PQ-225-son Qaror · 15.06.2026

Xorazm viloyati Bogʻot tumanidagi koʻchalardan biriga Shakarjon Xoʻjaniyozova nomini berish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-225
  • Qabul qilingan sana:15.06.2026
  • Kuchga kirgan sana:15.06.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/225/0604

Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi tizimida koʻp yillar davomida samarali faoliyat yuritgan, oʻzining fidokorona mehnati va yuksak rahbarlik salohiyati bilan mamlakatimiz tarixida chuqur iz qoldirgan, Xorazm vohasining dehqonchilik madaniyatini yangi bosqichga koʻtargan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi Shakarjon Xoʻjaniyozovaning ulkan xizmatlarini eʼtirof etgan holda qaror qilaman:

1. Xorazm viloyati Bogʻot tumani Ashxobod mahallasida joylashgan Ezgu tilak koʻchasiga Shakarjon Xoʻjaniyozova nomi berilsin.

2. Kadastr agentligi mazkur qarorga muvofiq bir oy muddatda Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga hamda ushbu hududda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari maʼlumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.

3. Xorazm viloyati hokimligi bir oy muddatda koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyektlari raqamlari koʻrsatkichlarini oʻrnatish choralarini koʻrsin.

4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 15-iyun,

PQ-225-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.