BJK · 351-modda

351-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlari hisobidan undirish

Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlari hisobidan undirish bojxona organi tomonidan bankka pul mablagʻlarining soʻzsiz tartibda undirilishi toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini yuborish orqali amalga oshiriladi.

Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning summasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi quyidagilar toʻlanmagan taqdirda bojxona organi tomonidan besh ish kunidan kechiktirmay qoʻyiladi:

bojxona toʻlovlarini toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugagach, bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda;

ushbu Kodeks 350-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda toʻlovchida eʼtiroz mavjud boʻlmagan qoʻshib hisoblangan bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda;

tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlishiga doir talablar buzilgan holda yoʻqotilgan yoxud foydalanilgan yoki berib yuborilgan tovarlar boʻyicha hisoblangan bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda;

ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda davriy bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda.

Toʻlovchining hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatayotgan bank bojxona organining bojxona toʻlovlarini undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini qonunchilikda belgilangan navbat tartibida bajaradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.