PQ-64-son Qaror · 16.02.2026

Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-64
  • Qabul qilingan sana:16.02.2026
  • Kuchga kirgan sana:17.02.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/64/0147

Kreativ industriya sohalarini qoʻllab-quvvatlash va Oʻzbekiston Respublikasining “Kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:

I. Asosiy maqsadlar

1. Quyidagilar 2030-yilga qadar kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:

(a) kreativ iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 5 foizga — 145 trillion soʻmga yetkazish;

(b) kreativ industriya mahsulotlari va xizmatlari eksportini 1 milliard AQSH dollaridan oshirish;

(v) sohada amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida ish oʻrinlarini 500 mingtaga yetkazish.

II. Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar

2. Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va uning asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)ga tegishli Toshkent shahri Shayxontohur tumani Forobiy koʻchasida joylashgan bino va inshootlar hamda hudud negizida 2026-2027-yillarda birinchi bosqichda quyidagilardan iborat Kreativ industriya parki (keyingi oʻrinlarda — Kreativ park) infratuzilmalari davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilsin:

(a) sayr etish, dam olish va hordiq chiqarish, art-obyekt va monumental sanʼat asarlari hududlaridan iborat yashil bogʻ;

(b) raqamli dizayn va dasturlash yoʻnalishida nufuzli xalqaro maktab;

(v) buk-kafe, sport va vorkaut maydonchalari, mehmonxona;

(g) badiiy ijodkorlar pavilyoni, kreativ ustaxonalar, ekologik ofis xonalari va kovorking markazi;

(d) kino va videomahsulotlarni ishlab chiqarish zonalari hamda ovoz yozish studiyalari;

(j) Jamgʻarma bilan kelishilgan holda ijodkorlar va kreativ kompaniyalar uchun zamonaviy ekologik makon — Kreativ industriyalar kampusi. Bunda Kreativ park hududi xavfsizlik, inklyuzivlik va ekologik tozalik talablariga javob bergan holda 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan ochiq jamoat makoni sifatida tashkil etiladi.

4. Kreativ industriya parki direksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) faoliyati 3-ilovadagi manbalar hisobidan moliyalashtirilishi belgilansin.

5. Belgilansinki, Direksiya:

(a) shartnoma asosida Kreativ park rezidentlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ishlab chiqarish maydonlari, ofislar, oʻquv xonalari, konferens-zallar, auditoriyalar va boshqa xonalarni ijaraga beradi;

(b) mazkur qarorning 4-ilovasidagi hududlarda kreativ industriya klasterlarini tashkil qilish uchun ularni ijaraga beradi. Bunda Kreativ park rezidentlari uchun auksion savdolariga qoʻyiladigan ijara haqi summasining boshlangʻich bahosi 50 foizga pasaytiriladi.

III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

6. Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha 2026-2027-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3325-son qarori 4-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Jamgʻarma tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarda chet ellik kontragentlarni soliqlar va toʻlovlardan 2030-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod qilish”.

8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi G.O. Umerova belgilansin.

9. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 16-fevral,

PQ-64-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64-son qaroriga1-ILOVA

Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi

1.G.O. Umerova—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi, Kengash raisi 2.Sh.X. Shermatov—raqamli texnologiyalar vaziri 3.O.A. Nazarbekov—madaniyat vaziri 4.A.D. Tashkulov—adliya vaziri 5.B.S. Hamrayev—Milliy statistika qoʻmitasi raisi6.F.J. Pulatov—Soliq qoʻmitasi raisi 7.I.I. Norqulov—iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari8.D.A. Vaxabov—Savdo-sanoat palatasi raisi 9.J.O. Ahmedov—Bolalar kontentini rivojlantirish markazi rahbari10.F.D. Usmanov—Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori11.X.R. Salixov—Kreativ industriya parki direksiyasi direktori12.Kelishuv asosida*—kreativ industriya sohalaridagi yetakchi tadbirkor13.Kelishuv asosida*—kreativ industriya sohalaridagi xalqaro ekspert14.Kelishuv asosida*—kreativ industriya sohalaridagi mahalliy ekspert15.A.A. Mannopov—Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisining birinchi oʻrinbosari, Kengash kotibi

Izohlar:

Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi;

Kengash faoliyatiga vazirlik va idoralar rahbarlari, tegishli soha vakillari va mutaxassislar jalb etilishi mumkin.

* Kengash raisi tomonidan aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64-son qaroriga2-ILOVA

Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashining

1. Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish va kreativ industriya sohalarini qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2. Kreativ industriya sohalaridagi iqtisodiy faoliyat turlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

3. Kreativ industriyaning istiqbolli yoʻnalishlari va “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash.

4. Kreativ industriya parki faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni eshitish.

5. Kreativ industriya sohalarida investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish va xalqaro bozorlarga chiqish choralarini koʻrish.

6. Kreativ industriya sohalarida adolatli monetizatsiya mexanizmlarini takomillashtirish hamda shu orqali intellektual mulk, shu jumladan, mualliflik huquqlarini himoya qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

7. Kreativ industriya sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar berish.

8. Kreativ industriya sohasida davlat organlari, xususiy sektor va nodavlat tashkilotlar oʻrtasida samarali hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish.

9. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarining kreativ iqtisodiyot sohalariga taalluqli masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish hamda tegishli qaror qabul qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64-son qaroriga3-ILOVA

Kreativ industriya parki direksiyasi faoliyatini

1. Kreativ industriya parki rezidentlari tomonidan toʻlanadigan aʼzolik badallari.

2. Davlat budjetidan Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi orqali ajratiladigan mablagʻlar.

3. Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasining oʻz hisobidan ajratiladigan, shu jumladan, Kreativ industriya parki hududida joylashgan davlat sherigiga tegishli boʻlgan bino va inshootlarni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlar.

4. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yaratish va realizatsiya qilish hamda boshqa faoliyat turlaridan olinadigan daromadlar.

5. Subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar.

6. Yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari.

7. Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64-son qaroriga4-ILOVA

Kreativ industriya klasterlari tashkil etiladigan hududlar

T/rHududlar nomiJoylashgan shahar1.Registon maydoni (Ulugʻbek, Sherdor, Tillakori madrasalari)Samarqand shahri2.Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi doirasida qamrab olingan hudud*Buxoro shahri3.Ichan-qalʼa majmuasiXiva shahri

* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-avgustdagi PQ-260-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi oʻtkaziladigan moddiy madaniy meros obyektlari roʻyxatida keltirilgan moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hudud.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PQ-64-son qaroriga5-ILOVA

Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha 2026-2027-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar

T/rChora-tadbirlarIjro muddatiMasʼul ijrochilar1.Quyidagilarning tasdiqlanishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritish:Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom;Kreativ industriya parkini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida nizom;Kreativ industriya sohalaridagi iqtisodiy faoliyat turlari roʻyxati.2026-yil fevralMadaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Milliy statistika qoʻmitasi,Soliq qoʻmitasi2.Milliy statistika qoʻmitasi tarkibida amaldagi shtat birliklari doirasida 4 ta shtat birligidan iborat kreativ iqtisodiyot hisobini yurituvchi alohida tuzilma tashkil etish.2026-yil martMilliy statistika qoʻmitasi,Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligiKreativ mahsulotlar hajmining mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushini hisoblashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish.2026-yil iyul3.Kreativ mahsulotlar yuzasidan moliyaviy va statistik hisobotlarni mobil ilova orqali soddalashtirilgan tartibda elektron taqdim etish tizimini yaratish.2026-yil aprelSoliq qoʻmitasi,Milliy statistika qoʻmitasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi4.Toshkent shahri Shayxontohur tumani Forobiy koʻchasida joylashgan boʻsh turgan tegishli bino-inshootlarni kreativ industriya parki barpo etish uchun Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz oʻtkazishni yakunlash va kadastr hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish.2026-yil fevral Kadastr agentligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Toshkent shahri hokimligi,Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi5.Toshkent shahri Shayxontohur tumani Forobiy koʻchasida tashkil etiladigan kreativ industriya parkini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (elektr, gaz, suv, issiqlik, kanalizatsiya hamda yoʻllar)ga ulanishini taʼminlash.Bino-inshootlar qurilishi yakuni bilanToshkent shahri hokimligi,Energetika vazirligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Transport vazirligi,Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,tegishli vazirlik va idoralar6.Buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlariga belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan kreativ mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun zarur xomashyolar va asbob-uskunalarni bojxona bojidan uch yil muddatga ozod etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil iyunMadaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Bojxona qoʻmitasi7.Kreativ industriya parkini yanada kengaytirish va zamonaviy formatda tashkil etish boʻyicha Yangi Toshkent hududidan yer maydoni ajratish va uni barpo etishni moliyalashtirish manbalarini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.2026-yil aprelVazirlar Mahkamasi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,Toshkent shahri hokimligi,Adliya vazirligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Kadastr agentligi,Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi8.Kreativ industriya parki direksiyasi rezidenti maqomini olgan yuridik va jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish maqsadida:Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,Soliq qoʻmitasi,Milliy statistika qoʻmitasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Adliya vazirligiKreativ industriya parki direksiyasining axborotlar bazasini yaratish;2026-yil avgustKreativ industriya parkining axborotlar bazasini davlat organlari va idoralarining axborot bazalari bilan oʻzaro integratsiya qilish.2026-yil dekabr9.Kreativ iqtisodiyot sohasida intellektual mulk obyektlarini himoya qilish va ularni tijoratlashtirishni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.2026-yil dekabrKreativ industriya parki direksiyasi,Madaniyat vazirligi,Adliya vazirligi10.Kreativ industriya parki rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan kreativ mahsulotlar boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirish uchun davlat xaridlari elektron tizimlarida alohida boʻlim tashkil etish.2026-yil dekabrIqtisodiyot va moliya vazirligi,Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,Kreativ industriya parki direksiyasi11.Nukus shahrining “Istiqlol” madaniyat va istirohat bogʻi, uning hududidagi pavilyon va angarni rekonstruksiya qilish, shuningdek, bolalar kutubxonasi binosini barpo etishni loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish hamda ushbu hududni kreativ park sifatida tashkil etishni moliyalashtirish manbalarini belgilash yuzasidan taklif kiritish.2026-yil martIqtisodiyot va moliya vazirligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi12.Kreativ industriya parki rezidentlari hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan kreativ mahsulotlar davlat xaridlarida ishtirok etishi uchun ularning reyestrini shakllantirish, kreativ industriya parkining rasmiy veb-saytidagi hamda reyestrdagi maʼlumotlarni muntazam yangilab borish.2026-yil maydan boshlab doimiyMadaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,Kreativ industriya parki direksiyasi

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.