BJK · 185-modda

185-modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona nazorati ostida turgan tovarlar saqlanadigan joylarga kirishini taʼminlash

Binolarida va hududlarida bojxona nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar va (yoki) transport vositalari, bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar turgan yoki turishi ehtimoli boʻlgan yoxud nazorat qilinishi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar shu binolarga va hududlarga bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular xizmat guvohnomasini koʻrsatgan taqdirda kirish imkonini beradi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida davlat organlari mansabdor shaxslarining alohida obyektlarga kirishi uchun boshqacha tartib belgilangan boʻlsa, bojxona organlarining mansabdor shaxslari bu obyektlarga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda kirishga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.