Tovarlarni deklaratsiyalash:
a) ogʻzaki shaklda:
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normalaridan oshmaydigan tovarlari deklaratsiyalanayotganda;
qonunchilikda belgilangan normadan oshmaydigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlgan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi;
b) yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasidan foydalanilgan holda:
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonunchilikda belgilangan tovarlarni bojsiz olib kirish normasidan oshadigan tovarlarining;
jismoniy shaxsning yashash joyi oʻzgarganda (avvalgi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida qayd mavjud boʻlgan holda) uning shaxsiy mol-mulki boʻlgan tovarlarning, bundan avtotransport vositalari mustasno;
jismoniy shaxs bojxona hududiga kirguniga yoki bu hududdan chiqquniga qadar yoki keyin olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan, alohida kuzatib boriladigan bagajda bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan notijorat maqsadlardagi tovarlarning;
ushbu Kodeksning 158 va 160-moddalarida koʻrsatilgan hollarda, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalarining;
qonunchilikda belgilangan normadan oshadigan, yozma shaklda deklaratsiyalash shart boʻlmagan summadagi naqd milliy va chet el valyutasi;
qonunchilikka muvofiq tegishli taqiqlar va (yoki) cheklovlar belgilangan tovarlarning;
v) bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalanilgan holda:
yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun tovarlarning, bundan ushbu moddaning “g” bandida nazarda tutilgan hollar mustasno;
jismoniy shaxslarning tijorat maqsadlaridagi tovarlarining;
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalarining, bundan ushbu Kodeksning 158 va 160-moddalarida koʻrsatilgan hollar mustasno;
g) tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanilgan holda:
yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda, bundan tovarlar tashqi savdo kontraktlari (shartnomalari, kelishuvlari) boʻyicha majburiyatlarni bajarish doirasida olib oʻtilayotgan va qonunchilikda belgilangan boshqa hollar mustasno;
xorijdagi koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun moʻljallangan, ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunida rasmiy ayirboshlashning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha besh ming AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi tovarlarni olib chiqishda, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
qiymati rasmiy ayirboshlashning ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha besh ming AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi tovarlarni umumjahon Internet tarmogʻida onlayn doʻkonlari orqali eksport qilish chogʻida amalga oshiriladi.
d) ushbu moddaning “b”, “v” va “g” bandlarida koʻrsatilgan hujjatlardan foydalangan holda — elektron shaklda;