BJK · 281-modda

281-modda. Bojxona brokerining huquqlari

Bojxona brokeri quyidagi huquqlarga ega:

deklarantdan yoki vakolatli shaxsdan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarni va maʼlumotlarni, shu jumladan tijorat, bank siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oʻz ichiga olgan hujjatlarni va maʼlumotlarni talab qilish va olish;

bojxona yuk deklaratsiyasini hamda tovarlarni deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish;

tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda deklaratsiyalash maqsadida bojxona organlarining axborot resurslaridan foydalanish;

tovarning bojxona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 275-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq deklarantga berilgan huquqlardan foydalanish;

bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni vakolatli shaxs sifatida bajarish;

bojxona organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish.

Bojxona brokeri qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.