PF-4-son Farmon · 12.01.2026

Mahalliy yengil sanoat korxonalarining xalqaro yetkazib berish zanjirlarida ishtirokini kengaytirish hamda tashqi bozorlarda oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4
  • Qabul qilingan sana:12.01.2026
  • Kuchga kirgan sana:15.01.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/26/4/0043

Yengil sanoat korxonalarining xalqaro yetkazib berish zanjirlariga qoʻshilishini yanada qoʻllab-quvvatlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlar talablariga moslashtirish asosida eksportda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirish hamda sohani diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida qaror qilaman:

I. Asosiy maqsadlar

1. Quyidagilar toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida 2026-2027-yillar uchun asosiy maqsadli koʻrsatkichlar etib belgilansin:

(a) ishlab chiqarish hajmi 2026-yilda 9 foizga oʻsishini taʼminlash va 146 trillion soʻmga, 2027-yilda 10 foizga oʻsishini taʼminlash va 167 trillion soʻmga yetkazish;

(b) sohaga 2026-yilda 2,2 milliard AQSH dollari, 2027-yilda 2,5 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

(v) eksportni 2026-yilda 4 milliard AQSH dollariga, shu jumladan, elektron savdo platformalari orqali 700 million AQSH dollariga, 2027-yilda 4,5 milliard AQSH dollariga, shu jumladan, elektron savdo platformalari orqali 1 milliard AQSH dollariga yetkazish;

(g) amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida 2026-2027-yillarda 80 mingta ish oʻrinlarini yaratish;

(d) xalqaro yetkazib berish zanjirlarida mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish maqsadida 2026-2027-yillarda 40 ta xorijiy brendlar va “sorsing” kompaniyalar bilan hamkorlik oʻrnatish.

II. Yengil sanoat sohasi korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar

2. Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) 2026-2027-yillarda toʻqimachilik tarmogʻida ishlab chiqarish jarayonlarini standartlashtirish va mehnat unumdorligini oshirish boʻyicha oʻrta va yirik korxonalarda tejamkor ishlab chiqarish va boshqa samarador boshqaruv modellarini joriy etish dasturini Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan moliyalashtirsin.

3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va Agentlikning toʻqimachilik korxonalarini iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish va ular faoliyatiga manzilli koʻmaklashish boʻyicha korxonalarni qoʻllab-quvvatlash dasturini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Bunda:

(a) korxonalarga tijorat banklari tomonidan 2 million AQSH dollarigacha miqdorda ular tomonidan xarid qilingan va toʻlovlari toʻliq amalga oshirilgan yoki oʻzi yetishtirgan xomashyoni (paxta xomashyosi va tolasini) garovga olgan holda Agentlik resurslari hisobidan kreditlar ajratishga;

(b) sogʻlomlashtirish imkoniyati mavjud deb topilgan korxonalarning avval olgan tijorat kreditlari muddatini 7 yilgacha uzaytirib berishga;

(v) Agentlik tomonidan ajratiladigan resurslar, shu jumladan, Jamgʻarmaga jalb qilinadigan xorijiy kredit liniyalari hisobidan yengil sanoat korxonalarining foiz stavkasi xorijiy valyutada 7 foizdan va milliy valyutada 16 foizdan baland boʻlgan amaldagi kreditlarini qayta kreditlash asosida foiz stavkalarini pasaytirishga;

(g) paxta xomashyosi xaridi uchun jalb qilingan kreditlar boʻyicha 2026-2027-yillarda toʻlov grafiklarida yanvar-fevral oylari uchun belgilangan toʻlovlarni kredit shartnomasiga asosan oxirgi olti oyga teng taqsimlangan holda toʻlashga ruxsat beriladi.

4. Agentlik tijorat banklari, shu jumladan, ularda tashkil etilgan yengil sanoat guruhlari bilan birgalikda “sariq” va “qizil” toifadagi yengil sanoat korxonalari faoliyatini doimiy oʻrgangan holda ularni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan tegishli choralarni koʻrib borsin.

5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Agentlikning yengil sanoat korxonalarida 2026-yil 1-yanvardan boshlab quvvati 5 MVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining korxona ehtiyojidan ortiqcha qismini sotish tizimini joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

6. Adliya vazirligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda yengil sanoat korxonalariga kreditlarning garov shartnomalarini, istisno tariqasida, hisobvaraqlariga cheklovlar boʻlgan hollarda notarial rasmiylashtirish, davlat xizmatlari markazlari orqali qurilish va boshqa ruxsat olish hujjatlariga oid xizmatlar koʻrsatish hamda energiya resurslari uchun toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratsin.

7. Agentlikning alohida koʻrsatkich va mezonlar asosida yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar va sanoat sohasi xodimlarini davlat va idoraviy mukofotlar bilan muntazam ravishda taqdirlab borish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

III. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va eksport hajmini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar

8. Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining xorijiy davlatlarda, shu jumladan, AQSH, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Polsha, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistonida Jamgʻarma hisobidan moliyalashtiriladigan Agentlik vakolatxonalari va vakillari faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

9. Quyidagilar Agentlik vakolatxonalari va vakillarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

(a) xorijdagi salohiyatli investorlarni Oʻzbekiston yengil sanoati sohasiga jalb qilish;

(b) eksportni jadallashtirish uchun eksportbop mahsulotlarga yangi xaridorlar topish, amaldagi xaridorlar bilan hamkorlikni kengaytirish, yirik “sorsing” kompaniyalar va brendlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

(v) mahalliy korxonalar xodimlarining malakasini oshirish uchun xorijiy grant mablagʻlari va xalqaro ekspertlarni jalb qilish.

10. Bosh vazir oʻrinbosari (J. Xodjayev), Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Agentlik bilan birgalikda:

(a) 2026-2027-yillarda yengil sanoat mahsulotlari eksportining maqsadli koʻrsatkichlarini taʼminlash maqsadida:

(i) bir hafta muddatda tashqi bozorlarning salohiyatidan kelib chiqqan holda Oʻzbekistonning xorijdagi har bir diplomatik vakolatxonasi kesimida eksportni oshirishga koʻmaklashish boʻyicha reja topshiriqlarini tasdiqlasin;

(ii) Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birga Oʻzbekiston milliy mahsulotlari shourumlari, savdo tarmoqlarini tashkil qilib, sotuv infratuzilmasini shakllantirsin;

(b) har chorak yakuni bilan Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining samaradorlik koʻrsatkichlarini muhokama qilishda yengil sanoat mahsulotlari eksportini oshirishga koʻmaklashish boʻyicha faoliyatiga baho berib borsin.

11. Ishlab chiqarish zanjiridagi boʻshliqlarni toʻldirishga (toʻqimachilikda toʻquv va boʻyoq-pardozlash, charm-poyabzal va ipakchilik tarmoqlarida tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga) qaratilgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, salohiyatli xorijiy investorlar va xalqaro brendlarni jalb qilish maqsadida Agentlik huzurida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan va qoʻshimcha ajratiladigan 10 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Yengil sanoat loyiha ofisi tashkil etilsin.

12. Mahalliy yengil sanoat korxonalari ishtirok etishi qoʻllab-quvvatlanadigan 2026-yilda oʻtkaziladigan xalqaro yengil sanoat koʻrgazmalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga, zarur hollarda, xalqaro koʻrgazmalar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish vakolati berilsin.

IV. Imtiyozlar

13. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Agentlikning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

(a) 2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar paxta tayyorlash punktlari faoliyatining mavsumiyligini inobatga olgan holda paxta tayyorlash punktlariga mol-mulk va yer soliqlarini 50 foizga kamaytirilgan stavkada toʻlashga ruxsat berish;

(b) 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar:

(i) tijorat banklari balansidagi toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining mol-mulklarini investorlarga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish;

(ii) tijorat banklari balansidagi toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining mol-mulklarini xarid qilgan investorlarga ushbu korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini 6 oyda toʻliq tiklash sharti bilan bir yil muddatga mol-mulk soligʻini 50 foizga kamaytirilgan stavkada toʻlashga ruxsat berish;

(iii) charm-poyabzal, moʻynachilik sohasi korxonalari va chorva mollarini soʻyish va terini qayta ishlovchi tashkilotlar uchun nazarda tutilgan foyda soligʻi, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xomashyo, materiallar va furnitura uchun bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar muddatini uzaytirish.

V. Moliyalashtirish manbalari va tizimlari

14. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agentlik bilan birgalikda energiya samaradorlikni oshirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yengil sanoat korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatishga tijorat banklari orqali kreditlar ajratish uchun xalqaro moliya tashkilotlaridan 100 million AQSH dollari miqdorida mablagʻlarni Jamgʻarmaga jalb qilish choralarini koʻrsin.

15. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2-son Farmoni 2-bandi “a” kichik bandi bilan “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJga ajratilishi belgilangan 250 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarning:

(a) 200 million AQSH dollari Agentlik buyurtmasiga asosan yuqoridagi Farmonda belgilangan shartlar asosida yengil sanoat korxonalarini aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash uchun 2026-2027-yillarda mutanosib ravishda Jamgʻarmaga ajratiladi;

(b) 50 million AQSH dollari 2026-yilda tijorat banklari orqali yengil sanoat korxonalariga quyosh fotoelektr stansiyasini qurish maqsadida 4 yil muddatgacha yillik 6 foiz stavkada (bank marjasi 1,5 foiz va Agentlik xarajatlari 0,5 foiz) kreditlar berish uchun Agentlik buyurtmasiga asosan Jamgʻarmaga ajratiladi;

(v) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga qaytarish muddati 2030-yil 31-dekabrga qadar uzaytiriladi.

VI. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchilari mazkur Farmonda belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarni taʼminlashda Agentlik bilan birga masʼul etib belgilansin.

17. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:

(a) Agentlik tomonidan yengil sanoat korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish uchun tijorat banklari orqali kredit ajratishga resurslar joylashtirish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatni;

(b) “Sanoat rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonini taʼsis etish va sanoat sohasida yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar va soha xodimlarini muntazam ravishda taqdirlab borishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatni tasdiqlasin.

18. Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev ikki oy muddatda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi hamda Agentlik bilan birgalikda elektron savdo platformalari orqali eksportga realizatsiya qilingan mahsulotlar hisobini yuritish va statistik koʻrsatkichlarda aks ettirish tartibini ishlab chiqib tasdiqlasin.

19. Agentlik uch oy muddatda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda yengil sanoat sohasida nufuzli xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda respublikada oliy taʼlim muassasasini tashkil qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

20. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasi va Agentlik bilan birgalikda uch oy muddatda mazkur Farmonning 13-bandidan kelib chiqib, Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

21. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

(a) Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparkining 2025-yil 1-dekabr holatiga mavjud ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, kommunal hamda boshqa kreditor qarzdorliklari toʻliq Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiga qayta rasmiylashtirilishini;

(b) 2026-yil 1-fevralga qadar Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki Agentlikka oʻtkazib berilishini taʼminlasin.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

23. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev belgilansin.

24. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 12-yanvar,

PF-4-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-son Farmoniga1-ILOVA

Mahalliy yengil sanoat korxonalari ishtirok etishi qoʻllab-quvvatlanadigan 2026-yilda oʻtkaziladigan xalqaro yengil sanoat koʻrgazmalari

T/rKoʻrgazma nomiKoʻrgazma manziliToʻqimachilik yoʻnalishida — 25 ta Yanvar1.Heimtextil-2026Germaniya (Frankfurt-Mayn) 2.Apparel sourcing, TexWorldAQSH (Nyu-York) Fevral3.Pure London-2026Buyuk Britaniya (London)4.Texworld & Apparel Sourcing Paris 2026Fransiya (Parij)5.Tekstil Salon 17-Xalqaro koʻrgazmasi Rossiya (Moskva)Mart6.Intertextile Shanghai Apparel Fabrics, Intertextile Shanghai Home Textiles & Yarn Expo Spring 2026Xitoy (Shanxay)7.Intertkan-2025 VesnaRossiya (Moskva)8.International Istanbul Yarn Fair-2026Turkiya (Istanbul)Aprel9.11th Morocco Fashion Style & Tex Marokash (Kasablanka)May10.Proposte 2026Italiya, Chernobbio11.UzTextileExpoOʻzbekiston (Toshkent)12.Home Textiles & Accessories Exhibition-2026Turkiya (Istanbul)Iyun13.Apparel Textile Sourcing Canada-2026 Kanada (Taronto)14.“ITM Turkey 2026”Turkiya (Istanbul)Iyul15.Allfashion Sourcing Cape Town 2026JAR (Keyptaun)16.Apparel sourcing, TexWorld, Home Textiles Sourcing Expo-2026AQSH (Nyu-york) Avgust17.MAGIC Las Vegas-2026AQSH (Las Vegas) 18.Intertkan-2025 VesnaRossiya (Moskva)Sentabr19.Premiere Vision Paris-2026Fransiya (Parij)20.HomeTextile & Home Design Rossiya (Moskva)21.“TexTailor Expo”Bolgariya (Plovdiv sh.)Oktabr22.Warsaw Home Textile-2026Polsha (Varshava)23.Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel sourcing TashkentOʻzbekiston (Toshkent)Noyabr24.Maroc in Mode (MIM) Show-2026Marokash (Kasablanka)25.Fast Textile Fair-2026Polsha (Lodz)Charm-poyabzal yoʻnalishida — 15 ta Fevral1.INDIA INTERNATIONAL LEATHER FAIRHindiston (Chennay)Mart2.APLF Leather & Materials+, Fashion AccessGonkongAprel3.Japan Grand Shoes CollectionYaponiya (Kobe-Nagata)4.AYSAFTurkiya (Istanbul)May5.Shoes & Leather — Guangzhou 2025Xitoy (Guanjou)6.Intershoes PortugalPortugaliya (Porto)7.KIOSHQozogʻiston (Ostona)Iyul8.26th International Shoes & Leather Exhibition — Vietnam (IFLE — Vietnam 2026)Vyetnam (Xo Shi Min)Avgust9.Izmaylovo ShuzRossiya (Moskva)Sentabr10.ACLE — All China Leather Exhibition (Shanghai Leather Fair)Xitoy (Shanxay)11.AYMODTurkiya (Istanbul)12.LineapelleItaliya (Milan)Oktabr13.Saudi Shoes ExpoSaudiya Arabistoni (Jidda)Noyabr14.BIOT-2025Rossiya (Moskva)15.APLF ASEAN VIETNAMVyetnam (Xo Shi Min)

Izoh:

1) Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi oʻz saytida koʻrgazmalarning aniq sanalarini eʼlon qilib boradi.

2) 2027-yildan boshlab mahalliy yengil sanoat korxonalari ishtirok etishi qoʻllab-quvvatlanadigan xalqaro yengil sanoat koʻrgazmalari roʻyxati Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi PF-4-son Farmoniga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5989-son Farmonining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-53-son Farmonining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2-son Farmonida:

(a) 2-bandda:

“a” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “2028-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2030-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“g” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“d) Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi hisobidan savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan mahsulotlar realizatsiyasi hajmidan kelib chiqqan holda 3 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:

mahsulotlar realizatsiyasi hajmi 5 million AQSH dollari ekvivalentigacha boʻlganda — 1 million AQSH dollarigacha;

mahsulotlar realizatsiyasi hajmi 5 million AQSH dollari ekvivalentidan 10 million AQSH dollari ekvivalentigacha boʻlganda — 2 million AQSH dollarigacha;

mahsulotlar realizatsiyasi hajmi 10 million AQSH dollari ekvivalentidan 15 million AQSH dollari ekvivalentigacha boʻlganda — 3 million AQSH dollarigacha;

mahsulotlar realizatsiyasi hajmi 15 million AQSH dollari ekvivalentidan 20 million AQSH dollari ekvivalentigacha boʻlganda — 4 million AQSH dollarigacha;

mahsulotlar realizatsiyasi hajmi 20 million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlganda — 5 million AQSH dollarigacha;

Bunda 3 yil muddatgacha berilgan kreditlarning maʼlum bir qismi belgilangan muddatlarda soʻndirilgan taqdirda, tadbirkorlik subyektlariga kreditning soʻndirilgan qismiga mutanosib ravishda qoʻshimcha kreditlar ajratiladi”;

(b) 5-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-71-son Farmoni 1-ilovasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojidan ozod qilinadigan, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan, xomashyo va boshqa materiallar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar

T/rTIF TN kodiTovar nomi I. Xomashyo va boshqa materiallar 1.3206190000Boshqa rang beruvchi moddalar; 3203, 3204 yoki 3205-tovar pozitsiyalaridagi preparatlardan farqlanuvchi, ushbu guruhning 3-izohida koʻrsatilgan preparatlar; kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq boʻlgan, lyuminoforlar sifatida ishlatiladigan noorganik mahsulotlar; titan dioksidi asosida tayyorlangan pigmentlar va preparatlar; boshqalar 2.3208901909Sintetik polimerlar yoki kimyoviy modifikatsiyalangan tabiiy polimerlar asosidagi, dispergirlangan yoki suvsiz muhitda eritilgan boʻyoqlar va laklar (shu jumladan, emallar va politurlar); ushbu guruhning 4-izohida koʻrsatilgan eritmalar; boshqalar 3.3209900000Sintetik polimerlar yoki kimyoviy modifikatsiyalangan tabiiy polimerlar asosidagi, dispergirlangan yoki suvli muhitda eritilgan boʻyoq va laklar (shu jumladan, emal va politurlar); boshqalar 4.3215110000Poligrafik boʻyoq, yozish yoki chizish uchun siyoh yoxud tush va konsentratsiyalangan yoki konsentratsiyalanmagan, qattiq yoki qattiq boʻlmagan boshqa siyohlar; qora; boshqalar 3215190000 5.3506100000Netto ogʻirligi 1 kg dan koʻp boʻlmagan, yelimlar yoki adgezivlar sifatida chakana savdo uchun qadoqlangan, yelimlar va adgezivlar sifatida ishlatish uchun yaroqli boʻlgan mahsulotlar 6.5407201900Kompleks sintetik iplardan gazlamalar, shu jumladan, 5404-tovar pozitsiyasidagi materiallardan tayyorlanadigan gazlamalar 5407209000 5407300000 5407430000 5407440000 5407510000 5407530000 5407540000 5407710000 5407810000 5407910000 7.5408100000Sunʼiy kompleks iplardan gazlamalar, shu jumladan, 5405-tovar pozitsiyasidagi materiallardan tayyorlanadigan gazlamalar 5408210000 5408221000 5408320000 5408330000 8.5512110000Tarkibida sintetik tolalar 85 mas.% yoki undan ortiq boʻlgan sintetik tolalardan gazlamalar 5512191000 5512910000 9.5513119000Tarkibida sintetik tolalar 85 mas.% dan kam, asosan yoki faqat paxta tolalari bilan aralashtirilgan, yuza zichligi 170 g/m² dan ortiq boʻlmagan sintetik tolalardan gazlamalar 5513120000 5513130000 5513190000 5513231000 5513239000 5513310000 10.5514120000Tarkibida sintetik tolalar 85 mas.% dan kam, asosan yoki faqat paxta tolalari bilan aralashtirilgan, yuza zichligi 170 g/m² dan ortiq boʻlgan sintetik tolalardan gazlamalar 5514191000 5514199000 5514230000 5514305000 5514430000 11.5515113000Sintetik tolalardan boshqa gazlamalar 5515123000 5515131900 5515199000 12.5516120000Sunʼiy tolalardan gazlamalar 5516210000 5516240000 13.5810929000Bir toʻqima boʻlagida, lentada yoki alohida ornamentlar koʻrinishida tikilgan kashtalar: kimyoviy iplardan toʻqilgan14.5804219000Tyul va boshqa setkasimon matolar, gazlama matolardan va mashinada yoki qoʻlda toʻqilgan trikotaj matolardan tashqari; krujeva boʻlak, lenta yoki alohida bezaklar (ornament) koʻrinishida, tyul va boshqa setkasimon matolar15.5903209000Plastmassa shimdirilgan, qoplangan yoki ikkilangan toʻqimachilik materiallari, 5902-tovar pozitsiyasining materiallardan tashqari: poliuretan bilan: — qoplangan yoki ikkilangan 16.5801270000Tukli gazlamalar va baxmal ipdan (sinel) tayyorlangan gazlamalar 5801330000 5801360000 5801909000 17.5804101000Tyul va boshqa setkasimon matolar 5804109000 18.5806329000Tor gazlamalar, 5807-tovar pozitsiyasi buyumlaridan tashqari; arqoqsiz tor gazlamalar, yelimlab mahkamlangan (boldyuk) 19.5911311100Texnik maqsadlar uchun toʻqimachilik materiallari 5911321900 5911329000 20.6001100000Kimyoviy iplardan toʻqilgan tukli trikotaj matolar yoki paxmoq matolar 6001220000 6001920000 21.6005210000Asosi toʻqilgan matolar (shu jumladan, galunlarni ishlab chiqarish uchun trikotaj mashinalarida toʻqilganlar), 6001 — 6004-tovar pozitsiyalarining trikotaj matolaridan tashqari 22.6006329000Mashinada yoki qoʻlda sintetik iplardan toʻqilgan trikotaj matolarning boshqalari: boʻyalgani II. Butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar 23.2710198200Motor moylari, kompressor yogʻlash moyi, turbina yogʻlash moyi 2710199800 24.2710198800Shesternyalar uchun moy va reduktor moyi 25.2710199400Elektr izolyatsiyalash moylari 26.3917290000Plastmassadan tayyorlangan quvurlar, naychalar, shlanglar va ularning fitinglari (masalan, birikmalar, tirsaklar, gardishlar); boshqa plastmassadan tayyorlangan qattiq quvurlar, naychalar va shlanglar; boshqalar; choksiz va ishlov berilgan yoki ishlov berilmagan yuzali, uzunligi koʻndalang kesim maksimal oʻlchamidan oshadigan, lekin ishlov berilmagan fitinglar 3917400000 27.3919900000Plastmassadan tayyorlangan oʻzi yopishadigan, rulonlarda yoki rulonsiz plitalar, listlar, plyonka, lenta, tasma va boshqa yassi formalar; boshqalar 28.3926909709Plastmassalar va ulardan tayyorlangan buyumlar; boshqalar 29.8311100009Yoyli elektr payvandlashda ishlatiladigan qimmatbaho boʻlmagan metalldan yasalgan, qoplamali elektrodlar 30.8415810010Maxsus ishlab chiqarish binolarida mikroiqlimni saqlab turish uchun harorat va namlikni avtomatik tarzda rostlaydigan sanoat konditsionerlari 31.8481109908Quvur oʻtkazgichlar, qozonlar, rezervuarlar, sisternalar, baklar yoki shunga oʻxshash sigʻimlar uchun kranlar, klapanlar, ventillar va shunga oʻxshash armaturalar, shu jumladan reduksion va haroratni tartibga soluvchi klapanlar; boshqalar 8481808190 32.8481409000Saqlovchi yoki yuk tushiruvchi klapanlar; boshqalar 33.8481209009Pnevmatik kuch transmissiyalari uchun tartibga soluvchi klapanlar; boshqalar 34.8504409100Elektr transformatorlar, statik elektr oʻzgartirgichlar (masalan toʻgʻrilagichlar), induktivlik gʻaltagi va drosellar; statik oʻzgartirgichlar; boshqalar 35.8536900100Elektr zanjirlar uchun dastlabki yigʻilgan elementlar 36.8537109900Pultlar, panellar, konsollar, stollar, taqsimlovchi shitlar va elektr tokini boshqarish yoki taqsimlash uchun 8535 yoki 8536-tovar pozitsiyalaridagi ikki yoki undan ortiq uskunalar bilan jihozlangan, shu jumladan 8517-tovar pozitsiyasidagi kommutatsion qurilmalardan tashqari, 90-guruhdagi asboblar yoki moslamalarni va raqamli boshqaruv apparatlarini oʻz ichiga olgan elektr apparaturalar uchun boshqa asoslar; boshqalar 37.8501522009Boshqa koʻp fazali oʻzgaruvchan tok dvigatellari (AC motor) 38.8501320002Elektr dvigatellar va generatorlar (elektr generator qurilmalaridan tashqari) (DC motor) 39.8538909200Elektron modullar 40.8540890000Termokatodli, sovuq katodli yoki fotokatodli lampalar va elektron naychalar (masalan, vakuum yoki bugʻ yoxud gaz bilan toʻldirilgan lampalar va naychalar, simobli yoy toʻgʻrilagich lampalar va naychalar hamda elektron nurli naychalar, televizion uzatuvchi naychalar); elektron lampalar va boshqa naychalar 41.8542319010Elektron integral mikrosxemalar; monolit integral mikrosxemalar 42.9032890000Avtomatik sozlash va boshqarish uchun asbob-uskunalar va moslamalar 43.9603500009Mexanizm, asbob-uskuna va transport vositalarining qismi boʻlgan choʻtkalar; boshqalar ”.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “Yengil sanoat sohasida yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PF-174-son Farmonining 12-bandi “a” kichik bandidagi “qoʻllab-quvvatlash choralari” soʻzlaridan keyin “hamda Agentlik faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq saqlash xarajatlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3693-son qarori 9-bandining birinchi xatboshisidagi “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2029-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-fevraldagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4982-son qarori 3-bandidagi “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2029-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-fevraldagi “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-143-son qarorining 6-bandi “a” kichik bandidagi “2026-yil” soʻzlari “2029-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-martdagi “Tashqi savdo va hududiy sanoatni rivojlantirishda tadbirkorlar birlashmalarining rolini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-126-son qarorining 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Bunda 2026-yil 1-yanvardan boshlab Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan belgilangan tartibda toʻqimachilik, charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik korxonalari uchun qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan yoʻnalishlarga Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan mablagʻlar taqdim etilmaydi”.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-maydagi “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-181-son qarorining 2-bandi “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“v) sanoat zonalari hududida quriladigan ishlab chiqarish bino-inshootlari, shu jumladan, Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududida qurilgan ishlab chiqarish bino-inshootlari tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri 7 yilgacha muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan yoki ijara asosida beriladi”.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan bojxona toʻlovlaridan ozod qilingan holda olib kiriladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan import asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xom ashyolar, materiallar va furnituralar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi F-5350-son farmoyishining rus tilidagi matnida:

(a) 1-banddagi “do 1-yanvarya 2026 goda” soʻzlari “do 1-yanvarya 2029 goda” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(b) ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

importiruyemogo oborudovaniya, komplektuyushix izdeliy, sirya, materialov i furnituri, ne proizvodimix v respublike, vvozimix predpriyatiyami assotsiatsii “Uzcharmsanoat” dlya proizvodstvennix nujd s osvobojdeniyem ot tamojennix platejey (krome sborov za tamojennoye oformleniye) srokom do 1-yanvarya 2029 goda

№Naimenovaniye tovaraKod TN VED1.Maslo gidrogenizirovannoye kastorovoye, tak nazivayemiy “opaloviy vosk”1516 20 100 02.Oksid magniya2519 90 100 03.Karbonat magniya prirodniy (magnezit)2519 10 000 04.Pek taloviy omilenniy2708 10 000 05.Uglerod texnicheskiy (saja), ispolzuyemiy kak napolnitel dlya rezini 2803 00 000 06.Silikagel-absorbent (poglotitel vlagi)2811 22 000 07.Kausticheskaya soda2815 11 000 08.Oksid sinka2817 00 000 09.Xlorid kalsiya2827 20 000 010.Polixlorid alyuminiya2827 32 000 911.Tib kat 162 (xlorid olova)2827 39 100 012.Gidrosulfid natriya2830 10 000 013.Sulfit natriya2832 10 000 014.Metabisulfit natriya2832 10 000 015.Sulfiti prochiye krome natriya2832 20 000 016.Soda metabisulfat (sulfat dinatriya)2833 11 000 017.Sulfati natriya2833 11 000 018.Sulfati xroma2833 29 200 019.Marganets sernokisliy2833 29 800 020.Alyuminiyevie kvassi2833 30 000 021.Kalsiya gidrogen fosfat pishevoy (vodorod fosfat kalsiya)2835 26 000 022.Fosfinati (gipofosfiti), fosfonati (fosfiti) 2835 10 000 023.Karbonat ammoniya texnicheskiy2836 99 170 024.Peroksokarbonati (perakarbonati)2836 99 900 025.Dixromat natriya2841 30 000 026.Peroksid vodoroda2847 00 000 027.Siklogeksan2902 11 000 028.Metilen xlorid 2903 12 000 029.2-Etilgeksanol2905 16 200 030.Tetra izopropil titanit (TIPT)2905 19 000 031.Monoetilenglikol2905 31 000 032.1,4 Butandiol2905 39 250 033.Trimetilopropan2905 41 000 034.Pentaeritrit2905 42 000 035.Dietilenglikol2909 41 000 036.Flotoreagant oksal2909 49 800 037.Dipropelenglikol2909 49 800 038.Propilen oksid2910 20 000 039.Aldegidniy dubitel dlya koji (metanal)2912 11 000 040.Siklogeksanon2914 22 000 041.Muravinaya kislota (formiat natriya)2915 11 000 042.Soli muravinoy kisloti2915 12 000 043.2-etilgeksanol olova (II) (Stannous Ostate)2915 90 700 044.Kisloti atsiklicheskiye monokarbonovie nenasishennie 2916 19 950 0 45.Kisloti aromaticheskiye monokarbonovie, benzoynaya kislota, yeye soli i slojnie efiri 2916 31 000 0 46.Shavelevaya kislota2917 11 000 047.Adipinovaya kislota2917 12 000 048.Plastifikator DOF2917 32 000 049.Efiri ortoftalevoy kisloti slojnie (dibutilftalat)2917 34 000 050.Ftaleviy angidrid2917 35 000 051.Ftalevaya kislota2917 39 950 052.Limonnaya kislota2918 14 000 053.Tris-(2xlorizopropilfosfat)2919 90 000 054.Etilamin2921 19 990 055.Trietanolamin (sredstva dlya viravnivaniya morshin koji)2922 15 000 056.Sredstvo dlya zoleniya na osnove trietanolamin2922 15 000 057.DMF dimetilformamid2924 19 000 058.Azodikarbonomid porofor 2927 00 000 059.Toluoldiizotsianat (TDI) (toluilendiizotsianat)2929 10 000 160.Smyagchitel difenilmetandiizotsianata (metilfenilendiizotsianat)2929 10 000 161.Monomerniy metilendifenildiizotsianat2929 10 000 962.Tiuram2930 30 000 063.Tiokarbamati i ditiokarbamati2930 20 000 064.Kaptaks (2-merkaptobenzotiazol) 2934 20 200 065.Dibenzotiazolildisulfid (di(benzotiazol-2-il)disulfid)2934 20 200 066.Ekstrakt Kvebraxo3201 10 000 067.Ekstrakt akatsii (mimoza)3201 20 000 068.Ekstrakt kashtana3201 90 200 069.Dubiteli sinteticheskiye3202 10 000 070.Neorganicheskiye dublennie veshestva3202 90 000 0 71.Kislotnie krasiteli sinteticheskiye3204 12 000 072.Pryamie krasiteli3204 14 000 073.Krasiteli ximicheski aktivnie i preparati, izgotovlennie na ix osnove3204 16 000 074.Pigmenti (sinteticheskiye organicheskiye krasyashiye veshestva)3204 17 000 075.Organicheskiye produkti sinteticheskiye, ispolzuyemie v kachestva opticheskix otbelivateley3204 20 000 076.Krasiteli dispersnie i preparati sinteticheskiye organicheskiye krasyashiye veshestva, izgotovlennie na ix osnove3204 11 000 077.Pigmenti (na osnove dioksida titana)3206 19 000 078.Pasta krasyashaya3206 49 700 079.Krasyashiye veshestva 3206 49 700 080.Kraski i laki na osnove slojnix poliefirov3208 10 900 081.Kraski i laki (vklyuchaya emali i polituri) na osnove sinteticheskix polimerov, dispergirovannie ili rastvorennie v nevodnoy srede3208 90 910 9 82.Kraski i laki (vklyuchaya emali i polituri) na osnove ximicheski modifitsirovannix prirodnix polimerov, dispergirovannie ili rastvorennie v nevodnoy srede3208 90 990 083.Kraski i laki na osnove sinteticheskix polimerov, dispergirovannie ili rastvorennie v vodnoy srede (na osnove akrilovix ili vinilovix polimerov)3209 10 000 984.Kazeinovaya emulsiya (kraska)3210 00 900 085.Laki dlya koji (gotovie vodnie pigmenti, ispolzuyemie dlya otdelki koj)3210 00 900 086.Veshestva PAV organicheskiye 3402 11 900 087.Veshestva PAV neionogennie (kationnoye maslo, obezjirivatel, sredstvo dlya zamachivaniya)3402 13 000 088.Veshestva PAV organicheskiye3402 19 000 089.Jiri sinteticheskiye (sredstva dlya obrabotki koji)3403 11 000 090.Jiri sinteticheskiye (sredstva dlya obrabotki koji)3403 91 000 091.Jiruyushaya kompozitsiya (sredstva dlya obrabotki koj) 3403 91 000 092.Sredstva dlya obrabotki koji3403 91000 093.Voski iskusstvennie3404 90 000 994.Sredstva dlya obrabotki koji3405 10 000 095.Kazein dlya otdelki koji3501 10 500 096.Adgezivi3506 91 000 097.Kley granulirovanniy, gotoviy kley 3506 99 000 098.Myagchilnie sredstva (pankreaticheskiye fermenti, enzim dlya smachivaniye, enzim dlya razmyagcheniya)3507 90 900 099.Vosk obuvnoy (vosk dlya vosheniya nitok pri proizvodstve obuvi)3807 00 900 0100.Antiseptik, sredstva ot pleseni3808 59 000 0101.Fungitsid3808 92 900 0102.Sredstva dezinfitsiruyushiye3808 59 000 0103.Sredstva dezinfitsiruyushiye na osnove chetvertichnix ammoniyevix soley3808 94 100 0104.Sredstva dezinfitsiruyushiye na osnove galogenirovannix soyedineniy3808 94 200 0105.Sredstva dezinfitsiruyushiye (krome sredstv na osnove chetvertichnix ammoniyevix soley i na osnove galogenirovannix soyedineniy)3808 94 900 0106.Sredstva otdelochnie, sredstva dlya uskoreniya krasheniya ili fiksatsii krasiteley i produkti prochiye 3809 91 000 0107.Sredstva otdelochnie3809 93 000 0108.Stabilizatori3812 39 000 0109.Komponenti poliuretanov “S” (katalizatori, krosslinkeri, aktivatori)3815 90 900 0110.Stearinovaya kislota (ne boleye 90%)3823 11 000 0111.Azodikarbonomid porofor smeshanniy s drugimi komponentami3824 99 960 8112.Sopolimer etilena s vinilatsetatom3901 30 000 0113.Smola PVX3904 10 000 1114.Polivinilxlorid (smola PVX)3904 10 000 9115.PVX v granulax (polivinilxlorida) neplastifitsirovanniy3904 21 000 0 116.PVX v granulax (polivinilxlorida) plastifitsirovanniy3904 22 000 0117.Sopolimeri vinilxlorida i vinilatsetata3904 30 000 0118.Komponenti poliuretana 3907 99 900 0119.Komponenti poliuretana 3909 50 900 0120.Dubiteli sinteticheskiye (smoli melaminovie)3909 20 000 0121.TRU termoplasticheskiy poliuretan3909 50 900 0122.Silikonovoye maslo3910 00 000 9123.Ionoobmennaya smola3914 00 000 0124.Kleykaya plenka (ispolzuyetsya pri zagotovke dekorativnix elementov dlya ukrasheniy (busin) v rulonax shirinoy boleye 20 sm.3919 90 000 0125.Plita polipropilenovaya,Polipropilenovaya upakovochnaya lenta 3920 20 800 0126.Plenka iz poristix poliuretanov, gibkaya3921 13 100 0127.Dermatin trexsloyniy (plenka iz slojnix poliefirov, v rulonax)3921 90 100 0128.Porolonovie gubki iz poliuretana3921 13 100 0129.Tentoviy material iz sloistix polimerov3921 90 600 0130.Kolodki obuvnie, ranti plastmassovieFiksator dlya sapog s dlinnoy golenyu, plastikoviy shnurok dlya yarlika, Ranti jenskix tapochek iz termoplastichnoy plastmassi, dekorativnie strazi dlya obuvi3926 90 970 9131.Lateks kauchukoviy naturalniy4001 10 000 0132.Kauchuk dlya chistki4001 29 000 0133.TEP (termoplastoplast-termoplastichniy material v vide granul)4002 19 200 0134.Kauchuk butadiyenstirolniy (SBR) v pervichnix formax4002 19 900 0135.Kauchuk (galogenirovanniy izobutilenizoprenoviy)4002 39 000 0136.Xloroprenoviy kauchuk NT4002 49 000 0137.Kauchuk butadiyennitrilniy 4002 59 000 0138.Kauchuk sinteticheskiy izoprenoviy (s soderjaniyem SIS v pervichnix formax)4002 60 000 0139.Lateks 4002 91 000 0140.TPR termoplasticheskaya rezinka (kauchuk)4002 99 900 0141.Platini rezinovie poristie4008 11 000 0142.Platini rezinovie ne poristie4008 21 900 0143.Shlang armirovanniy metallom (bez fitingov)4009 21 000 0144.Klinoviy remen beskonechniy4010 34 000 0145.Uplotnitelnoye kolso4016 93 000 8146.Maslouplotnitel iz rezini 4016 93 000 8147.Neobrabotannie shkuri krupnogo rogatogo skota4101 20 300 0148.Neobrabotannie shkuri krupnogo rogatogo skota4101 20 500 0149.Neobrabotannie shkuri krupnogo rogatogo skota4101 20 800 0150.Neobrabotannie shkuri krupnogo rogatogo skota4101 50 300 0151.Neobrabotannie shkuri krupnogo rogatogo skota4101 50 500 0152.Neobrabotannie shkuri krupnogo rogatogo skota4101 50 900 0153.Neobrabotannie shkuri ovets4102 10 900 0154.Neobrabotannie shkuri ovets4102 29 000 0155.Neobrabotannie shkuri kozlyat4103 90 000 0156.Kojkarton (koja kompozitsionnaya na osnove naturalnoy koji ili kojevennix volokon v plastinax, listax ili polosax, ili lentax, v rulonax ili ne v rulonax)4115 10 000 0157.Neobrabotannie shkuri yagnyat sleduyushix porod: astraxanskoy, kurdyuchnoy, karakulskoy, persidskoy i analogichnix porod4301 30 000 0158.Mex naturalniy (ovchina mexovaya)4302 19 801 0159.Mex iskusstvenniy 4304 00 000 0160.Karton bumajniy, propitanniy, pressovanniy dlya stelki obuvi4811 90 000 0 161.Nitki shveynie sinteticheskiye iz ximicheskix nitey, ne rasfasovannie5401 10 120 0162.Nitki shveynie sinteticheskiye iz ximicheskix nitey, ne rasfasovannie5401 10 140 0163.Nitki shveynie sinteticheskiye iz ximicheskix nitey, ne rasfasovannie5401 10 160 0164.Nitki shveynie sinteticheskiye iz ximicheskix nitey, ne rasfasovannie5401 10 180 0165.Nitki shveynie iz iskusstvennix ximicheskix nitey, ne rasfasovannie5401 20 100 0166.Niti kompleksnie sinteticheskiye, teksturirovannie poliefirnie 5402 33 000 0167.Tkani iz sinteticheskix kompleksnix nitey, vklyuchaya tkani, izgotavlivayemie iz materialov tovarnoy pozitsii 54.04:5407 10 001 0 168.Tkani iz sinteticheskix kompleksnix nitey, vklyuchaya tkani, izgotavlivayemie iz materialov tovarnoy pozitsii 54.04:5407 94 000 0169.Nitki shveynie iz ximicheskix, sinteticheskix volokon, rasfasovannie5508 10 900 0170.Tkan kapronovaya (iz sinteticheskix poliefirnix volokon)5512 19 900 0171.Tkan kapronovaya (iz sinteticheskix poliefirnix volokon)5515 11 900 0172.Netkanie materiali iz ximicheskix nitey5603 11 100 0173.Netkanie materiali iz naturalnix nitey5603 94 900 0174.Netkanie materiali iz ximicheskix nitey, s poverxnostnoy plotnostyu boleye 150 g/m2, s pokritiyem, prochiye5603 14 100 9175.Netkanie materiali iz ximicheskix nitey5603 14 900 0176.Rezinovie nit i shnur, s tekstilnim pokritiyem5604 10 000 0177.Tesma pletenaya v kuske5808 10 000 0178.Otdelochnie materiali bez vishivki v kuske5808 90 000 0179.Tekstilnie materiali s pokritiyem ili dublirovannie (ili triplirovannie) polivinilxloridom5903 10 900 9180.Tekstilnie materiali s pokritiyem ili dublirovannie poliuretanom5903 20 900 0181.Termoplasticheskiy material (tekstilnie materiali propitannie plastmassami)5903 90 100 0182.Sinteticheskaya koja (tekstilnie materiali s pokritiyem ili dublirovannie proizvodnimi sellyulozi ili drugimi plastmassami, s materialom, obrazuyushim litsevuyu storonu)5903 90 910 0183.Tekstilnie materiali s pokritiyem plastmassoy5903 90 990 0184.Kleykiye lenti shirinoy ne boleye 20sm (tekstilnie materiali prorezinennie)5906 10 000 0185.Polirovalniy krug iz x/b tkaney dlya polirovalnoy mashini obuvi5911 31 900 0186.Dlinnovorsovoye trikotajnoye polotno6001 10 000 0187.Polotno osnovovyaznoye iz ximicheskix nitey, okrashennoye6005 37 900 0188.Formovannaya podoshva iz rezini,Formovannaya podoshva iz termoplasticheskoy rezini6406 20 100 0189.Podoshva i kabluk iz plastmassi i profilita, formovannaya podoshva iz plastmassi 6406 20 900 0190.Vkladnaya stelka smennaya,Stelki na vnutrennyuyu poverxnost podoshvi6406 90 500 0191.Metallicheskiy podnosok6406 90 900 0192.Stelki osnovnie dlya jenskoy obuvi, zastejki, remeshki, remeshki dlya mujskoy obuvi, vnutrenniy zadnik obuvi iz termoplasticheskogo netkanogo materiala, supinator metallicheskiy6406 90 900 0193.Osnovnaya stelka nesmennaya, zatyajnaya6406 90 900 0194.Supinator metallicheskiy6406 90 900 0195.Podoshvi iz kompozitsionnoy koji6406 99 600 0196.Abrazivniy shlifovalniy krug dlya rezaki strogalnoy mashini6804 22 120 0197.Najdachka, abrazivniy poroshok na tkannoy osnove6805 10 000 0198.Najdachka, abrazivniy poroshok na bumajnoy osnove6805 20 000 0199.Razvetvleniye jeleznoye dlya stochnix trub7307 998 00 9200.Opora podmostkov7308 40 900 0201.Sep rolikovaya dlya dvoilnix i mezdrilnix mashin7315 11 900 0202.Gvozdi obuvnie iz chernix metallov7317 00 800 9203.Stalnoy shpindel (v razobrannom vide, chast komplekta), vinti dlya dvoilnix mashin, vinti7318 15 900 9204.Shponki7318 24 000 9205.Prujina (vozvratnaya)7320 20 810 9206.Gvozdi obuvnie iz medi 7415 10 000 0207.Kusachki dlya rastyajeniya koji8203 20 000 9208.Diroprobivnoy instrument8203 40 000 0 209.Nasos maslyaniy pedalniy (smazochniy shprits) 8205 59 809 9210.Shpatel dlya koji8205 59 909 9211.Nojnitsi8213 00 000 0212.Metallicheskiye skobi dlya izgotovleniya obuvi 8305 20 000 0213.Kryuchki, kolechki i blochki 8308 10 000 0214.Pryajki, pryajki-zastejki, zastejki dekorativnie metallicheskiye8308 90 000 0215.Vodyanoy nasos, nasos sentrobejniy odnostupenchatiy.8413 70 810 0216.Igli shveynie8452 30 000 0217.Shlifovalnaya mashina8453 10 000 0218.Shlifovalniy stanok8453 10 000 0219.Chasti dlya obuvnogo i kojevenno-pererabativayushego oborudovaniya8453 90 000 0220.Pressformi dlya litya rezini i plastmass,Pressformi dlya proizvodstva obuvi8480 71 000 0221.Kameri dlya myachey9506 69 900 0222.Knopki-zashelki9606 10 000 0”.

12. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi “Yengil sanoat mahsulotlari yarmarka savdosini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 25-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

13. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 729-son qarori 4-ilovasi 19-bandining yigirma yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan yoʻnalishlar (koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish, xorijiy mamlakatlarda boʻlib oʻtadigan oʻquv-seminar, biznes-seminar, trening, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish, mutaxassislarni oʻqitish va savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qoplab berish yoʻnalishlar bundan mustasno) boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining ixtiyoriga koʻra tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (bajaruvchi, koʻrsatuvchi)lar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzilib, xarajatlar amalga oshirilgan holatlarda moliyaviy yordam miqdorlaridan kelib chiqib 2028-yil 1-yanvarga qadar 100 foiz miqdorida va 2028-yil 1-yanvardan boshlab:”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.