BJK · 264-modda

264-modda. Bojxona deklaratsiyasini qabul qilish

Bojxona organi bojxona deklaratsiyasini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligini rasmiylashtirish u topshirilgan kunda, roʻyxatdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.