BJK · 257-modda

257-modda. Transport vositasi uchun deklaratsiya

Transport vositasi uchun deklaratsiya transport vositasi, uning yoʻnalishi, tashilayotgan tovarlar, ekipaj va yoʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasining kelishi yoki ketishi toʻgʻrisidagi hujjatdir. Bojxona organlari tashuvchining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hujjatlarini transport vositasi uchun deklaratsiya sifatida qabul qiladi. Transport vositasi uchun deklaratsiya tashuvchi tomonidan taqdim etiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.