatishi boʻyicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqish hamda har bir mehmonxonaga masʼullarni biriktirish.2027-yil iyul3. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi talabnomasiga asosan Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlardagi mehmonxonalarda Jahon chempionati delegatlari, FIFA rasmiy mehmonlari uchun alohida maxsus internet tarmogʻini (WLAN) ajratish, translyatsiya jarayonini toʻgʻridan-toʻgʻri namoyishlarni tahlil qilish uchun zarur boʻlgan texnik jihozlar bilan taʼminlash.4. Jahon chempionati uchun tashkil etiladigan yagona yuqori tezlikdagi internet tizimiga tegishli mehmonxonalar ulanishini taʼminlash.2027-yil avgustIjrochilar mablagʻlari5.Jahon chempionati oʻtkaziladigan va ishtirokchilar boʻlib turgan obyektlargacha boʻlgan marshrutlarda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.Obyektlarga olib boruvchi yoʻllarda obodonlashtirish ishlarini olib borish, uylar, doʻkonlar, binolarning fasad va tom qismini taʼmirlash, chiqindilardan tozalash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilash.2027-yil may — iyulIjrochilar mablagʻlariJahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari6.Jahon chempionatini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalarni xarid qilish.1. Jahon chempionatini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalar roʻyxatini shakllantirish.2. Jahon chempionatini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalarni xarid qilish choralarini koʻrish.2027-yil mayVazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlariOʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi(R. Irmatov)7.Jahon chempionatini targʻib qiluvchi rasmiy videoroliklar tayyorlash.1. FIFA mutaxassislari tavsiyasiga koʻra Jahon chempionatining rasmiy videoroliklarini tayyorlash.2. Ushbu videoroliklarning ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻibotini tashkil qilish.2027-yil iyun — oktabrVazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlariOʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi(R. Irmatov)8.FIFAning xavfsizlik talablari boʻyicha treninglar tashkil qilish.1. Treninglar oʻtkazish muddatlarini belgilash va ishtirokchilarni jalb qilish.2. Jahon chempionatidagi oʻyinlar oʻtkaziladigan hududlarda Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya vakillari uchun trening tashkil qilish.2027-yil iyun — avgust-Ichki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov),Milliy gvardiya(R. Djurayev)9.Jahon chempionatining rasmiy marosimlari hamda boshqa rasmiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish.1. Ishtirokchilar roʻyxatini tuzish va jalb qilish.2. Jahon chempionatining rasmiy futbol toʻpini, logotipini, ramzini (maskot) ommaga tanishtirish marosimlari hamda boshqa rasmiy tadbirlarni tashkil etish.2027-yil iyun — oktabrVazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlariOʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi(R. Irmatov),Transport vazirligi(I. Maxkamov),Sport vazirligi(A. Ikramov),Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari3. Aeroport va temir yoʻl vokzallarida hamda markaziy koʻchalar boʻylab oʻrnatilgan bannerlar va LED monitorlarda Jahon chempionatini keng yoritish.Mahalliy budjet mablagʻlari10.Jahon chempionati ishtirokchilari va muxlislar uchun transport qulayliklarini yaratish.1. Jahon chempionatining delegatlari, ishtirokchilari hamda FIFA rasmiy mehmonlarini Toshkent shahridagi aeroportda kutib olish va kuzatish, xizmat avtotransport vositalarini ajratish.2. Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlardagi xalqaro aeroportda Jahon chempionati ishtirokchilari, muxlislari uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.3. Axborot belgilarini oʻrnatish.4. Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlardagi xalqaro aeroportlarda ishchi guruh shtabini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.5. Xorijiy ishtirokchilar va mehmonlar uchun mahalliy aviaqatnovlarga belgilangan tartibda joylarni band qilish.2027-yil avgust — oktabr-Toshkent shahar hokimligi(Sh. Umurzakov),Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari,“Uzbekistan Airports” AJ(J. Umarxodjayev),Transport vazirligi(I. Maxkamov)6. Xorijiy ishtirokchilar uchun qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga belgilangan tartibda temir yoʻl chiptalari zaxirasini yaratish va rasmiylashtirish.“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ(Z. Narzullayev)7. Jahon chempionatida akkreditatsiyadan oʻtgan shaxslar hamda oʻyin kunlari chiptalari mavjud boʻlgan shaxslarning jamoat transporti vositalarida borib kelishi uchun Toshkent — Yangi Toshkent — Toshkent yoʻnalishida alohida avtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyish.Transport vazirligi(I. Maxkamov)11.Jahon chempionati davrida ishtirokchilarning viza masalalarini tezkor hal qilish.1. Jahon chempionatida ishtirok etadigan xorijiy ishtirokchilar hamda rasmiy mehmonlarni yigʻimlardan ozod qilish hamda Jahon chempionatidagi oʻyinlar oʻtkaziladigan hududlardagi aeroportlarda bepul rasmiylashtirilishini taʼminlash.2. Jahon chempionati davrida ishtirokchilarning viza masalalarini tezkor hal qilish uchun Tashqi ishlar vazirligining xodimlarini ajratish.3. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq Jahon chempionatida ishtirok etadigan xorijiy VIP mehmonlarga yoʻllanadigan taklifnomalarni diplomatik kanallar orqali xorij tomonga yetkazish.2027-yil avgust — oktabr-Tashqi ishlar vazirligi(B. Saidov),Transport vazirligi(I. Maxkamov),“Uzbekistan Airports” AJ(J. Umarxodjayev)12.Jahon chempionatini tashkil etish va oʻtkazish jarayoniga oliy taʼlim tashkilotlaridan volontyorlar va tarjimonlarni (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis tillari boʻyicha) jalb etish.1. Oliy taʼlim tashkilotlaridan volontyorlar va tarjimonlar (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis tillari boʻyicha) jamoalarini shakllantirish va tasdiqlash.2027-yil iyunVazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Yoshlar ishlari agentligi(A. Saʼdullayev)2. Jahon chempionati davrida xorijiy mehmonlarga hamrohlik qilish uchun davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan jalb etilgan volontyorlar va tarjimonlarni fanlarni keyinchalik oʻzlashtirish sharti bilan oʻquv mashgʻulotlaridan ozod etish choralarini koʻrish.3. Oliy taʼlim tashkilotlaridan volontyorlar va tarjimonlar uchun oʻquv treninglar tashkil qilish hamda zarur vositalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish.2027-yil yanvar — noyabr13.Jahon chempionati doirasida xorijiy (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis) tillarda sinxron tarjimonlarni ajratish.1. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining talabnomalariga muvofiq Jahon chempionati doirasida xorijiy (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis) tillarda sinxron tarjimonlarni ajratish.2. Sinxron tarjimonlarning ovqatlanishini tashkil qilish hamda ularning harakatlanishi uchun tegishli transport vositalarini ajratish.2027-yil may — noyabrVazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlariTashqi ishlar vazirligi(B. Saidov),Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi(R. Irmatov)14.Jahon chempionati oʻtkaziladigan sport obyektlari va mehmonxonalarda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilish.1. Jahon chempionati oʻtkaziladigan sport obyektlari va mehmonxonalarda tibbiyot xonalarini FIFA talablariga muvofiq tibbiy jihozlar bilan taʼminlash.2. Akkreditatsiyaga ega boʻlgan shaxslarga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha belgilangan shifoxonalarda alohida tibbiyot boʻlimlarida yashil yoʻlakchalar tashkil etish hamda xizmat koʻrsatuvchi malakali tibbiyot xodimlarini biriktirish.2027-yil may — noyabr-Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov)15.Jahon chempionati oʻtkaziladigan obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil qilish.1. Jahon chempionati oʻtkaziladigan obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash.2. Jahon chempionatini oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarda tegishli asbob-uskunalar va jihozlardan yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatish.2027-yil may — noyabr-Favqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev)16.Jahon chempionati bosh sovrini — Jahon kubogini ommaga tanishtirish marosimini oʻtkazish.1. “Trophy tour” marosimini tashkil etishda ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni jalb etish.2. “Trophy tour” marosim dasturini ishlab chiqish.3. “Trophy tour” marosimini yuqori saviyada tashkil qilish va ommaviy axborot vositalarida yoritish.2027-yil iyun — avgustVazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlariOʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi(R. Irmatov)17.Jahon chempionati ishtirokchilari uchun bepul “Wi-Fi” hududlarini tashkil etish.1. Jahon chempionati ishtirokchilari va mehmonlar joylashadigan VVIP, VIP zonalar, mehmonxonalar, anjuman zallari, sport obyektlari, mashgʻulot maydonlari va matbuot markazida bepul “Wi-Fi” hududlarini tashkil etish.2. Jahon chempionati oʻtkaziladigan sport obyektlari uchun kiberxavfsizlik uskunalarini (litsenziyasi bilan), CATV tizimi xarid qilinishini, qoʻshimcha LED ekran oʻrnatilishini hamda FIFA delegatsiyasining mobil qurilmalarini UzIMEI tizimidan roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlash.2027-yil yanvar — oktabrMahalliy budjet mablagʻlariJahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari,Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi(R. Irmatov)3. FIFA va mahalliy ishchi guruh aʼzolarini xalqaro maxsus tarif rejasiga ega boʻlgan Sim kartalar bilan bepul taʼminlash.Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlariOʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi(R. Irmatov)4. Stadionlar hamda Xalqaro translyatsiya markazi yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga (1 — 10 Gb) ulanishini hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bilan birgalikda kiberxavfsizlik talabiga javob berishini taʼminlash.“Kiberxavfsizlik markazi” DUK(O. Mirzayev)18.Toshkent shahrida Jahon chempionatining rasmiy ochilish va yopilish marosimlarini belgilangan tartibda oʻtkazish.1. Jahon chempionatining rasmiy ochilish va yopilish marosimlari dasturini ishlab chiqish.2027-yil iyulVazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlariOʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi(R. Irmatov),Madaniyat vazirligi(O. Nazarbekov),Sport vazirligi(A. Ikramov)Toshkent shahar hokimligi(Sh. Umurzakov)2. Jahon chempionatining delegatlari, ishtirokchilarini hamda FIFA rasmiy mehmonlarini xalqaro tadbirga jalb qilish choralarini koʻrish.3. Jahon chempionatining rasmiy ochilish va yopilish marosimlarini tashkil qilish.2027-yil sentabr19.Jahon chempionatining rasmiy marosimlari madaniy qismini tashkil etish.1. Jahon chempionatining rasmiy marosimlari ssenariysi va badiiy dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.Bunda ochilish va yopilish marosimlarining madaniy dasturida FIFAga aʼzo mamlakatlarning madaniyatini aks ettiruvchi kuy va qoʻshiqlarni inobatga olish.2027-yil avgustVazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlariMadaniyat vazirligi(O. Nazarbekov)2. Tadbirlarni, shu jumladan, konsert dasturlarini yuqori saviyada oʻtkazish uchun taniqli sanʼatkorlar va milliy guruhlar ishtirokini belgilangan tartibda (shartnoma asosida) taʼminlash.2027-yil sentabr-oktabr20.Jahon chempionati oʻtkazilishi munosabati bilan stadionlar va transport vositalarini brending qilish (bezash).1. Jahon chempionatining guruh oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar yoʻnalishlaridagi tezyurar poyezdlarni Jahon chempionati brendi bilan bezatish choralarini koʻrish.2. Stadion va mashgʻulot maydonlarini Jahon chempionati oʻtkazilishi munosabati bilan brending qilish (bezash).2027-yil avgustVazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlariTransport vazirligi(I. Maxkamov),“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ(Z. Narzullayev),Jahon chempionati oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar hokimliklari21.Jahon chempionatini oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash.1. Jahon chempionati oʻtkaziladigan sport obyektlari, mashgʻulot maydonlari va mehmonxonalarni oʻrganish.2026-yil avgustIjrochilar mablagʻlariIchki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov),Milliy gvardiya(R. Djurayev),Favqulodda vaziyatlar vazirligi(B. Kudratxodjayev)2. Oʻrganish natijalariga koʻra FIFAning xavfsizlik talablarini inobatga olgan holda Jahon chempionatini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqish.2026-yil oktabr3. Jahon chempionati musobaqalari, rasmiy futbol toʻpini, logotipini, ramzi (maskot)ni ommaga tanishtirish marosimlari, “Trophy experience” futbol turi hamda anjumanlarda xavfsizlik talablarini taʼminlash.2027-yil fevral — oktabr4. Jahon chempionatini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Xavfsizlik konsepsiyasiga muvofiq texnik vositalar hamda uskunalarni xarid qilish.2027-yil mart22.Jahon chempionatini yoritish ishlarini tashkil qilish.1. Toshkent shahrida Jahon chempionatining Xalqaro translyatsiya markazini tashkil etish.2027-yil mayVazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlariOʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi(A. Djuraboyev),Energetika vazirligi(J. Mirzamahmudov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi(A. Koʻchimov),Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi(R. Irmatov)2. Toshkent shahri va Jahon chempionatining guruh oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlardan efir signallarini qabul qilish hamda uzatish choralarini koʻrish.3. Jahon chempionatini targʻib etuvchi videoroliklarni namoyish qilish uchun tomoshabinlarga qulay boʻlgan paytni inobatga olib, efir vaqtini ajratish.4. Jahon chempionati oʻtkaziladigan obyektlar, konferensiya va koʻrgazma zallari, matbuot xonalarini LED monitorlar, zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari va yuqori tezlikdagi internet xizmati bilan taʼminlash.5. Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Jahon chempionati veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borish.2027-yil may — noyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-dekabrdagi PQ-376-son qaroriga3-ILOVA

2027-yilgi futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionati doirasida amalga oshiriladigan xarajatlar va ularni moliyalashtirish manbalari

1. Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:

(a) 2027-yilda futbol boʻyicha U-20 Jahon chempionatining (keyingi oʻrinlarda — Jahon chempionati) qurʼa tashlash, ochilish va yopilish marosimlarini tashkil etish va oʻtkazish;

(b) Jahon chempionati sport obyektlarini ijaraga olish, bezatish, targʻibot materiallarini (tarqatma materiallar va boshqalar) tayyorlash va chop etish hamda axborot-koʻngilochar tizimni (Infotainment) Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — FIFA) talabnomasi asosida zarur jihozlar bilan taʼminlash;

(v) rasmiy xorijiy mehmonlar, ishtirokchi jamoalar, hakamlar, ularga biriktirilgan gid-tarjimon va kuzatuvchilar, volontyor, ommaviy axborot vositalari vakillari, Tashkiliy qoʻmita aʼzolari, mahalliy ishchi guruh aʼzolarining mehmonxonaga joylashtirilishini, transport vositalari bilan taʼminlanishini, ovqatlanishini tashkil etish;

(g) tashkiliy masalalarni tezkor hal qilish boʻyicha mahalliy ishchi guruh (Local Organization Committee) aʼzolarining mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish xarajatlarini qoplash;

(d) Jahon chempionati oʻtkaziladigan obyektlar, matbuot xonalarini LED monitorlar, zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari va yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash;

(j) Jahon chempionatini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sport jihozlari va anjomlari hamda asbob-uskunalarni xarid qilish;

(z) Xalqaro translyatsiya markazini tashkil etish va uning FIFA talablariga muvofiq faoliyat koʻrsatishini yoʻlga qoʻyish hamda FIFA talablariga asosan ishlab chiqiladigan Xavfsizlik konsepsiyasiga muvofiq texnik vositalar hamda uskunalar bilan taʼminlash;

(i) Jahon chempionatini targʻib qiluvchi rasmiy videoroliklarni tayyorlash;

(k) Jahon chempionati bosh sovrini — Jahon kubogini ommaga tanishtirish tadbirlarini tashkil etish;

(l) Jahon chempionati oʻtkaziladigan sport obyektlarini umumiy sugʻurta (mulkiy va javobgarlik) qilish hamda FIFA xodimlari uchun hayotni sugʻurta (jismoniy shaxslarning hayoti, sogʻligʻi, mehnat qobiliyati) qilish xarajatlarini qoplash;

(m) Jahon chempionatining rasmiy futbol toʻpini, logotipini, ramzini (maskot) ommaga tanishtirish marosimlari hamda boshqa rasmiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;

(n) Jahon chempionati doirasida xorijiy (ingliz, arab, fransuz, ispan, portugal, nemis) tillarda sinxron tarjimonlar ishtirokini taʼminlash;

(o) Jahon chempionatini xorijiy ommaviy axborot vositalari, internet tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish;

(p) rasmiy xorijiy mehmonlar, ishtirokchi jamoalar, hakamlar, ularga biriktirilgan gid-tarjimon va kuzatuvchilar, volontyor, ommaviy axborot vositalari vakillari, Tashkiliy qoʻmita aʼzolari, mahalliy ishchi guruh aʼzolarining respublika hududida harakatlanishi uchun avia va temir yoʻl chiptalarini xarid qilish;

(r) FIFA talablaridan kelib chiqib yuzaga keladigan boshqa xarajatlar.

2. Jahon chempionati guruh oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar va Toshkent shahri mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan:

(a) Jahon chempionati oʻtkaziladigan va diqqatga sazovor joylarni obodonlashtirish hamda tadbir oʻtkazish uchun tayyor holga keltirish;

(b) aeroport va temir yoʻl vokzallarida hamda markaziy koʻchalar boʻylab oʻrnatilgan bannerlar va LED monitorlarda Jahon chempionatini keng yoritish;

(v) xorijiy ishtirokchilar, ularga biriktirilgan gid-tarjimon hamda kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillarini Jahon chempionati guruh oʻyinlari oʻtkaziladigan hududlar va Toshkent shahri boʻylab harakatlanishi uchun transport vositalari bilan taʼminlash.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.