BJK · 326-modda

326-modda. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish

Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish:

bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda — bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni;

toʻlanishi bojxona rasmiylashtiruviga bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlari uchun — bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha amalga oshiriladi.

Tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilayotganda davriy bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish hamda tovarlarni quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtishda bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish ushbu Kodeksning 66 va 172-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.