PF-160-son Farmon · 14.08.2026

“Odil sudlov-2030”: Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-160
  • Qabul qilingan sana:14.08.2026
  • Kuchga kirgan sana:15.08.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/26/160/0845

Yangi Oʻzbekistonda inson qadrini ulugʻlash, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilishni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish hamda sud protsessiga zamonaviy huquqiy mexanizm va institutlarni joriy qilish orqali xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan odil sudlovga oid strategik maqsadlarni izchil amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:

I. Ustuvor yoʻnalishlar

1. Sud tizimini isloh qilish quyidagi ustunlar asosida amalga oshirilishi belgilansin:

(a) “xalqchil sud” — sudlar faoliyatining shaffofligi, sud jarayonlari va sud faoliyatiga oid axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali sud tizimining ochiqligini taʼminlash va jamiyatda sudga boʻlgan mutlaq ishonchni qaror toptirish, sudlarni byurokratiyadan butunlay xoli tizimga aylantirish;

(b) “adolat qoʻrgʻoni” — inson huquqlari ustuvorligini soʻzsiz taʼminlaydigan, har qanday taʼsir va aralashuvlardan xoli, mustaqil odil sudlov tizimini mustahkamlash;

(v) “kafolatlangan adolat” — qonuniy, adolatli va asoslantirilgan sud qarorlarini qabul qilish, ularning sifati va barqarorligini taʼminlash orqali fuqarolarning buzilgan huquqlarini sudda tiklash kafolatlarini kuchaytirish;

(g) “adolat posbonlari” — xalq xizmatida boʻlgan, yuksak maʼnaviy va professional fazilatlarga ega, adolat mezonlariga qatʼiy rioya qiluvchi sudyalar korpusini shakllantirish;

(d) “raqamli odil sudlov” — sud ish yurituvini toʻliq raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali fuqarolar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, qulay va tezkor sud muhokamasi imkoniyatini yaratish;

(j) “xalqaro eʼtirof” — inson huquqlari sohasidagi ilgʻor xalqaro standartlarni milliy sud amaliyotiga implementatsiya qilish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish.

II. Strategiyani tasdiqlash va uni amalga oshirish

2. Quyidagilar:

(a) “Odil sudlov — 2030”: Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;

(b) “Odil sudlov — 2030”: Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasini 2026 — 2028-yillarda amalga oshirish boʻyicha harakatlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;

(v) “Odil sudlov — 2030”: Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi doirasida erishiladigan asosiy maqsadlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

III. Odil sudlovga erishish imkoniyatlari va quyi sudlar qarorlarini qayta koʻrib chiqishda xolislik darajasini yanada oshirish

3. Sud qarorlarini qayta koʻrib chiqishning xolisligi va samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2027-yil 1-iyuldan boshlab jami 319 ta boshqaruv xodimlari shtat birligidan iborat umumyurisdiksiya va maʼmuriy sud yoʻnalishlarida ishlarni qayta koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan, yurisdiksiya hududi bir nechta maʼmuriy-hududiy birliklarni qamrab oladigan hududlararo sudlar tashkil etilsin. Bunda:

(a) 227 ta boshqaruv xodimlari shtat birliklari sudlarning amaldagi shtat birliklari doirasida shakllantiriladi;

(b) qoʻshimcha 92 ta boshqaruv xodimlari shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-son Farmoniga muvofiq 2026-yilda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining qisqartirilgan shtat birliklari hisobidan ajratiladi.

4. Oliy sud 2026-yil yakuniga qadar belgilangan tartibda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalarini kiritsin:

(a) hududlararo sudlarga viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlarni taftish tartibida, mazkur sudlar tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish vakolatini berish;

(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining ishlarni taftish instansiyasida koʻrish vakolatini hamda oʻzlari tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish vakolatini tugatish;

(v) hududlararo sudlarda taftish tartibida koʻrilgan ishlarni Oliy sudda qayta koʻrish tartibini belgilash.

5. Oliy sud Bosh prokuratura hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini oʻz vaqtida tiklash maqsadida 2027-yil 1-aprelga qadar ilgʻor xorijiy tajriba va huquqni qoʻllash amaliyoti tahlilidan kelib chiqqan holda Oliy sudda qayta koʻriladigan ishlar mezonlarini belgilash yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritsin.

6. Oliy sudning fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish, ayniqsa, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholiga sud himoyasidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida 2027 — 2030-yillarda barcha hududlarda fuqarolik ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarini sud tizimining mavjud shtat birliklari doirasida tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

Bunda aholi soni, sudga kelib tushayotgan ishlar hajmi va dinamikasi, sudyalarning ish yuklamasi, hududiy xususiyatlar hamda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlari inobatga olinadi.

7. Oliy sud Sudyalar oliy kengashi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda hududlarda fuqarolik ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarini bosqichma-bosqich tashkil etib, ularning tuzilmasini tasdiqlasin.

8. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oliy sud bilan kelishilgan holda mazkur Farmonga muvofiq tashkil etilayotgan hududlararo sudlar va fuqarolik ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarini joylashtirish choralarini koʻrib borsin.

IV. Jinoyat protsessining sudga qadar ish yuritish bosqichida sud nazoratini kuchaytirish

9. Oliy sud va Bosh prokuraturaning 2027-yil 1-iyuldan boshlab “asosli gumon” (Prima Facie) xalqaro standartiga muvofiq tergov sudyasiga tegishli protsessual majburlov choralarini qoʻllash (sanksiya berish) toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda shaxsni ushlab turishning qonuniyligi va asosliligi, gumon qilish yoki ayblov eʼlon qilish uchun asoslar yetarliligini, shubha tugʻilgan taqdirda, tergov sirini taʼminlagan holda qoʻshimcha hujjatlar talab qilish yoʻli bilan tekshirish vakolatlarini berish haqidagi taklifi maʼqullansin.

10. Quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan qonun loyihalari uch oy muddatda kiritilsin:

(a) Oliy sud tomonidan Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda — mazkur Farmon 9-bandida nazarda tutilgan vakolatlarni tergov sudyalariga berish;

(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tomonidan Oliy sud, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda — “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunda shaxsning konstitutsiyaviy huquqlarini bevosita cheklash bilan bogʻliq tadbirlarni oʻtkazishga sanksiya sudlar tomonidan berilishini belgilash.

11. Quyidagilar:

(a) Adliya vazirligi Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda 2027-yil 1-aprelga qadar yangi tahrirdagi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks loyihasini ishlab chiqish doirasida ilgʻor xorijiy tajriba asosida ayrim maʼmuriy huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish vakolatlarini maʼmuriy organlarga oʻtkazish;

(b) Oliy sud Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda 2027-yil 1-iyunga qadar tergov sudyalarining amaldagi ish yuklamasi va yangi berilayotgan vakolatlardan kelib chiqib, ularning shtat birliklarini qayta koʻrib chiqish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni kiritsin.

V. Yagona sud amaliyotini shakllantirish hamda sudlar va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining ochiqligini oshirish

12. Odil sudlov sifatini yaxshilash va mamlakatda qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha yagona sud amaliyotiga erishish maqsadida Oliy sud:

(a) 2027-yil 1-avgustdan boshlab yagona sud amaliyotini shakllantiruvchi Oliy sud Rayosati qarorlarini belgilangan tartibda ochiq eʼlon qilish va yangilab borish amaliyotini (“Pretsedentlar” reyestri) joriy etsin;

(b) yagona sud amaliyotini shakllantirish jarayoniga ilmiy doiralar, malakali mutaxassislar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini keng jalb etish maqsadida jamoatchilik asosidagi ekspertlar kengashlarini tashkil etish choralarini koʻrib borsin;

(v) uch oy muddatda ekspertlar kengashlarini tashkil etish tartibini belgilasin.

13. Oliy sud Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda 2027-yil 1-martga qadar sudlar va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatida shaffoflikni oshirish, ularning faoliyatiga oid axborotni qonunga muvofiq erkin olishni taʼminlash maqsadida sudlar va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyati ochiqligini taʼminlashga qaratilgan qonun loyihasini kiritsin.

14. Oliy sudning sudlarga murojaat qilgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga zamonaviy standartlar asosida qulayliklar yaratish, sudlar faoliyatida byurokratiyani kamaytirish va ochiqlikni taʼminlash maqsadida sud binolarining kirish qismida 2030-yilga qadar bosqichma-bosqich “yagona darcha” tamoyili asosida xizmat koʻrsatish ofislari faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

15. Belgilansinki, sudlarning “yagona darcha” tamoyili asosida xizmat koʻrsatish ofislari tomonidan aholiga zarur axborotlarni bir joyning oʻzida taqdim etish, protsessual murojaatlar yuzasidan tashkiliy yordam koʻrsatish, murojaatlarni tezkor qabul qilish va raqamli sud xizmatlaridan foydalanishda amaliy koʻmaklashish choralari koʻriladi.

16. Oliy sud Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2027-yil yakuniga qadar sudlarga murojaat qilishda qoʻshimcha imkoniyat va qulayliklarni yaratish maqsadida Oliy sudning interaktiv xizmatlar portalini (my.sud.uz) quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirish choralarini koʻrsin:

(a) portalning yangilangan mobil ilovasini ishga tushirish;

(b) portalda “Sudga murojaat namunalari” interaktiv xizmatini takomillashtirish. Bunda daʼvo arizalari va boshqa hujjatlarni tayyorlash orqali sudga murojaat qilishni osonlashtirish;

(v) jismoniy va yuridik shaxslar soʻroviga koʻra sud hujjatlarini interaktiv tarzda izlash imkoniyatini kengaytirish.

VI. “Sudning faol ishtiroki” tamoyilini qoʻllash doirasini kengaytirish orqali sudga murojaat qilishda qulayliklar yaratish

17. Iqtisodiy nizolarni tezkor va adolatli hal etish, tadbirkorlik subyektlari va investorlarning vaqti hamda xarajatlarini tejash maqsadida 2028-yil 1-yanvardan boshlab sudyaga ishlarni koʻrish jarayonida juzʼiy (formal) kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish majburiyatini yuklashni nazarda tutuvchi “iqtisodiy ishlarni proaktiv boshqarish” (Proactive Case Management) standarti joriy etilsin.

18. Oliy sudning “yagona darcha” tamoyili asosida daʼvo arizasini (arizani) qaytarish institutini isloh qilish orqali sudga murojaat qilishni soddalashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:

(a) fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritishda arizani qaytarishning “ish mazkur sudning sudloviga tegishli boʻlmasligi” asosini bekor qilish va arizani shu sudning oʻzi tomonidan tegishliligi boʻyicha boshqa sudga oʻtkazish;

(b) juzʼiy (formal) talablarga rioya etmasdan berilgan daʼvo arizasini (arizani) qabul qilgan holda kamchiliklarni sudning faol koʻmagi yordamida bartaraf etish tartibini joriy etish.

VII. Sudyalarni odil sudlov bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalardan ozod etish

19. Oliy sud va Sudyalar oliy kengashining 2028-yil 1-yanvardan boshlab xalqaro standartlar asosida sudyalar mustaqilligini taʼminlash va ularni odil sudlovga daxldor boʻlmagan vazifalardan ozod etish maqsadida quyidagi takliflari maʼqullansin:

(a) sud maʼmurchiligi (Court Administration) institutini joriy etish;

(b) sudyalar faoliyatini tashkiliy, moddiy-texnik, moliyaviy va axborot-tahlil jihatidan taʼminlash hamda raqamlashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, sud apparati xodimlari bilan ishlash uchun masʼul boʻlgan sud maʼmuriyatini tashkil etish;

(v) sudlarda boshqaruv lavozimlarini maqbullashtirish va ortiqcha boʻgʻinlarni qisqartirish.

20. Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi:

(a) 2027-yil 1-aprelga qadar mazkur Farmonning 18-bandida nazarda tutilgan takliflarni;

(b) 2027-yil noyabrga qadar sud maʼmurchiligi boʻyicha ilgʻor xorijiy amaliyotni joylarga chiqqan holda oʻrganish asosida mazkur Farmonning 19-bandida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritsin.

VIII. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

21. Oliy sud va Oliy Majlis palatalarining sud amaliyotini umumlashtirish asosida qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotidagi tizimli muammolarni aniqlash va ularning yechimi boʻyicha takliflarni har yili tegishliligi boʻyicha Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

22. Oliy sud Sudyalar oliy kengashi bilan birgalikda 2027-yil yakuniga qadar ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish natijalari asosida odil sudlov sifatini baholash indikatorlari tizimini ishlab chiqish va har yili Oʻzbekistonda odil sudlov sifati indeksini eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar kiritsin.

23. Oliy sud Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi va boshqa idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmon mazmun-mohiyatini keng yoritib borish boʻyicha mediarejani tasdiqlab, uning samarali amalga oshirilishini taʼminlasin.

24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

25. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Oliy sud raisi R.A. Maxmudova va Sudyalar oliy kengashi raisi X.B. Yodgorov belgilansin.

26. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari N.J. Xakimova zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 14-avgust,

PF-160-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi PF-160-son Farmoniga 1-ILOVA

“Odil sudlov – 2030”: Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish

“Odil sudlov — 2030”: Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) sud-huquq islohotlarining izchil davom ettirilishini taʼminlash, qonun ustuvorligi talablariga, mustaqillik, ochiqlik va samaradorlik tamoyillariga javob beradigan zamonaviy sud tizimini shakllantirish, sudlar imijini yanada yaxshilash, aholining sudlarga boʻlgan ishonchini mustahkamlash maqsadida “Sudlar — xalqchil va adolatli odil sudlov qoʻrgʻoni va Yangi Oʻzbekistonning haqiqat ustuni” shiori ostida ishlab chiqilgan.

Strategiya Yangi Oʻzbekistonda sud hokimiyatini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlari hamda islohotlar natijasida erishiladigan maqsadlarni belgilaydi.

2030-yildagi Yangi Oʻzbekistonning xalqchil va adolatli sud tizimi

Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi 2030-yilga kelib aholining ishonchiga sazovor boʻlgan, sifatli va barqaror odil sudlovni amalga oshiradigan, inson huquqlari va erkinliklarini samarali himoya qiladigan, zamonaviy raqamli texnologiyalar hamda sunʼiy intellekt asosida faoliyat yuritadigan, shuningdek, davlat hokimiyatining korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasizlik, yuksak professionalizm va ochiqlik namunasi boʻlgan boʻgʻiniga aylanishi lozim.

Yangi Oʻzbekiston sud hokimiyatining yangilangan qiyofasini shakllantirishga qaratilgan islohotlar quyidagi 6 ta ustun asosida amalga oshiriladi:

I. “Xalqchil sud” — sudlar faoliyatining shaffofligi, sud jarayonlari va sud faoliyatiga oid axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali sud tizimining ochiqligini taʼminlash va jamiyatda sudga boʻlgan mutlaq ishonchni qaror toptirish, sudlarni byurokratiyadan butunlay xoli tizimga aylantirish

1.1. Sudlarning jamoatchilik bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan qayta aloqani samarali yoʻlga qoʻyish.

1.2. Sudlar faoliyatiga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish va ularning yechimini ishlab chiqishda jamoatchilik vakillari ishtirokini yoʻlga qoʻyish.

1.3. Sudlar va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining shaffofligini oshirish, har kim ularning faoliyatiga oid har qanday axborotni qonunga muvofiq olishini taʼminlash.

1.4. Odil sudlov va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatiga oid milliy va xalqaro reyting hamda indekslardagi koʻrsatkichlarni yaxshilash, ularda yuqori pogʻonalarga erishish.

1.5. Sud-huquq sohasida muhim ahamiyatga ega sana va voqea-hodisalarni nishonlash, sud tizimi rivojlanishida chuqur iz qoldirgan shaxslarning hayotiy va kasbiy tajribasini oʻrganish hamda yosh avlodga yetkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

1.6. Sudlarga murojaat qilgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga zamonaviy standartlarga muvofiq qulayliklar yaratish.

II. “Adolat qoʻrgʻoni” — inson huquqlari ustuvorligini soʻzsiz taʼminlaydigan, har qanday taʼsir va aralashuvlardan xoli, mustaqil odil sudlov tizimini mustahkamlash

1. Odil sudlovga erishish darajasini yangi bosqichga olib chiqish

2.1.1. Har bir tuman, shaharda fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarni tashkil etish orqali fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish.

2.1.2. Fuqarolik va iqtisodiy sudlarda ortiqcha byurokratik protsessual qoidalarni maqbullashtirish orqali fuqaro va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tezkorlik bilan tiklashga erishish.

2.1.3. “Yagona darcha” tamoyili asosida daʼvo arizasi (ariza)ni qaytarish institutini isloh qilish orqali sudga murojaat qilish tartibini soddalashtirish.

2.1.4. Iqtisodiy sudlarda transchegaraviy nizolarni koʻrib chiqishning protsessual asoslarini xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish.

2.1.5. Iqtisodiy sud ishlari yurituviga “iqtisodiy ishlarni proaktiv boshqarish” (Proactive Case Management) standartini joriy etish.

2.1.6. Sud xarajatlarini toʻlash va taqsimlash tartibini yanada takomillashtirish.

2.1.7. Sud ishlarini qayta koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish orqali buzilgan huquqlar tezkorlik bilan tiklanishini taʼminlash.

2.1.8. Sud hujjatlarining soʻzsiz va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash, majburiy ijro organlari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2. Sud amaliyotining yagonaligi va barqarorligini taʼminlash

2.2.1. Sud qarorlarini qabul qilishda nafaqat qonun talablariga, balki adolat, mutanosiblik va oqilonalik kabi prinsiplarga rioya etishni taʼminlashga qaratilgan yondashuvlarni ishlab chiqish.

2.2.2. Qonunchilikning aniq va bir xilda qoʻllanishini taʼminlash maqsadida sud amaliyotini doimiy ravishda tahlil qilishning institutsional tizimini shakllantirish.

2.2.3. Sud hujjatlarini tayyorlashning “soddalashtirilgan sud hujjati” modeliga asoslangan yangi standartlarini joriy qilish, ularning barcha uchun mantiqan tushunarli, qisqa va loʻnda, shuningdek, ijro etish uchun qulay boʻlishini taʼminlash.

2.2.4. Sud ishlarini yuritishda oqilona muddat tamoyili asosida ishning imkon qadar qisqa muddatda koʻrib chiqilishini taʼminlash.

2.2.5. Sud protsessida taraflar tengligi tamoyilining toʻlaqonli amalga oshirilishini taʼminlash.

3. Sud tizimining institutsional asoslarini takomillashtirish

2.3.1. Milliy sud-huquq tizimiga odil sudlov sifatini oshirish boʻyicha xalqaro standartlarni implementatsiya qilish.

2.3.2. Sud nazoratini kuchaytirgan holda ayrim toifadagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini sudlardan tegishli davlat organlariga oʻtkazish.

2.3.3. Jamiyatdagi ehtiyoj va zamon talablaridan kelib chiqqan holda sudyalarni muayyan yoʻnalishlar boʻyicha ixtisoslashtirish.

2.3.4. Sudya yordamchisi va sud majlisi kotibining huquqiy maqomini mustahkamlash, ularning tashkiliy va protsessual funksiyalarini ajratish.

4. Sudyalarning oʻzini oʻzi boshqarish doirasini kengaytirish va sudlarni odil sudlov bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalardan ozod qilish

2.4.1. Sudlarni odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalardan ozod qilish va sud boshqaruvining zamonaviy modeli — sud maʼmurchiligi institutini joriy etish.

2.4.2. Tuman, shahar sudlarida boshqaruv tizimini maqbullashtirish orqali sudyalarga taʼsir oʻtkazish omillarini bartaraf etish.

2.4.3. Sudyalarga nisbatan intizomiy ishlarni yuritish tartibini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish.

2.4.4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining Rayosatiga sudlov hayʼatlari tarkibini mustaqil shakllantirish vakolatini berish.

2.4.5. Sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlashga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish.

III. “Kafolatlangan adolat” — qonuniy, adolatli va asoslantirilgan sud qarorlarini qabul qilish, ularning sifati va barqarorligini taʼminlash orqali fuqarolarning buzilgan huquqlarini sudda tiklash kafolatlarini kuchaytirish

1. Jinoyat ishlarini yuritishda inson huquqlari kafolatlarini yanada mustahkamlash

3.1.1. Jinoyat sud ishlarini yuritishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida xalq vakillari hayʼati institutini (jury) joriy etish.

3.1.2. Shaxsning huquqlarini cheklash va unga nisbatan protsessual majburlov choralarini qoʻllash ustidan sud nazoratini kengaytirish.

3.1.3. “Xabeas korpus” instituti doirasini kengaytirish maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlari hamda tergovga qadar, surishtiruv va tergov harakatlarini oʻtkazish ustidan sud nazoratini kuchaytirish.

3.1.4. Ayblanuvchiga nisbatan muqobil ehtiyot choralarini qoʻllash amaliyotini kengaytirish.

3.1.5. Jinoyat sud ishlarini yuritish tizimini yanada liberallashtirish maqsadida yarashuv va aybga iqrorlik kelishuvi institutlarini qoʻllash tartibini takomillashtirish hamda ularning doirasini kengaytirish.

3.1.6. Jinoyat sud ishlarini yuritishda xalqaro standartlar asosida inson huquqlarining himoyasini yanada kuchaytirish.

3.1.7. Sud qarorlarining ijrosini taʼminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish.

2. Maʼmuriy organlar faoliyati ustidan samarali va taʼsirchan sud nazoratini oʻrnatish

3.2.1. Davlat organlari faoliyatida fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish ustidan sud nazoratini kuchaytirish.

3.2.2. Maʼmuriy sudlarga taalluqli boʻlgan nizolar doirasini kengaytirish orqali fuqarolar va yuridik shaxslarning sud himoyasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

3.2.3. Fuqaro va yuridik shaxslarning davlat bilan munosabatlarida oʻz huquqlarini samarali himoya qilishini taʼminlashning zamonaviy institutlarini joriy etish.

3.2.4. Maʼmuriy sud hujjatlarining soʻzsiz va belgilangan muddatlarda majburiy ijrosini taʼminlashga qaratilgan taʼsirchan mexanizmni joriy etish.

3. Nizoni hal qilishning muqobil usullaridan foydalanishni keng joriy etish

3.3.1. Fuqarolik va iqtisodiy sudlarda taraflarni yarashtirish tartibining samaradorligini oshirish maqsadida sud tarkibida sud mediatsiyasi institutini joriy qilish.

3.3.2. Ayrim toifadagi ishlar boʻyicha nizoni sudgacha hal qilishning majburiy tartibini joriy etish.

IV. “Adolat posbonlari” — xalq xizmatida boʻlgan, yuksak maʼnaviy va professional fazilatlarga ega, adolat mezonlariga qatʼiy rioya qiluvchi sudyalar korpusini shakllantirish

1. Sud tizimini malakali kadrlar bilan toʻldirish

4.1.1. Odil sudlov tizimi uchun uzluksiz kadrlar tayyorlash zanjirini (Pipeline model) joriy etish.

4.1.2. Sudyalikka nomzodlar, sudyalar va sud apparati xodimlarining kasbiy kompetensiyalar profilini shakllantirish dasturini ishga tushirish.

4.1.3. Odil sudlov akademiyasini xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajriba asosida transformatsiya qilish orqali uni mamlakatimiz va xalqaro miqyosda tan olingan nufuzli taʼlim muassasasiga aylantirish.

4.1.4. Zamonaviy sharoitlarda dolzarb masalalar boʻyicha sudyalar va sud apparati xodimlarining bilim hamda koʻnikmalarini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

4.1.5. Odil sudlov va sudyalar hamjamiyati yoʻnalishida rivojlangan xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini tizimli va izchil oʻrganish hamda uni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish ishlarini yoʻlga qoʻyish.

4.1.6. Sudyalar, ayniqsa, quyi sudlarda faoliyat yuritadigan sudyalar va sud apparati xodimlarini xorijiy mamlakatlarning sud kadrlarini tayyorlovchi taʼlim muassasalari, sohaviy ilmiy-tadqiqot institutlari, sudlar va sudyalar hamjamiyati organlarida stajirovkadan oʻtkazish va malakasini oshirish amaliyotini tizimli ravishda tashkil etish.

4.1.7. Odil sudlov sifatini tubdan oshirish maqsadida sud tizimiga yuqori malakali kadrlarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish.

4.1.8. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2025-yil 4-martda qabul qilingan “Sudyalar va sud xodimlari farovonligi xalqaro kuni toʻgʻrisida”gi rezolyutsiyadagi tavsiyalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida sudyalar va sud apparati xodimlarining farovonligini taʼminlash, sogʻligʻini muhofaza qilish choralarini koʻrish.

2. Halollik standartlari va korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasizlikka asoslangan sud tizimini yaratish

4.2.1. Sudyalar va sud apparati xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish, manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaning boshqa koʻrinishlariga qarshi kurashish boʻyicha zamonaviy va samarali tizimni joriy etish.

4.2.2. Sud hokimiyatida komplayens nazorat tizimi va halollik standartlarini keng joriy etish, sudyalar va sud apparati xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va koʻnikmalarini doimiy ravishda oshirib borish.

V. “Raqamli odil sudlov” — sud ish yurituvini toʻliq raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali fuqarolar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, qulay va tezkor sud muhokamasi imkoniyatini yaratish

5.1. “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida sud ishlarini yuritishda qogʻoz shaklidan voz kechish, sud ishlarining yuritilishi, hujjat aylanmasini toʻliq elektron shaklga oʻtkazish va raqamli transformatsiyani yakunlash.

5.2. Sudlar faoliyatida raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish orqali jismoniy va yuridik shaxslarga odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish.

5.3. Sudyaning odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha mutlaq vakolatini saqlab qolgan holda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan xavfsiz, masʼuliyatli va maqsadli foydalanishni taʼminlash.

VI. “Xalqaro eʼtirof” — inson huquqlari sohasidagi ilgʻor xalqaro standartlarni milliy sud amaliyotiga implementatsiya qilish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish

6.1. Sud va sudyalar hamjamiyati organlarining xorijiy davlatlarning tegishli organlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va oʻzaro manfaatli munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish.

6.2. Oʻzbekiston fuqarolari koʻp boʻlgan va iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanayotgan davlatlarning sud va adliya organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.

6.3. Odil sudlov va sudyalar hamjamiyatining yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligini faollashtirish, ushbu tashkilotlarga, shu jumladan, ularning boshqaruv organlariga Oʻzbekiston vakillarini ilgari surish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi PF-160-son Farmoniga2-ILOVA

“Odil sudlov — 2030”: Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasini 2026 — 2028-yillarda amalga oshirish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi PF-160-son Farmoniga3-ILOVA

“Odil sudlov — 2030”: Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi doirasida erishiladigan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi PF-160-son Farmoniga 4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6034-son Farmonida:

(a) 9-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarining namunaviy tuzilmasi, hududlararo sudlarning namunaviy tuzilmasi va ularning yurisdiksiyasi 2, 2-1 —- 2-4-ilovalarga muvofiq”;

(b) 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining

Rais maslahatchisiRaisRais kotibiyati(bosh konsultant, katta konsultant)2Raisning birinchi oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisiRais oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisiRais oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisiRais oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisiPlenum kotibiKomplayens nazorat xizmati18Ichki audit boʻlimi1Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati12Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati20Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati22Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati14Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlariHayʼat kotibiyati6Hayʼat kotibiyati12Hayʼat kotibiyati15Hayʼat kotibiyati7Ijro apparatiApparat rahbariOdil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti15Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt departamenti27Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi6Plenum va Rayosat kotibiyati2Sud amaliyotini tahlil qilish boshqarmasi6Birinchi boʻlim1Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi14Tashkiliy-nazorat boshqarmasi10“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Axborotnomasi” hamda “Kuch adolatda” gazetasining birlashgan tahririyatiXalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasi5Ishlar boshqarmasi10Inson resurslari boshqarmasi7Devonxona5“Odil sudlov” (“Pravosudiye”) jurnali tahririyati

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlari shtat birliklari soni — 244 ta, shu jumladan sudyalar — 73 ta.

Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga2-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarining

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻyicha bosh konsultant1RaisRais oʻrinbosari — fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisiRais oʻrinbosari — jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisiRais oʻrinbosari — iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisiFuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati5 — 16Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati6 — 18Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati5 — 10Sudya katta yordamchisi6 — 17Sudya katta yordamchisi7 — 19Sudya katta yordamchisi6 — 11Sud hujjatlari ijrosi monitoringi boʻlimi0 — 2Malaka hayʼati kotibi1Devonxona3Sud statistikasini tizimli tahlil qilish boʻlimi1 — 3Arxiv3Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi1-2Kadrlar boʻlimi1Birinchi boʻlim1Katta mutaxassis0-1

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 884 birlikni, shundan sudyalar — 355 tani tashkil etadi.

Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.

(v) quyidagi mazmundagi 2-1 —- 2-4-ilovalar bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga2-1-ILOVA

Hududlararo sudlarning

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻyicha bosh konsultant1RaisRais oʻrinbosari — fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisiRais oʻrinbosari — jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisiRais oʻrinbosari — iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisiFuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati6 — 9Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati6 — 9Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati4-5Sudya katta yordamchisi7 — 10Sudya katta yordamchisi7 — 10Sudya katta yordamchisi5-6Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi1Devonxona1

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 234 birlikni, shundan sudyalar — 112 tani tashkil etadi.

Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga2-2-ILOVA

Hududlararo sudlarning yurisdiksiya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga2-3-ILOVA

Hududlararo maʼmuriy sudlarning

RaisJamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻyicha bosh konsultant1Rais oʻrinbosari — maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisi1Devonxona1Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati4 — 9Sudya katta yordamchisi5 — 10

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 85 birlikni, shundan sudyalar — 40 tani tashkil etadi.

Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga2-4-ILOVA

Hududlararo maʼmuriy sudlarning yurisdiksiya

”;

(g) 3, 4, 6, 7, 8 va 9-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga3-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining

RaisDevonxona1Rais oʻrinbosari0-1Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi1Arxiv1Sudya4 — 7Sud statistikasini tizimli tahlil qilish boʻlimi1Sudya katta yordamchisi5 — 9Sud hujjatlari ijrosi monitoringi boʻlimi1

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 229 birlikni, shundan sudyalar — 84 tani tashkil etadi.

Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining

RaisRais oʻrinbosari1Birinchi boʻlim boshligʻi1Sudya5Devonxona mudiri1Sudyaning katta yordamchisi7Malaka hayʼati kotibi1Arxiv mudiri1

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 18 birlikni, shundan sudyalar soni — 7 tani tashkil etadi.

Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga6-ILOVA

Jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining

RaisRais oʻrinbosari0-1Devonxona mudiri1Sudya1 — 10Arxiv mudiri0-1Sudya yordamchisi2 — 11

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 5 — 24 birlikni, shundan sudyalar soni — 2 — 12 toni tashkil etadi.

Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 1 366 birlikni, shundan sudyalar soni — 552 toni tashkil etadi.

Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga7-ILOVA

Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining

RaisRais oʻrinbosari0-1Devonxona mudiri1Sudya0 — 12Arxiv mudiri0-1Sudya yordamchisi1 — 14

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 3-30 birlikni, shundan sudyalar soni — 1 — 14 tani tashkil etadi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 895 birlikni, shundan sudyalar soni — 378 tani tashkil etadi.

Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga8-ILOVA

Tumanlararo maʼmuriy sudlarning

RaisRais oʻrinbosari0-1Devonxona mudiri1Sudya2 — 9Arxiv mudiri1Sudya yordamchisi3 — 11

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 8 — 24 birlikni, shundan sudyalar soni — 3 — 11 tani tashkil etadi.

Tumanlararo maʼmuriy sudlar boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 170 birlikni, shundan sudyalar soni — 71 tani tashkil etadi.

Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga9-ILOVA

Tumanlararo Iqtisodiy sudlarining

RaisRais oʻrinbosari0 — 2Devonxona mudiri1Sudya5 — 25Arxiv mudiri1Sudya yordamchisi6 — 28

Izoh:

Jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 14 — 58 birlikni, shundan sudyalar soni — 6 — 28 tani tashkil etadi.

Tumanlararo iqtisodiy sudlar boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 328 birlikni, shundan sudyalar soni — 150 tani tashkil etadi.

Yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.”.

* 2, 2-1 —- 2-4, 3, 6 va 7-ilovalar 2027-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi “Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6134-son Farmoniga 3-ilovada:

(a) “Matbuot xizmati rahbari”, “Sud apparati rahbari, Departament direktori” va “Boshqarma boshligʻi, Departament direktorining oʻrinbosari, bosh buxgalter, rais maslahatchisi” pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

(b) “Boʻlim boshligʻi, Oliy sud Plenumi va Rayosati kotibiyati boshligʻi, malaka hayʼati kotibiyati boshligʻi” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

(v) “Bosh konsultant, bosh mutaxassis” pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-noyabrdagi “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-247-son Farmoni 8-bandining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.