BJK · 214-modda

214-modda. Bojxona ekspertizasi tayinlanayotganda va oʻtkazilayotganda vakolatli shaxsning huquqlari

Bojxona ekspertizasi tayinlanayotganda va oʻtkazilayotganda vakolatli shaxs:

bojxona ekspertizasi natijalari ustidan shikoyat qilish;

ekspert xulosasini olish uchun qoʻshimcha masalalarni kiritish haqida iltimosnoma berish;

bojxona organlarining va boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tovardan namunalar yoki nusxalar tanlab olinayotganda hozir boʻlish;

ekspertning xulosasi bilan tanishish va bunday xulosaning koʻchirma nusxasini olish;

bojxona ekspertizasini oʻtkazish haqida iltimosnoma berish huquqiga ega.

Vakolatli shaxsning iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda bojxona organi tegishli qaror qabul qiladi. Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisida bojxona organining mansabdor shaxsi uch ish kuni ichida vakolatli shaxsga rad etish sabablarini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabar qiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.