Ilgʻor milliy va xorijiy tajribalar asosida oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari va raqamli yechimlarini tatbiq etgan holda ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish (keyingi oʻrinlarda — kadrlar tayyorlash) boʻyicha maqsadli oʻquv mexanizmlarini joriy etish orqali taʼlim tizimini yaxlit transformatsiya qilish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsadlar
1. Quyidagilar 2030-yilga qadar sohada “maktab — litsey — texnikum — oliygoh — tarmoq — malaka oshirish” tizimi asosida joriy etiladigan taʼlim klasterining asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlashning yaxlit va uzluksiz tizimini yaratish, sohaga nomzodlarni qabul qilish tartibini takomillashtirish va kadrlarni oʻqitish sifatini oshirish;
(b) taʼlim jarayonida manzilli huquq-tartibot choralarini amalga oshirish, protsessual harakatlar, nostandart vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish, jangovar tayyorgarlik, psixologik bardoshlilik, muomala madaniyati va boʻlinmalarni boshqarish kabi amaliy kompetensiyalarni shakllantirish;
(v) taʼlim va boshqaruv jarayonlarini sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida tashkil etish, ilgʻor xorijiy davlatlar bilan kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni kengaytirish hamda xorijiy davlatlardan yetakchi mutaxassislarni oʻquv va ilmiy tadqiqot jarayonlariga keng jalb qilish;
(g) taʼlim tashkilotlaridagi oʻquv-ilmiy laboratoriyalar sonini 20 foizga, ilmiy-amaliy loyihalar sonini 5 baravarga oshirish;
(d) taʼlim tashkilotlari taʼlim dasturlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, shuningdek, raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni oʻqitish samaradorligini oshirish.
II. Kasbiy taʼlim va boshlangʻich tayyorgarlik tizimini rivojlantirish
2. Roʻyxati 1-ilovada keltirilgan kasbiy taʼlim tashkilotlari yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan holda Ichki ishlar vazirligining idoraviy texnikumlari sifatida qayta tashkil etilsin hamda 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab quyidagi tartib joriy qilinsin:
(a) texnikumlarda kadrlarni maqsadli tayyorlash jarayoni 2-ilovaga muvofiq quyidagicha amalga oshiriladi:
(i) ikki yillik taʼlim dasturiga (“11+2”) muvofiq — ofitserlar tarkibi uchun kadrlar davlat granti asosida (ikkinchi va undan keyingi kasbiy taʼlim toʻlov-kontrakt asosida);
(ii) 6 oylik maxsus boshlangʻich tayyorgarlik dasturiga muvofiq — safdorlar tarkibi uchun kadrlar (oliy maʼlumotga ega boʻlmaganlar) texnikumlarning kasbiy tayyorgarlik markazlarida;
(iii) nomzodlar ikki yillik taʼlim dasturi va maxsus boshlangʻich tayyorgarlik dasturi boʻyicha oʻqishga belgilangan tartibda tanlov asosida qabul qilinadi;
(b) ikki yillik taʼlim dasturi boʻyicha oʻqishga har yilgi 600 nafargacha umumiy qabul kvotasi hamda toʻlov-kontrakt qiymati ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi;
(v) ikki yillik taʼlim dasturi boʻyicha oʻqishga qabul qilingan fuqarolar bilan (toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirganlar bundan mustasno) oʻqishni tamomlaganidan keyin uch kalendar yili mobaynida ichki ishlar organlarida mutaxassislik boʻyicha majburiy uzluksiz xizmat oʻtashlari haqida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi;
(g) taʼlim jarayoni kredit-modul tizimi asosida dual taʼlim shaklida tashkil etiladi va taʼlim dasturlari Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bakalavriat taʼlim dasturlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadi;
(d) texnikum direktori lavozimi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshligʻi lavozimiga, boshqa lavozimlar esa mazkur institutning tegishli lavozimlariga tenglashtiriladi.
3. Ichki ishlar vazirligining Fargʻona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo mintaqaviy oʻquv markazlari yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan holda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut)ning Fargʻona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo filiali (keyingi oʻrinlarda — filiallar) sifatida qayta tashkil etilsin. Bunda:
(a) 2027-yil 1-yanvardan boshlab tashkil etilayotgan filiallar boshliqlari, xodimlari va oʻqituvchilari uchun tegishlicha Institut boshligʻi oʻrinbosari, xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga belgilangan pul taʼminoti tartibi va miqdorlari qoʻllanadi;
(b) Institutning Nukus filiali kasbiy tayyorgarlik fakulteti Malaka oshirish instituti Nukus filialining Serjantlar tayyorlash markazi sifatida qayta tashkil etiladi;
(v) vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan va qorovullik qoʻriqlash boʻlinmalari mutaxassislarini Institut va uning filiallarida oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida (bir nafar tinglovchi uchun bir akademik soatga bazaviy hisoblash miqdorining 12 foizi miqdorida) amalga oshiriladi. Bunda tegishli vazirlik va idoralar har yili 1-dekabrga qadar Ichki ishlar vazirligiga keyingi yil uchun oʻqitish rejasini taqdim etadi va ijrosini taʼminlaydi.
4. Belgilansinki, zamonaviy tahdid va xavf-xatarlardan kelib chiqib, kasbiy mahoratni yanada rivojlantirish maqsadida ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning oʻrta boʻgʻin rahbarlari hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimi xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha joylarda 3-ilovaga muvofiq bosqichma-bosqich mobil kasbiy malaka oshirish kurslari oʻtkaziladi. Bunda:
(a) mashgʻulotlar Ichki ishlar vazirligi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya), Institut hamda Jamoat xavfsizligi universitetining malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan amaliyot xodimlarini jalb etgan holda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda oʻtkaziladi;
(b) oʻquv mashgʻulotlarining sifatli tashkil etilishi uchun taʼlim muassasalari rahbarlari, xodimlarning toʻliq ishtiroki uchun esa Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya hududiy boʻlinmalari rahbarlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
III. Oliy taʼlim tizimini transformatsiya qilish
5. Belgilansinki, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Akademiya taʼlim jarayoni bosqichma-bosqich dunyoning top — 1000 talik reytingga kirgan universitetlari hamda “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tajribasi asosida quyidagi tartibda tubdan takomillashtiriladi:
(a) Akademiyada “taʼlim — tadqiqot — amaliyot” integratsiyasini taʼminlash hamda kadrlar tayyorlash tizimini ilgʻor xalqaro akademik modellar asosida tashkil etish maqsadida maktablar (school) tizimi 4 va 5-ilovalarga muvofiq joriy etiladi;
(b) Akademiya fakultetlari va kafedralari maqbullashtirilib, ular negizida maktablar va shoʻbalar tashkil etiladi. Bunda:
(i) maktablar ixtisoslik boʻyicha kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va huquqni qoʻllash amaliyoti integratsiyasini taʼminlovchi akademik tuzilma boʻlib, ularga masʼul direktor sifatida Ichki ishlar vazirligi departament (xizmat) boshliqlari rahbarlik qiladi, kundalik oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va nazorat qilish esa ijrochi direktor tomonidan amalga oshiriladi;
(ii) shoʻbalar maktab tarkibida muayyan taʼlim yoʻnalishi yoki fan sohasi boʻyicha oʻquv, oʻquv-uslubiy hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini sifatli tashkil etish uchun masʼul boʻlgan akademik boʻlinma hisoblanadi;
(v) Akademiyaning maktablar va shoʻbalar professor-oʻqituvchilar tarkibi masʼul direktorlarning taqdimnomasi asosida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(g) Akademiyaning maktablari masʼul direktorlari maktablar (school) tizimi doirasida “taʼlim — tadqiqot — amaliyot” jarayonlarini samarali tashkil etish boʻyicha shaxsan javobgar hisoblanadi;
(d) Akademiyaga oʻqishga qabul qilish tartibi va kadrlar tayyorlash jarayoniga quyidagi mexanizmlar joriy etiladi:
(i) vazirlik, respublika va xalqaro miqyosdagi xakaton hamda startap loyihalari gʻolibi boʻlgan Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari oʻquvchilari Akademiya bakalavriati taʼlim yoʻnalishining kunduzgi taʼlim shakliga dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng belgilangan qabul kvotalari doirasida oʻqishga yakka tartibdagi yakuniy suhbatsiz qabul qilinadi;
(ii) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi oliy taʼlim tashkilotlarining 2-bosqichini tamomlagan talabalar Akademiya bakalavriati taʼlim yoʻnalishining kunduzgi taʼlim shaklidagi Yurisprudensiya (“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish”) yoʻnalishiga “2+2” dasturi (davlat granti) asosida maqsadli tanlov orqali oʻqishga qabul qilinishi mumkin;
(iii) taʼlim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi va kursantlar 1-kursdan boshlab Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari hamda hududiy boʻlinmalariga biriktiriladi. Bunda bitiruvchi kurs kursantlariga oʻqishni yakunlaguniga qadar “katta serjant” maxsus unvoni beriladi;
(iv) taʼlim dasturini oʻzlashtirmaganligi uchun kursantlar safidan chetlashtirilgan shaxslar ichki ishlar organlari tegishincha safdorlar yoki serjantlar tarkibidagi lavozimlarda xizmatni oʻtashga yoʻnaltiriladi hamda ularga bir yildan uch yilgacha muddatda qayta tiklanish imkoniyati yaratiladi;
(j) har yili professor-oʻqituvchilar, ilmiy-pedagogik va oʻquv-uslubiy tarkibdagi xodim (xizmatchi)larning kamida 50 nafari “Yangi Oʻzbekiston” universitetida malaka oshirishi (stajirovka oʻtashi), shuningdek, 30 nafarini xorijiy taʼlim tashkilotlariga maqsadli malaka oshirishga yuborish tizimi joriy etiladi.
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) Akademiyaning taʼlim dasturlaridagi dasturiy injiniring, kiberxavfsizlik injiniringi, kompyuter injiniringi: sunʼiy intellekt, uchuvchisiz uchish qurilmalarini boshqarish va maxsus dasturiy taʼminotlar fanlari boʻyicha auditoriya mashgʻulotlari “Yangi Oʻzbekiston” universiteti, Toshkent shahridagi Inha, Turin va Vebster universitetlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida jalb etiladigan professor-oʻqituvchi (mutaxassis)lar (shu jumladan, xorijiy) hamda Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan oʻtkaziladi;
(b) 2026 — 2030-yillarda Akademiya boshligʻi oʻrinbosari maqomidagi taʼlim, texnologiya, innovatsiya hamda sunʼiy intellekt masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etilib, ushbu lavozimga xorijiy ekspert (mutaxassis) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda ichki ishlar vaziri tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.
7. Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
(a) Akademiyaga kunduzgi, masofaviy va kechki taʼlim shakllarining bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha umumiy asoslarda yurisprudensiya va psixologiya sohalarida kadrlarni talabalar tarkibiga kiritgan holda tayyorlash huquqini berish;
(b) Akademiyadagi umumiy asoslarda kadrlar tayyorlashni toʻlov-kontrakt (shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) asosida amalga oshirish hamda bitiruvchilarga “zaxiradagi ofitser” harbiy unvoni va belgilangan namunadagi diplom berish tartibini joriy etish;
(v) Akademiya tuzilmasida mavjud shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida, shuningdek, amaldagi boʻlinmalar negizida quyidagi ofislarni tashkil etish hamda ular zimmasiga 6-ilovada belgilangan maqsadli faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni samarali tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish boʻyicha qatʼiy masʼuliyatni yuklash:
(i) Rahbar kadrlarni baholash va malakasini oshirish ofisi;
(ii) Pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish ofisi;
(iii) Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va transfer ofisi;
(iv) Xorijiy tillar ofisi;
(v) Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va taʼlimni raqamlashtirish ofisi.
8. Ichki ishlar vazirligi akademiyasini 2030-yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari) 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
IV. Taʼlimda innovatsiya va startap ekotizimini muvofiqlashtirish
9. Belgilansinki:
(a) taʼlim oluvchilarning gʻoya va innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda startap tizimini shakllantirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida jamoatchilik asosida startap loyihalar va innovatsiyalar markazlari tashkil etiladi. Bunda:
(i) “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tomonidan har yili har bir idoraviy akademik litseyning 5 nafar mutaxassisi startap va xakaton loyihalarini amalga oshirish koʻnikmalariga qisqa muddatli kurslarda oʻqitib boriladi hamda tanlovlarni tashkil etishga koʻmaklashiladi;
(ii) idoraviy akademik litseylarning iqtidorli oʻquvchilari saralanadi hamda ularning jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga yoʻnaltirilgan startap loyihalari yoshlar ittifoqlari raislari va kafedra boshliqlari tomonidan muvofiqlashtiriladi;
(b) jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi dolzarb muammolar yechimiga oid ilmiy-tadqiqot loyihalarini qoʻllab-quvvatlash hamda amaliyotga joriy etish maqsadida ichki ishlar organlari taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi joriy etiladi. Bunda:
(i) sohaviy xizmatlar va hududiy boʻlinmalarning takliflari asosida jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi dolzarb muammolar yechimiga oid ilmiy tadqiqotlar mavzulari roʻyxati har yili 1-dekabrga qadar ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi;
(ii) ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan har yili jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi dolzarb muammolar yechimiga oid kamida 5 ta ilmiy-tadqiqot loyihasi (grant) eʼlon qilinadi va tanlovda gʻolib boʻlgan ilmiy jamoaning bu boradagi ishlanmalari belgilangan tartibda moliyalashtiriladi;
(iii) ilmiy-tadqiqot loyihalari (grantlar) natijalarini hamda innovatsion ishlanmalarni sohaga samarali tatbiq etishga taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, sohaviy xizmatlar va hududiy boʻlinmalar boshliqlari shaxsan masʼul hisoblanadi.
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ilmiy-pedagogik jarayonni amalga oshiruvchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan amaliyotga yoʻnaltirilgan yechimlarni manzilli ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyish maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda institutsional va moliyaviy koʻmaklashishni amalga oshiradi:
(a) jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar uchun davlat buyurtmasi parametrlarini ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda maqsadli shakllantirish;
(b) mahalliy va xalqaro grant tanlovlarida huquq-tartibot idoralari taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining ishtirokini taʼminlash;
(v) xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassislarini oʻquv jarayoniga “viziting-professor” (Visiting Professor) sifatida, ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy maslahatchi (Scientific Advisor) sifatida shartnoma asosida keng jalb etishga koʻmaklashish;
(g) professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning nufuzli ilmiy-elektron bazalardan (Scopus, Web of Science va boshqalar) foydalanishiga koʻmaklashish;
(d) jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga oid ilgʻor tajribalarga asoslangan xorijiy adabiyotlarni xarid qilish, tarjima qilish, tahrir qilish, ekspertizadan oʻtkazish va chop etish ishlarini tashkil etish hamda Ichki ishlar vazirligi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga begʻaraz foydalanish uchun taqdim etish;
(j) xorijiy adabiyotlarni xarid qilish, tarjima qilish, tahrir qilish, ekspertizadan oʻtkazish va chop etish hamda ilmiy loyiha (grant)larni amalga oshirish xarajatlarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari, mahalliy va xalqaro grantlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ustuvorlik asosida moliyalashtirish.
V. Taʼlim tizimining monitoringini rivojlantirish, xorijiy mutaxassislarni taʼlim va tadqiqot jarayoniga jalb etish
11. Belgilansinki, 2027-yil 1-avgustdan idoraviy texnikumlar va Akademiyada taʼlim oluvchilarning oʻqish davridan boshlab xizmat faoliyati yakuniga qadar boʻlgan barcha jarayonlarni qamrab oluvchi “Uzluksiz kasbiy rivojlanish monitoringi” (Professional Life-Cycle Monitoring) tizimi yoʻlga qoʻyiladi va bunda quyidagi mexanizmlar joriy etiladi:
(a) taʼlim oluvchilarning bilim darajasi, kasbiy koʻnikmalari, shaxsiy fazilatlari hamda oʻqish (xizmat) faoliyatidagi koʻrsatkichlarini real vaqt rejimida jamlab boruvchi yaxlit raqamli portfoliosi (keyingi oʻrinlarda — raqamli portfolio) yaratiladi;
(b) taʼlim oluvchilarning raqamli portfoliosi ichki ishlar organlari “oʻquv-karyera” axborot tizimi bilan integratsiya qilinib:
(i) bitiruvchilarning faoliyati 5 yil davomida kuzatib boriladi;
(ii) portfolio maʼlumotlari asosida bitiruvchilar uchun yakka tartibdagi “oʻquv-karyera” modeli yaratiladi va ehtiyojdan kelib chiqib, navbatdan tashqari malaka oshirish kurslarida oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi;
(iii) portfolio maʼlumotlari asosida bitiruvchilarning xizmat faoliyatidagi oʻsish salohiyatini prognoz qilish va ularga “istiqbolli karyera” modeli boʻyicha tavsiyalar berish amaliyoti joriy etiladi;
(iv) uzluksiz kasbiy rivojlanish davrida shakllangan koʻnikma va erishilgan natijalar istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirishda hamda lavozimlarga tayinlashda hisobga olinadi.
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Akademiya va Institutning professor-oʻqituvchilar tarkibidagi lavozimlarga nomzodlar tanlov asosida saralab olinib, tajriba tariqasida ularni bir yil muddatga shartnoma asosida pedagogik faoliyatga jalb qilish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:
(a) erishgan natijalariga koʻra professor-oʻqituvchilar bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnoma keyingi oʻquv yili uchun uzaytiriladi;
(b) professor-oʻqituvchilar bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnoma keyingi oʻquv yili uchun uzaytirilmagan taqdirda ular ilgarigi, unga teng yoki yuqori lavozimga tayinlanadi;
(v) professor-oʻqituvchilar bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnoma salbiy sabablarga koʻra bekor qilingan yoki uzaytirilmagan hollarda ularni lavozimga tayinlash yoki xizmatdan boʻshatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
13. Belgilansinki:
(a) Akademiya va Institut professor-oʻqituvchilari faoliyati, kursant va tinglovchilarining oʻquv natijalarini baholash hamda reytingini shakllantirish boʻyicha yangi tizimni yoʻlga qoʻyish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Smart-reyting” platformasi joriy etiladi:
(i) professor-oʻqituvchilar, kursant va tinglovchilarning kompleks mezonlar asosidagi reyting natijalarini onlayn koʻrsatib turuvchi tahliliy (dashboard) jadvallarni namoyish etish;
(ii) baholash tizimida professor-oʻqituvchilar, kursant va tinglovchilarning tegishincha innovatsion metodik yondashuvlar, akademik koʻrsatkichlari, mashgʻulotlar samaradorligi, jismoniy tayyorgarlik darajalari hamda ilmiy-ijtimoiy va ijodiy faolliklarini inobatga olish;
(b) “Smart-reyting” platformasi orqali shakllantirilgan reyting natijalariga koʻra:
(i) oʻquv semestri yakunida eng yuqori oʻrinlarni egallab turgan 10 nafardan professor-oʻqituvchi va kursantlar tegishlicha Akademiya va Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib boriladi;
(ii) oʻquv yili yakunida eng past oʻrinlarni egallab turgan Akademiya va Institutning 10 nafar professor-oʻqituvchilari (xodimlar va xizmatchilar) bilan keyingi oʻquv yili uchun pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnomasi uzaytirilmaydi;
(iii) faoliyati KPI baholash asosida “qoniqarsiz” deb baholangan Akademiya va Institut professor-oʻqituvchilari bilan pedagogik faoliyatni amalga oshirish boʻyicha shartnoma bekor qilinishi yoki uzaytirilmasligi mumkin.
14. Akademiya va Institutning buyurtmalariga koʻra:
(a) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy mutaxassislarni jalb etishga ruxsatnomani berish (uzaytirish)ni, shuningdek, mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish (uzaytirish)ni;
(b) Tashqi ishlar vazirligi — xorijdan jalb etiladigan Akademiya boshligʻining maslahatchisiga, xorijiy mutaxassis (ekspert)larga, Akademiya professor-oʻqituvchilar tarkibidagi chet el fuqarolariga (fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga), shuningdek, ularning oila aʼzolariga konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan kirish vizalarini rasmiylashtirishga koʻmaklashishni;
(v) Ichki ishlar vazirligi — mazkur qaror doirasida jalb etiladigan xorijiy fuqarolarga koʻp martalik vizalar berilishini va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini va muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
15. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi taʼlim jarayoniga xorijiy ekspertlarni jalb qilish yoʻnalishlari va amalga oshirish mexanizmlari 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
16. Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
17. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kasbiy taʼlim agentligi mazkur qarorga asosan qayta tashkil etilayotgan kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilari amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha ushbu oʻqishni yakunlashini taʼminlasin.
18. Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov):
(a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda idoraviy texnikumlar va Akademiya oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish boʻyicha tegishli oʻquv-tashkiliy hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
(b) Namangan va Samarqand viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda mahalliy budjet mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan idoraviy texnikumlarning bino va inshootlarini mukammal taʼmirlash orqali zamonaviy taʼlim standartlari hamda Ichki ishlar vazirligi taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan talablarga moslashtirish choralarini koʻrsin. Bunda 2027-yil 1-avgustga qadar hududiy ichki ishlar organlari rahbarlarining oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida idoraviy texnikumlar boshliqlari lavozimlariga tayinlanishiga ruxsat etiladi;
(v) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda idoraviy texnikumlarga aylantirilayotgan kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishdan boʻshatilayotgan pedagog kadrlari va xodimlari mutaxassisligiga muvofiq ishga joylashtirilishini taʼminlasin;
(g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
19. 2028-yil 1-yanvarga qadar idoraviy akademik litseylar, idoraviy texnikumlar, Institut va uning filiallari hamda Akademiya uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan oʻquv va ilmiy laboratoriya jihozlari, dasturiy va texnik vositalar, sarflanadigan laboratoriya materiallari, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar va inventarlar bojxona bojidan ozod etilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 10-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
21. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departament boshligʻi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 26-avgust,
PQ-303-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga1-ILOVA
Ichki ishlar vazirligi idoraviy texnikumlari etib qayta tashkil etiladigan kasbiy taʼlim tashkilotlari
T/rAmaldagi nomiYangi nomi1.Namangan viloyati Uychi tumani 4-son texnikumiIchki ishlar vazirligi Namangan texnikumi2.Samarqand shahar 3-son texnikumiIchki ishlar vazirligi Samarqand texnikumi
Izoh: Vazirlik va idoralardan Ichki ishlar vazirligi tizimiga oʻtkazilayotgan kasbiy taʼlim tashkilotlariga tegishli hudud, bino va inshootlar hamda barcha mol-mulk (bunda ustaxona jihozlari va laboratoriya uskunalari tegishli texnikumlarga oʻtkaziladi), transport vositalari, axborot-kommunikatsiya vositalari, mebellar va boshqalar yangi tashkil etilayotgan texnikumlar balansida saqlab qolinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga2-ILOVA
Ichki ishlar vazirligi texnikumlaridagi kasbiy taʼlim mutaxassisliklari
T/rTaʼlim mutaxassisliklari nomiBeriladigan malakaTaʼlim shakliTaʼlim muddatiI. SAFDORLAR TARKIBINI TAYYORLASH1.Jamoat tartibini saqlash faoliyatimutaxassiskunduzgi6 oy2.Yoʻl harakati xavfsizligi faoliyatimutaxassiskunduzgi6 oy3.Jazoni ijro etish faoliyatimutaxassiskunduzgi6 oy4.Migratsiya va personallashtirish faoliyatimutaxassiskunduzgi6 oy5.Qoʻriqlash faoliyatimutaxassiskunduzgi6 oyII. OFITSERLAR TARKIBINI TAYYORLASH6.Yurisprudensiya:Huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya faoliyati;Jamoat tartibini saqlash faoliyati;Yoʻl harakati xavfsizligi faoliyati;Qoʻriqlash faoliyati;Migratsiya va personallashtirish faoliyatihuquqshunoskunduzgi2 yil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga3-ILOVA
Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning rahbar kadrlari va jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimi xodimlarini mobil kasbiy malaka oshirish kurslarida oʻqitishning
T/rT/rHududlarTarkibSoni202620272028IVIIIIIIIVIIIIIIIVQoraqalpogʻiston Respublikasi1.1.Amudaryo tumaniRahbarlar511111Profilaktika xizmati (keyingi oʻrinlarda — Profilaktika)70888888877Jamoat xavfsizligi tizimi (keyingi oʻrinlarda — JXT)901010101010101010102.2.Beruniy tumaniRahbarlar511111Profilaktika60777777666JXT405555444443.3.Qonlikoʻl tumaniRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT304443333334.4.Qoraoʻzak tumaniRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT304443333335.5.Kegeyli tumaniRahbarlar511111Profilaktika25333333322JXT304443333336.6.Nukus tumaniRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT2502828282828282827277.7.Xoʻjayli tumaniRahbarlar511111Profilaktika40555544444JXT506666655558.8.Qoʻngʻirot tumaniRahbarlar10211111111Profilaktika50666665555JXT1201414141313131313139.9.Nukus shahriRahbarlar10211111111Profilaktika100121111111111111111JXT45050505050505050505010.10.Taxiatosh tumaniRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT7088888887711.11.Moʻynoq tumaniRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT8099999999812.12.Taxtakoʻpir tumaniRahbarlar511111Profilaktika25333333322JXT3044433333313.13.Toʻrtkoʻl tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT8099999999814.14.Chimboy tumaniRahbarlar511111Profilaktika35444444443JXT4555555555515.15.Shumanay tumaniRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT2533333332216.16.Ellikqalʼa tumaniRahbarlar511111Profilaktika55766666666JXT3544444444317.17.Boʻzatov tumaniRahbarlar511111Profilaktika10211111111JXT1021111111118.18.Qoraqalpogʻiston RespublikasiYoʻl-patrul xizmati (keyingi oʻrinlarda — YPX)160181818181818181717Patrul-post xizmati (keyingi oʻrinlarda — PPX)155181817171717171717Milliy gvardiya (keyingi oʻrinlarda — MG)760858585858484848484Jami3295392386379374371354353345341Andijon viloyati19.1.Andijon tumaniRahbarlar511111Profilaktika100121111111111111111JXT6588777777720.2.Andijon shahriRahbarlar15222222111Profilaktika140161616161615151515JXT42047474747474746464621.3.Asaka tumaniRahbarlar511111Profilaktika100121111111111111111JXT32036363636363535353522.4.Baliqchi tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT6588777777723.5.Buloqboshi tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT3544444444324.6.Boʻston tumaniRahbarlar511111Profilaktika35444444443JXT2533333332225.7.Jalaquduq tumaniRahbarlar511111Profilaktika80999999998JXT4055554444426.8.Izboskan tumaniRahbarlar511111Profilaktika80999999998JXT5066666555527.9.Qoʻrgʻontepa tumaniRahbarlar511111Profilaktika80999999998JXT9010101010101010101028.10.Marhamat tumaniRahbarlar511111Profilaktika65887777777JXT4055554444429.11.Paxtaobod tumaniRahbarlar511111Profilaktika80999999998JXT5576666666630.12.Ulugʻnor tumaniRahbarlar511111Profilaktika30444333333JXT2533333332231.13.Xonobod shahriRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT3044433333332.14.Xoʻjaobod tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT9010101010101010101033.15.Shahrixon tumaniRahbarlar511111Profilaktika100121111111111111111JXT6077777766634.16.ViloyatYPX120141414131313131313PPX240272727272727262626MG230262626262625252525Jami3165373369365362360340336333327Buxoro viloyati35.1.Buxoro shahriRahbarlar15222222111Profilaktika115131313131313131212JXT50056565656565555555536.2.Kogon shahriRahbarlar511111Profilaktika25333333322JXT5066666555537.3.Buxoro tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT4055554444438.4.Qorovulbozor tumaniRahbarlar511111Profilaktika10211111111JXT8099999999839.5.Vobkent tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT4055554444440.6.Olot tumaniRahbarlar511111Profilaktika45555555555JXT12514141414141414141341.7.Gʻijduvon tumaniRahbarlar10211111111Profilaktika100121111111111111111JXT10012111111111111111142.8.Jondor tumaniRahbarlar511111Profilaktika65887777777JXT4055554444443.9.Kogon tumaniRahbarlar511111Profilaktika30444333333JXT8099999999844.10.Qorakoʻl tumaniRahbarlar511111Profilaktika60777777666JXT13015151515141414141445.11.Peshku tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT2533333332246.12.Romitan tumaniRahbarlar511111Profilaktika55766666666JXT23026262626262525252547.13.Shofirkon tumaniRahbarlar511111Profilaktika65887777777JXT4055554444448.14.ViloyatYPX150171717171717161616PPX105121212121212111111MG240272727272727262626Jami2775328323321320315298293290287Jizzax viloyati49.1.Baxmal tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT4555555555550.2.Zomin tumaniRahbarlar10211111111Profilaktika50666665555JXT13015151515141414141451.3.Sh. Rashidov tumaniRahbarlar10211111111Profilaktika70888888877JXT6588777777752.4.Forish tumaniRahbarlar511111Profilaktika35444444443JXT4055554444453.5.Jizzax shahriRahbarlar10211111111Profilaktika70888888877JXT29533333333333333323254.6.Arnasoy tumaniRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT3044433333355.7.Yangiobod tumaniRahbarlar511111Profilaktika15222222111JXT2533333332256.8.Gʻallaorol tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT20023232222222222222257.9.Doʻstlik tumaniRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT5576666666658.10.Paxtakor tumaniRahbarlar511111Profilaktika25333333322JXT4555555555559.11.Zarbdor tumaniRahbarlar511111Profilaktika30444333333JXT4555555555560.12.Zafarobod tumaniRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT3544444444361.13.Mirzachoʻl tumaniRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT3544444444362.14.ViloyatYPX130151515151414141414PPX130151515151414141414MG220252525252424242424Jami2080251247241239234221220215212Qashqadaryo viloyati63.1.Gʻuzor tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT85101010109999964.2.Qarshi tumaniRahbarlar511111Profilaktika851010101099999JXT6077777766665.3.Muborak tumaniRahbarlar511111Profilaktika35444444443JXT11013131212121212121266.4.Nishon tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT21024242423232323232367.5.Qarshi shahriRahbarlar10211111111Profilaktika90101010101010101010JXT40045454545444444444468.6.Dehqonobod tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT27030303030303030303069.7.Qamashi tumaniRahbarlar511111Profilaktika80999999998JXT7599988888870.8.Koson tumaniRahbarlar511111Profilaktika100121111111111111111JXT7088888887771.9.Kasbi tumaniRahbarlar511111Profilaktika55766666666JXT4555555555572.10.Kitob tumaniRahbarlar511111Profilaktika80999999998JXT7088888887773.11.Mirishkor tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT4055554444474.12.Chiroqchi tumaniRahbarlar511111Profilaktika80999999998JXT7088888887775.13.Shahrisabz tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT6077777766676.14.Yakkabogʻ tumaniRahbarlar511111Profilaktika80999999998JXT6077777766677.15.Shahrisabz shahriRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT12514141414141414141378.16.Koʻkdala tumaniRahbarlar511111Profilaktika65887777777JXT4055554444479.17.ViloyatYPX150171717171717161616PPX140161616161615151515MG240272727272727262626Jami3515411408406404399380375369363Navoiy viloyati80.1.Konimex tumaniRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT15017171717171716161681.2.Qiziltepa tumaniRahbarlar511111Profilaktika60777777666JXT9010101010101010101082.3.Navbahor tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT5066666555583.4.Karmana tumaniRahbarlar511111Profilaktika55766666666JXT11513131313131313121284.5.Nurota tumaniRahbarlar511111Profilaktika35444444443JXT7599988888885.6.Tomdi tumaniRahbarlar511111Profilaktika15222222111JXT3044433333386.7.Uchquduq tumaniRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT8099999999887.8.Zarafshon shahriRahbarlar511111Profilaktika25333333322JXT17019191919191919191888.9.Navoiy shahriRahbarlar10211111111Profilaktika60777777666JXT36040404040404040404089.10.Xatirchi tumaniRahbarlar511111Profilaktika851010101099999JXT3044433333390.11.Gʻozgʻon shahriRahbarlar511111Profilaktika10211111111JXT51111191.12.ViloyatYPX130151515151414141414PPX120141414131313131313MG220252525252424242424Jami2120252249247243240227223221218Namangan viloyati92.1.Kosonsoy tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT5576666666693.2.Mingbuloq tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT6077777766694.3.Namangan tumaniRahbarlar511111Profilaktika60777777666JXT5066666555595.4.Pop tumaniRahbarlar511111Profilaktika95111111111110101010JXT13015151515141414141496.5.Chust tumaniRahbarlar511111Profilaktika90101010101010101010JXT9511111111111010101097.6.Namangan shahriRahbarlar10211111111Profilaktika125141414141414141413JXT35039393939393939393898.7.Norin tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT6588777777799.8.Yangiqoʻrgʻon tumaniRahbarlar511111Profilaktika851010101099999JXT45555555555100.9.Toʻraqoʻrgʻon tumaniRahbarlar511111Profilaktika80999999998JXT90101010101010101010101.10.Uychi tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT65887777777102.11.Uchqoʻrgʻon tumaniRahbarlar511111Profilaktika80999999998JXT105121212121212111111103.12.Chortoq tumaniRahbarlar511111Profilaktika75999888888JXT60777777666104.13.Davlatobod tumaniRahbarlar511111Profilaktika65887777777JXT120141414131313131313105.14.Yangi Namangan tumaniRahbarlar511111Profilaktika55766666666JXT130151515151414141414106.15.ViloyatYPX120141414131313131313PPX95111111111110101010MG240272727272727262626Jami3020355352349346343325320317313Samarqand viloyati107.1.Oqdaryo tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT25333333322108.2.Bulungʻur tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT115131313131313131212109.3.Jomboy tumaniRahbarlar511111Profilaktika55766666666JXT60777777666110.4.Ishtixon tumaniRahbarlar511111Profilaktika851010101099999JXT90101010101010101010111.5.Payariq tumaniRahbarlar511111Profilaktika851010101099999JXT70888888877112.6.Narpay tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT150171717171717161616113.7.Nurobod tumaniRahbarlar511111Profilaktika55766666666JXT35444444443114.8.Kattaqoʻrgʻon tumaniRahbarlar511111Profilaktika90101010101010101010JXT70888888877115.9.Pastdargʻom tumaniRahbarlar511111Profilaktika140161616161615151515JXT130151515151414141414116.10.Kattaqoʻrgʻon shahriRahbarlar511111Profilaktika45555555555JXT120141414131313131313117.11.Qoʻshrabot tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT75999888888118.12.Samarqand tumaniRahbarlar511111Profilaktika100121111111111111111JXT70888888877119.13.Toyloq tumaniRahbarlar511111Profilaktika65887777777JXT50666665555120.14.Urgut tumaniRahbarlar10211111111Profilaktika170191919191919191918JXT125141414141414141413121.15.Paxtachi tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT220252525252424242424122.16.Samarqand shahriRahbarlar25333333322Profilaktika300343434333333333333JXT530595959595959595958123.17.ViloyatYPX230262626262625252525PPX290333332323232323232MG440494949494949494948Jami4500521517515512508489487478473Surxondaryo viloyati124.1.Oltinsoy tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT30444333333125.2.Angor tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT50666665555126.3.Boysun tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT30444333333127.4.Bandixon tumaniRahbarlar511111Profilaktika30444333333JXT20332222222128.5.Denov tumaniRahbarlar10211111111Profilaktika150171717171717161616JXT170191919191919191918129.6.Jarqoʻrgʻon tumaniRahbarlar511111Profilaktika851010101099999JXT100121111111111111111130.7.Sariosiyo tumaniRahbarlar511111Profilaktika80999999998JXT130151515151414141414131.8.Termiz shahriRahbarlar10211111111Profilaktika75999888888JXT300343434333333333333132.9.Muzrabot tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT75999888888133.10.Qumqoʻrgʻon tumaniRahbarlar511111Profilaktika80999999998JXT120141414131313131313134.11.Termiz tumaniRahbarlar511111Profilaktika40555544444JXT150171717171717161616135.12.Uzun tumaniRahbarlar511111Profilaktika65887777777JXT35444444443136.13.Sherobod tumaniRahbarlar511111Profilaktika65887777777JXT60777777666137.14.Shoʻrchi tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT45555555555138.15.Qiziriq tumaniRahbarlar511111Profilaktika40555544444JXT25333333322139.16.ViloyatYPX160181818181818181717PPX195222222222222212121MG255292929282828282828Jami3035360357354346342325321317313Sirdaryo viloyati140.1.Oqoltin tumaniRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT55766666666141.2.Boyovut tumaniRahbarlar511111Profilaktika40555544444JXT40555544444142.3.Guliston tumaniRahbarlar511111Profilaktika35444444443JXT30444333333143.4.Mirzaobod tumaniRahbarlar511111Profilaktika30444333333JXT30444333333144.5.Sirdaryo tumaniRahbarlar10211111111Profilaktika50666665555JXT135151515151515151515145.6.Shirin shahriRahbarlar511111Profilaktika10211111111JXT60777777666146.7.Sardoba tumaniRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT40555544444147.8.Xovos tumaniRahbarlar511111Profilaktika35444444443JXT35444444443148.9.Guliston shahriRahbarlar10211111111Profilaktika40555544444JXT260292929292929292928149.10.Sayxunobod tumaniRahbarlar511111Profilaktika30444333333JXT40555544444150.11.Yangiyer shahriRahbarlar511111Profilaktika20332222222JXT120141414131313131313151.12.ViloyatYPX120141414131313131313PPX120141414131313131313MG220252525252424242424Jami1700208204201194188178177177173Toshkent viloyati152.1.Boʻstonliq tumaniRahbarlar15222222111Profilaktika70888888877JXT300343434333333333333153.2.Oqqoʻrgʻon tumaniRahbarlar511111Profilaktika40555544444JXT50666665555154.3.Ohangaron tumaniRahbarlar511111Profilaktika45555555555JXT851010101099999155.4.Zangiota tumaniRahbarlar10211111111Profilaktika90101010101010101010JXT150171717171717161616156.5.Yangiyoʻl tumaniRahbarlar511111Profilaktika80999999998JXT75999888888157.6.Angren shahriRahbarlar10211111111Profilaktika70888888877JXT240272727272727262626158.7.Chirchiq shahriRahbarlar10211111111Profilaktika75999888888JXT345393939383838383838159.8.Quyi Chirchiq tumaniRahbarlar511111Profilaktika45555555555JXT40555544444160.9.Parkent tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT60777777666161.10.Piskent tumaniRahbarlar511111Profilaktika35444444443JXT70888888877162.11.Toshkent tumaniRahbarlar10211111111Profilaktika851010101099999JXT75999888888163.12.Chinoz tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT140161616161615151515164.13.Oʻrta Chirchiq tumaniRahbarlar511111Profilaktika65887777777JXT70888888877165.14.Yuqori Chirchiq tumaniRahbarlar511111Profilaktika55766666666JXT110131312121212121212166.15.Boʻka tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT45555555555167.16.Bekobod tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT50666665555168.17.Qibray tumaniRahbarlar10211111111Profilaktika851010101099999JXT295333333333333333232169.18.Bekobod shahriRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT100121111111111111111170.19.Ohangaron shahriRahbarlar511111Profilaktika25333333322JXT110131312121212121212171.20.Olmaliq shahriRahbarlar511111Profilaktika65887777777JXT300343434333333333333172.21.Yangiyoʻl shahriRahbarlar511111Profilaktika35444444443JXT90101010101010101010173.22.Nurafshon shahriRahbarlar511111Profilaktika25333333322JXT160181818181818181717174.23.ViloyatYPX120141414131313131313PPX640727171717171717171MG815919191919190909090Jami5960694686682675670647643633630Fargʻona viloyati175.1.Oltiariq tumaniRahbarlar511111Profilaktika90101010101010101010JXT90101010101010101010176.2.Qoʻshtepa tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT30444333333177.3.Bagʻdod tumaniRahbarlar511111Profilaktika75999888888JXT60777777666178.4.Beshariq tumaniRahbarlar511111Profilaktika75999888888JXT35444444443179.5.Buvayda tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT50666665555180.6.Dangʻara tumaniRahbarlar511111Profilaktika60777777666JXT40555544444181.7.Quva tumaniRahbarlar511111Profilaktika90101010101010101010JXT90101010101010101010182.8.Soʻx tumaniRahbarlar511111Profilaktika35444444443JXT35444444443183.9.Qoʻqon shahriRahbarlar15222222111Profilaktika115131313131313131212JXT280323131313131313131184.10.Margʻilon shahriRahbarlar511111Profilaktika851010101099999JXT80999999998185.11.Fargʻona shahriRahbarlar15222222111Profilaktika135151515151515151515JXT440494949494949494948186.12.Uchkoʻprik tumaniRahbarlar511111Profilaktika75999888888JXT50666665555187.13.Fargʻona tumaniRahbarlar511111Profilaktika90101010101010101010JXT30444333333188.14.Furqat tumaniRahbarlar511111Profilaktika45555555555JXT20332222222189.15.Yozyovon tumaniRahbarlar511111Profilaktika40555544444JXT40555544444190.16.Rishton tumaniRahbarlar511111Profilaktika90101010101010101010JXT60777777666191.17.Toshloq tumaniRahbarlar511111Profilaktika65887777777JXT25333333322192.18.Oʻzbekiston tumaniRahbarlar511111Profilaktika90101010101010101010JXT50666665555193.19.Quvasoy shahriRahbarlar511111Profilaktika40555544444JXT30444333333194.20.ViloyatYPX220252525252424242424PPX470535352525252525252MG440494949494949494948Jami4215491490487481475455450446440Xorazm viloyati195.1.Bogʻot tumaniRahbarlar511111Profilaktika60777777666JXT45555555555196.2.Gurlan tumaniRahbarlar511111Profilaktika60777777666JXT40555544444197.3.Qoʻshkoʻpir tumaniRahbarlar511111Profilaktika60777777666JXT40555544444198.4.Yangibozor tumaniRahbarlar511111Profilaktika40555544444JXT40555544444199.5.Yangiariq tumaniRahbarlar511111Profilaktika50666665555JXT35444444443200.6.Xiva shahriRahbarlar511111Profilaktika35444444443JXT70888888877201.7.Tuproqqalʼa tumaniRahbarlar511111Profilaktika30444333333JXT230262626262625252525202.8.Shovot tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT50666665555203.9.Urganch shahriRahbarlar10211111111Profilaktika80999999998JXT330373737373737363636204.10.Urganch tumaniRahbarlar511111Profilaktika70888888877JXT65887777777205.11.Hazorasp tumaniRahbarlar511111Profilaktika60777777666JXT70888888877206.12.Xonqa tumaniRahbarlar511111Profilaktika60777777666JXT60777777666207.13.Xiva tumaniRahbarlar511111Profilaktika55766666666JXT25333333322208.14.ViloyatYPX150171717171717161616PPX851010101099999MG240272727272727262626Jami2375281279278277272257248243240Toshkent shahri209.1.Mirzo Ulugʻbek tumaniRahbarlar25333333322Profilaktika170191919191919191918JXT500565656565655555555210.2.Mirobod tumaniRahbarlar20332222222Profilaktika100121111111111111111JXT560636362626262626262211.3.Sergeli tumaniRahbarlar20332222222Profilaktika115131313131313131212JXT255292929282828282828212.4.Yunusobod tumaniRahbarlar25333333322Profilaktika160181818181818181717JXT610686868686868686767213.5.Bektemir tumaniRahbarlar20332222222Profilaktika55766666666JXT180202020202020202020214.6.Uchtepa tumaniRahbarlar20332222222Profilaktika150171717171717161616JXT300343434333333333333215.7.Yashnobod tumaniRahbarlar25333333322Profilaktika170191919191919191918JXT425484847474747474747216.8.Chilonzor tumaniRahbarlar25333333322Profilaktika140161616161615151515JXT550626161616161616161217.9.Shayxontohur tumaniRahbarlar25333333322Profilaktika140161616161615151515JXT530595959595959595958218.10.Olmazor tumaniRahbarlar25333333322Profilaktika160181818181818181717JXT420474747474747464646219.11.Yakkasaroy tumaniRahbarlar20332222222Profilaktika60777777666JXT405454545454545454545220.12.Yangihayot tumaniRahbarlar20332222222Profilaktika80999999998JXT185212121212120202020221.13.ShaharYPX900100100100100100100100100100PPX755848484848484848483MG3860429429429429429429429429428Jami12205137213691361135913591355135213421336JAMI53960628962366186613260765851579857265666
Izoh: 1. Rahbarlar tarkibiga tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari va boʻlim (boʻlinma) boshliqlari kiradi.
2. Jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻlinmalari tarkibiga tuman (shahar) ichki ishlar organlarining yoʻl harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, probatsiya va qoʻriqlash xizmatlari xodimlari kiradi.
3. Mashgʻulotlarning 40 foizi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, 25 foizi Jamoat xavfsizligi universiteti, 25 foizi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-oʻqituvchilari, shuningdek, 10 foizi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya markaziy apparatlari xodimlari tomonidan sayyor shaklda 5 kunlik oʻquv dasturi asosida Ichki ishlar vazirligining hududiy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga4-ILOVA
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi maktablar (school) tizimining
Jamoat xavfsizligini taʼminlash maktabiTezkor-qidiruv faoliyati maktabiKiberjinoyatlarga qarshi kurashish maktabiEkspert-kriminalistika maktabiIjtimoiy reabilitatsiya maktabiHuquqbuzarliklar umumiy profilaktikasi shoʻbasiTezkor-qidiruv huquqi shoʻbasiKiberhuquq shoʻbasiKriminalistik ekspertizalar shoʻbasiKriminologiya shoʻbasiHuquqbuzarliklar maxsus profilaktikasi shoʻbasiUyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyati shoʻbasiRaqamli texnologiyalar shoʻbasiTergovga qadar tekshiruv shoʻbasiJazoni ijro etish faoliyati shoʻbasiMaʼmuriy-protsessual huquq shoʻbasiJinoyat-qidiruv faoliyati shoʻbasiJinoyat huquqi shoʻbasiAniq fanlar shoʻbasiInson huquqlari shoʻbasiMaʼmuriy faoliyat va probatsiya shoʻbasiTerrorizmga qarshi kurashish faoliyati shoʻbasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga5-ILOVA
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida maktablar (school) tizimini tashkil etish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga6-ILOVA
Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tashkil etilayotgan ofislar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va ishlash mexanizmlari
T/rOfis nomiFaoliyat yoʻnalishlariAmalga oshirish mexanizmlari1.Rahbar kadrlarni baholash va malakasini oshirish ofisiIchki ishlar organlari rahbar kadrlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini tashkil etish va muvofiqlashtirish;kasbiy kompetensiyalar, boshqaruv koʻnikmalari va liderlik salohiyatini aniqlash hamda monitoring qilish;ichki ishlar organlari rahbar kadrlarining malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish;rahbarlarning faoliyat samaradorligini baholashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish va takomillashtirish.Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan hamkorlikda rahbar kadrlarning faoliyati samaradorligini baholash, malakasini oshirish va monitoring qilishning yangi mexanizmlari joriy etiladi;tuman (shahar) ichki ishlar organi boshligʻi va undan yuqori darajadagi rahbar xodimlar har yili bir marotaba qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqitiladi (IIV va boshqa davlat organlarining tegishli rahbarlarini jalb etgan holda);malaka oshirish kursi natijalariga koʻra rahbar xodimlarning bilim va malakalariga baho beriladi hamda faoliyati samaradorligi monitoring qilinadi.2.Pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish ofisiIchki ishlar organlari taʼlim tashkilotlarining pedagoglar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish;ichki ishlar organlari taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilarining kasbiy va pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish;ichki ishlar organlari taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilarida akademik va kasbiy rivojlanishni monitoring qilish;taʼlim sifati va pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.Pedagog kadrlarning uzluksiz professional va akademik rivojlanish (Continuous Professional Development — CPD) tizimi joriy etiladi; 2026-2027-yillarda pedagog kadrlar “Yangi Oʻzbekiston” universitetida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarida oʻqitiladi;qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb etiladi;pedagogik lavozimlarga yangi tayinlangan kadrlarga qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganidan soʻng pedagogik faoliyat olib borishiga yoʻl qoʻyiladi;pedagoglarning kasbiy kompetensiyalari va akademik rivojlanish jarayoni uzluksiz monitoring qilib boriladi;2027-yil 1-aprelga qadar “Yangi Oʻzbekiston” universiteti bilan hamkorlikda pedagog kadrlarning uzluksiz professional va akademik rivojlanish jarayonini raqamli monitoring qilish, baholash va tahlil qilishning zamonaviy mexanizmlari joriy etiladi.3.Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va transfer ofisiIchki ishlar organlari faoliyati uchun ustuvor boʻlgan ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni shakllantirish hamda muvofiqlashtirish;jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektga oid ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish;ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish va texnologiyalar transferini taʼminlash;ilmiy loyihalar doirasida ilmiy-pedagogik kadrlar, tadqiqotchilar va yosh olimlarni tayyorlash hamda ilmiy maktablarni rivojlantirish;ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat samaradorligini monitoring qilish.Bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari va doktorlik dissertatsiya tadqiqotlari mavzularining kamida 70 foizi aniq hudud yoki shaxslar toifasi kesimida kriminogen vaziyatni tahlil etgan holda jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalariga yangi ishlash mexanizmlari, tashkiliy-huquqiy takliflari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga yoʻnaltiriladi;ilmiy-tadqiqot loyihalariga ajratilgan mablagʻlarning kamida 60 foizi ushbu loyiha doirasida foydalanish uchun tegishli asbob-uskuna va texnologiyalarni xarid qilishga yoʻnaltiriladi, bir yillik moliyalashtirish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2 ming baravarigacha boʻlgan loyihalar bundan mustasno;ilmiy-tadqiqot loyihasini bir yillik moliyalashtirish qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 3 ming baravaridan yuqori boʻlgan hollarda ushbu loyiha rahbariga quyidagi majburiyatlar yuklanadi: loyiha doirasida kamida 1 ta fan doktori (DSc) yoki kamida 2 ta falsafa doktori (PhD) darajasida dissertatsiya ishi, kamida 3 ta magistrlik dissertatsiyasi va kamida 5 ta bitiruv malakaviy ishi amalga oshirilishini tashkil etish; loyiha doirasida tadqiqotchilar guruhini tuzish hamda Xirsh indeksi (h-indeks) kamida 10 dan yuqori boʻlgan 1 nafar mahalliy yoki chet ellik olimni jalb qilish.4.Xorijiy tillar ofisiProfessor-oʻqituvchilar tarkibi, tadqiqotchilar va kursant (tinglovchi)lar xorijiy tillarni oʻrganishi uchun yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etgan holda intensiv oʻquv kurslarini tashkil etish;professor-oʻqituvchilar tarkibi, tadqiqotchilar va kursant (tinglovchi)larni mahalliy va xorijiy tadbirlarda ishtirok etishga, tajriba almashishga, xorijiy taʼlim muassasalarida malaka oshirish, stajirovka va amaliyot oʻtashga tayyorlash;taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayonida xorijiy tillarni qoʻllash asoslari boʻyicha dasturiy oʻqitishni tashkil etish orqali professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirishda koʻmaklashish;kursant (tinglovchi)lar, tadqiqotchilar va professor-oʻqituvchilarni xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatni olish boʻyicha shartnoma asosida mahalliy yoki xorijiy tashkilotlarni jalb etgan holda imtihonlarga tayyorlash.Xalqaro ilgʻor tajribalar asosida xorijiy tillarni jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida samarali qoʻllash tizimi joriy etiladi;shartnoma asosida mahalliy va xorijiy tashkilotlarni jalb etgan holda kursant (tinglovchi)lar, tadqiqotchilar va professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatlar, shuningdek, joriy etiladigan idoraviy Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqni muhofaza qilish sohasida xorijiy til sertifikati (“Certificate of Foreign Language Proficiency for Public Safety and Law Enforcement”)ni olish boʻyicha intensiv kurslar yoʻlga qoʻyiladi;professor-oʻqituvchilar tarkibi, tadqiqotchilar va kursant (tinglovchi)lar mahalliy va xorijiy tadbirlarda ishtirok etishga, tajriba almashishga, xorijiy davlatlarda malaka oshirish va amaliyot (stajirovka) oʻtashga tayyorlanadi;taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayonida xorijiy tillarni qoʻllash asoslari boʻyicha dasturiy oʻqitishni tashkil etish orqali professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati oshiriladi;kursantlarga xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikat olish uchun imtihon xarajatlari Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;xorijiy til boʻyicha kamida V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bitiruvchilar xorijiy til boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod etiladi.5.Sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va taʼlimni raqamlashtirish ofisiTaʼlim jarayoniga adaptiv oʻquv platformalari, virtual simulyatorlar va raqamli assistentlarni ishlab chiqish hamda joriy etish;jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatida sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan amaliy yechimlar ishlab chiqish;sunʼiy intellekt sohasida tadqiqotlar oʻtkazish va ularning natijalarini ichki ishlar organlari faoliyatiga tizimli tatbiq etish;professor-oʻqituvchilar, xodimlar va kursant (tinglovchi)lar uchun sunʼiy intellekt boʻyicha ixtisoslashtirilgan kurslarni tashkil etish;innovatsion loyihalar va ilmiy ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni tijoratlashtirish mexanizmlarini joriy etish.Mavjud raqamli taʼlim texnologiyalari va dasturiy vositalarning texnik imkoniyatlari tizimli ravishda qiyosiy tahlil (benchmarking) qilib boriladi hamda ular bazasida raqamli taʼlim muhiti shakllantiriladi;ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining faoliyatiga oid maxsus neyrotarmoq modellari va tezkor prognozlash algoritmlari ishlab chiqiladi hamda belgilangan tartibda sinovdan oʻtkaziladi;professor-oʻqituvchilar, xodimlar va kursant (tinglovchi)lar uchun sunʼiy intellekt yoʻnalishida maqsadli ilmiy seminarlar, xakaton (hackathon) musobaqalari hamda maxsus amaliy kurslar tashkil etiladi;istiqbolli ilmiy ishlanmalarni amaliyotga yoʻnaltirish va hamkorlikni kengaytirish maqsadida sohaviy startap loyihalar hamda grant mablagʻlarini jalb etish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga7-ILOVA
Ichki ishlar vazirligi akademiyasini 2030-yilgacha rivojlantirishning
T/rKoʻrsatkich (indikator) nomiOʻlchov birligiAmaldagi koʻrsatkich2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yilI. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan tubdan takomillashtirish1.Xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkilotlari bilan masofaviy (onlayn) darslar tashkil qilishmasofaviy darslar soni1801902002102302502.Kursant va tinglovchilarning amaliyot (stajirovka)larini hamkor xorijiy taʼlim va tadqiqot tashkilotlarida oʻtkazishkursant va tinglovchilar soni75801001201502003.Kursant va tinglovchilar tomonidan xakaton va startap loyihalarni tayyorlashxakaton va startap loyihalar soni--51015204.Xorijiy tillar boʻyicha kamida V2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega kursantlar ulushifoizda(jami kursantlar soniga nisbatan)1515202530355.IIV idoraviy akademik litsey va texnikumlardagi oʻquv mashgʻulotlarga jalb qilingan Akademiya professor-oʻqituvchilari ulushifoizda(professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)5510152030II. Ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish6.Akademiyaning ilmiy salohiyati (ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar ulushi)ni oshirishfoizda(professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)5055606570757.Akademiyada jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga raqamli va sunʼiy intellekt texnologiyalari hamda dasturiy taʼminotlarni joriy etishga yoʻnaltirilgan dissertatsiya ishlari ulushini oshirish (PhD va DSc)dissertatsiya ishlari soni---3588.Akademiyada aniq viloyat, tuman (shahar) va mahallalar kesimida kriminogen vaziyatni tahlil qilgan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga manzilli (hudud xususiyatidan kelib chiqib) mexanizmlarni joriy etishga yoʻnaltirilgan dissertatsiya ishlari ulushini oshirish (PhD va DSc)dissertatsiya ishlari soni--3510159.Akademiyada bajarilgan ilmiy-tadqiqot loyiha (grant)lari sonini oshirishilmiy-tadqiqot loyiha (grant)lari soni114681010.Akademiyada ilmiy-tadqiqot loyiha (grant)lari doirasida bajarilgan dissertatsiya tadqiqotlarifoizda(jami dissertatsiya tadqiqotlari soniga nisbatan)---10152011.Mutaxassislik taʼlim yoʻnalishlari faoliyatiga doir monografiyalar nashr etishmonografiyalar soni681015182012.Professor-oʻqituvchilar tomonidan xalqaro ilmiy jurnallarda, shuningdek, “Web of Science”, “Scopus” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallarda maqolalar chop etishmaqolalar soni12203040506013.Xirsh indeksi (h-indeks) 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar salmogʻini oshirishprofessor-oʻqituvchilar soni30354050607014.Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etishmaqolalar soni40045050060070080015.Respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarini (shu jumladan onlayn shaklda) oʻtkazishkonferensiyalar soni8910111215III. Akademiya pedagog kadrlarining bilim, malaka va kasbiy tayyorgarlik darajasini zamonaviy talablar asosida oshirish16.“Yangi Oʻzbekiston” universiteti bilan hamkorlikda Akademiya professor-oʻqituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishfoizda(professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)-51020304017.Jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy ishlanmalarni tayyorlashilmiy ishlanmalar soni25303540455018.Akademiya professor-oʻqituvchilarining qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlash hamda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha respublika darajasidagi ishchi guruhlar faoliyatida bevosita ishtirok etishiishtirok etgan respublika darajasidagi ishchi guruhlar soni238101215IV. Xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish19.Xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning yetakchi professor-oʻqituvchilari va mutaxassislarini taʼlim jarayoniga jalb etish (shu jumladan, onlayn shaklda)xorijiy professor-oʻqituvchilar soni20222426283020.Akademiya professor-oʻqituvchilarini yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarida stajirovka oʻtashga yuborish va malakasini oshirish (shu jumladan, onlayn shaklda)professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan1135101521.Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish (shu jumladan, onlayn shaklda)konferensiyalar soni44556622.Turdosh xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻquv va ilmiy adabiyotlar (darslik, oʻquv qoʻllanma va monografiya)lar tayyorlashtadqiqotlar soni2510152025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga8-ILOVA
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi taʼlim jarayoniga xorijiy ekspertlarni jalb qilish yoʻnalishlari va amalga oshirish mexanizmlari
Hamkorlik yoʻnalishiHamkorlik maqsadiAmalga oshirish mexanizmiTaʼlim texnologiyalari, taʼlim sifatini oshirish va monitoring1. Oʻquv jarayonining sifatini baholash va monitoring qilishning zamonaviy tizimini joriy etish.2. Professor-oʻqituvchilarning pedagogik-metodik salohiyatini xalqaro standartlar asosida oshirish.“Taʼlim sifatini boshqarish va monitoring” tizimi (Quality Assurance Framework) ishlab chiqiladi va joriy etiladi.Professor-oʻqituvchilar uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar boʻyicha malaka oshirish dasturlari tashkil etiladi.Elektron taʼlim platformasining samaradorligini baholash metodikasi takomillashtiriladi.Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va raqamli kriminalistika1. Kiberjinoyatlarni aniqlash, tergov qilish va profilaktika qilish boʻyicha zamonaviy usullarni joriy etish.2. Kursant va xodimlarning raqamli dalillarni toʻplash, saqlash va tahlil qilish boʻyicha malakasini oshirish.Mazkur sohadagi ilgʻor kompaniyalar bilan ilmiy-amaliy hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolanadi.Akademiyada Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va raqamli kriminalistika oʻquv markazi tashkil etiladi.Xorijiy ekspertning bevosita ishtirokida amaliy trening va sertifikatsiya kurslari oʻtkaziladi.Jismoniy va jangovar tayyorgarlik, harbiy va maxsus operatsiyalar1. Maxsus kuchlar va ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy-jangovar tayyorgarlik darajasini xalqaro standartlarga moslashtirish.2. Ekstremal vaziyatlarda tezkor va mutanosib harakat qilish koʻnikmalarini shakllantirish.“Maxsus tayyorgarlik” oʻquv moduli ishlab chiqiladi.Ilgʻor xorijiy davlatlar maxsus kuchlari tajribasi asosida qoʻshma mashgʻulot-seminarlar va amaliyot mashgʻulotlari tashkil etiladi.Yillik almashinuv dasturi doirasida oʻqituvchi va kursant (tinglovchi)lar xorijiy davlatlar politsiya taʼlim tashkilotlariga stajirovkaga yuboriladi.Sunʼiy intellekt (AI), algoritmik yechimlar va raqamli texnologiyalar1. Jinoyatchilikning oldini olish va tergov jarayonlarida sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllashni yoʻlga qoʻyish.2. Ilmiy-tadqiqot ishlarida algoritmik tahlil usullaridan foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirish.Akademiyada Sunʼiy intellekt va algoritmik yechimlar ilmiy-amaliy laboratoriyasi tashkil etiladi.Professor rahbarligida prognozli tahlil (predictive analytics) boʻyicha qoʻshma ilmiy loyihalar amalga oshiriladi.Sunʼiy intellekt asosidagi dasturiy vositalar boʻyicha oʻquv kursi oʻquv rejasiga kiritiladi.Aniq fanlar hamda muhandislik boʻyicha xalqaro grant va loyihalar1. Aniq fanlar va muhandislik yoʻnalishlarida ilmiy salohiyatni oshirish.2. Xalqaro ilmiy-texnik grant va loyihalarni jalb etish faoliyatini institutsionallashtirish.Akademiya qoshida Xalqaro loyihalar va grantlar ofisi tashkil etiladi, unga xorijiy ekspertlar maslahatchi sifatida jalb etiladi.Grant hujjatlarini tayyorlash boʻyicha amaliy treninglar oʻtkaziladi.Xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalari bilan qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalari ishga tushiriladi.Raqamli infratuzilma, axborot texnologiyalari, tarmoq tizimlari1. Akademiyaning raqamli infratuzilmasi va axborot tizimlarini xalqaro standartlarga moslashtirish.2. Axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha xodimlar malakasini oshirish.Mavjud axborot-kommunikatsiya tizimlarining xalqaro auditi oʻtkaziladi va rivojlantirish “yoʻl xaritasi” tuziladi. Raqamli infratuzilma va tarmoq xavfsizligi boʻyicha oʻquv dasturi joriy etiladi.Xorijiy ekspert ishtirokida amaliy seminar va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.Kimyoviy ekspertiza, muhandislik, xalqaro grantlar va loyihalar1. Kimyoviy-toksikologik ekspertiza sohasida zamonaviy laboratoriya bazasini yaratish.2. Xalqaro ilmiy grant va loyihalarni jalb etish orqali moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.Xorijiy ekspert rahbarligida Kimyoviy ekspertiza laboratoriyasi zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.Yevropa Ittifoqi va boshqa xalqaro jamgʻarmalar grantlariga qoʻshma loyiha hujjatlari tayyorlanadi. Xorijiy ekspert ishtirokida magistratura va doktorantura talabalari uchun maxsus kurslar oʻqitiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga9-ILOVA
Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish boʻyicha
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish shakliIjro muddatiMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilarI. Idoraviy maktab-internat va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish1.IIV ixtisoslashtirilgan maktab-internatining boshqaruv va taʼlim tizimini samarali tashkil etish choralarini koʻrish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: taʼlim jarayoniga PBL (loyihaga asoslangan taʼlim) metodikalarini keng tatbiq etish;ichki ishlar organlari faoliyatiga oid robototexnika, huquqiy savodxonlik va ijodiy loyihalarni tashkil etish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil sentabr — dekabr-Ichki ishlar vazirligi(D. Sattarov)2.IIV akademik litseylarining davlat taʼlim talablarini qaytadan ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: idoraviy litseylarning taʼlim dasturlarini Ichki ishlar vazirligi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) bakalavriat taʼlim dasturlari bilan oʻzaro integratsiya qilish; idoraviy litseylarda axborot xavfsizligi, sunʼiy intellekt, robototexnika va uchuvchisiz uchish qurilmalarini boshqarish fanlarini chuqurlashtirilgan holda oʻqitish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil sentabr — dekabr-Ichki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov)3.IIVning akademik litseylarini zamonaviy kompyuter va texnik qurilmalar, apparat-dasturiy taʼminot vositalari bilan taʼminlash, xarid qilish va oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish jarayonida foydalanish choralarini koʻrish.Tashkiliy chora-tadbirlar2027-yil yanvarIchki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarIchki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, I. Abduraxmonov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov)4.IIVning akademik litseylarida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti bilan hamkorlikda startap loyihalar va innovatsiyalar markazlarni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Bunda:Idoraviy hujjat loyihasi2026-yil sentabrIchki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, buyurtmachilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, pulli xizmatlar koʻrsatish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarIchki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),“Yangi Oʻzbekiston” universiteti(B. Ahmedov)har yili kamida ikki marotaba xakaton va “Yangi Oʻzbekiston” universiteti bilan hamkorlikda har yili kamida bir marotaba startap loyihalar tanlovlari tashkil etilishini;imtiyoz beriladigan xakaton va startap loyihalarning turlarini belgilash.Tashkiliy chora-tadbirlar2026/2027 oʻquv yilidan boshlab5.IIV ixtisoslashtirilgan maktab-internati va akademik litseylarining oʻqishda yuqori natijalarga erishgan oʻquvchilari uchun “Yosh startap yetakchisi”, “Eng yaxshi yosh huquqshunos”, “Eng yaxshi yosh matematik” va “Eng yaxshi oʻquvchi” nomli idoraviy koʻkrak nishonlarni joriy etish.Idoraviy hujjat loyihasi2026-yil sentabrIchki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlariIchki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov)II. Kasbiy taʼlim va boshlangʻich tayyorgarlik tizimini rivojlantirish6.Vazirlik va idoralar tasarrufidagi 2 ta kasbiy taʼlim tashkilotini IIV tizimiga oʻtkazish va ularni IIV texnikumlari sifatida qayta tashkil etish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil sentabr-oktabr-Ichki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Kasbiy taʼlim agentligi(A. Xusanov),Namangan viloyati hokimligi(Sh. Abdurazakov),Samarqand viloyati hokimligi(A. Boboyev)7.IIV texnikumlariga nomzodlarni tanlov asosida oʻqishga qabul qilish tartibini belgilash.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2026-yil dekabr-Ichki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov)8.IIV texnikumlarining bino va inshootlarini mukammal taʼmirlash orqali zamonaviy taʼlim standartlari, IIV taʼlim tashkilotlari va sohaviy boʻlinmalariga qoʻyiladigan talablarga moslashtirish choralarini koʻrish.Tashkiliy chora-tadbirlar2027-yil sentabrMahalliy budjet mablagʻlari va Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlariIchki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov),Namangan viloyati hokimligi(Sh. Abdurazakov),Samarqand viloyati hokimligi(A. Boboyev)9.IIV texnikumlarida tayyorlanadigan taʼlim yoʻnalish (mutaxassislik)larini inobatga olib, kasbiy taʼlimning tayyorlov yoʻnalishlari, Kasblar va mutaxassisliklar klassifikatoriga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil noyabr-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Kasbiy taʼlim agentligi(A. Xusanov),Ichki ishlar vazirligi(D. Sattarov)10.IIV texnikumlarining taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:taʼlim jarayonini kredit-modul tizimi asosida dual taʼlim shaklida tashkil etish;taʼlim dasturlarini IIV akademiyasi bakalavriat taʼlim dasturlari bilan integratsiya qilish;taʼlim dasturlariga krizis vaziyatlarda stress-menejment, tezkor-taktik kommunikatsiya va xulq-atvor profaylingi, ommaviy vaziyatlarda taktik deeskalatsiya va muzokaralar, axborot xavfsizligi va kiberhimoya, sunʼiy intellekt texnologiyalari, uchuvchisiz uchish qurilmalarini boshqarish va maxsus dasturiy taʼminotlar fanlarini kiritish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil sentabr — dekabr-Ichki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Kasbiy taʼlim agentligi(A. Xusanov)11.IIV texnikumlarining taʼlim yoʻnalish (mutaxassislik)lari boʻyicha tegishli fanlardan oʻquv adabiyotlarini tayyorlash, oʻquv-metodik bazalarini shakllantirish, axborot-resurs markazlarini milliy va xorijiy adabiyotlar bilan boyitish choralarini koʻrish.Tashkiliy chora-tadbirlar2027-yil yanvar — avgustIchki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarIchki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Kasbiy taʼlim agentligi(A. Xusanov),Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi(U. Teshabayeva)12.Ichki ishlar vazirligi tizimida oʻz burchiga sodiq, fidoyi va vatanparvar (milliy gʻurur tuygʻusiga ega) kadrlar korpusini shakllantirishga qaratilgan manzilli choralarni koʻrish. Bunda xodimlar, kursantlar (tinglovchilar) oʻrtasida “Sadoqat sinovlari” (taktik-psixologik), “Kasbiy intellekt” (intellektual), “Kasbiy kod: xodim shaʼni” (vijdon sinovi), “Qahramonlik anatomiyasi” (tahliliy keys-ring), “Xodim va Vatan” (ijtimoiy empatiya) nomli loyihalar orqali kasbiy sadoqat va vatanparvarlikni (milliy gʻurur tuygʻusini) shakllantirishni nazarda tutish.Bunda loyihalarni amalga oshirish tartibi va mexanizmlari Ichki ishlar vazirligi tomonidan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi.Idoraviy hujjat loyihasi2026-yil oktabrIchki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarIchki ishlar vazirligi(D. Sattarov),Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi(O. Xasanov)III. IIV akademiyasi faoliyatini takomillashtirish13.IIV akademiyasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi hamda magistratura mutaxassisliklaridagi oʻzgarishlarni inobatga olib, Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil noyabr-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Ichki ishlar vazirligi(D. Sattarov)14.IIV akademiyasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim dasturlarini qayta ishlab chiqish hamda tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:taʼlim dasturlarini IIV sohaviy xizmatlarini jalb etgan holda “Yangi Oʻzbekiston” universiteti (xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari) bilan hamkorlikda tayyorlash;taʼlim dasturlariga krizis vaziyatlarda stress-menejment va boshqaruv psixologiyasi, tezkor-taktik kommunikatsiya va xulq-atvor profaylingi, ommaviy vaziyatlarda taktik deeskalatsiya va muzokaralar, kiberxavfsizlik injiniringi, dasturiy injiniring, kompyuter injiniringi: sunʼiy intellekt, uchuvchisiz uchish qurilmalarini ishlab chiqish va ularni boshqarish hamda maxsus dasturiy taʼminotlar kabi fanlarni kiritish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil sentabr — noyabr-Ichki ishlar vazirligi(D. Sattarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),“Yangi Oʻzbekiston” universiteti(B. Ahmedov)15.Kursantlar (tinglovchilar) tomonidan maʼruza mashgʻulotlarida va baholashda qoʻlyozma konspektlarni majburiy yozishni bekor qilish, shuningdek, ular tomonidan belgilangan vaqt va joylarda shaxsiy kompyuter texnikalaridan foydalanish amaliyotini joriy etish. Akademiyada belgilangan joylarda Wi-Fi-zonalarni tashkil qilish.Idoraviy hujjat loyihasi2026-yil oktabrAkademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlariIchki ishlar vazirligi(D. Sattarov, R. Xatamov)16.IIV akademiyasida maktablar va ular tarkibida shoʻbalar, shuningdek, ofislar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.Idoraviy-normativ hujjat loyihasi2026-yil sentabr-Ichki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov),“Yangi Oʻzbekiston” universiteti(B. Ahmedov)17.IIV akademiyasi tuzilmasida Pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish ofisini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Bunda:IIV taʼlim tashkilotlarining huquqshunoslik hamda kasbiy fanlar boʻyicha pedagog kadrlarni belgilangan muddatlarda va tartibda Pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish ofisida majburiy tartibda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;qayta tayyorlash va malaka oshirishdan muvaffaqiyatli oʻtgan pedagoglarga belgilangan tartibda qayta tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtganligini tasdiqlovchi sertifikat (diplom) berilishini nazarda tutish.Idoraviy hujjat loyihasi2026-yil oktabrIchki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarIchki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov)18.IIV akademiyasi professor-oʻqituvchilari tarkibi, tadqiqotchi va kursant (tinglovchi)lar uchun xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidan foydalanishni yoʻlga qoʻyish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil oktabrIchki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarIchki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),“Yangi Oʻzbekiston” universiteti(B. Ahmedov)19.Ichki ishlar organlarining rahbar kadrlari faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, rahbar kadrlarga boʻlgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish, oʻqitish va joy-joyiga qoʻyishning yangi mexanizmlarini joriy etish.Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil dekabrIchki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarIchki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov),Boshqaruv samaradorligi agentligi(U. Xusainov)20.Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatiga axborot va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etishga yoʻnaltirilgan grantlarda IIV akademiyasi va Malaka oshirish institutining ishtirokini taʼminlash. Tashkiliy chora-tadbirlar2026/2027 oʻquv yilidan boshlabIchki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, davlat organlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, milliy va xalqaro grantlar, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarIchki ishlar vazirligi(D. Sattarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),“Yangi Oʻzbekiston” universiteti(B. Ahmedov)21.Fuqarolar va xodim (harbiy xizmatchi)larni IIV akademiyasi va xorijiy davlatlar taʼlim tashkilotlari, shuningdek, IIV texnikumlarida oʻqitishga sarflangan budjet mablagʻlarini belgilangan muddatlarda xizmat qilmaganlik uchun undirish tartibini ishlab chiqish. Bunda undiriladigan pul miqdorlarini xizmat qilmagan yillarni inobatga olgan holda bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib belgilash.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2026-yil noyabr-Ichki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov)22.IIV akademiyasi va Malaka oshirish institutining professor-oʻqituvchilari tarkibidagi lavozimlarga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish hamda bir yil muddatga shartnoma asosida pedagogik faoliyatga jalb qilish tartibini belgilash. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil oktabr-Ichki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov)23.IIV akademiyasi va Malaka oshirish institutining professor-oʻqituvchilari, kursant va tinglovchilarining faoliyati va oʻquv natijalarini baholash hamda reytingini shakllantirish boʻyicha yangi tizimni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Smart reyting” platformasini joriy etish.Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil dekabr-Ichki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov)IV. Malaka oshirish instituti faoliyatini takomillashtirish24.IIV mintaqaviy oʻquv markazlarini IIV Malaka oshirish instituti filiallari sifatida qayta tashkil etish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil sentabr-Ichki ishlar vazirligi(D. Sattarov)25.IIV Malaka oshirish instituti va filiallarining oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil noyabr-Ichki ishlar vazirligi(D. Sattarov)26.IIV Malaka oshirish instituti va uning filiallari professor-oʻqituvchilari tarkibi tomonidan tegishli yuklamalarni bajarish hamda taʼlim oluvchilarning modullarni oʻzlashtirish darajasini baholash mezonlari va metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil oktabr — dekabr-Ichki ishlar vazirligi(D. Sattarov)V. Taʼlim tashkilotlaridagi oʻquv-tashkiliy, ilmiy-tadqiqot faoliyati va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish27.Jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida dissertatsiya tadqiqotlarining samaradorligini oshirish. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasiga oid falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya tadqiqotlarining yoʻnalishlari roʻyxatini (barcha davlat organlarining izlanuvchilari uchun) ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlash;dissertatsiya tadqiqot yoʻnalishlarini (mavzularini) viloyatlar, tuman (shahar)lar va mahallalar kesimidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda bevosita jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi dolzarb amaliy muammolar yechimiga qaratish;jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasiga oid dissertatsiya tadqiqotlarining amaliy takliflari yuzasidan Ichki ishlar vazirligi tomonidan amaliyotga zarurati boʻyicha xulosa berish hamda joriy etish;jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi dissertatsiya tadqiqotlari himoyasini (yopiq tadqiqotlardan tashqari), qoida tariqasida, Ichki ishlar vazirligida (amaliyot xodimlari ishtirokida) sayyor ravishda oʻtkazish amaliyotini joriy etish.Idoralararo normativ hujjat2026-yil noyabr-Ichki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov),Fanlar akademiyasi(Sh. Ayupov),jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasiga oid tadqiqotlarni olib boruvchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari28.IIV texnikumlari va akademiyasida taʼlim dasturlarini moslashtirgan holda kursant (tinglovchi)larni muayyan transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun oʻqitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. Bunda:1-kurs kursant (tinglovchi)larini “A” va “B” toifasidagi transport vositalarini boshqarishga oʻqitish;2-kurs kursant (tinglovchi)larini (“A” va “B” toifasidagi haydovchilik guvohnomasi mavjud) “C” va “D” toifasidagi transport vositalarini boshqarishga oʻqitish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda imtihonlar topshirilishini nazarda tutish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026/2027 oʻquv yilidan boshlabIchki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarIchki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov)29.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining stajirovka dasturlari asosida Ichki ishlar vazirligi taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchi va ilmiy-pedagog kadrlarini, shuningdek, ichki ishlar organlari xodim (harbiy xizmatchi)larini har yili xorijiy taʼlim, ilmiy yoki boshqa tashkilotlarda tashkil etiladigan xorijiy kurslarda stajirovka oʻtashga yuborish choralarini koʻrish.Tashkiliy chora-tadbirlarKelishuv asosida“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarIchki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov),“El-yurt umidi” jamgʻarmasi(G. Ismailova),Tashqi ishlar vazirligi(B. Aʼloyev)30.IIV taʼlim tashkilotlarini jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga oid ilgʻor tajribalarga asoslangan xorijiy adabiyotlar bilan taʼminlash. Bunda: xorijiy adabiyotlar roʻyxatini keyingi yil uchun IIV tomonidan shakllantirish va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish;Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilgʻor tajribalarga asoslangan xorijiy adabiyotlarni mualliflik huquqlari asosida xarid qilish, tarjima, tahrir qilish va ekspertizadan oʻtkazish hamda chop etish ishlarini reja-grafikka asosan amalga oshirish.Tashkiliy chora-tadbirlar2027-yildan boshlabOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov),Ichki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov)31.IIVning akademik litseylari, texnikumlari, Malaka oshirish instituti va uning filiallari hamda Akademiyasi uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan oʻquv va ilmiy laboratoriya jihozlari, dasturiy va texnik vositalar, sarflanadigan laboratoriya materiallari, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar va inventarlarni xarid qilib, Oʻzbekistonga olib kirish va taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot jarayonida foydalanilishini taʼminlash choralarini koʻrish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026 — 2028-yillarIchki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar, sanoat tarmoqlari va boshqa tashkilotlardan jalb qilinadigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarIchki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov),Bojxona qoʻmitasi(A. Mavlonov)32.IIV taʼlim tashkilotlariga nomzodlarni saralash hamda oʻqishga qabul qilish jarayonlarini takomillashtirish. Bunda 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab nomzodlarni saralash hamda oʻqishga qabul qilish jarayonlarida bosqichma-bosqich sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllagan holda amalga oshirish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2027-yil aprel-Ichki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov)33.IIV texnikumlari va Akademiyasida taʼlim oluvchilarning oʻqish davridan boshlab xizmat faoliyati yakuniga qadar boʻlgan barcha jarayonlarni qamrab oluvchi “Uzluksiz kasbiy rivojlanish monitoringi” (Professional Life-Cycle Monitoring) tizimini yoʻlga qoʻyish.Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil oktabrIchki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarIchki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov)34.Ichki ishlar vazirligining taʼlim tashkilotlarida professor-oʻqituvchilik lavozimlariga ishga qabul qilish jarayonlarini bosqichma-bosqich sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan avtomatik baholash tizimini joriy etish orqali raqamlashtirish.Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar2027-yil martIchki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarIchki ishlar vazirligi(D. Sattarov)35.IIVning kengaytirilgan hayʼat yigʻilishida idoraviy taʼlim tashkilotlarining yillik hisobotlari va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.Tashkiliy chora-tadbirlarHar yili avgust oyida-Ichki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov)36.IIV Oʻquv-dala markazi faoliyatini samarali tashkil etish. Bunda Oʻquv-dala markaziga yuridik shaxs maqomini berish va quyidagilarni uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilash:Markaz bazasida tashkil etiladigan boshlangʻich kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malaka oshirish oʻquv yigʻinlarini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;oʻquv yigʻinlariga jalb etilgan xodimlar, tinglovchi va kursantlar bilan oʻtkaziladigan amaliy va nazariy mashgʻulotlarni oʻquv-uslubiy jihatdan taʼminlashga koʻmaklashish;mashgʻulotlarni tashkil etishda texnik, xoʻjalik va maishiy xavfsizlikni taʼminlash;Markaz tasarrufidagi bino va inshootlar, moddiy-texnik vositalar qoʻriqlanishini tashkil etish;idoraviy taʼlim tashkilotlari va tegishli boʻlinmalar tomonidan Markaz hududiga maxsus-texnik vositalar olib kirilishi hamda olib chiqilishi hisobini yuritish;Markazda tashkil etiladigan oʻquv yigʻinlariga moddiy-texnik baza va bino-inshootlarni tayyorlash uchun xoʻjalik faoliyatini yuritish;Markazning moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirib borish;Markazning simulyatsiya-immitatsion poligonlarini tashkil etish choralarini koʻrish.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2026-yil noyabrIchki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalarIchki ishlar vazirligi(A. Tashpulatov, D. Sattarov)
Izoh: 1. Huquqiy munosabatlar predmeti va tartibga solish sohasidan kelib chiqqan holda chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi yoki birlashtirilishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa birlashtirilishi mumkin.
2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda, mazkur bandlar ijrosi uchun koʻrsatib oʻtilgan eng oxirgi muddat belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-avgustdagi PQ-303-son qaroriga10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3216-son qarorida:
(a) 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akademiya va Ichki ishlar vazirligi texnikumlari professor-oʻqituvchilari tarkibi lavozimlariga (fakultetlar, maktablar, shoʻbalar, kafedralar, sikllar rahbarlari lavozimlaridan tashqari) tegishli sohada kamida oʻn yillik ilmiy, pedagogik yoki amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar shahodatlangan lavozimlar hisobidan tayinlanishi (faqat toʻliq stavkaga) mumkin”;
(b) 5-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Xorijiy tillar ofisi, uning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
professor-oʻqituvchilar tarkibi, tadqiqotchilar va kursantlar (tinglovchilar)ning xorijiy tillarni oʻrganishlari uchun yuqori malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etgan holda intensiv oʻquv kurslarini tashkil etish;
professor-oʻqituvchilar tarkibi, tadqiqotchilar va kursant (tinglovchi)larni mahalliy va xorijiy tadbirlarda ishtirok etishga, tajriba almashishga, xorijiy taʼlim muassasalarida malaka oshirish, stajirovka va amaliyot oʻtashga tayyorlash;
taʼlim va ilmiy-tadqiqot jarayonida xorijiy tillarni qoʻllash asoslari boʻyicha dasturiy oʻqitishni tashkil etish orqali professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirishda koʻmaklashish;
mahalliy yoki xorijiy tashkilotlarni shartnoma asosida jalb etgan holda kursantlar (tinglovchilar), tadqiqotchilar va professor-oʻqituvchilarni xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlarni olishga tayyorlash”;
(v) 6-bandning oltinchi xatboshisidagi “Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakulteti” soʻzlari “Malaka oshirish instituti filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(g) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Belgilansinki, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga oʻqishga kirgan shaxslar kursantlar safiga, masofaviy taʼlim shakliga, magistraturaga, idoraviy texnikumlarga oʻqishga kirganlar, shuningdek, Malaka oshirish instituti va uning filiallariga hamda Maxsus tayyorgarlik oʻquv markaziga oʻqishga kirgan (yuborilgan)lar esa tinglovchilar safiga qabul qilinadi”;
(d) 16-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hududiy ichki ishlar organlarining rahbarlariga — idoraviy akademik litseylar, idoraviy texnikumlar va Malaka oshirish instituti filiallarining samarali faoliyat koʻrsatishi, oʻquv-tarbiya jarayonining tashkil etilishida ularga zarur amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklatilsin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3413-son qarorida:
(a) 5-bandning ikkinchi xatboshisi “besh yil mobaynida” soʻzlaridan keyin “, Ichki ishlar vazirligi texnikumlariga (ikki yillik taʼlim dasturi asosida) oʻqishga kirgan fuqarolar bilan (toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirganlar bundan mustasno) — oʻqishni tugatganidan keyin uch yil mobaynida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(b) 6-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “maxsus kasbiy tayyorgarlik va boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi,” soʻzlari “boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslarini, Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlari, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi,” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 1-ilovada:
(i) 6-bandda:
birinchi xatboshidagi “oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan, oʻttiz yoshdagi ham” soʻzlari “oʻttiz beshdan katta boʻlmagan, shu jumladan, oʻttiz besh yoshdagi ham” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlariga oʻqishga (ikki yillik taʼlim dasturi asosida) yoshi oʻn yettidan kichik va oʻttiz beshdan katta boʻlmagan, shu jumladan, oʻttiz besh yoshdagi ham, oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy maʼlumotga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalaridagi kunduzgi taʼlimga oʻqishga yoshi oʻn yettidan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan, oʻttiz yoshdagi ham, oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasbiy maʼlumotga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi”;
uchinchi xatboshidagi “qirq yoshdan katta boʻlmagan, shu jumladan, qirq yoshdagi ham” soʻzlari “qirq beshdan katta boʻlmagan, shu jumladan, qirq besh yoshdagi ham” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markaziga harbiy xizmat oʻtagan (erkaklar uchun) va oliy maʼlumotga ega, yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan, oʻttiz yoshdagi ham, Ichki ishlar vazirligi texnikumlari kasbiy tayyorgarlik markazlariga harbiy xizmat oʻtagan (erkaklar uchun) va oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy maʼlumotga ega, yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, shu jumladan, oʻttiz yoshdagi ham, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi”;
beshinchi xatboshidagi “oʻttiz yoshdan katta” soʻzlari “oʻttiz besh yoshdan katta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlari (ikki yillik taʼlim dasturi asosida) va oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) 7-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlariga yoxud oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumiga yoxud oliy taʼlim muassasasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “kasb-hunar” soʻzi “kasbiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining texnikumlari yoki oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) 8-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlariga yoki oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iv) 14-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlari hamda oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazi hamda Ichki ishlar vazirligi texnikumlari kasbiy tayyorgarlik markazlariga qabul qilish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
(v) 19-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “oliy maʼlumotga ega,” soʻzlari “oliy maʼlumotga ega yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlarini (ikki yillik taʼlim dasturi asosida) tamomlagan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy-akademik litseylar, Ichki ishlar vazirligi texnikumlarining kasbiy tayyorgarlik markazlari safdorlar tarkibini tayyorlash dasturi boʻyicha bitiruvchilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “kasb-hunar” soʻzi “kasbiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlarining ikki yillik taʼlim dasturini tamomlagan xodimlarga faqat ikki yillik taʼlim dasturida nazarda tutilgan mutaxassisliklar doirasidagi lavozimlarda xizmat oʻtashga ruxsat etiladi (keyinchalik oliy maʼlumotga ega boʻlgan xodimlar bundan mustasno)”;
(vi) 25-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining xizmatga chaqiriluvchi hisoblangan kursantlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlari va oliy taʼlim muassasalarining xizmatga chaqiriluvchi hisoblangan kursant (tinglovchi)lari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining kursantlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlari va oliy taʼlim muassasalarining kursant (tinglovchi)lari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(vii) 26-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlari va oliy taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(viii) 31-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshligʻi tomonidan kasbiy tayyorgarlik fakultetini serjantlar tarkibini tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslarini” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshligʻi tomonidan Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ix) 32-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bakalavriati kursantlariga ularni bitiruvchi kursga oʻtkazish bilan bir vaqtda “katta serjant” maxsus unvoni beriladi, bu unvonda ular oʻqishni yakunlaguniga qadar xizmat olib boradilar”;
(x) 33-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarini” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi texnikumlarini ikki yillik taʼlim dasturi asosida va oliy taʼlim muassasalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xi) 36-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Navbatdagi “katta serjant”, “kapitan”, “mayor” va “podpolkovnik” maxsus unvonlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti (shu jumladan, uning filiallari) yoki Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazining maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli oʻtagan xodimlarga beriladi, ragʻbatlantirish chorasi tariqasida muddatidan oldin maxsus unvonlar berilishi bundan mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlarini ikki yillik taʼlim dasturi asosida tamomlagan bitiruvchilar mazkur maʼlumot bilan “mayor” maxsus unvonigacha (“mayor” ham) boʻlgan unvonda xizmat qiladi, keyinchalik oliy maʼlumotga ega boʻlganda ularga “podpolkovnik” va undan yuqori maxsus unvonlar ushbu Nizom talablariga muvofiq beriladi”;
(xii) 58-bandda:
“v” kichik bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) tashkiliy-shtat oʻzgarishlari boʻlganida, shuningdek, xodimning hayoti va faoliyati bilan bogʻliq holatlar yuzaga kelganida u egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi va bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga, ayrim hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ruxsati bilan ikki oydan oshmagan muddatga pul taʼminoti (oxirgi lavozimi boʻyicha) saqlangan va xizmat stajini bir kunni bir kunga hisoblagan holda ichki ishlar organlari ixtiyoriga olinadi”;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimning ichki ishlar organlari ixtiyorida uzluksiz boʻlish muddati bir yildan oshmasligi lozim (bola parvarishlash taʼtilida boʻlish davri, xodimga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganda sudning hukmi qonuniy kuchga kirgunga qadar boʻlgan davr, shuningdek, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri (layoqatsizlik haqidagi hujjat boʻlganida) bundan mustasno)”;
“e” kichik bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari va texnikumlari professor-oʻqituvchilari tarkibi hamda jazoni ijro etish muassasalari tibbiyot xodimlari lavozimlariga (fakultetlar, maktablar, shoʻbalar, kafedralar, sikllar, boʻlimlar rahbarlari lavozimlaridan tashqari) tegishli sohada kamida oʻn yillik ilmiy, pedagogik, tibbiy yoki amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar shahodatlangan lavozimlar hisobidan tayinlanishi (faqat toʻliq stavkaga) mumkin”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi shoʻbalarining professor-oʻqituvchilari tarkibidagi lavozimlariga tegishli sohada kamida uch yillik amaliy xizmat stajiga yoki kamida besh yillik pedagogik stajga yoxud tegishli mutaxassislik boʻyicha ilmiy darajaga ega shaxslar tayinlanadi”;
(xiii) 63-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“63. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlariga va oliy taʼlim muassasalariga, Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markaziga oʻqishga kirgan xodimlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etiladi va tegishincha kursant yoki tinglovchilar safiga kiritiladi”;
(xiv) 67-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlari va oliy taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xv) 68-bandda:
birinchi xatboshi “besh kalendar yili mobaynida” soʻzlaridan keyin “, Ichki ishlar vazirligi texnikumlariga (ikki yillik taʼlim dasturi asosida) oʻqishga kirgan fuqarolar bilan (toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirganlar bundan mustasno) oʻqishni tamomlaganidan keyin uch kalendar yili mobaynida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
beshinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “kursant (xodim)” soʻzlari tegishli kelishikdagi “kursant, tinglovchi yoki xodim” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xvi) 69-banddagi “(kursantlar va maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslari tinglovchilari bundan mustasno)” soʻzlari “(kursantlar va Ichki ishlar vazirligi texnikumlari, Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazi tinglovchilari bundan mustasno)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xvii) 71-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xviii) 72-banddagi “rahbar kadrlarni tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida” soʻzlari “rahbar kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xix) 93-bandning birinchi xatboshisi “ish koʻrsatkichlari past boʻlgan,” soʻzlaridan keyin “qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan takroran oʻtmagan,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(xx) 96-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari va texnikumlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xxi) 107-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“107. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari va texnikumlarining akademik qarzdorligi boʻlmagan kursant (tinglovchi)lariga yetti kun davom etadigan qishki va oʻttiz kun davom etadigan yozgi, shuningdek, oliy taʼlim muassasasini yoki texnikumni tamomlashi munosabati bilan oʻttiz kun davom etadigan taʼtillar beriladi”;
ikkinchi xatboshi “sirtdan” soʻzidan keyin “yoki masofadan” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(xxii) 135-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari va texnikumlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xxiii) 148-bandning ikkinchi xatboshisi “layoqatsiz deb topilganda” soʻzlaridan keyin “(harbiy-tibbiy komissiyaning xizmatga yaroqsizlik toʻgʻrisidagi xulosasi asosida xizmatdan boʻshatish holatlari bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(xxiv) 149-band “mumkin emas” soʻzlaridan keyin “(ushbu Nizomda nazarda tutilgan xizmatdan boʻshatish asoslari yetarli boʻlgan holatlar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(xxv) 151-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Xodim boʻshashni rejalashtirgan kuniga qadar rahbar tomonidan uning oʻrniga munosib kadr tanlanishi, asosiy va qoʻshimcha taʼtillar berilishi yoki xodim tibbiy koʻrikdan oʻtishi mumkin boʻladi.
Xodimning bildirgisida koʻrsatilgan sanadan uni ushbu Nizomda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha xizmatdan boʻshatish haqida vakolatli rahbar tomonidan tegishli qaror qabul qilinishi mumkin”;
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
(xxvi) 152-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalarida (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xalqaro shartnomalarga muvofiq), Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqish,” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi texnikumlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalarida (Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan xalqaro shartnomalarga muvofiq yuborilgan) hamda Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy (harbiylashtirilgan) taʼlim muassasalarida oʻqish (maxsus yoki harbiy unvon berilgan kundan boshlab),” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Xodim kadrlar bilan ishlash boʻlinmalaridan xizmatdan boʻshatilganligi haqidagi buyruqni yoki yozma xabarni olishi bilan moddiy va ishonib berilgan mulkni hamda xizmat yuzasidan biriktirilgan vositalarni topshirish choralarini koʻrishi shart. Shundan soʻng unga mehnat daftarchasi rasmiylashtirib beriladi.
Mehnat daftarchasi xodim yoki uning advokatining soʻroviga asosan beriladi. Agarda xodim mehnat daftarchasini olib ketmasa yoxud olib ketish imkoni boʻlmagan taqdirda mehnat daftarchasi ichki ishlar organlarining maxsus arxivida olib ketilguniga qadar saqlanadi.
Ichki ishlar organlarida mehnat daftarchalarini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi”;
(xxvii) 159-bandning ikkinchi xatboshisidagi “oʻn yildan ortiq” soʻzlari “besh yildan ortiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(xxviii) 161-bandning ikkinchi xatboshisidagi “jumladan, kasbiy tayyorgarlik fakultetida va magistraturada” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy (harbiylashtirilgan) taʼlim muassasalarida, jumladan, ularning magistraturalarida, Ichki ishlar vazirligi texnikumlarida va Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3726-son qarorida:
(a) 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq quyidagi oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimdan tashqari) qabul qilish uchun 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning (keyingi oʻrinlarda — vazirlik va idoralar) amaldagi ofitserlari, shartnoma boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarining farzandlari uchun besh foizli kvota, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining shartnoma boʻyicha xizmat qilayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilari hamda xodimlari (keyingi oʻrinlarda — Milliy gvardiya harbiylari va xodimlari)ning farzandlari uchun 0,7 foizli kvota, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining amaldagi xodimlari (keyingi oʻrinlarda — Qoʻriqlash departamenti xodimlari) farzandlari uchun 1,3 foizli kvota ajratiladi”;
(b) 2-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) ajratilgan besh foizli kvota chegarasida harbiy xizmatchilarning farzandlari, shuningdek, ajratilgan 0,7 foizli kvota chegarasida Milliy gvardiyaning amaldagi harbiy xizmatchilari va xodimlarining farzandlari, ajratilgan 1,3 foizli kvota chegarasida Qoʻriqlash departamenti xodimlarining farzandlari tanlov asosida qabul qilinadi hamda joylar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqqan holda, navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq taqsimlanadi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi “Ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3919-son qarorining 11-bandida:
(a) beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“joylarda Malaka oshirish institutining filiallari tashkil etiladi”;
(b) oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining oʻquv jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish ofisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4075-son qarorining 7-bandida:
(a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tuman va shahar ichki ishlar organi boshligʻini hamda undan yuqori darajadagi rahbar xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida, boshqa rahbar xodimlarni hamda profilaktika (kichik, katta, bosh) inspektorlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Ichki ishlar vazirligining Malaka oshirish instituti va uning filiallarida uzluksiz asosda amalga oshiriladi”;
(b) toʻrtinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
(v) beshinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
(g) toʻrtinchi xatboshidagi “idoraviy akademik litseylarga rahbarlik qiladilar hamda ularning negizida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining samarali tashkil etilishiga shaxsan javobgar hisoblanadilar” soʻzlari “idoraviy akademik litseylarga rahbarlik qiladilar hamda ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, jumladan, zarur oʻquv-laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash va moddiy-texnik taʼminoti uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(d) beshinchi va oltinchi xatboshilardagi “profilaktika (katta) inspektorlari” soʻzlari “profilaktika (kichik, katta, bosh) inspektorlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(j) oltinchi xatboshidagi “sirtqi” soʻzi “masofaviy” soʻzi bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4212-son qarorida:
(a) 1-bandda:
(i) birinchi xatboshidagi “2019/2020 oʻquv yilidan boshlab” soʻzlari “2026/2027 oʻquv yilidan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) ikkinchi xatboshi “jamoat xavfsizligini taʼminlash” soʻzlaridan keyin “yoki bevosita xizmat majburiyatlarini bajarish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(b) 3-bandda:
(i) birinchi xatboshi “besh foizli kvota ajratiladi” soʻzlaridan keyin “(Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti hamda uning hududiy boʻlinmalari xodimlari bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(ii) beshinchi xatboshi “kirish imtihonlarining” soʻzlaridan keyin “oliy taʼlim muassasalaridan va taʼlim yoʻnalishlari (fanlar bloki)dan qatʼi nazar respublika boʻyicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4375-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi, Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlash va saralash tartibi tegishincha Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan belgilanadi”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oʻquv markazlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5016-son qarorida:
(a) qaror nomidagi “Ichki ishlar vazirligining oʻquv markazlari” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 1-bandda:
(i) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
(ii) uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
(iii) ikkinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazini” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Toshkent filialini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iv) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar vazirligining Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazini Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Fargʻona filialiga aylantirish”;
(v) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar vazirligining Jizzax mintaqaviy oʻquv markazini Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Jizzax filialiga aylantirish”;
(vi) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Surxondaryo viloyati Denov tumani Fayzli mahallasi Fayzli koʻchasi 105-uy manzilida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Surxondaryo filialini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin”;
(v) 2-bandda:
(i) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Nukus, Fargʻona, Jizzax, Toshkent va Surxondaryo filiallarining (keyingi oʻrinlarda — Filiallar) asosiy vazifalari etib belgilansin:”;
(ii) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ichki ishlar organlari safdor va serjantlar tarkibini maʼmuriy-huquqiy, jamoat tartibini saqlash, kasbiy va psixologik tayyorgarlik, jangovar maxsus tayyorgarlik boʻyicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda tor ixtisosliklar sirasiga kiruvchi safdorlar va ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga birinchi marta tayinlangan xodimlarni boshlangʻich kasbiy tayyorlash”;
(iii) oʻninchi xatboshi “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlaridan keyin “Ichki ishlar vazirligi va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(g) 4-bandda:
(i) “a” kichik band chiqarib tashlansin;
(ii) “b” kichik banddagi “mintaqaviy oʻquv markazlari” soʻzlari “Filiallar” soʻzi bilan almashtirilsin;
(iii) “v” kichik bandda:
birinchi xatboshidagi “mintaqaviy oʻquv markazlarida” soʻzlari “Filiallarda” soʻzi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Toshkent filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Ichki ishlar vazirligining Fargʻona mintaqaviy oʻquv markazi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Fargʻona filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Jizzax filiali — Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Nukus filiali — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Surxondaryo filiali — Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda mutaxassislar uchun”;
“g” va “d” kichik bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
(d) 5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “mintaqaviy oʻquv markazlarining” soʻzlari “Filiallarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
(j) 6-bandda:
(i) ikkinchi xatboshidagi “mintaqaviy oʻquv markazlarining” soʻzlari “Filiallarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
(ii) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
(iii) toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
(z) 7-bandda:
(i) ikkinchi xatboshidagi “mintaqaviy oʻquv markazlarining” soʻzlari “Filiallarning” soʻzi bilan almashtirilsin;
(ii) uchinchi xatboshidagi “mintaqaviy oʻquv markazlarida” soʻzlari “Filiallarda” soʻzi bilan almashtirilsin;
(i) 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “Ichki ishlar vazirligining Toshkent mintaqaviy oʻquv markazi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Toshkent filiali” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasining 9-bandida:
(a) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ichki ishlar vazirligi texnikumlari”;
(b) beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
(v) sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va uning filiallari”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5076-son qarorida:
(a) 4-bandda:
(i) uchinchi xatboshidagi “Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetida (keyingi oʻrinlarda — kasbiy tayyorgarlik fakulteti)” soʻzlari “Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazida (keyingi oʻrinlarda — Serjantlar tayyorlash markazi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) toʻrtinchi va beshinchi xatboshilardagi tegishli kelishikdagi “kasbiy tayyorgarlik fakulteti” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Serjantlar tayyorlash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) oltinchi xatboshidagi “Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti va” soʻzlari “Malaka oshirish instituti va uning filiallari hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 5-banddagi “Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetidagi” soʻzlari “Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazidagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 7-bandda:
(i) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan va bitiruvchi sertifikatini olgan va (yoki) nufuzli xalqaro IT-sertifikatga ega boʻlgan Akademiyaning “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kirayotgan nomzodlarga matematika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 30 foizigacha miqdorda tabaqalashtirilgan qoʻshimcha ball beriladi. Eng yuqori ball toʻplagan besh nafar nomzod mazkur yoʻnalishning 2-bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinadi”;
(ii) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir million dasturchi” loyihasi bitiruvchilariga va (yoki) nufuzli xalqaro IT-sertifikatga ega boʻlgan nomzodlarga Akademiyaning “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kirish uchun imtiyozlar beradigan sertifikatlar turi va darajalari hamda beriladigan tabaqalashtirilgan qoʻshimcha ball miqdorlari ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi”;
(iii) oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2027-yil 1-iyundan boshlab ichki ishlar organlarining safdorlar tarkibi lavozimlariga nomzodlar faqat idoraviy akademik litseylar, harbiy-akademik litseylar va Ichki ishlar vazirligi texnikumlarining kasbiy tayyorgarlik markazlari safdorlar tarkibini tayyorlash taʼlim dasturi boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilar orasidan qabul qilinadi”;
(g) 9-bandning “a” kichik bandida:
(i) ikkinchi xatboshidagi “Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetining” soʻzlari “Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“idoraviy taʼlim tashkilotlarining iqtidorli oʻquvchi va kursant (tinglovchi)lariga ular huzurida tuziladigan komissiya (kengash)larning tavsiyalariga koʻra, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan idoraviy koʻkrak nishonlari va individual stipendiyalar berish”;
(iii) beshinchi xatboshidagi “kafedralariga” soʻzi “shoʻbalariga” soʻzi bilan almashtirilsin;
(d) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasidagi taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari)
T/rTaʼlim yoʻnalishlari(mutaxassisliklari) Beriladigan malakaTaʼlim shakliTaʼlim muddatiI. Bakalavriat*1.Yurisprudensiya:“Tezkor-qidiruv faoliyati”;“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya faoliyati”;“Ekspert-kriminalistika faoliyati”;“Jazoni ijro etish faoliyati”yuristkunduzgi3 yil2.Yurisprudensiya: “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati”yuristkunduzgi4 yil3.Yurisprudensiya:“Huquqbuzarliklarning oldini olish va fosh etish faoliyati”yuristmasofaviy4 yil / 3 yil**4.Yurisprudensiya***yuristkunduzgi / masofaviy4 yil5.Psixologiya***psixologkunduzgi / masofaviy4 yilTurdosh oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqishning 2-bosqichini tamomlagan nomzodlar orasidan taʼlim oluvchilar6.Yurisprudensiya:“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati”yuristkunduzgi2 yilII. Magistratura7.Tashkiliy-taktik boshqaruvII darajali magistr-yuristkunduzgi1 yil8.Tashkiliy-strategik boshqaruvI darajali magistr-yuristkunduzgi1 yil9.Ilmiy-pedagogik faoliyatmagistr-yuristkunduzgi2 yil10.Yurisprudensiya***yuristkunduzgi / masofaviy1/2 yil****11.Psixologiya***psixologkunduzgi / masofaviy1/2 yil****
* bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida xorijiy kadrlarni tayyorlash muddati xalqaro shartnoma (bitim)larga asosan 4 yil etib belgilanishi mumkin;
** oliy maʼlumotga ega boʻlmaganlar uchun — 4 yil, oliy maʼlumotlilar uchun — 3 yil;
*** kadrlarni umumfuqaroviy asosda tayyorlash;
**** kunduzgi taʼlim shaklida oʻqish muddati — 1 yil, masofaviy taʼlim shaklida oʻqish muddati — 2 yil”;
(j) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazidagi taʼlim mutaxassisliklari
T/rMutaxassislik nomiBeriladigan malakaTaʼlim shakliTaʼlim muddati1.Yoʻl harakati xavfsizligi faoliyatimutaxassiskunduzgi5 oy2.Migratsiya va personallashtirish faoliyatimutaxassiskunduzgi5 oy3.Jamoat tartibini saqlash faoliyatimutaxassiskunduzgi5 oy4.Jazoni ijro etish faoliyatimutaxassiskunduzgi5 oy5.Tarbiyaviy faoliyatmutaxassiskunduzgi5 oy6.Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyatimutaxassiskunduzgi5 oy7.Maʼmuriy-xoʻjalik taʼminotimutaxassiskunduzgi5 oy8.Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatimutaxassiskunduzgi5 oy9.Qoʻriqlash faoliyatimutaxassiskunduzgi5 oy”;
(z) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga3-ILOVA
Ichki ishlar organlaridagi uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni
Oʻqitish KaryeraTaʼlim muassasasiOʻqitish shakli va muddati Beriladigan malakaTayyorlash darajasiOʻqitish maqsadiMaxsus unvon berishLavozimga tayinlashSAFDORLAR TARKIBI IIV texnikumlariboshlangʻich maxsus kasbiy tayyorgarlikning kunduzgi kurslari (6 oy)mutaxassismahalla, tuman (shahar)safdorxodimIIV Malaka oshirish instituti / Maxsus tayyorgarlik oʻquv markaziboshlangʻich tayyorgarlikning kunduzgi va sayyor kurslari(3 oy)-ichki ishlar organlari-xodimIIV Malaka oshirish institutiofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun kunduzgi qayta tayyorlash kurslari*(1 oy)-mahalla, tuman (shahar)leytenantxodim, guruh komandiriSERJANTLAR TARKIBI IIV Malaka oshirish institutining Nukus filiali Serjantlar tayyorlash markazidagi kunduzgi taʼlim (5 oy)mutaxassismahalla, tuman (shahar)kichik serjantxodim, guruh komandiriIIV Malaka oshirish institutiofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun kunduzgi qayta tayyorlash kurslari*(1 oy)-mahalla, tuman (shahar)leytenantxodim, guruh komandiriIIV Malaka oshirish instituti / Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazikunduzgi va sayyor malaka oshirish kurslari (3 haftagacha)-katta serjant-OFITSERLAR TARKIBIIIV Malaka oshirish institutiboshlangʻich tayyorgarlikning kunduzgi va sayyor kurslari** (3 oy)-ichki ishlar organlarileytenantxodimkunduzgi va sayyor qayta tayyorlash kurslari ***(1 oy)mutaxassislikni oʻzlashtirganlik haqidagi sertifikat tegishli mutaxassislik-boshqa mutaxassislik boʻyicha xodimIIV texnikumlarikunduzgi taʼlim(2 yil)mutaxassis(yurist)mahalla, tuman (shahar)leytenantxodim****IIV Akademiyasi kunduzgi taʼlim(3/4 yil, “2+2” dasturida — 2 yil),masofaviy taʼlim(3/4 yil)bakalavr(yurist)mahalla, tuman (shahar)leytenantxodimIIV Malaka oshirish instituti / Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazimasofaviy va sayyor malaka oshirish kurslari (1 oygacha)-kapitan-IIV Malaka oshirish institutining Nukus filialikunduzgi va sayyor malaka oshirish kurslari (3 haftagacha)-mayor-IIV Malaka oshirish institutikunduzgi va sayyor malaka oshirish kurslari (3 haftagacha)--barcha darajadagi boʻlim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) IIO boshligʻining oʻrinbosariIIV Akademiyasikunduzgi, sayyor va masofaviy malaka oshirish kurslari (10 kun)--tuman (shahar, tarmoq) IIO boshligʻi va undan yuqori darajadagi boshliqlarIIV AkademiyasiII darajali kunduzgi magistratura(1 yil)II darajali magistr(“tashkiliy-taktik boshqaruv”)tuman (shahar, tarmoq), viloyatpodpolkovnik, polkovniktuman (shahar, tarmoq) IIO boshligʻi, barcha darajadagi boshqarma boshliqlari*****IIV Malaka oshirish instituti / Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazikunduzgi va sayyor malaka oshirish kurslari(1 oygacha)-podpolkovnik-IIV Akademiyasishoʻbada 1 yildan ortiq pedagogik faoliyat-podpolkovnik-IIV AkademiyasiI darajali kunduzgi magistratura(1 yil)I darajali magistr (“tashkiliy-strategik boshqaruv”)viloyat, respublikapolkovnikQoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyat darajasidagi ichki ishlar bosh boshqarma (boshqarma) boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, IIV bosh boshqarmasi (departament, xizmat) boshligʻi******IIV Akademiyasidoktoranturafalsafa doktori (PhD), fan nomzodi,fan doktori (DSc)tegishli ilmiy sohapolkovnikoʻquv-uslubiy boshqarma, fakultet, shoʻba (kafedra) boshligʻi, maktab ijrochi direktori, professor, dotsentBoshqa oliy taʼlim muassasalariIIV Akademiyasikunduzgi ilmiy-pedagogik magistratura(2 yil)magistr(“ilmiy-pedagogik faoliyat”)taʼlim va ilmiy muassasalarpolkovnik-
* Fuqaroviy oliy maʼlumotga ega boʻlganda.
** Fuqaroviy oliy maʼlumotga ega boʻlganlarni ofitserlar tarkibidagi lavozimlarga tayinlashda.
*** Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida oʻqitilishi belgilangan boshqa mutaxassislik lavozimlariga oʻtishda.
**** Bitiruvchilar mazkur maʼlumot bilan “mayor” maxsus unvonigacha (“mayor” ham) boʻlgan unvonda xizmat qiladi.
***** Oʻzbekiston Respublikasi IIV Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamentining, Komplayens xizmatining, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining, Idoraviy hamkorlik bosh boshqarmasining boshqarmalari, axborot texnologiyalarini joriy etish boʻlinmalari, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi, Tibbiyot boshqarmasi, Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik boshqarmasi, Harbiy-safarbarlik boshqarmasi, Nazorat-taftish inspeksiyasi, Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi bundan mustasno.
****** Moliya va moddiy-texnika taʼminoti departamenti, Komplayens xizmati, Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi, Idoraviy hamkorlik bosh boshqarmasidan tashqari”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5077-son qarorining 3-bandida:
(a) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Universitetning sirtqi taʼlim shakliga Milliy gvardiya hisobidan qabul qilinib, tahsil olayotgan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining oliy maʼlumotga ega boʻlmagan amaldagi xodimlarining oʻqishni tugatguniga qadar bepul taʼlim olish huquqlari saqlab qolinadi”;
(b) oltinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-noyabrdagi “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yoʻnalishdagi bilimlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-23-son qarorida:
(a) 1-band “sirtqi taʼlim shakliga” soʻzlaridan keyin “, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab mavjud masofaviy taʼlim shakliga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(b) 2-bandda:
(i) ikkinchi, yettinchi va toʻqqizinchi xatboshilar “sirtqi” soʻzidan keyin “yoki masofaviy” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(ii) uchinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iv) oʻninchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 3-bandda:
(i) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Ichki ishlar vazirligi (A.A. Tashpulatov)”;
(ii) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“2027/2028 oʻquv yilida yurisprudensiya sohasida bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha masofaviy taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish uchun 100 nafar profilaktika (kichik, katta, bosh) inspektorlariga tavsiyanoma bersin va 2028/2029 oʻquv yilidan boshlab profilaktika (kichik, katta, bosh) inspektorlarini yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha masofaviy taʼlim shakliga oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanomalarni 2 barobargacha oshirish yuzasidan Davlat komissiyasiga asoslantirilgan taklif kiritsin”;
(g) 4-bandning “a” kichik bandi “sirtqi” soʻzidan keyin “yoki masofaviy” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(d) 5-bandda:
(i) “a” kichik bandda:
ikkinchi xatboshi “sirtqi” soʻzidan keyin “yoki masofaviy” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) 2022/2023 oʻquv yili va undan keyingi oʻquv yillarida tavsiyanoma asosida profilaktika inspektorlari uchun yurisprudensiya sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga ajratiladigan umumiy qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari yuzasidan oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining sirtqi taʼlim shaklida, 2027/2028 oʻquv yili va undan keyingi yillarda masofaviy taʼlim shaklida oʻqishga qabul qilish parametrlarini shakllantirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etsin”;
(iii) “v” kichik banddagi “sirtqi” soʻzi “masofaviy” soʻzi bilan almashtirilsin;
(iv) “g” kichik banddagi “Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-10-son qarorida:
(a) 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ichki ishlar organlariga xizmatga birinchi marta qabul qilingan (tor ixtisoslik sirasiga kiruvchi lavozimlarga) xodimlar Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Maxsus tayyorgarlik oʻquv markazida uch oylik boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganidan soʻng tegishli lavozimga tayinlanadi”;
(b) 1-ilovaning 35-bandi birinchi xatboshisi “oʻquv dasturini qoniqarsiz oʻzlashtirgan” soʻzlaridan keyin “(semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha GPA oʻtish balini toʻplay olmagan)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.