PQ-109-son Qaror · 25.03.2026

“Ovjazsoy-Moviy togʻlar”, “Piskom”, “Fargʻona” milliy tabiat bogʻlarini tashkil etish va “Pop” milliy tabiat bogʻi hududini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-109
  • Qabul qilingan sana:25.03.2026
  • Kuchga kirgan sana:28.03.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/109/0282

Mamlakatimizda tabiiy hududlarni muhofaza qilish, ekologik qimmatga ega boʻlgan tabiiy obyektlar va majmualarni saqlash, qayta tiklash, bioxilma-xillikni asrash, ekologik muhitni yaxshilash maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar mazkur qarorning asosiy maqsadlari etib belgilansin:

(a) Toshkent viloyati Piskom va Qurama togʻ tizmalaridagi tabiiy oʻrmonlar, 27 turdagi noyob va global miqyosda yoʻqolib ketish xavfi ostidagi umurtqali hayvonlar hamda 7 turdagi endemik va 40 turdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklarni himoya qilish;

(b) Fargʻona vodiysidagi yoʻqolib ketish xavfi ostidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga va Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil roʻyxatiga kirgan 6 turdagi sudralib yuruvchi, 3 turdagi sut emizuvchi va 13 turdagi qushlar hamda 2 turdagi yangi Shimoliy Osiyo kaltakesaklari va Seversov qoʻyining avval tabiatga nomaʼlum boʻlgan populyatsiyasini muhofazaga olish;

(v) tabiat yodgorliklari boʻlgan “Yozyovon” va “Mingbuloq” oq qumlarini saqlab qolish.

II. Milliy tabiat bogʻlari faoliyatini tashkil etish

2. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Toshkent, Fargʻona va Namangan viloyatlari hokimliklarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

(a) Toshkent viloyatida:

(i) Ohangaron tumanidagi Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaligining “Ovjazsoy” uchastkasidagi 9,2 ming gektar yer maydonida davlat muassasasi shaklidagi “Ovjazsoy — Moviy togʻlar” milliy tabiat bogʻini;

(ii) Boʻstonliq tumanidagi Burchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligining 156,7 ming gektar yer maydonida davlat muassasasi shaklidagi “Piskom” milliy tabiat bogʻini tashkil etish;

(b) Fargʻona viloyati Oʻzbekiston va Soʻx tumanlaridagi 13,9 ming gektar davlat zaxira yerlari hamda Fargʻona va Qoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaliklarining 8,9 ming gektar yer maydonlari hisobiga umumiy maydoni 22,9 ming gektardan iborat davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida “Fargʻona” milliy tabiat bogʻini tashkil etish;

(v) Namangan viloyati Mingbuloq va Pop adirliklarida 33,6 ming gektar davlat zaxira yerlari hamda Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligining 91,2 ming gektar yer maydoni hisobiga “Pop” milliy tabiat bogʻi hududini 125,3 ming gektarga kengaytirish.

3. Belgilansinki:

(a) Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti” davlat muassasasi “Ovjazsoy — Moviy togʻlar”, “Piskom”, “Fargʻona” va “Pop” milliy tabiat bogʻlarining (keyingi oʻrinlarda — milliy tabiat bogʻlari) muassisi hisoblanadi;

(b) quyidagilar milliy tabiat bogʻlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

(i) Toshkent, Fargʻona va Namangan viloyatlarining mahalliy budjeti mablagʻlari;

(ii) Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari;

(iii) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;

(v) milliy tabiat bogʻlariga davlat oʻrmon xoʻjaliklaridan yer maydonlari oʻtkazilganda davlat oʻrmon xoʻjaliklari uchun belgilangan shtat birliklari soni muhofaza etiladigan tabiiy hududlar uchun alohida meʼyor tasdiqlangunga qadar amal qiladi;

(g) milliy tabiat bogʻlari hududida:

(i) har qanday kapital qurilish ishlarini amalga oshirish, avtotransport vositalarini (maxsus va yongʻinga qarshi avtotransportdan tashqari) kiritish hamda ov qilish taqiqlanadi;

(ii) noyob tabiat, fauna va flora bilan tanishish uchun piyoda sayrlarga (xayking) belgilangan tartibda ruxsat beriladi;

(d) zarur turistik infratuzilma va turistik xizmatlar “Ovjazsoy — Moviy togʻlar”, “Piskom” milliy tabiat bogʻlaridan tashqari hududlarda tashkil etiladi.

4. Quyidagilar:

(a) “Ovjazsoy — Moviy togʻlar”, “Piskom”, “Fargʻona” va “Pop” milliy tabiat bogʻlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladigan yer uchastkalarining roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;

(b) “Ovjazsoy — Moviy togʻlar”, “Piskom”, “Fargʻona” va “Pop” milliy tabiat bogʻlarining qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

5. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bir oy muddatda milliy tabiat bogʻlarining nizomlari, tuzilmalari va shtat birliklari tasdiqlanishini taʼminlasin.

6. Toshkent, Fargʻona va Namangan viloyatlari hokimliklari:

(a) bir oy muddatda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining taklifi asosida milliy tabiat bogʻlarining qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida foydalanish zonalarining hududi chegaralarini tasdiqlash boʻyicha qaror qabul qilinishini;

(b) ikki oy muddatda:

(i) Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Kadastr agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning 1-ilovasidagi yer maydonlarini ulardagi koʻp yillik daraxtlar va infratuzilma obyektlari bilan birga tegishliligi boʻyicha doimiy foydalanish huquqi asosida milliy tabiat bogʻlariga oʻtkazib berilishini;

(ii) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda milliy tabiat bogʻlarining ijro etuvchi apparati uchun viloyatlar markazlaridan, milliy tabiat bogʻlarining qoʻriqlash postlari uchun milliy tabiat bogʻi joylashgan yer maydonlariga yaqin hududlardan operativ boshqaruv huquqi asosida binolar bepul ajratilishini taʼminlasin.

7. Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:

(a) mazkur qarorning 1-ilovasida belgilangan yer uchastkalari oʻrmon fondi yerlari toifasidan tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilishini;

(b) Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.

8. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar xodimlarining shtat birliklari meʼyorlari boʻyicha alohida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, kiritilishini taʼminlasin.

9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Toshkent viloyati hokimi Z.T. Mirzayev, Fargʻona viloyati hokimi X.X. Bozarov va Namangan viloyati hokimi Sh.Sh. Abdurazakov belgilansin.

10. Qaror ijrosini muhokama qilib borish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 25-mart,

PQ-109-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PQ-109-son qaroriga1-ILOVA

“Ovjazsoy — Moviy togʻlar”, “Piskom”, “Fargʻona” va “Pop” milliy tabiat bogʻlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladigan yer uchastkalari

Hudud nomiYerdan foydalanuvchilarYer uchastkasi maydoni(ga)Yer toifasiOʻtkaziladigan yer toifasi“Ovjazsoy — Moviy togʻlar” milliy tabiat bogʻiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladigan yer uchastkalarining umumiy maydoniToshkent viloyati Ohangaron tumaniOhangaron davlat oʻrmon xoʻjaligi9 200Oʻrmon fondi yerlariTabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarTuman boʻyicha jami9 200“Piskom” milliy tabiat bogʻiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladigan yer uchastkalarining umumiy maydoniToshkent viloyati Boʻstonliq tumaniBurchmulla davlat oʻrmon xoʻjaligi156 759Oʻrmon fondi yerlariTabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarTuman boʻyicha jami156 759Viloyat boʻyicha jami165 959“Fargʻona” milliy tabiat bogʻiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladigan yer uchastkalarining umumiy maydoniFargʻona viloyati Beshariq tumaniQoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaligi3 563Oʻrmon fondi yerlariTabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarTuman boʻyicha jami3 563Fargʻona viloyati Dangʻara tumaniQoʻqon davlat oʻrmon xoʻjaligi3 886Oʻrmon fondi yerlariTabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarTuman boʻyicha jami3 886Fargʻona viloyati, Yozyovon tumaniFargʻona davlat oʻrmon xoʻjaligi1 451Oʻrmon fondi yerlariTabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarTuman boʻyicha jami1 451Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumaniOʻzbekiston tumani hokimligi zaxira yerlari9 077Zaxira yerlarTabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarTuman boʻyicha jami9 077Fargʻona viloyati Soʻx tumaniSoʻx tumani hokimligi zaxira yerlari4 903Zaxira yerlarTabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarTuman boʻyicha jami4 903Viloyat boʻyicha jami22 880“Pop” milliy tabiat bogʻi hududini kengaytirish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladigan yer uchastkalarining umumiy maydoniNamangan viloyati Pop tumaniPop ixtisoslashgan davlat oʻrmon xoʻjaligi91 250Oʻrmon fondi yerlariTabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarPop tumani hokimiyati zaxira yerlari33 658,3Zaxira yerlarTabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarTuman boʻyicha jami124 908,3Namangan viloyati Mingbuloq tumaniGigant massividagi zaxira yerlar138,0Zaxira yerlarTabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarIstiqbol massividagi zaxira yerlar150,43Zaxira yerlarTabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarFargʻona massividagi zaxira yerlar107,11Zaxira yerlarTabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarTuman boʻyicha jami395,54Viloyat boʻyicha jami125 303,84Barcha yer maydonlari314 142,84

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PQ-109-son qaroriga2-ILOVA

“Ovjazsoy — Moviy togʻlar”, “Piskom”, “Fargʻona” va “Pop” milliy tabiat bogʻlarining qoʻriqxona, rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari

Zonalarning nomlariYer maydoni(ga)Oʻtkazilayotgan yer toifalari“Ovjazsoy — Moviy togʻlar” milliy tabiat bogʻiQoʻriqxona zonasi8 700Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarRekreatsiya zonasi200Xoʻjalik maqsadida foydalanish zonasi300Jami yer maydoni9 200“Piskom” milliy tabiat bogʻiQoʻriqxona zonasi147 200Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarRekreatsiya zonasi3 200Xoʻjalik maqsadida foydalanish zonasi6 359Jami yer maydoni156 759“Fargʻona” milliy tabiat bogʻiQoʻriqxona zonasi17 300Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarRekreatsiya zonasi1 200Xoʻjalik maqsadida foydalanish zonasi4 380Jami yer maydoni22 880“Pop” milliy tabiat bogʻiQoʻriqxona zonasi122 200Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarRekreatsiya zonasi6 000Xoʻjalik maqsadida foydalanish zonasi7 103,84Jami yer maydoni135 303,84*

Izoh: Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisining qaroriga asosan qoʻriqxona zonasi rekreatsiya va xoʻjalik maqsadida foydalanish zonalarini qisqartirish hisobiga kengaytirilishi mumkin.

* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-martdagi “Oʻrmon fondi yerlarida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bogʻliq qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 93-son qaroriga muvofiq “Pop” milliy tabiat bogʻi 10,0 ming gektarda tashkil etilganligi inobatga olingan.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.