Quyidagi tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning miqdori erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish maʼlum qilinganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va foizlarning summasiga mos boʻlishi kerak:
ushbu Kodeksning 222 va 223-moddalarida nazarda tutilgan, bojxona hududida bojxona nazorati ostida olib oʻtiladigan tovarlarga;
bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarda saqlanayotgan tovarlarga;
shartli bojxona qiymati qoʻllanilgan holda chiqarib yuboriladigan tovarlarga;
bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash qoʻllanilgan holda chiqarib yuboriladigan tovarlarga;
bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuboriladigan tovarlarga.